fa
Feedback
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi/Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

Veb-sayt: http://navoiymoi.uz Masofadan malaka oshirish veb-sayti: http://masofa.navoiymoi.uz Telegram: http://t.me/navmohm Facebook: https://www.facebook.com/navoimohm Kanal mas'uli bilan aloqa telefoni:

نمایش بیشتر
1 363
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-97 روز
-930 روز
آرشیو پست ها
🍃🍃🍃🍃🍃 🇺🇿 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Navoiy viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hudud rivojig
+2
🍃🍃🍃🍃🍃 🇺🇿 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Navoiy viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hudud rivojiga, maʼnaviy-maʼrifiy sohaga hamda taʼlim tizimiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh faollarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosarlari Elyor Mardonov hamda Saʼdulla Mirzayev ishtirok etib, yigʻilganlarni qutlugʻ bayram bilan samimiy muborakbod etdilar. Tadbir davomida sohada uzoq yillardan buyon fidoyilik koʻrsatib kelayotgan mutaxassislarga «Oʻzbekiston Mustaqilligiga 35 yil» esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu yuksak mukofot bilan Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori oʻrinbosari Dilyara Tuxfatullina ham taqdirlandi. Dilyara Tuxfatullinaning taʼlim sifatini oshirish, pedagog kadrlarning malakasini takomillashtirish hamda markaz faoliyatini samarali tashkil etishdagi koʻp yillik mehnati davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etildi. Markaz jamoasi Dilyara Tuxfatullinani ushbu sharafli mukofot bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻliq, faoliyatida ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaydi! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

🍃🍃🍃🍃🍃 🇺🇿 «Oʻzbekiston Mustaqilligiga 35 yil» esdalik nishonlari topshirildi Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Mustaq
+4
🍃🍃🍃🍃🍃 🇺🇿 «Oʻzbekiston Mustaqilligiga 35 yil» esdalik nishonlari topshirildi Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan viloyatning bir guruh faollariga koʻkrak nishonlarini topshirishga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimining oʻrinbosari Jamshid Xodjayev ishtirok etib, hudud rivojiga, ayniqsa, taʼlim va maʼrifat sohasiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi mutaxassislarning mehnatini alohida eʼtirof etdi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abdurayim Murodovich Pulotov ham bor. Taʼlim-tarbiya sohasini rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda sohada ilmiy-metodik ishlarni takomillashtirishdagi koʻp yillik samarali mehnati uchun Abdurayim Murodovichga «Oʻzbekiston Mustaqilligiga 35 yil» esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
"Yurtimizda oʻqituvchi va murabbiylarga, ilm-fan namoyandalariga koʻrsatilayotgan bunday yuksak eʼtibor va eʼtirof bizni yanada masʼuliyat bilan mehnat qilishga hamda taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga undaydi," — deydi A.Pulotov.
Markaz jamoasi va barcha hamkasblar nomidan Abdurayim Murodovichni ushbu yuksak eʼtirof va mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Sihat-salomatlik, ilmiy va pedagogik faoliyatlarida omad hamda yangi zafarlar tilaymiz! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿«Ўзбекистон Мустақиллигига 35 йил» эсдалик нишонлари топширилди Энг улуғ ва энг азиз байрамимиз
+9
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿«Ўзбекистон Мустақиллигига 35 йил» эсдалик нишонлари топширилди Энг улуғ ва энг азиз байрамимиз арафасида Навоий шаҳридаги Ёшлар марказида Ватанимиз мустақиллигини мустаҳкамлаш ва ҳудуд ривожига муносиб ҳисса қўшиб келаётган бир гуруҳ вилоятимиз фаолларига «Ўзбекистон Мустақиллигига 35 йил» эсдалик нишонларини топшириш маросими бўлиб ўтди. Тантанали тадбирда вилоят ҳокимининг ўринбосари Жамшид Ходжаев иштирок этиб, йиғилганларни қутлуғ айём билан самимий муборакбод этди. У ўз сўзида сўнгги йилларда мамлакатимизда кечаётган кенг кўламли ислоҳотларда, айниқса, ёшлар сиёсати, ижтимоий ва соҳавий ташаббусларни амалга оширишда фаолларнинг ўрни беқиёс эканини алоҳида таъкидлади. Тадбир доирасида фидокорона меҳнати ва жамоат ишларидаги фаоллиги билан ажралиб турган бир қатор юртдошларимизга давлатимизнинг юксак эътирофи — «Ўзбекистон Мустақиллигига 35 йил» эсдалик нишонлари тантанали равишда топширилди. Мукофотланган фаоллар кўрсатилган юксак эътибор ва ишонч учун миннатдорлик билдириб, Навоий вилоятининг янада гуллаб-яшнаши ва янги марраларни забт этиши йўлида сидқидилдан меҳнат қилишга тайёр эканликларини билдирдилар. 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

