Toshkent viloyati hokimligi
Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz Ishonch telefon:(71) 200 88 11 Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Toshkent viloyati hokimligi
Channel Toshkent viloyati hokimligi (@toshvilpressa) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 15 281 subscribers, ranking 13 912 in the News & Media category and 5 198 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 15 281 subscribers.
According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 175 over the last 30 days and by -6 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 30.19%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 24.53% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 4 615 views. Within the first day, a publication typically gains 3 749 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil
Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz
Ishonch telefon:(71) 200 88 11
Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the News & Media category.
Mazkur sayohat ishtirokchilarda o‘chmas taassurot qoldirib, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, tarixiy-madaniy merosimiz haqidagi tasavvurlarini kengaytirish hamda mehnat va jamoat ishlaridagi faolligini yanada rag‘batlantirishga xizmat qildi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram
"Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida MirziyoyevaPrezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan",
- dedi Saida Mirziyoyevahttps://t.me/Rasmiy_axborot_official
Ko‘chatchilikda 70 yildan ko‘proq tajribaga ega mazkur kompaniya meva daraxtlari ko‘chatlari va payvandtaglarini yetishtirish, payvandlash hamda intensiv bog‘larni barpo etish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ham ko‘rsatadi. Kompaniya olma, nok, olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, behi va uzum ko‘chatlari, shuningdek, zamonaviy intensiv bog‘lar uchun M9 T337, MM106, M26, BA29 kabi payvandtaglari bilan mashhur.Uning mahsulotlari xalqaro bozorlarga ham yetkazib beriladi. Uchrashuvda, ayniqsa, intensiv bog‘lar uchun nav va payvandtaglarni to‘g‘ri tanlash, yuqori zichlikdagi bog‘larni loyihalash, ko‘chatlarni fitosanitar talablar asosida tayyorlash va eksport standartlariga moslashtirish masalalariga e’tibor qaratildi. Tomonlar o‘rtasidagi muloqot yakunida amaliy hamkorlikni davom ettirish, tajriba almashish va serbiyalik mutaxassislarni Toshkent viloyatiga kelishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Kelgusida kompaniya mutaxassislari bilan Toshkent viloyatining iqlim va tuproq sharoitidan kelib chiqib, intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, istiqbolli navlar va payvandtaglarni tanlash, zamonaviy ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur hamkorlik Toshkent viloyatida meva-sabzavotchilik tarmog‘ining investisiyaviy jozibadorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va yuqori samaradorlikka ega intensiv bog‘larni ko‘paytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Darhaqiqat, paxtakorlarimiz oldida yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olishdek mas’uliyatli vazifa turibdi. Joriy yil qishloq xo‘jaligi, xususan, paxta yetishtirishda sinovli bo‘lishi bilan birga, sermahsul yil bo‘ldi. Viloyatda yangi texnologiyalar asosida paxta yetishtirilib, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirildi.Viloyatimizda 1 110 ta fermer va qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan 54 ming gektar maydondan 281 ming tonna paxta hosil olish rejalashtirilgan. Bu yil paxta terimida mexanizatsiyaga alohida e’tibor qaratilib, birinchi marotaba viloyatda 46 ming gektar, ya’ni jami maydonning 85 foizini mashinada terib olish rejalashtirilgan. Mazkur vazifani samarali tashkil etish maqsadida 50 dan ortiq yangi paxta terish mashinalari xarid qilinib, viloyatdagi paxta terish texnikalari soni 180 taga yetkazildi. Qolaversa, bu yil paxta terimi jarayonlarini nazorat qilishda zamonaviy GPS tizimidan keng foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, mashinalarning harakatlanishi, ishlagan vaqti, terilgan maydoni va bekor turib qolish holatlari onlayn kuzatib boriladi.
Paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida viloyatdan har bir tumanga mas’ullar biriktirildi. Tadbirda viloyat rahbari so‘z olib, paxta terimida ishtirok etadigan mexanizatorlar, fermerlar, klasterlar rahbarlari va soha vakillariga mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, texnika va resurslardan samarali foydalanish, hosilni talafotsiz yig‘ib olish, yong‘in xavfsizligi va boshqa texnik reglamentlarga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
O‘tkazilgan hamkorlik tadbirlari natijasida ta’lim muassasasi, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kuchaytirilib, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning erta oldini olish hamda o‘quvchilarni maktabga ishtirokini yaxshilash bo‘yicha rejali chora-tadbirlar belgilandi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Unda Prezidentimizning 2025-yil 8-sentabrdagi 277-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 776-son qarori ijrosini ta’minlash, markazlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda qo‘shimcha ta’limni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida, “Kelajak” markazlarida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish, ularning sonini ko‘paytirish va bugungi kun talablari hamda zamonaviy tendensiyalarga mos yangi yo‘nalishlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Tadbir davomida ushbu maskanda har shanba kuni turli sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari, sog‘lomlashtirish tadbirlari va yoshlar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkazib borilishi belgilandi.Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash hamda aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Muloqot davomida Toshkent viloyatining investitsiyaviy salohiyati, sanoat va ishlab chiqarish imkoniyatlari, shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi.Tomonlar viloyat hududida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, isitish tizimlari va gaz uskunalarini ishlab chiqarish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni chuqur o‘rganish, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish hamda Toshkent viloyatida qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Toshkent viloyatida bozorlar faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ularni raqamlashtirish va hududlarda jamoat tartibini saqlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.Shu maqsadda viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, soliq va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tuzilmalari, “Toshvilbozorsavdo” uyushmasi, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi mutasaddilar hamda tuman-shahar hokimlaridan iborat guruh Toshkent shahrida bo‘lib, poytaxtdagi bozor va savdo majmualarida joriy etilgan ilg‘or tajribalarni o‘rgandi.
Tashrif davomida bozor va savdo majmualarini raqamlashtirish orqali ular faoliyatini yanada shaffof va samarali tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, bozor hududlarida jamoat tartibini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Ayniqsa, bozorlarda tartib-intizomni mustahkamlash, mavjud muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etish, nazorat mexanizmlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha ijobiy tajribalar mutasaddilar e’tiborida bo‘ldi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Xabar qilganimizdek, Nurafshon shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi binosida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning navbatdagi kengaytirilgan qabuli bo‘lib o‘tdi.Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank hamda moliya muassasalari mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita hamda videokonferensaloqa orqali tingladilar. Ochiq muloqotda 200 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ular asosan, uy-joy, yer munosabatlari, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy himoya hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Qabul vaqtida 30 dan ortiq murojatchining masalasi joyida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan ishchi guruhlar shakllantirilib, ularga masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash va natijasi bo‘yicha axborot taqdim etish vazifasi yuklatildi. Har bir muammoning kelib chiqish sabablari va mavjud to‘siqlarini chuqur tahlil qilish, masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda natijaga yo‘naltirilgan aniq yechim ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ayniqsa, murojaatlarning ijrosini nazorat qilish, berilgan topshiriqlarning qog‘ozda qolib ketmasligi va har bir fuqaroning masalasi yakuniy natijaga ega bo‘lishini ta’minlashga alohida urg‘u berildi.Zero, xalq bilan ochiq muloqot — mavjud muammolarni aniqlashninggina emas, balki ularga amaliy yechim topish, aholi ishonchini mustahkamlash va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni manzilli hal etishning muhim vositasidir. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
