uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz Ishonch telefon:(71) 200 88 11 Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali Toshkent viloyati hokimligi analitikasi

Toshkent viloyati hokimligi (@toshvilpressa) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 15 269 obunachidan iborat bo'lib, Yangiliklar & Media toifasida 13 932-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 5 265-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 15 269 obunachiga ega bo‘ldi.

15 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 61 ga, so‘nggi 24 soatda esa 16 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 25.66% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 22.03% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 3 921 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 3 367 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 0 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz Ishonch telefon:(71) 200 88 11 Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 16 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Yangiliklar & Media toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

15 269
Obunachilar
+1624 soatlar
+657 kun
+6130 kun
Postlar arxiv
#muloqot Xabar qilganimizdek,  Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat Xalq qabulxonasida  navbatdagi kengaytirilgan qabulini o‘tkazdi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#qabul Odamlarni tinglash, muammoni hal etish — bugunning muhim talabi Har bir murojaat ortida inson taqdiri, hal etilishi lo
+6
#qabul Odamlarni tinglash, muammoni hal etish — bugunning muhim talabi Har bir murojaat ortida inson taqdiri, hal etilishi lozim bo‘lgan muammo va kutilayotgan yechim bor. Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish fuqarolarni qiynayotgan masalalarni chuqur o‘rganish va ularning natijador hal etilishini ta’minlashda muhim omildir. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning viloyat Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazilgan navbatdagi kengaytirilgan qabuli ana shu maqsadga qaratildi.
Unda tuman va shahar hokimlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank hamda moliya muassasalari mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarni bevosita va videokonferensaloqa orqali qabul qildilar.
Muloqot davomida 250 ga yaqin fuqaroning uy-joy, yer munosabatlari, bandlik, tadbirkorlik, elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy himoya va boshqa yo‘nalishlardagi muammolari ko‘rib chiqildi. Eʼtiborlisi, murojaatlarning ko'pi joyida, tegishli soha masʼullari ishtirokida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ullarga manzillarga chiqib, vaziyatni atroflicha o‘rganish, muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va aniq yechimlar ishlab chiqish topshirildi. Qabul jarayonida murojaatlarni shunchaki ro‘yxatga olish yoki tegishli tashkilotga yo‘naltirish bilan cheklanib qolmasdan, ularning yakuniy natijasiga erishish zarurligiga urg‘u berildi. Bunda har bir masalaning ijrosi, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi va fuqaroning muammosi yechim topishi ustidan nazoratni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, Xalq qabulxonalariga qabullar samaradorligi va tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida qabulga yozilgan fuqarolarning raqamlashtirilgan navbatini qat’iy yuritish va shunga amal qilish taklifi bildirildi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

🔴🟦🟦 Ayni paytda Nurafshon shahridagi Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi binosida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning navbatd
+6
🔴🟦🟦 Ayni paytda Nurafshon shahridagi Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi binosida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank hamda moliya muassasalari mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tinglamoqda. Qabul davomida ko‘tarilayotgan har bir masala atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinmoqda. Murojaatlarning yechimi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilanmoqda. Qabul jarayonlari davom etmoqda. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari e
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari energetikani taraqqiyotning yuragi deb atab, barqaror energiya ta’minoti tadbirkorlar sarmoyasi va odamlarning ertangi kunga ishonchi uchun muhimligini ta’kidladi. O‘n yil avval sohadagi muammolarni hal qilish, eskirgan quvvatlarni yangilash va o‘sib borayotgan talabni qoplash vazifalari belgilab olingan edi. Buning uchun energetika bozori xususiy sarmoyaga ochildi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etildi. O‘tgan davrda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi, hamkor davlatlar soni 2-3 tadan 10 tadan ortiqqa yetdi. Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga ko‘tarildi. “Yashil” quvvatlar 11,1 gigavattni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 28 foizga oshib, 2 ming 300 kilovatt-soatga yetdi. Bugun umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi. Facebook|Instagram|X