DIQQAT, HURMATLI PEDAGOGLAR! 📚Yangi 2026/2027-o‘quv yili arafasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning peda
DIQQAT, HURMATLI PEDAGOGLAR! 📚Yangi 2026/2027-o‘quv yili arafasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning pedagogik yuklamalarini shakllantirish va dars soatlarini taqsimlash jarayonlari amalga oshirilmoqda. 🔺Mazkur jarayonda dars soatlarini amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida, shaffof hamda adolatli taqsimlash muhim ahamiyat kasb etadi. 💠Agar dars soatlarini taqsimlash jarayonida huquq va manfaatlaringizga zid holatlar, adolatsizlik yoki belgilangan tartibga rioya qilinmagan vaziyatlarga duch kelsangiz, bu haqda murojaat qilishingiz mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998 99 185 17 88 📌Murojaatni ko‘rib chiqish jarayonini samarali tashkil etish uchun quyidagi ma’lumotlarni aniq ko‘rsatishingiz so‘raladi: 🔺hudud (tuman yoki shahar) nomi; 🔺ta’lim muassasasining to‘liq nomi; 🔺muammo yuzaga kelgan holatning mazmuni; 🔺mavjud bo‘lsa, holatni tasdiqlovchi aniq dalillar. ⚖️ Shaffof va adolatli dars taqsimoti — pedagoglarning mehnat huquqlarini ta’minlash hamda ta’lim sifatini oshirishning muhim omilidir. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📚Inson uchun ilk bilim va tarbiya maskani bo‘lgan maktabning qadri yillar o‘tgan sari yanada teranroq anglanadi. Zero, maktab — nafaqat ta’lim o‘chog‘i, balki insonning hayot yo‘lini belgilab beradigan muhim dargohdir. 🔺“Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” chellenji doirasida Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Niyazov o‘zi tahsil olgan Navoiy shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga kitoblar jamlanmasini tuhfa etdi. 🔻Ushbu ezgu tashabbusning mazmun-mohiyati birgina kitob sovg‘a qilish bilan cheklanmaydi. Bu — o‘zi ta’lim olgan maskanga ehtirom, kelajak avlodga e’tibor, kitobxonlik va ma’rifatga qo‘shilgan munosib hissadir. 🔹Siz-chi, o‘zingiz tahsil olgan maktabga kitob sovg‘a qildingizmi? 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini! 🧠Navoiy viloyati Pedagogik
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini! 🧠Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi barcha xodimlarni bayramona intellektual bellashuvga taklif etadi. 🚙 Sana: 2026-yil 27-avgust ⏰ Vaqt: Soat 11:00 📍 Joy: Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi 📌 Tadbirning asosiy maqsadi: Mustaqillik g‘oyalarini keng targ‘ib etish, pedagoglar va tinglovchilarning mantiqiy fikrlash hamda intellektual salohiyatini yanada rivojlantirishdan iborat. ⭐️Barcha jamoalarga omad va yuqori kayfiyat tilaymiz! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

🟦🟦🟦🟦🟦 ✅Yaxshi hayotni kutmang, yaxshi hayot uchun harakat qiling, albatta erishasiz. ✍️ Avram Linkoln 🖋Navoiy viloyati
🟦🟦🟦🟦🟦 ✅Yaxshi hayotni kutmang, yaxshi hayot uchun harakat qiling, albatta erishasiz. ✍️ Avram Linkoln 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati ✈️ Telegram  🌍Veb-sayt ™️FacebookInstagram   ✅YouTube

#Islohotlar_samarasi #Fan_olimpiadalari O‘zbekiston mezbonligidagi xalqaro fan olimpiadalari RAQAMLARDA
Joriy yilning o‘tgan davri davomida O‘zbekiston 6 ta xalqaro fan olimpiadalariga mezbonlik qildi.
📊 Ulardan 4 tasi mintaqaviy fan olimpiadalari bo‘lib, ushbu olimpiadalarda 37 ta davlatdan 400 nafardan ortiq iqtidorli yoshlar o‘zaro kuch sinashdi. 📍 2026-yilda O‘zbekistonda Markaziy Osiyo tarixida ilk bora 🍉 nufuzli xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi: 🔹10-19-iyul kunlari 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida 96 ta davlatdan 400 nafarga yaqin, 🔹9-16-avgust kunlari 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 90 dan ortiq davlatdan 400 nafardan ziyod ishtirokchilar bellashdi. 🌐 Bu hali HAMMASI EMAS! ➖10–17-oktabrda Samarqandda II Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi, ➖3–10-noyabrda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. 👉 Batafsil VIDEOLAVHAda.
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Infografika_3 📊 Test sinovlarida eng yuqori ball olgan maktab bitiruvchilari o‘tgan yilga nisbatan 8 BAROBARga oshdi Joriy
#Infografika_3 📊 Test sinovlarida eng yuqori ball olgan maktab bitiruvchilari o‘tgan yilga nisbatan 8 BAROBARga oshdi
Joriy yilda 4 825 nafar maktab bitiruvchilari eng yuqori 189 ball olgan
➖ Bu oʻtgan yilga nisbatan 8 barobarga ko’proqdir. 🌐 BATAFSIL INFOGRAFIKADA. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Infografika_2 📊 Davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilar soni so‘nggi 3 yilda +3,5 foizga oshdi 👉 Ol
#Infografika_2 📊 Davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilar soni so‘nggi 3 yilda +3,5 foizga oshdi 👉 Oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich: 📍Navoiy viloyati — 52,5 foiz 📍Buxoro viloyati — 37,9 foiz 📍Jizzax viloyati — 35,9 foiz 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Infografika_1 Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish test sinovlaridagi sifat ko‘rsatkichlari 11 BALLGA OSHDI 📊 Mak
#Infografika_1 Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish test sinovlaridagi sifat ko‘rsatkichlari 11 BALLGA OSHDI 📊 Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari
O'rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar kesimida Navoiy viloyati peshqadamlik qilmoqda (112,8 ball).
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🔥 NAVOIY TA’LIMDA YANA LIDER! OLIY TA’LIMGA KIRISHDA REKORD NATIJA! 📊 Navoiy viloyati bitiruvchilarining 52,
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🔥 NAVOIY TA’LIMDA YANA LIDER! OLIY TA’LIMGA KIRISHDA REKORD NATIJA! 📊 Navoiy viloyati bitiruvchilarining 52,5 foizi talaba bo‘ldi! So‘nggi 3 yilda mamlakatimiz bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilar soni +3,5 foizga oshgan bo‘lsa, Navoiy viloyati rekord natija bilan respublikada mutlaq 1-o‘rinni egalladi! 👉 Oliy ta’limga kirish bo‘yicha TOP-3 hudud: 🥇 Navoiy viloyati — 52,5% (har ikkinchi bitiruvchi talaba!) 🥈 Buxoro viloyati — 37,9% 🥉 Jizzax viloyati — 35,9% ⚡️ Bilimli va intiluvchan Navoiy yoshlari hamda ularning fidoyi ustozlarini ushbu ulkan zafar bilan tabriklaymiz! #TalimRekordi 👌Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram| 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

❗️❗️❗️❗️❗️ 📌UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOG BO‘LIB ISHLASH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahorat markaz
❗️❗️❗️❗️❗️ 📌UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOG BO‘LIB ISHLASH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi umumta'lim maktablarida Psixolog huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi. 📅 Kurslarga qabul davom etmoqda. Shartnoma to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati bor. Darslar sentyabrdan boshlanadi. 💡 Kursga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lganlar qabul qilinadi: Oliy pedagogik ma'lumotga ega mutaxassislar Pedagogik ma'lumotga ega bakalavrlar Kurs davomiyligi: 11 oy 🌐 Qayta tayyorlash kurslarining barcha yo‘nalishlariga arizalar retrain.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi. 📞Bog'lanish uchun: +998 97 321 02 92, +998 93 664 87 85 💬 Hududiy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

❗️❗️❗️❗️❗️ 📌 UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA FANIDAN DARS BERISH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahora
❗️❗️❗️❗️❗️ 📌 UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA FANIDAN DARS BERISH ISTAGIDAGILAR UCHUN! ✔️ Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi umumta'lim maktablarida Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi. 📅 Kurslarga qabul davom etmoqda. Shartnoma to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati bor. Darslar sentyabrdan boshlanadi. 💡 Kursga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lganlar qabul qilinadi: Fizika va astronomiya o‘qituvchisi Informatika o‘qituvchisi Umumtexnika fanlari va mehnat o‘qituvchisi Fizika va astronomiya Fizika o‘qitish metodikasi Informatika o‘qitish metodikasi Kasbiy ta'lim (informatika va axborot texnologiyalari) Kurs davomiyligi: 11 oy 🌐 Qayta tayyorlash kurslarining barcha yo‘nalishlariga arizalar retrain.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi. 📞Bog'lanish uchun: +998 97 321 02 92, +998 93 664 87 85 💬 Hududiy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube

V ustozlar milliy forumi hududlarda davom etmoqda Efir: 24.08.2026 | 19:00 #Navoiy Muxbir: Sevinch Majidova 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Islohotlar_samarasi Ilk rivojlanish markazlari faoliyati raqamlarda ✅ Mazkur markazlar faoliyati 2025-yilda yo‘lga qo‘yilgan. ➖Bunda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash maqsad qilingan. 🌐 Mazkur ta’lim muassasalarida 3-6 yoshli bolalar uchun “oʻyin guruhi”, 2-7 yoshli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modellari asosida taʼlim-tarbiya beriladi. 📊 2025-yilda respublikamiz bo‘ylab 50 ta Ilk rivojlanish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 📈 2026-yil yakuniga qadar esa yana 49 ta Ilk rivojlanish markazini tashkil etish rejalashtirilgan. ___ 📍 Videolavhada Andijon viloyati, Qo‘rg’ontepa tuman Ilk rivojlanish markazi faoliyati aks etgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🟦🟦🟦🟦🟦 ✅Har narsa ko‘p bo‘lsa, bahosi arzon bo‘lur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko‘paysa, shuncha qimmatb
🟦🟦🟦🟦🟦 ✅Har narsa ko‘p bo‘lsa, bahosi arzon bo‘lur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko‘paysa, shuncha qimmatbaho bo‘lur! ✍️Abdulla Avloniy 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati ✈️ Telegram  🌍Veb-sayt ™️FacebookInstagram   ✅YouTube

🌼🌼🌼🌼🌼 😄 2001 йил. Навоий шаҳри. Бир ҳайкал устидаги парда шундай тушдики, у орқали тарихнинг янги саҳифаси очилди. Брон
🌼🌼🌼🌼🌼 😄 2001 йил. Навоий шаҳри. Бир ҳайкал устидаги парда шундай тушдики, у орқали тарихнинг янги саҳифаси очилди. Бронзадан қуйилган виқорли сиймо ўз номи билан аталган шаҳарга илк маротаба боқди. Атиги чорак аср — 25 йил ўтди, холос... Аммо илгари бу ерлар қандай экани, шу баланд сиймосиз шаҳар сурати қандай бўлганини унутдик чамаси... Гўё бу сервиқор, мағрур нигоҳлар азалдан шу ерда тургандек! 😄Ўша сониядан бошлаб бу маскан шунчаки меъморий ёдгорлик эмас, шаҳримизнинг маънавий паспортига ва асл «юрак уриши»га айланди. Бу — замонлар тўқнашган ва жимликда сўзлашадиган жонли макон. 📍 Нега бу сиймо шаҳарнинг асл руҳига айланди? Ҳар бир навоийлик учун бу жой энг иссиқ учрашувлар ва ширин хотиралар манзили. Имтиҳон олдидан хаёл суриб ўтирган талаба, қўлидан тутиб сайр қилаётган ота-бола ёки китоб мутолаа қилаётган нуроний — ҳамма бу ерда ўз замондоши билан юзма-юз келгандек бўлади. 500 йилдан ортиқ вақт ўтса-да, «Эл агар чекса жафо, сен чек вафо» деган даъват айнан шу масканда қайта ва қайта акс-садо беради. 2001 йилдаги ўша биргина тарихий воқеа Навоийнинг нафақат қиёфасини, балки ички мазмунини ҳам белгилаб берди. Буюклик ва камтарлик ёнма-ён яшайдиган шаҳримизнинг шундай мағрур тимсоли бор! Айнан бугун Навоийга Навоий ҳайкали ўрнатилганига 25 йил тўлди. Барчамизга бу сана муборак бўлсин. 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

#OAV_NIGOHIDA
"Yangiliklar" | "Ustozlar milliy forumi" Uchquduq tumanida
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

✨ «Maktabga qaytging keladigan» 5 ta kreativ gʻoya: O‘quvchilarni birinchi kuni qanday hayratda qoldiramiz? Yangi oʻquv yilin
«Maktabga qaytging keladigan» 5 ta kreativ gʻoya: O‘quvchilarni birinchi kuni qanday hayratda qoldiramiz? Yangi oʻquv yilining ilk daqiqalari — shunchaki «Qoidalar bilan tanishish» emas, balki bola qalbida butun yilga yetadigan mehr va ishtiyoq olovini yoqish imkoniyatidir! ❔Siz bu yil sinfingizni qanday kayfiyat bilan kutib olmoqchisiz? Agar odatdagi rasmiylikdan qochib, oʻquvchilarga unutilmas taassurot ulashmoqchi boʻlsangiz, ushbu top-5 gʻoyaga eʼtibor bering: 📸 1. «BU YIL MEN...!» fotozonamiz Sinf kirish qismida yoki doskada «Bu yil men...» deb nomlangan fotohudud tashkil eting. Bolalar qoʻllariga «Boʻlajak chempion», «Til bilgich», «Kitobxon» kabi qiziqarli yozuvlarni ushlab suratga tushishadi. 💌 2. «Syurpriz-xatlar» Har bir parta ustiga konvert qoʻying. Ichida — sinf rahbarining shaxsan shu oʻquvchiga atab yozgan samimiy tilagi va «Sening sinfimizda borliging — bizning yutugʻimiz!» degan iliq soʻzlar. ⏳ 3. «2027-yilga salom!» (Vaqt kapsulasi) Bolalarga kichik qogʻozlarga oʻzlarining bu yilgi eng katta 3 ta maqsadini yozishni taklif qiling. Barcha xatlar maxsus qutiga solinadi va faqat may oyida, soʻnggi qoʻngʻiroqda ochiladi! 🎯 4. «Bizning jamoa kodeksi» (Parlament oʻyini) Tayyor qoidalarni oʻqib bermang! Oʻquvchilarning oʻzlariga imkoniyat bering: «Sinfimizda hammaga qulay boʻlishi uchun qanday 5 ta qoida kerak?» deb soʻrang va ular ishlab chiqqan qoidalarni yagona «Konstitutsiya» sifatida devorga ilib qoʻying. 🎁 5. «Bilim kuchi» ramziy tuhfasi Katta xarajat shart emas: kichik motivatsion bloknot, «Bilimlar sari» yozuvli oddiy qalam yoki shirinlik ham bolaning yuziga tabassum yugurtiradi. 🔥 Siz-chi, qaysi gʻoyani sinab koʻrmoqchisiz? Yoki sizda bundan ham qiziqroq va noanʼanaviy usul bormi? Tajribali va ijodkor pedagoglar, izohlarda oʻz «sekret»laringiz bilan boʻlishing! Eng yaxshi gʻoyalarni birgalikda ommalashtiramiz! 👇 🖋Navoiy viloyati PMM matbuot xizmati 🕊 Telegram  🌍Veb-sayt  📱Facebook 📱 Instagram 📺YouTube