en
Feedback
Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati Web-sayt : https://gov.uz/oz/arnasoy Facebook : https://bit.ly/3VWYvmx YouTube : http://bit.ly/4mMiFwz Instagram : http://bit.ly/4gT2wn Hokimga murojaat: ✍️ @Arnasoy_murojaatbot ☎️ 72-372-10-00

Show more
3 403
Subscribers
+324 hours
+117 days
-2330 days
Posts Archive
Videoreportaj: “Aydarko‘l Resort” — Jizzaxning so‘lim maskani
Arnasoy tumanida, betakror Aydarko‘l sohilida joylashgan “Aydarko‘l Resort” dam olish maskani o‘zining go‘zal tabiati, musaffo havosi va zamonaviy sharoitlari bilan mehmonlarni o‘ziga jalb etmoqda. Mazkur maskan tabiat qo‘ynida sokin va mazmunli dam olishni istovchilar uchun ayni muddao bo‘lib, bu yerda inson o‘zini tabiat bilan uyg‘un holda his etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. So‘lim manzaralar, keng hudud va toza havo mehmonlarga haqiqiy orom bag‘ishlaydi. Aydarko‘lning moviy qirg‘oqlari va betakror landshafti dam olish madaniyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ayniqsa, oilaviy dam olish, do‘stlar davrasida hordiq chiqarish hamda tabiat qo‘ynida unutilmas onlar o‘tkazish uchun ushbu maskanda barcha zarur qulayliklar yaratilgan.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

📢E’LON 🌳Arnasoy tumani markazida zamonaviy istirohat bog‘i barpo etiladi! Hurmatli tadbirkorlar! Arnasoy tumani markazida y
📢E’LON 🌳Arnasoy tumani markazida zamonaviy istirohat bog‘i barpo etiladi! Hurmatli tadbirkorlar! Arnasoy tumani markazida yangi istirohat bog‘i qurilishi ishlari boshlanmoqda. Mazkur loyiha doirasida bog‘ hududida savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar faoliyatni yo‘lga qo‘yish istagidagi tadbirkorlarga ijara shartnomasi asosida yer uchastkalari ajratilishi rejalashtirilgan. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z biznesingizni rivojlantirish va tumandagi yangi maskan faoliyatiga hissa qo‘shishni istasangiz, belgilangan tartibda murojaat qilishingiz mumkin. 📌 Qo‘shimcha ma’lumotlar va murojaat qilish tartibi bo‘yicha mas’ul tashkilotga murojaat qilishingiz so‘raladi. Arnasoy tumanini yanada obod va jozibador maskanga aylantirish yo‘lida sizni hamkorlikka chorlaymiz! 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Arnasoy tumanida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari davom etmoqda Arnasoy tumanida o‘tkazilayotgan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv m
+3
Arnasoy tumanida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari davom etmoqda Arnasoy tumanida o‘tkazilayotgan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari doirasida shartli ravishda "qizil hudud"ga kiritilgan mahallalarda profilaktik va tashkiliy ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mazkur hududlarga biriktirilgan tashkilot va idoralar rahbarlariga aholi xavfsizligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga o‘quv mashqlari davomida hamkorlikni kuchaytirish, tezkor harakat qilish va hududlarda profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda olib borish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

⚖️“Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovining Arnasoy tumani bosqichi o‘tkazildi Arnasoy tumanida o‘quvchilarning huquqiy bilimlari
+5
⚖️“Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovining Arnasoy tumani bosqichi o‘tkazildi Arnasoy tumanida o‘quvchilarning huquqiy bilimlari va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇1-o‘rin — 17-maktab o‘quvchisi Ozoda Sattarova; 🥈2-o‘rin — 8-maktab o‘quvchisi Shahrizoda Abdusalomova; 🥉3-o‘rin — 1-maktab o‘quvchisi Asadbek Torabekovlar g’oliblikni qo’lga kiritdilar. G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi bosqichlarda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