#hisobot Hududlarda boshqaruv servis kompaniyalarining 9 oylik faoliyati sarhisob qilinmoqda Toshkent viloyatining tuman va s
+3
#hisobot Hududlarda boshqaruv servis kompaniyalarining 9 oylik faoliyati sarhisob qilinmoqda Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida ko‘p qavatli uylarni boshqaruvchi servis kompaniyalarining joriy yilning 9 oylik faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda. Ularda moliyaviy ko‘rsatkichlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, debitor qarzdorlikni kamaytirish va aholi murojaatlarini hal etish masalalari muhokama qilinmoqda.
Jumladan, Ohangaron shahridagi Orzu mahallasi binosida “Kelajak kompaniyasi” MChJ boshqaruv servis kompaniyasining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya faoliyati, moddiy-texnik bazasi, tushumlar va qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, Chirchiq shahridagi “Go‘zal shahrim gullasin” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ham 2026-yilning dastlabki 9 oylik faoliyati bo'yicha aholiga hisobot berildi. Unda tushum va xarajatlar ochiq muhokama qilinib, kelgusidagi ishlar rejasi mahalla aholisi bilan kelishib olindi. Mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish choralari ham ko‘rib chiqildi.
Hisobot yig'ilishlarida aholi taklif va murojaatlarini tinglash, xizmatlar sifatini oshirish hamda ko‘tarilgan masalalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#g‘amxo‘rlik O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston Bolalar tashkiloti Toshkent viloyati bo‘limi, Bolalar ombudsmanining Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili hamda “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida Piskent tuman va Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bolalar holidan xabar olindi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#telenigoh 350 ming so‘m maoshdan 52 ming dollarlik mukofotgacha Yuqori chirchiqlik pedagog, "Yil o'qituvchisi" tanlovi g'olibi Odil Niyozov faoliyatiga nazar. Batafsil "O‘zbekiston 24" telekanalining "Fakt 24" dasturida ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#ijtimoiy_rolik 🇺🇿O‘zbek tili — millat ruhi, xalqning bebaho ma’naviy boyligi! ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#xalqaro_hamkorlik Quba universiteti bilan aloqalar mustahkamlanmoqda Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida Ozarbayjo
+9
#xalqaro_hamkorlik Quba universiteti bilan aloqalar mustahkamlanmoqda Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida Ozarbayjon Respublikasining Quba universiteti vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ikki davlat ta’lim tizimlari o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni o‘rganish hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirish, o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga xizmat qiladi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#hamkorlik Toshkent viloyati — “ACWA Power”: investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi Toshkent vi
+6
#hamkorlik Toshkent viloyati — “ACWA Power”: investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbari, mashhur sarmoyador Muhammad Abunayyan bilan uchrashdi. Samimiy muloqotda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, xususan, Toshkent viloyatida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Zoyir Mirzayev Muhammad Abunayyanni Saudiya Arabistoni Qirolligining yaqinda nishonlangan Milliy kuni bilan tabriklab, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Shuningdek, “ACWA Power” kompaniyasining O‘zbekiston energetika sohasiga zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish borasidagi faoliyati yuqori baholandi.
Toshkent viloyatida sanoat va energetikani rivojlantirish, infratuzilmani takomillashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Uchrashuvda ushbu salohiyatdan samarali foydalangan holda, “ACWA Power” bilan hamkorlikni kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar o‘zaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, viloyatda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini qayd etdilar. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#sana 21-oktabr – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
#sana 21-oktabr – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#islohot Yangi O‘zbekistonning paxta yetishtirishdagi yangi tajribalari Toshkent viloyati hududlari misolida. Tafsilotlar "O‘zbekiston  24"  telekanalining "Kim edigu kim bo‘ldik?"  dasturida. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#shukuh Mehnati bilan elga fayz, mehri bilan olamga nur ulashgan ayollar 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni Toshkent viloyatida yuksak ehtirom, samimiy tabriklar va ko‘tarinki ruhda nishonlandi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

