HARBIY PROKURATURA
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi rasmiy sahifasi ✅ 📲 (77)-040-1007 👉 facebook.com/harbiyprokuratura 🌐 harbiy.prokuratura.uz ⏯️ youtube.com/@harbiyprokuratura
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel HARBIY PROKURATURA
Channel HARBIY PROKURATURA (@rhp_uz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 23 719 subscribers, ranking 317 in the Law category and 3 424 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 23 719 subscribers.
According to the latest data from 23 June, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 462 over the last 30 days and by -55 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 3.60%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 2.78% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 855 views. Within the first day, a publication typically gains 660 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi rasmiy sahifasi ✅
📲 (77)-040-1007
👉 facebook.com/harbiyprokuratura
🌐 harbiy.prokuratura.uz
⏯️ youtube.com/@harbiyprokuratura”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 24 June, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Law category.
❗️ Sug‘urta xizmatlari bozori yanada rivojlantiriladiQonun (O‘RQ–1154-son, 22.06.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, transport egasi transportning soni cheklanmagan haydovchilar tomonidan boshqarilishida ularning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish maqsadida majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqli. 🚫 Transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomasida transport mulkdori va uning yaqin qarindoshlari, transport vositasining egasi ko‘rsatilmaydi. ✍️ Haydovchilarning tanloviga ko‘ra aybdor tarafning sug‘urtalovchisidan sug‘urta tovonini olish maqsadida sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi ariza o‘rniga sug‘urta tovonini to‘lash haqidagi ariza rasmiylashtirilib, aybdor tarafning sug‘urtalovchisiga murojaat qilinishi mumkin. ✅ Bunda ariza aybdor tarafning sug‘urtalovchisi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. ⛔️ Qonunchilikda hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinishi belgilangan shaxslarning bir vaqtning o‘zida budjet mablag‘lari hisobidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi taqiqlanadi. 📝 Shuningdek, Qonun bilan elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibini joriy etishni belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Navoiy, Buxoro va Toshkent harbiy prokuraturalari tomonidan o‘tkazilgan shu kabi tadbirlar jarayonidan🇺🇿 Boshqa yangiliklar: ✈️ Telegram ‖📱 Facebook 🌐 Web_site ‖📹 YouTube
#TV #qabul👉 youtu.be/jnLZNbr_I3Q 🇺🇿 Boshqa yangiliklar: ✈️ Telegram ‖📱 Facebook 🌐 Web_site ‖📹 YouTube
❗️ Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.2026-y.) qabul qilindi. 💸 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda: 🔹 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m; 🔹 nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m; 🔹 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori: ➖ 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 so‘m; ➖ oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m; ➖ oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m; 🔹 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m etib belgilandi. 💰 2026-yil 1-sentyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi. 📙 2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi. ✅ 2026-yil 1-sentyabrdan: ▪️ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m; ▪️ bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m etib belgilandi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
#TV #yoshlar #maktab #mahalla👉 youtu.be/IJcoqPZg3Gk 🇺🇿 Boshqa yangiliklar: ✈️ Telegram ‖📱 Facebook 🌐 Web_site ‖📹 YouTube
❗️ Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi🔰 Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestriga kiritiladi. ✍️ Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran 3 ish kuni ichida reyestrga shaxs haqidagi ma’lumotlarni kiritadi. ⏳ Elektron reyestrda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi. 🚫 Elektron reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklovlar belgilanadi: 🔸 davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish; 🔸 saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining ko‘rsatilishi; 🔸 davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish; 🔸 o‘zi ta’sis etgan va ustav fondidagi ulushining 50 foizidan ko‘proq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlarning davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi sifatida qatnashish; 🔸 davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish. 🔗 Elektron reyestr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda yuritiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi yuritiladi📜 “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiya darajasini aniqlash va uni minimallashtirish maqsadida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi shakllantiriladi. 📑 Xavf-xatarlar xaritasi quyidagilar asosida shakllantiriladi: 🔹 korrupsiyaga oid jinoyatchilik statistikasi; 🔹 korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotining tahlili; 🔹 aholining korrupsiyaga bo‘lgan munosabati; 🔹 korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosatning samaradorligiga doir ma’lumotlar; 🔹 korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning axboroti. 🏛 Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi. 🔎 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik natijasida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish qonunda belgilangan tartibda, vakolatli davlat organining, manfaatdor shaxsning arizasiga asosan sud tomonidan amalga oshiriladi. ⛔️ O‘zi mehnat faoliyatini olib borayotgan davlat organida korrupsiyaga oid jinoyat to‘g‘risida asosli xabar bergan shaxsga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmasdan 2 yil davomida intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandiQonun (O‘RQ–1155-son, 22.06.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 🔰 Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar quyidagilar etib belgilandi: 1️⃣ Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismi «d» bandida, 168-moddasi 4-qismi «g» bandida, 192-9, 192-10-moddalarida, 192-11-moddasi 2-qismi «v» bandida, 205-moddasi 2-qismi «v» bandida, 206-moddasi 2-qismi «v» bandida, 208-moddasi 2-qismida, 209-moddasi 2-qismi «v» bandida, 210, 211, 212, 213, 214, 214-1, 214-2-moddalarida va 301-moddasi 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlar; 2️⃣ Kodeksning 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat, agar mazkur jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa. ⛔️ Shuningdek, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlik, firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxsga qo‘llanilmasligi belgilandi. 📙 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra: 💰 davlat xaridi predmetining boshlang‘ich narxi va uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasida yo‘l qo‘yiladigan tafovutning eng ko‘p miqdoriga nisbatan belgilangan talabni buzish, bundan talon-toroj qilish hollari mustasno, ➖ mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. 🏛 “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etiladi. ☑️ Davlat organlari va tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etiladi. 📌 Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