"KUN MAVZUSI"
Suv havzalarida xavfsizlikni ta'minlash
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Mahalla tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov rahbarligida mahallalarda amalga osh
+6
Mahalla tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov rahbarligida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla yettiligi faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman tashkilotlari rahbarlari, tegishli mutasaddilar hamda barcha mahallalar vakillari ishtirok etdi. Unda hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta’minlash va mahalla tizimida samaradorlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan ayrim mahalla yettiligi a’zolari va hokim yordamchilarining faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, har bir mahallada natijadorlikni oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Yig‘ilish yakunida Arnasoy tumani IIB boshlig‘i Jasur Karimov tomonidan mahallalardagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalari yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, mahalla yettiligi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Jizzax shahriga yangi prokuror tayinlandi Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida viloyat prokuraturasi tizimidagi muhim tas
+5
Jizzax shahriga yangi prokuror tayinlandi Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida viloyat prokuraturasi tizimidagi muhim tashkiliy masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Jizzax viloyat prokurori Baxtiyor Ibrohimov boshchiligida o'tgan yig'ilishda shu vaqtga qadar Jizzax shahar prokurori vazifasida faoliyat yuritgan Muzaffar Mamatovich Mamatov xizmat faoliyatidagi yuqori natijalari va kasbiy salohiyati inobatga olinib, Jizzax viloyati prokurori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Jizzax shahar prokurori vazifasiga shu kunga qadar Mirzachoʻl tuman prokurori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Akbar Hasilbekovich Sakiev tayinlandi. Yigilish yakunida yangi lavozimlarga tayinlangan rahbarlarga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, masʼuliyatli vazifalarini sidqidildan bajarish hamda yurt ravnaqi va qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlidagi ishlariga yuksak ishonch bildirildi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax  sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

🤖 Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt – Media haftalikning ikkinchi kuni markazida 🔵Jizzax viloyatida davom etayotgan Media haftalikning ikkinchi kuni zamonaviy media makonining eng dolzarb mavzularidan biri — raqamlashtirish jarayonlari va sun’iy intellekt imkoniyatlariga bag‘ishlandi. 🔵Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar raqamli texnologiyalarning axborot sohasidagi o‘rni, kontent ishlab chiqarishda sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, media mahsulotlar yaratishda yangi yondashuvlar hamda tezkor va sifatli axborot tayyorlashning zamonaviy usullari bilan tanishdilar. 🔵Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda axborotning ishonchliligi, faktlarni tekshirish, mualliflik huquqi va axborot xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan SI texnologiyalarining media sohasi uchun yaratayotgan yangi imkoniyatlari hamda ularni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