Aholiga murojaat! Toshkent viloyati prokurori A.E.Mirzayevning jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va ularga qarshi kurashis
Aholiga murojaat! Toshkent viloyati prokurori A.E.Mirzayevning jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat aholisiga murojaati. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#imkoniyat Toshkent viloyati Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo'lga qo‘yilmoqda! Bugun to‘g‘ri kasb tanlash — ertangi farovon va barqaror kelajak poydevoridir. Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida tashkil etilgan “Kasblar shaharchasi” o‘quvchilarning zamonaviy kasblar orasidan o‘z yo‘lini topishiga xizmat qilmoqda. Shaharchada robototexnika, 3D modellashtirish, elektrotexnika, dizayn, payvandlash va servis kabi talabgir sohalar qamrab olingan. Uch bosqichli tizim orqali o‘quvchilarning kasbiy qiziqishi aniqlanib, ularga ilk amaliy ko‘nikmalar beriladi hamda ta’lim ustalari ishtirokidagi mahorat darslarida o‘z iqtidorini amalda namoyon etishiga to‘liq imkoniyat yaratiladi. Yoshlarga bugun berilayotgan amaliy bilim va e’tibor — ularning ertangi yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishida mustahkam kafolatdir! ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#sana Mehnati bilan elga fayz, mehri bilan olamga nur ulashgan ayollar 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni Toshkent vil
+9
#sana Mehnati bilan elga fayz, mehri bilan olamga nur ulashgan ayollar 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni Toshkent viloyatida yuksak ehtirom, samimiy tabriklar va ko‘tarinki ruhda nishonlandi. O‘zbek xalqi azaldan ayol zotini e’zozlab, ona mehrini, ayolning oila va jamiyat hayotidagi o‘rnini yuksak qadrlab keladi. Bugun ana shunday fidoyi ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning mehnati, jasorati va tashabbuslarini qadrlash maqsadida viloyatimizda bayram tadbiri tashkil etildi. Dastavval turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan munis onaxonlar, ziyoli opa-singillar hamda keng jamoatchilik vakillari Nurafshon markazidagi sabr va matonat timsoli Zulfiya aya Zokirova xotirasiga hurmat bajo keltirib, uning poyiga gul qo‘ydilar.
Shundan so‘ng viloyat hokimligida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda davom etdi. Unda qishloq ayollarining jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning mehnati va bunyodkorlik salohiyati, shuningdek, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yig‘ilganlarni Xalqaro qishloq ayollari kuni bilan samimiy tabriklab, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va munosib mehnat qilishi uchun sharoit yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Ayolning qadri ulug‘langan yurtda mehr-oqibat, hamjihatlik va baraka bo‘ladi. Ayniqsa, qishloq ayollarining fidokorona mehnati, oilaga sadoqati, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyati hamda hududlar ravnaqiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirofga loyiq.
Darhaqiqat, qishloq ayoli – mehnati orqali ro‘zg‘origa fayz, mahallasiga obodlik, jamiyatga farovonlik olib kirayotgan fidoyi insondir. U tongni dalada qarshi oladigan dehqon, o‘z ishini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor, yosh avlodga bilim berayotgan ustoz, insonlar salomatligi yo‘lida xizmat qilayotgan tibbiyot xodimi. Xalqaro qishloq ayollari kunining nishonlanishi ham ana shu mehnat va fidoyilikni e’tirof etish, qishloq ayollarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning iqtisodiy hamda ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga qaratilgan.
Bugungi kunda Toshkent viloyatida 1 million 574 ming 200 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Ularning 1 million 134 ming 678 nafari, ya’ni 73,5 foizi qishloq hududlarida yashaydi. Bu raqamlar qishloq ayollarining viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni naqadar muhim ekanini yaqqol ko‘rsatadi. Bundan tashqari viloyatimizda 22 mingdan ziyod ayol tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, 1 626 nafar xotin-qiz hunarmand sifatida mehnat qilmoqda. Boshqaruv lavozimlaridagi rahbarlar orasida xotin-qizlar ulushi esa 33,2 foizni tashkil etadi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir ham so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutladi. Bayram tadbiri davomida turli sohalarda samarali mehnat qilib, o‘zining tashabbuskorligi, fidoyiligi va ibratli faoliyati bilan el-yurt hurmatini qozongan bir guruh xotin-qizlar viloyat hokimining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun konsert dasturi tashkil etildi. Samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va ko‘tarinki kayfiyat bilan kechgan tadbir qishloq ayollariga bo‘lgan chuqur hurmatning yana bir ifodasi bo‘ldi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

#taqdimot Ona tilimizning ilmiy va adabiy xazinasi kengaymoqda Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘zbek tilining
+9
#taqdimot Ona tilimizning ilmiy va adabiy xazinasi kengaymoqda Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘zbek tilining boyligini, tarixiy taraqqiyotini va adabiy merosini o‘rganishga xizmat qiluvchi uchta muhim nashr – to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi” hamda “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kitoblarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O'zbekiston Xalq shoiri Mahmud Toir, O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo'limi boshlig'i Rahmatilla Sheraliyev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, viloyat hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Xo‘jayeva, soha vakillari, olimlar, ijodkorlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, davlat tilining nufuzini oshirish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va ona tiliga hurmatni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Taqdimot davomida kitoblarda o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va imlo qoidalarining takomillashuvi, tilimizning lug‘aviy boyligi hamda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish masalalari yoritildi. Mazkur nashrlarning ilmiy izlanishlar, ta’lim jarayoni va milliy ma’naviy merosni keng targ‘ib etishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tadbir doirasida tilni asrash, uning nufuzini oshirish va ona tiliga ehtiromni yuksaltirishga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi. Ishtirokchilar yangi nashrlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, savol-javoblarda qatnashdi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar o‘zbek tilining ilmiy asoslarini chuqur o‘rganish, milliy adabiy merosni keng targ‘ib etish hamda davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

Repost from Rasmiy axborot
⚡️Kuz-qish mavsumidagi kommunal muammolar bo‘yicha murojaat kanallari ishga tushirildi
▶️ Aholi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq kamchiliklar haqida @Kommunalmurojaat_bot boti hamda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayevaning rasmiy Telegram kanali izohlar (kommentariylar) bo‘limi orqali murojaat qilishi mumkin. Kelib tushgan murojaatlar vazirlikning ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
💬 OAV uchun Kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov mamlakatimizda kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
🔷Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: 6 686 ta ko‘p kvartirali uy ta’mirlandi, 18 ming tonnadan ortiq zaxira yoqilg‘isi jamg‘arildi. 🔷Bugungi kunga qadar 188 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmog‘i va 616 ta nasos uskunasi mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, 3 128 kilometr suv tarmog‘i hamda 1 038 ta nasos uskunasi joriy ta’mirdan chiqarildi. 🔷Issiqlik ta’minoti tizimida 36 ta qozon, 16,5 kilometr issiqlik tarmog‘i va 89 ta yordamchi uskuna mukammal ta’mirlandi. Avariya holatlarini tezkor bartaraf etish uchun 105 ta avariya-tiklash brigadasi shakllantirilib, 116 ta maxsus texnika tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, 18 ming tonnadan ortiq zaxira yoqilg‘isi jamg‘arildi. 🔷Ko‘p kvartirali uy-joy fondini mavsumga tayyorlash doirasida rejadagi 6 686 ta uyda ta’mirlash ishlari yakunlandi. Buning uchun boshqaruv organlari tomonidan 243,7 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Jumladan, 1 145 ta tom, 6 692 ta podyezd, 850 ta yerto‘la, 438 ta uyning ichki muhandislik quvurlari va 724 ta fasad ta’mirlandi. 🔷Bundan tashqari, 29 mingga yaqin xonadonni qamrab olgan 587 ta ko‘p kvartirali uyda ichki issiqlik tizimlari o‘rnatildi. 675 ta uyning 609 ming kvadrat metr fasad qismi energiya tejamkor materiallar bilan qoplandi. 🔷Aholi murojaatlarini tezkor qabul qilish va muammolarni hal etish uchun tegishli tashkilotlarda 24/7 rejimida ishlovchi dispetcherlik xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. «Kommunal ta’minot markazi» tomonidan 740 nafar «Mening uyim» billing tizimi operatori va 262 nafar dispetcherlik xizmati xodimining malakasi oshirilib, ularga sertifikatlar topshirildi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

#seminar Mahallalarda samaradorlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda Toshkent viloyatining barcha t
+9
#seminar Mahallalarda samaradorlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Mahalla yettiligi” a’zolarining kasbiy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda mahallalarda ish samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilmoqda.
Seminarlar davomida mahalla tizimida ishlarni samarali tashkil etish, “Mahalla yettiligi” a’zolarining vazifa va mas’uliyatini to‘g‘ri amalga oshirish, aholi muammolarini erta aniqlash hamda ularni o‘z vaqtida va manzilli hal etish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda. Shuningdek, davlat idoralari va tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda ilg‘or tajribalarni mahalla hayotiga tatbiq etish yuzasidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda. Muloqotlar yakunida mahallalarda ish samaradorligini oshirish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda har bir xonadon bilan manzilli ishlashda “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamjihatligi va mas’uliyati muhim ekani ta’kidlanmoqda.
O‘quv-seminarlari yana uch kun davom etadi. Unda olingan bilim va tajribalarni amaliyotga tatbiq etish orqali mahallalarda boshqaruv samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash ko‘zda tutilgan. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram