HARBIY PROKURATURA
前往频道在 Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi rasmiy sahifasi ✅ 📲 (77)-040-1007 👉 facebook.com/harbiyprokuratura 🌐 harbiy.prokuratura.uz ⏯️ youtube.com/@harbiyprokuratura
显示更多📈 Telegram 频道 HARBIY PROKURATURA 的分析概览
频道 HARBIY PROKURATURA (@rhp_uz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 23 362 名订阅者,在 法律 类别中位列第 315,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 3 396 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 23 362 名订阅者。
根据 03 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 461,过去 24 小时变化为 -130,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 3.08%。内容发布后 24 小时内通常能获得 2.34% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 722 次浏览,首日通常累积 549 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi rasmiy sahifasi ✅
📲 (77)-040-1007
👉 facebook.com/harbiyprokuratura
🌐 harbiy.prokuratura.uz
⏯️ youtube.com/@harbiyprokuratura”
凭借高频更新(最新数据采集于 04 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 法律 类别中的关键影响点。
23 362
订阅者
-13024 小时
-77 天
+46130 天
帖子存档
23 358
Repost from O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi
Қўшиқ
ҚАТАҒОН ҚУРБОНЛАРИ
Ҳарбий прокуратура ходими Ботир Собиров томонидан 2026 йил 4 октябрда ўз муаллифлигидаги "Қатағон қурбонлари" шеърига сунъий интеллект воситасида тайёрланди.
🌐 Ўзбекистон прокуратураси тарихи музейининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Instagram | Facebook| YouTube
23 358
Repost from O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi
+2
Айнан 4 октябрь куни миллатимизнинг мингдан ортиқ фидойи фарзандлари — давлат ва жамоат арбоблари, прокуратура ходимлари, зиёлилар, жадидлар ва маърифатпарварлар қатл этилган.
Уларнинг аксарияти ёлғон ва сохта айбловлар асосида таъқиб қилинган. Инсонларнинг тақдири, ҳаёти ва шаъни асоссиз гумонлар, уйдирма жиноий ишлар ва сиёсий таъқиблар қурбонига айланган.
Энг ачинарлиси, айрим ҳолатларда инсонни отув жазосига ҳукм қилиш учун тегишли қарор ёки ҳужжатлар қатл амалга оширилганидан кейин расмийлаштирилган.
Улар орасида миллат тараққиёти, илм-фан, маърифат ва адолат йўлида хизмат қилган юртдошларимиз бор эди.
Қатағон қурбонларининг тақдири — тарихимизнинг оғриқли саҳифаси. Уларнинг хотираси эса адолат ва ҳақиқатни асрашга даъват этувчи муқаддас меросдир.
🌐 Ўзбекистон прокуратураси тарихи музейининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Instagram | Facebook| YouTube
23 358
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;
– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;
– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;
– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.
—
«В чем заключается суть происходящих сегодня преобразований в сфере образования?» – такой вопрос вполне закономерен.
Основная идея Президента нашей страны, лежащая в основе объединения двух министерств, состоит в следующем:
– Министерство образования и науки должно организовывать деятельность всех дошкольных учреждений, школ, организаций профессионального образования и вузов, отвечать за их текущую работу, устанавливать требования к образовательной деятельности, проводить аккредитацию и лицензирование;
– Национальное агентство обеспечения качества образования должно стать своего рода лабораторией, которая разрабатывает учебные программы, пособия и методические материалы, внедряет их в практику, отслеживает результаты и совершенствует их с учетом выявленных недостатков. Ориентиром в этой работе станет определенный Президентом нашей страны «портрет выпускника узбекской школы»;
– Администрация Президента и создаваемая при ней специальная рабочая группа разработают структуру нового министерства, пересмотрят его рабочие процессы, подготовят предложения по их совершенствованию и будут определять общую стратегию реформы;
– в высшем образовании необходимо резко сократить вмешательство государства, расширить самостоятельность вузов и создать возможности для негосударственного сектора. А то, какой вуз дает качественное образование, должны показать свободная конкуренция и рыночный спрос.
Facebook|Instagram|X
23 358
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.
Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.
Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.
—
Подписывая указ о создании Министерства образования и науки, Президент нашей страны поставил задачу применять новые подходы для повышения качества образования и вывода отрасли на новый уровень, развивать образование с учетом запросов рынка, усиливать конкуренцию и расширять участие частного сектора.
В этих целях при Администрации Президента формируется специальная рабочая группа по разработке общенациональной концепции стратегии развития человеческого капитала и непрерывного образования. На общественных началах ее возглавит предприниматель Зафар Хашимов.
В состав группы войдут предприниматели, имеющие опыт создания образовательных учреждений и эффективных систем, профильные специалисты, ученые и международные эксперты.
Facebook|Instagram|X
23 358
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Мардонов Камолиддин Карамиддинович назначен на должность советника Президента Республики Узбекистан по экономической политике и в связи с этим освобожден от должности первого заместителя начальника Департамента правовой экспертизы и комплексного анализа Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook|Instagram|X
23 358
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida "Yangi O‘zbekiston" universiteti rektori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Хакимов Обид Арзикулович назначен на должность заместителя Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан по вопросам реформирования образования и по совместительству ректора Университета «Новый Узбекистан» и в связи с этим освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по экономической политике.
Facebook|Instagram|X
23 358
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
—
Соответствующими указом и постановлением Президента Республики Узбекистан Сираджев Илхом Тохирович назначен на должность заместителя министра образования и науки по комплаенсу и внутреннему антикоррупционному контролю и в связи с этим освобожден от должности заместителя Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан по вопросам реформирования образования.
Facebook|Instagram|X
23 358
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.
Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.
Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.
Facebook|Instagram|X
23 358
#TV #yoshlar #kitob #sport👉 youtu.be/stlFuDmdh_I 🇺🇿Boshqa yangiliklar: ✈️Telegram ‖📱Facebook 🌐 Web_site‖📹YouTube
23 358
23 358
23 358
+5
#kiberxavfsizlik
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida harbiy xizmatchilar o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, raqamli makonda xavfsiz faoliyat yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlash va zamonaviy kiberxavflardan himoyalanish bo‘yicha bilimlarni kengaytirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy mashg‘ulot tashkil etildi.
Unda taklif etilgan mutaxassis — IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mayor Maqsud Mirabdullayev tomonidan ishtirokchilarga fishing hujumlari, zararli dasturlar, soxta havolalar, ijtimoiy muhandislik usullari, internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilar tomonidan qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar, foydalanuvchilarning e’tiborsizligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar muhokama qilindi.
Muloqot savol-javoblarga boy bo‘ldi.
🇺🇿Boshqa yangiliklar:
✈️Telegram ‖📱Facebook
🌐 Web_site‖📹YouTube
23 358
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Bahodir Maxsutovich Yunusov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.
—
Распоряжением Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан Юнусов Баходир Махсутович назначен на должность заместителя председателя Национальной телерадиокомпании Узбекистана по вопросам комплаенса и внутреннего антикоррупционного контроля и в связи с этим освобожден от должности заведующего сектором Департамента коммуникаций Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook|Instagram|X
23 358
23 358
+2
#profilaktika
Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi tuzilmalarda o‘rganishlar olib borildi.
Jarayonda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Yakunda o‘rganilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🇺🇿Boshqa yangiliklar:
✈️Telegram ‖📱Facebook
🌐 Web_site‖📹YouTube
23 358
+3
#yoshlar #maktab
FOTORЕPORTAJ
Farg‘ona, Namangan va Toshkent harbiy prokuraturalari tomonidan ta’lim maskanlarida "Prokurorlik soati" mashg‘ulotlari o‘tkazildi.🇺🇿Boshqa yangiliklar: ✈️Telegram ‖📱Facebook 🌐 Web_site‖📹YouTube
23 358
+4
#tadbir
Ustozlar bayrami munosabati bilan Urganch va Andijon harbiy prokuraturalari tomonidan Harbiy prokuratura hamda Qurolli Kuchlar safida uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar holidan xabar olindi.
Samimiy suhbatlar davomida faxriylar xizmat yillari xotiralari va boy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
🇺🇿Boshqa yangiliklar:
✈️Telegram ‖📱Facebook
🌐 Web_site‖📹YouTube
23 358
Repost from O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi
Ўзбекистон прокуратураси тарихи музейида «Очиқ эшиклар куни»!
Қатағон қурбонларини хотирлаш ва эъзозлаш, халқ озодлиги ва юрт истиқболи йўлида қурбон бўлган аждодларимиз хотирасини асраш мақсадида 4 октябрь, якшанба куни Ўзбекистон прокуратураси тарихи музейида навбатдаги «Очиқ эшиклар куни» ўтказилади.
🗓 Сана: 4 октябрь, якшанба
⏰ Вақти: 09:00–18:00
🎟 Кириш: барча ташриф буюрувчилар учун бепул!
Ушбу кунда музейга ташриф буюрган меҳмонлар прокуратура тизимининг шаклланиш ва ривожланиш тарихига оид ноёб экспонатлар, архив ҳужжатлари, фотосуратлар ҳамда тарихий маълумотлар билан яқиндан танишиш имконига эга бўладилар.
Барчангизни тарихни англаш, ўтмиш сабоқларини ёдга олиш ва бой маданий-тарихий меросимиз билан танишиш учун музейимизга таклиф этамиз!
Сизни музейимизда кутиб қоламиз!
🌐 Ўзбекистон прокуратураси тарихи музейининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Instagram | Facebook| YouTube
