Toshkent viloyati hokimligi
Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz Ishonch telefon:(71) 200 88 11 Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала Toshkent viloyati hokimligi
Канал Toshkent viloyati hokimligi (@toshvilpressa) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 15 090 подписчиков, занимая 14 264 место в категории Новости и СМИ и 5 430 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 15 090 подписчиков.
Согласно последним данным от 31 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 369, а за последние 24 часа — -5, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Не верифицирован
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 30.52%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 29.13% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 4 603 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 4 393 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 0.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil
Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz
Ishonch telefon:(71) 200 88 11
Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 01 августа, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Новости и СМИ.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari hamda Yangiyo‘l shahrida temiryo‘l atrofidagi hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Unda viloyat, shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi a’zolari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Zangiota tumanidagi Viloyat S. Rahimov – O‘rtaovul stansiyalari oralig‘ida transport qatnovida noqulayliklar keltirib chiqarayotgan temiryo‘l kesishmasi o‘rnida zamonaviy yo‘l o‘tkazgich qurilishi rejalashtirilgan hudud ham ko‘zdan kechirildi.🌐Batafsil ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Kuni kecha Prezidentning Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi yangi binosida viloyat hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi.Qabulda ishtirok etgan qariyb 200 kishining 300 ga yaqin murojaati ortidagi katta-kichik har bir masala e’tibor bilan tinglandi, aksari hal etildi, bir qismini bartaraf etish yo‘llari izlanmoqda... Odamlarning yuzidagi umid va ishonch esa, shubhasiz, qabulning eng katta natijasi bo‘ldi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Muloqot davomida mahallalarni yanada obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, hududlarda tozalik va ozodalikka rioya etish, atrof-muhitni asrash, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuv va tadbirlar mahallalarda obod va fayzli muhitni qaror toptirish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Yoshlarning birdamligi va fidoyiligi yana bir bor ezgulik amalda namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. Zero, inson qadri ulug‘langan jamiyatda saxovat va mehr-oqibat eng oliy qadriyatlardan biridir.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Bugungi qabulda ishtirok etgan 200 dan ortiq fuqaroning barchasi ham shikoyat yoki muammo bilan kelmadi.Qabul jarayonida Bekobod tumanidan kelgan yosh oilaviy tadbirkor Hilola Botirova ham viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bilan uchrashdi.
U avvalgi qabulda bildirgan murojaatidan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirganini, yaratilgan imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlovlar uchun minnatdorligini bildirdi.
Suhbat davomida Hilola Botirova bugun tavallud ayyomi ekanini, shunga qaramay xonadonidagi mehmonlarni qoldirib, viloyat hokimiga o‘z tashakkurini bildirish uchun Nurafshonga kelganini ta’kidladi.
Samimiy tilaklardan so‘ng viloyat hokimi Hilola Botirovani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, esdalik sovg‘asi topshirdi hamda oilaviy tadbirkorlik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.Bu kabi samimiy uchrashuvlar fuqarolar murojaatlari orasida nafaqat muammo va takliflar, balki minnatdorlik va e’tiroflar ham borligini ko‘rsatadi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Xabar qilganimizdek, Nurafshon shahrida joylashgan Prezident Xalq qabulxonasining yangi binosida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning navbatdagi kengaytirilgan qabuli bo‘lib o‘tdi.Qabul jarayonida viloyat hokimining o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank hamda moliya muassasalari mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita va videokonferensaloqa orqali tingladilar.
Qariyb besh soatdan ortiq davom etgan ochiq muloqot davomida 200 dan ortiq fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, muammolarni chuqur o‘rganish, qonuniy yechim topish va fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.🌐Batafsil ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Nurafshon shahri markazida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasining yangi binosida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazmoqda.Qabulda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank hamda moliya muassasalari mas'ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita ko‘rib chiqmoqda. Jarayonda aholi tomonidan uy-joy, yer ajratish, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar, ichimlik suvi, elektr ta'minoti, yo‘l infratuzilmasi, kredit ajratish, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirilmoqda. Shuningdek, qabulga kelgan fuqarolar binoda yaratilgan zamonaviy sharoit va qulayliklar bilan tanishib, raqamli xizmatlar, elektron murojaatlar tizimi hamda fuqarolar uchun tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish maydonlarini ko‘zdan kechirmoqda. Ayniqsa, sun'iy intellekt asosida ishlovchi huquqiy maslahat platformasi fuqarolarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ushbu tizim orqali tashrif buyuruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan tezkor va qulay tarzda maslahat olib, zarur ma'lumotlarga ega bo‘lmoqda. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