🔤🔤🔤🔤🔤🔤 2⃣4⃣
TAKRORIY EKIN EKISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYASI
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Bugun 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilshodbek Yo‘ldashev tavallud a
Bugun 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilshodbek Yo‘ldashev tavallud ayyomini nishonlamoqda. Dilshodbek Yo‘ldashevni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yosh avlodni san’at va ma’rifat ruhida tarbiyalash, ularning iste’dod va salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi samarali mehnatlari bardavom bo‘lsin. Ezgu maqsadlari ro‘yobga chiqib, kelgusidagi faoliyatida yuksak natijalar va zafarlar doimo hamroh bo‘lsin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Assalomu alaykum, hurmatli arnasoyliklar! Kun xayrli bo‘lsin! 📆 Bugun: 10-iyun, chorshanba 📅 Yilning: 161-kuni ⏳ Yil yakuni
Assalomu alaykum, hurmatli arnasoyliklar! Kun xayrli bo‘lsin! 📆 Bugun: 10-iyun, chorshanba 📅 Yilning: 161-kuni ⏳ Yil yakuniga: 204 kun qoldi 📜 BUGUN TARIXDA
⚡️ 1935-yil — Alcoholics Anonymous tashkilotiga asos solindi. ⚡️ 1940-yil — Italy Ikkinchi jahon urushiga kirib, United Kingdom va Francega qarshi urush e’lon qildi. ⚡️ 1967-yil — Yaqin Sharqdagi Olti kunlik urush yakunlandi. ⚡️ 2003-yil — NASA’ning “Spirit” marsyurari Mars Exploration Rover – Spirit missiyasi doirasida fazoga uchirildi. 🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR 🎭 Elizabeth Hurley (1965) — aktrisa va model. 🎬 Judy Garland (1922) — afsonaviy aktrisa va xonanda. ⚽️ Carlo Ancelotti (1959) — taniqli futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.
💬 KUN IQTIBOSI: “Muvaffaqiyat — bu har kuni o‘zingni kechagidan yaxshiroq qilishdir.” Barchangizga fayzli, unumli va barakali kun tilaymiz! ✨ 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Jizzax delegatsiyasi Seulda qator yirik koreys kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Be
+6
Jizzax delegatsiyasi Seulda qator yirik koreys kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Begzod Egamov boshchiligidagi delegatsiyaning birinchi kuni Koreya Respublikasining Seul shahridagi O‘zbekiston elchixonasida qator yirik kompaniyalar va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlar davomida Janubiy Koreyaning qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, ekologiya, turizm va shaharsozlik, suv tozalash inshootlari hamda energetika sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar — “BOMI E&C”, “Gistar Bio”, “Aquaworks”, “Heli Solar Energy Co. Ltd”, “Novabliss Co. Ltd” hamda Korea Online Export-Import Association (KOIEA) uyushmasi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvlarda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalarni Jizzax viloyatiga jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar. Muzokaralar yakunida joriy yilning 19–20-iyun kunlari mazkur koreys kompaniyalari vakillarining Jizzax viloyatiga tashrifi amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

Arnasoy tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda Joriy yilning 9–11-iyun kunlari Arnasoy tumanida “Boshqaruv
+6
Arnasoy tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda Joriy yilning 9–11-iyun kunlari Arnasoy tumanida “Boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi hududiy hamda funksional quyi tizimlarining aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashqlarining birinchi kunida tuman telekommunikatsiya tarmog‘i orqali berilgan “Yig‘in” signaliga asosan Arnasoy tumani hokimligida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) tarkibiga kiruvchi xizmatlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda o‘quv mashqlarining maqsad va vazifalari, shuningdek, mashq g‘oyasi hamda amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng, FVDT xizmatlarining shaxsiy tarkibi, texnika va maxsus vositalarining saf ko‘rigi tashkil etilib, ularning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlik darajasi baholandi. Keyingi o‘quv nuqtalarida shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan fuqarolarni qidirish va qutqarish, yuzaga kelgan yong‘inlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Shuningdek, xavfli hududlarda istiqomat qiluvchi aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, ularni vaqtinchalik joylashtirish hamda zarur sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirlar amalda sinovdan o‘tkazildi. O‘quv mashqlarining navbatdagi bosqichida tuman tibbiyot birlashmasining favqulodda vaziyatlar natijasida jabrlangan fuqarolarni dala sharoitida qabul qilish, ularga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va saralash bo‘yicha harakatlari namoyish etildi. O‘tkazilgan amaliy tadbirlar davomida barcha xizmatlarning o‘zaro hamkorligi, boshqaruv organlarining tezkorligi hamda kuch va vositalarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazildi. Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

G‘ALLA O‘RIM-YIG‘IMINI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZIB, MO‘L HOSIL OLISHGA ERISHING VA DAVLATGA DON SOTISH MAJBURIYATLARINI UNUTMA
G‘ALLA O‘RIM-YIG‘IMINI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZIB, MO‘L HOSIL OLISHGA ERISHING VA DAVLATGA DON SOTISH MAJBURIYATLARINI UNUTMANG! Jizzax viloyat fermerlar kengashi Rayosati a’zolarining MUROJAATI Hurmatli fermerlar! Mamlakatimizda lafzi halol dehqon va fermerlarning zahmatli mehnatlari evaziga dalalarda ulkan g‘alla hosili yaratildi. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan ko‘plab farmon va qarorlar, Siz, aziz dehqon va fermerlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi ulkan yutuqlaringizga mustahkam zamin yaratmoqda. Ayni paytda viloyatimizning ko‘plab tumanlaridagi fermer xo‘jaliklari g‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan olib borib, davlat zaxirasiga ortig‘i bilan don topshirmoqda va yetishtirilgan mo‘l hosil evaziga katta daromadga ega bo‘lmoqda. ➡️ Batafsil 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Jizzax viloyatidan QISHLOQ XO'JALIGIGA MO'LJALLANGAN YER UCHASTKALARI savdolarda ishtirok eting! 🔖Arnasoy tuman 26 ta 👉🏼 (
Jizzax viloyatidan QISHLOQ XO'JALIGIGA MO'LJALLANGAN YER UCHASTKALARI savdolarda ishtirok eting! 🔖Arnasoy tuman 26 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔖Do'stlik tuman 5 ta 👉🏼(ko'rish) 🔖Zomin tuman 1 ta 👉🏼(ko'rish) 🔖Zarbdor tuman 3 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔖Forish tuman 24 ta 👉🏼 (ko'rish) Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2025 yildagi PF-18-son Farmoniga asosan yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to‘lovlar 15 ish kuni ichida to‘liq to‘lanishi lozim! Ma'lumot uchun: ☎️ (71) 202 21 11 📱+998992073608 📱+998992072608 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

#Ekspert_sharhi Jarayondan natijaga: Qurilish sohasida boshqaruvning yangi modeli Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshq
#Ekspert_sharhi Jarayondan natijaga: Qurilish sohasida boshqaruvning yangi modeli Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda davlat xizmatlarini soddalashtirishga qaratilgan yangi islohotlar tarmoq rivojida muhim bosqichni boshlab bermoqda. Ekspert sharhida ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish, “fast-track” mexanizmini joriy etish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, sun’iy intellektdan foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha tahlil qilingan. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Savdo vaziri o‘rinbosari Devid Fogel bil
+2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Savdo vaziri o‘rinbosari Devid Fogel bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyaviy sheriklikni mustahkamlash hamda ikki tomonlama aloqalarning yangi istiqbolli yo‘nalishlari xususida fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, Amerika biznes doiralarining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Bu esa yaqin istiqbolda yangi kelishuvlar, qo‘shma loyihalar, zamonaviy texnologiyalar va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Muloqot davomida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutayotgan Amerika–O‘zbekiston Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

Probatsiya nazoratidagi mahkumlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Arnasoy tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tay
+2
Probatsiya nazoratidagi mahkumlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Arnasoy tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan mahkumlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Jizzax viloyati prokuraturasining 17-bo‘lim boshlig‘i B.Sh. Norboev hamda Arnasoy tumani prokurori o‘rinbosari N. Boltayev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida probatsiya nazoratidagi shaxslarga amaldagi qonunchilik talablari, jazo o‘tash tartibi va shartlariga rioya etish, qayta jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahkumlarning murojaatlari va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar berildi. Tadbirda ishtirokchilarga jamiyatda munosib o‘rin egallash, halol mehnat qilish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda qonunlarga hurmat ruhida yashash zarurligi alohida ta’kidlandi. Probatsiya tizimining asosiy maqsadi mahkumlarni ijtimoiy moslashtirish, ularning bandligini ta’minlash va qayta jinoyat sodir etishining oldini olishga qaratilgani qayd
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Arnasoiylik g‘allakorlar kutilganidan ham mo‘l hosil olmoqda Arnasoy tumani dalalarida bugun g‘alla hosili kutilganidan ko‘ra
Arnasoiylik g‘allakorlar kutilganidan ham mo‘l hosil olmoqda
Arnasoy tumani dalalarida bugun g‘alla hosili kutilganidan ko‘ra mo‘lroq. Bir necha oy davomida yerga mehr bergan, har bir niholni ko‘z qorachig‘idek asragan mirishkorlar endi halol mehnatlarining samarasini ko‘rishmoqda. Tumanning bepoyon g‘allazorlarida o‘rim-yig‘im ishlari uyushqoqlik va yuksak mas’uliyat bilan olib borilmoqda. Sohada erishilayotgan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan hamohangdir. Agrar tarmoqda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugun o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Jizzax viloyatining Arnasoy tumani mirishkorlari joriy mavsumda 7100 gektar maydonda g‘alla parvarishlab, mo‘l hosil yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda tumandagi barcha suv iste’molchilari uyushmalari hududida o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in pallaga kirgan. G‘alla o‘rimini qisqa muddatda va sifatli tashkil etish maqsadida barcha kuch va vositalar safarbar etilgan. Tumandagi 295 ta g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida hosil taqdiri uchun kurash kechmoqda. O‘rim-yig‘im jarayoniga 14 ta o‘rim otryadi jalb qilingan bo‘lib, dalalarda 23 ta yuqori unumli kombayn ish olib bormoqda. Shundan 11 tasi “Keys”, 9 tasi “Klass” hamda 3 tasi boshqa turdagi texnikalardir. Donni tezkor tashish va qabul punktlariga yetkazish uchun 142 ta yuk avtomobili hamda 144 ta traktor tirkamasi xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, texnikalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida 6 ta ko‘chma ustaxona va 7 ta yoqilg‘i yetkazib berish texnikasi dehqonlar xizmatiga shay holatga keltirilgan. Tumanning ilg‘or xo‘jaliklaridan biri hisoblangan “Sangzor” fermer xo‘jaligida ham o‘rim-yig‘im ishlari yuqori sur’atlarda davom etmoqda. Bu yerda jami 150 gektar maydonda bug‘doy parvarishlangan bo‘lib, davlatga g‘alla sotish shartnomasiga muvofiq 570 tonna don mahsulotini xirmonga topshirish rejalashtirilgan. Dala boshida mehnat jarayonini kuzatar ekanmiz, har bir gektardan olinayotgan baraka ortida tinimsiz mehnat, katta mas’uliyat va boy tajriba mujassam ekanini his qilish qiyin emas. Fermer xo‘jaligi rahbari Farhod Yodgorovning aytishicha, bu yil tabiat va mehnat uyg‘unligi kutilgan natijani bergan. — Bu yilgi hosildorlik har gektardan o‘rtacha 95–100 sentnerni tashkil etmoqda. Bu raqam ortida suvni tejab ishlatish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish va mehnatkashlarimizning fidoyiligi turibdi. Eng katta maqsadimiz davlat oldidagi shartnomaviy majburiyatlarni munosib bajarib, xalqimiz dasturxoni to‘kinligiga hissa qo‘shishdir, — deydi fermer. Darhaqiqat, bugun xirmonlarga to‘kilayotgan g‘alla hosili mamlakat iqtisodiy barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq ahlining farovon hayotiga xizmat qiladi. Arnasoy dalalarida kechayotgan bugungi qizg‘in mehnat ham ana shu ezgu maqsadlar sari tashlangan ishonchli qadamlarning yorqin ifodasidir.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

💬 Axborotdan kontentgacha: Jizzaxdagi Media haftaligining ilk kuni Jizzax viloyatida boshlangan navbatdagi Media haftalikining birinchi kuni media sohasining muhim masalalarini muhokama qilish maydoniga aylandi. Kun davomida sifatli kontent yaratish, mediaxavfsizlik, raqamli gigiyena, ma’lumotlarni tahlil qilish, auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda axborotni ishonchli manbalar asosida tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Media haftaligi ishtirokchilari uchun tajriba almashish, zamonaviy media tendensiyalarini o‘rganish va yangi g‘oyalarni shakllantirish imkoniyatini yaratmoqda. Oldinda esa yanada qiziqarli uchrashuvlar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar kutmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube