fa
Feedback
Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati Web-sayt : https://gov.uz/oz/arnasoy Facebook : https://bit.ly/3VWYvmx YouTube : http://bit.ly/4mMiFwz Instagram : http://bit.ly/4gT2wn Hokimga murojaat: ✍️ @Arnasoy_murojaatbot ☎️ 72-372-10-00

نمایش بیشتر
3 323
مشترکین
-424 ساعت
-307 روز
-8230 روز
آرشیو پست ها
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ✔️ Brifing: O‘zbekiston Respublikasining “Kapital bozori to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri matbuot kotibi axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshana Umarova ishtirokida brifing tashkil etildi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

+/

Respublika ishchi guruhi Arnasoy tumanida "Raqamli hukumat" tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o
+2
Respublika ishchi guruhi Arnasoy tumanida "Raqamli hukumat" tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ–257-sonli "Raqamli hukumat" tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Administratsiyasidan tashrif buyurgan ishchi guruhi Arnasoy tumanida bo‘ldi. Tashrif davomida tumanda "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida raqamli hukumat tizimini rivojlantirish, davlat axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi, raqamli xizmatlarni kengaytirish, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlarida raqamli yechimlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, mas’ul rahbarlar ishtirokida mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda Prezident qarorida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida probatsiya hisobidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi “Xavfsiz va sog‘lom yur
+5
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida probatsiya hisobidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida Arnasoy tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan mahkumlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Arnasoy tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Jasur Karimov hamda Jizzax viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida probatsiya hisobidagi shaxslarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash va takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbir doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarka yakuniga ko‘ra, 1 nafar probatsiya hisobidagi shaxsning bandligi ta’minlandi. Mazkur tadbir probatsiya hisobidagi fuqarolarni jamiyatga moslashtirish, ularning qonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirishga xizmat qiladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Arnasoy tumani “Tinchlik” mahallasida 1 450 metr masofaga yangi suv tarmog‘i tortilib, aholi tomorqalariga suv yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Kitob o‘qish — ma’naviy va intellektual rivojlanish manbai Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xizmatlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida video kontent tayyorlandi. Mazkur video kontentda kitob o‘qishning inson hayotidagi ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Zero, kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytiradi, tafakkurini boyitadi, nutq va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ayniqsa, yoshlarni muntazam kitob o‘qishga jalb etish ularning bilimli, ma’naviy yetuk va keng dunyoqarashli insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

G‘oliblar mahallasida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda Arnasoy tumanining G‘oliblar mahallasida obodonlashtirish
+6
G‘oliblar mahallasida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda Arnasoy tumanining G‘oliblar mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Hududga maxsus texnikalar jalb etilgan bo‘lib, mahalla ko‘chalaridagi devorlarni bo‘yash, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish ishlari davom etmoqda. Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla hududini yanada fayzli va aholi uchun qulay maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Mustaqillik bayrami arafasida bolajonlar uchun quvonchli tuhfa Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida Arnasoy tumanining Cho‘lquvar mahallasida joylashgan 7-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti yangi binoda faoliyat boshlaydi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Do‘stlik mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Arnasoy tumanining Do‘stlik mahallasida obodonlashtirish va hudud
+3
Do‘stlik mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Arnasoy tumanining Do‘stlik mahallasida obodonlashtirish va hududni tartibga keltirish ishlari izchil davom etmoqda. Ayni paytda mahallada maxsus texnikalar jalb etilgan holda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar hududni yanada obod va tartibli ko‘rinishga keltirish hamda aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

🎤 ESTRADAMIZ YORQIN YULDUZI — BENOM GURUHI JIZZAXDA! 🔥 Milliy bank tashabbusi ostida o'tkazilayotgan katta masshtabli konsert sizni kutmoqda! Yozning eng unutilmas oqshomini Aydarko‘l Resort sohilida sevimli qo‘shiqlaringiz bilan birga qarshi oling! 📅 Sana: 1-avgust (shanba) 🕢 Vaqt: 19:30 📍 Manzil: Aydarko‘l Resort sohili 🎟 Faqat 1-avgust kuni sohilda dam olish uchun kirish narxlari: Kattalar — 80 000 so‘m 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 30 000 so‘m Joylar soni cheklangan! Hoziroq xonangizni band qiling va Benom guruhi ishtirokidagi ajoyib konsertni jonli tomosha qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📞 +998700595005 📞 +998990806859 📞 +998773736070 📍Jizzax viloyati, Forish tumani, Egizbuloq MFY, Hududi qishlog‘i, 913-uy 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

🏐 Arnasoy tumani jamoasi – viloyat bosqichi sovrindori! "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining viloyat bosqichida Arnasoy tumani sharafini munosib himoya qilgan "Bobur" mahallasining 22–30 yosh toifasidagi ayollar jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🥉 G‘olib va sovrindorlar Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, viloyat voleybol federatsiyasi raisi, general-mayor G‘ayrat Qodirov tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Arnasoy tumani jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Oltin vodiy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Arnasoy tumanining Oltin vodiy mahallasida obodonlashtirish va
+3
Oltin vodiy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Arnasoy tumanining Oltin vodiy mahallasida obodonlashtirish va hududni yanada ko‘rkamlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Ayni paytda mahallada maxsus texnikalar jalb etilgan bo‘lib, hududni tartibga keltirish, tozalash hamda devorlarni bo‘yash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar mahalla qiyofasini yanada obod va fayzli etish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

🏐 Arnasoy tumani jamoasi – viloyat bosqichi sovrindori! "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yi
+5
🏐 Arnasoy tumani jamoasi – viloyat bosqichi sovrindori! "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha 16–21 hamda 22–30 yosh toifalaridagi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining viloyat bosqichi bahslari yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada Arnasoy tumani sharafini munosib himoya qilgan "Bobur" mahallasining 22–30 yosh toifasidagi ayollar jamoasi kuchli raqiblar bilan kechgan bahslarda yuksak mahorat, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyon etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🥉 Musobaqa yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat voleybol federatsiyasi raisi, general-mayor G‘ayrat Qodirov ishtirok etib, musobaqa g‘olib va sovrindorlarini samimiy muborakbod etdi. Tadbir davomida yuqori natija qayd etgan jamoalarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Arnasoy tumani jamoasini ushbu munosib natija bilan chin dildan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz! 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Cho‘lquvar mahallasida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda Arnasoy tumani Cho‘lquvar mahallasida obodonlashtirish v
+6
Cho‘lquvar mahallasida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda Arnasoy tumani Cho‘lquvar mahallasida obodonlashtirish va hududni tartibga keltirish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Ayni paytda mahallada maxsus texnikalar jalb etilgan holda noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda, shuningdek, ko‘cha va inshootlar devorlarini bo‘yash ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar mahalla hududining obod qiyofasini yaratish hamda aholi uchun yanada qulay va shinam muhitni ta'minlashga xizmat qilmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Arnasoy tumanining Baxtli mahallasida joylashgan "Ulmon ota" dehqon bozori bugungi kunda aholi uchun sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatini yaratib kelmoqda. Bozorda dehqon va fermerlar tomonidan yetishtirilgan yangi meva-sabzavotlar, poliz ekinlari hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlarga muntazam ravishda taklif etilmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Assalomu alaykum, hurmatli arnasoyliklar! Kun xayrli bo‘lsin! 📆 Bugun: 29-iyul, chorshanba 📅 Yilning: 210-kuni ⏳ Yil yakuni
Assalomu alaykum, hurmatli arnasoyliklar! Kun xayrli bo‘lsin! 📆 Bugun: 29-iyul, chorshanba 📅 Yilning: 210-kuni ⏳ Yil yakuniga: 155 kun qoldi 📜 BUGUN TARIXDA
⚡️ 1890-yil — Vincent van Gogh 37 yoshida vafot etdi. ⚡️ 1958-yil — National Aeronautics and Space Administration (NASA) tashkil etildi. ⚡️ 1981-yil — Prince Charles va Princess Diananing tarixiy nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. ⚡️ 2005-yil — Microsoft tomonidan Windows 10ning dastlabki rivojlantirish bosqichlari e'lon qilindi. 🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR 🎭 Josh Radnor (1974) — aktyor va rejissyor. 🎵 Martina McBride (1966) — xonanda. ⚽️ Fernando Alonso (1981) — Formula-1 bo‘yicha ikki karra jahon chempioni.
💬 KUN IQTIBOSI: “Har bir kun — yangi imkoniyat. Uni bugunoq samarali ishlating.” 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda Arnasoy tumani Tinchlik mahallasida “Mahallada obodlik va
+5
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda Arnasoy tumani Tinchlik mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Hududda ko‘chalar, ichki yo‘llar, ariq-zovurlar hamda jamoat joylarini tartibga keltirish, mahalla hududining yanada obod va fayzli qiyofa kasb etishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Qodirov hamda Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov mahallaga tashrif buyurib, obodonlashtirish ishlari jarayonini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida olib borilayotgan ishlar sifati va sur’atiga alohida e’tibor qaratilib, mahallani yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Arnasoy tumani Tinchlik mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-sa
+3
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Arnasoy tumani Tinchlik mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari natijasida 1450 metr masofaga suv tarmog‘i tortilib, aholi tomorqalariga suv yetkazib berildi. Amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgan Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Qodirov hamda Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov suv muammosini bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan mas’ullar va faol fuqarolarga minnatdorlik bildirdi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube

#Ijtimoiy_rolik Kasallik varaqasi endi qog‘ozbozliksiz, arizasiz va ovoragarchiliksiz! Ilgari kasallik varaqasini rasmiylashtirish, muhr bostirish va ish joyiga yetkazish uchun ancha vaqt hamda harakat talab etilar edi. Endilikda esa elektron kasallik varaqasi ochilishi bilan barcha jarayonlar inson omilisiz, avtomatik — proaktiv tarzda amalga oshiriladi. Yangi raqamli tizim fuqarolarga qanday qulaylik yaratadi? 😲 Fuqaroning biror tashkilotga borishi yoki alohida ariza topshirishi shart emas. 😲 Ma’lumotnoma, muhr va qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi. 😲 Fuqaroning ish staji va rasmiy daromadlari “Raqamli hukumat” platformasi orqali tegishli elektron bazalardan olinadi. Kasallik hamda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha elektron varaqalar asosida jarayon avtomatik ravishda boshlanadi. Eng muhimi, yangi tizim: ✅ fuqarolarning kasallik davridagi daromadini himoya qiladi; ✅ ish beruvchilarning moliyaviy va tashkiliy yukini kamaytiradi; ✅ rasmiy bandlikni rag‘batlantiradi; ✅ inson omili va byurokratik to‘siqlarni qisqartiradi. 🎬 Elektron kasallik varaqasi qanday ishlaydi? Batafsil ma’lumotni maxsus videoroligimiz orqali bilib oling. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

#Arnasoy_obod_va_saranjom_hudud Arnasoy tumanida mahallalarning obod qiyofasini shakllantirish, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga qaratilgan ezgu ishlar izchil davom etmoqda. “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida olib borilayotgan keng qamrovli obodonlashtirish tadbirlari natijasida koʻchalar ozodalanib, hududlar tartibga keltirilmoqda, koʻkalamzorlashtirish ishlari esa yangi surʼat bilan amalga oshirilmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube