Toshkent viloyati hokimligi
Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz Ishonch telefon:(71) 200 88 11 Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
显示更多📈 Telegram 频道 Toshkent viloyati hokimligi 的分析概览
频道 Toshkent viloyati hokimligi (@toshvilpressa) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 15 182 名订阅者,在 新闻与媒体 类别中位列第 13 757,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 198 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 15 182 名订阅者。
根据 04 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -106,过去 24 小时变化为 -3,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 23.99%。内容发布后 24 小时内通常能获得 20.74% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 3 645 次浏览,首日通常累积 3 151 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil
Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz
Ishonch telefon:(71) 200 88 11
Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192”
凭借高频更新(最新数据采集于 05 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 新闻与媒体 类别中的关键影响点。
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev, viloyat va tuman hokimligi mas’ullari, temir yo‘l sohasi vakillari, nuroniylar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Ochig‘i, mazkur loyiha hudud aholisi uchun yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan transport masalasiga amaliy yechim bo‘ldi.
Avvallari poyezdlar harakatining uzluksizligi sababli mazkur hududdagi temir yo‘l kesishmasida avtomobillar va piyodalar harakatida qator noqulayliklar yuzaga kelar, transport vositalarining kutib qolishi aholining ortiqcha vaqt yo‘qotishiga sabab bo‘lardi. Eng muhimi, bu holat harakat xavfsizligini ta’minlash borasida ham qo‘shimcha choralarni talab etardi. Endilikda esa ushbu muammo zamonaviy infratuzilmaviy yechim asosida bartaraf etildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘idagi 3384-kilometr, PK-2 nuqtasida mavjud temir yo‘l kesishmasi o‘rnida yangi yo‘l o‘tkazgich barpo etildi. Loyiha doirasida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Jumladan, uzunligi 23,6 metr bo‘lgan bir dona ikki yo‘llik yangi temir yo‘l ko‘prigi qurilib, temir yo‘l izlari o‘z joyiga qaytarildi. Shuningdek, 1200 metr uzunlikdagi aylanma temir yo‘l hamda avtomobil yo‘li barpo etildi.Tantanali marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi yangi yo‘l o‘tkazgichning hudud transport infratuzilmasidagi ahamiyatiga to‘xtalib, bunday loyihalar, avvalo, aholiga qulaylik yaratish, harakat xavfsizligini ta’minlash va vaqtni tejashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng ramziy qizil lenta kesilib, yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi. Tadbir davomida undan ilk avtomobillar harakati ham yo‘lga qo‘yildi. Milliy qadriyatlarimizga ko‘ra, xayrli ish munosabati bilan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovatlar qilindi. Yangi yo‘l o‘tkazgichning foydalanishga topshirilishi Zangiota tumani aholisi, shuningdek, ushbu hudud orqali tranzit harakatlanuvchi fuqarolar uchun muhim qulayliklarni yaratadi.Endilikda bu yerda tirbandliklarning oldini olish, transport harakatini tartibga solish, fuqarolarning vaqtini tejash, avtomobil yo‘llaridagi kundalik yuklamani kamaytirish hamda haydovchi va piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Ohangaron tumanida 2027-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ishlarini oldindan tashkil etish, ayniqsa, bog‘ va tokzorlardagi qator oralaridan unumli foydalangan holda to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish bo‘yicha amaliy ishlarga e’tibor qaratilmoqda.Shu munosabat bilan Ohangaron tumanida fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda bog‘ va tok qator oralariga ekinlarni o‘z vaqtida joylashtirish, yer maydonlaridan unumli foydalanish, urug‘lik va ko‘chatlarni to‘g‘ri tanlash, ekish muddatlariga amal qilish hamda ekinlarning rivojlanishi uchun zarur agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Amaliy seminar davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga to‘qsonbosti ekinlarini parvarishlashda har bir agrotexnik tadbirning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yakuniy hosildorlikka bevosita ta’sir qilishi tushuntirildi. Shuningdek, qator oralaridan foydalanishda asosiy bog‘ va tokzorlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan ekinlarni tanlash, suv va ozuqa resurslaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan zarur tavsiya va tushuntirishlar oldilar. To‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish jarayonida uchraydigan agrotexnik masalalar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, ularning belgilangan muddatlarda ijobiy hal etilishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz. Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin,– deyiladi xabarda. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram
"Bu, avvalo, bolalarning huquqlarini kafolatlash va ularning kelajagi uchun davlat tomonidan qo‘yilayotgan eng muhim qadamlardan biri, deb hisoblayman", - dedi senator Malika Qodirxonova.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
