Arnasoy.uz | Rasmiy kanal
Відкрити в Telegram
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati Web-sayt : https://gov.uz/oz/arnasoy Facebook : https://bit.ly/3VWYvmx YouTube : http://bit.ly/4mMiFwz Instagram : http://bit.ly/4gT2wn Hokimga murojaat: ✍️ @Arnasoy_murojaatbot ☎️ 72-372-10-00
Показати більше3 389
Підписники
+324 години
-227 днів
-630 день
Архів дописів
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
+9
🇺🇿 Jizzaxda “Mustaqillik to‘yi” festivali yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi!
✅O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasidagi ulkan musiqiy dastur jizzaxliklarga unutilmas bayram kayfiyatini ulashdi.
🎶 Jonli ijrolar, kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki muhit minglab yurtdoshlarimizni bir maydonda jamladi.
Yangiboston mahallasida namunali bog‘ barpo etildi
Arnasoy tumanining Yangiboston mahallasida istiqomat qiluvchi mehnatkash nuroniy Rozimurod bobo tomonidan yo‘l bo‘yida namunali bog‘ tashkil etildi.
Ushbu bog‘ hudud obodonchiligi va atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Turli mevali va manzarali daraxtlar ekilgan bog‘ nafaqat mahalla ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, balki yo‘lovchilar uchun ham fayzli va yashil maskanga aylanmoqda.
Rozimurod boboning tashabbusi mahalla aholisiga ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni asrash hamda yurt obodligiga hissa qo‘shish borasida ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar orqali mahallalarda yashil hududlar kengayib, obodonlashtirish ishlari yanada jadallashmoqda. Tabiatni asrash va kelajak avlodga yashil meros qoldirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar har qanday e’tirofga munosibdir.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
Jizzax dalalarida baraka mavsumi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz 2025-yilning dastlabki olti oyida 17 davlatga 14 ming tonna qovun eksport qilgan. Eng yirik xaridorlar orasida Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Yevropa davlatlari ham bor. Albatta, bu raqamlar zamirida oddiy dehqonlarning mashaqqatli mehnati yotadi. Saraton. Ertalabdan quyosh atrofni qizdiradi. Tong hali yorishmay turiboq Sharof Rashidov tumanidagi “Yangi hayot” fermer xo‘jaliklari hududiy uyushmasi dalalarida ish qizg‘in. Sahardan boshlangan harakat, yer bag‘ridan taralgan nam tuproq va paykallardagi yumaloq, cho‘zinchoq shakldagi qovunlardan kelayotgan hid atrofga taraladi. Ana shu serhosil dalalarda ijarachi dehqon Ahmad Turg‘unov joriy yilda to‘rt gektar maydonga eksportbop oqurug‘ qovun navini ekdi. Qovunlar orasida obinavot, amiri, ko‘kcha, tarpinza kabi xalqimiz sevib iste’mol qiladigan navlardan mo‘l hosil yetishtirildi. Har bir qovunning po‘stlog‘ida quyoshning tafti, har bir hosilda esa dehqonning peshona teri mujassam. Polizga kirishingiz bilan eng avvalo, sizni mehnat qilayotgan dehqonlarning birdamligi hayratga soladi. Bu yerdagi minglab gektar maydonlarda Namangan viloyatining Chust tumani Aqcha qishlog‘idan kelgan yuzga yaqin oilalar mavsum davomida shartnoma asosida ishlab, o‘z rizqini topmoqda. Ularning har biri ertadan kechgacha dalada mehnat qiladi. Kimdir qovun saralaydi, kimdir sug‘oradi, yana kimdir esa hosilini bozorbop qilish bilan band. Mehnatning samarasi ham yomon emas. O‘rtacha bir oila mavsum davomida 30–40 million so‘mgacha daromad olmoqda. Bu esa qishloq aholisi uchun katta madad, xonadonlarga fayz va baraka demakdir. — 5–6 yildan buyon ijara shartnoma asosida poliz mahsulotlarini yetishtirib kelyapmiz. Nafaqat qovun, balki tarvuz, kartoshka, makkajo‘xori, oshqovoq kabi ekinlarni ham parvarish qilamiz. Yildan yilga tajribamiz oshapti. Eng muhimi, mehnatimizning ortidan odamlar rizq topmoqda, —deydi ijarachi Ahmad Turg‘unov. Bugun “Yangi hayot” dalalarida yetishtirilayotgan qovunlar nafaqat ichki bozorlarga, balki xorijga ham eksportga yo‘naltirilayotgani quvonarli hol. Xo‘jalik a’zolari endilikda ana shunday qovun navlari turini va urug‘ini ko‘paytirish ustida ish olib borishayotir.🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
+6
Jizzax viloyatida investitsiya va eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax viloyati hokimi rahbarligida investitsiya kompleksiga oid masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, investitsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish, turizm hamda boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport prognozlari ijrosini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish, sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish hamda Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha tahlil qilindi. Ta’kidlanganidek, joriy yilda viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish bo‘yicha yuqori marralar belgilangan. Bu esa har bir hududdan mavjud iqtisodiy salohiyat va resurslardan samarali foydalangan holda yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish, xorijiy investorlar bilan manzilli ishlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlashni talab etadi. Yig‘ilish davomida investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati tahlil qilinib, ayrim shahar va tumanlarda belgilangan rejalar ijrosi talab darajasida emasligiga e’tibor qaratildi. Mas’ullarga investitsiya loyihalarini amaliy bosqichga o‘tkazish, statistika hisobotlari bilan haqiqiy ishlar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, har bir loyihaning ijrosini doimiy nazorat qilish yuzasidan topshiriqlar berildi. Shuningdek, eksport prognozlari ijrosi ham muhokama qilinib, sanoat mahsulotlari eksporti bilan bir qatorda meva-sabzavot, IT xizmatlari va turizm xizmatlari eksportini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, tashqi bozorlarga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni yetkazib berish, eksportchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha tegishli rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi. Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mosh, poliz, meva-sabzavot va boshqa eksportbop mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha har bir hududda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, eksportchi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mahsulotlarni o‘z vaqtida tashqi bozorlarga yo‘naltirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, viloyatdagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati tahlil qilinib, bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish, yangi investorlarni jalb qilish, yuqori qo‘shimcha qiymat yaratuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda mahalliylashtirish darajasini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi. Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlar va shahar-tuman hokimlariga belgilangan vazifalar ijrosini so‘zda emas, amaliy natijalar bilan ta’minlash, har bir investitsiya loyihasi va eksport ko‘rsatkichi bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish hamda Prezident tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
🔍 Mehnat faoliyatingizni tekshirishni unutmang!
🖥 Har bir rasmiy ish kuni, har bir ish staji va har bir to‘g‘ri ma’lumot — kelajakdagi munosib pensiya sari muhim qadam.
📲 Bugun tekshiring — ertangi xotirjamligingizni ta’minlang!
✔️ Shunda pensiya tayinlash jarayoni ham proaktiv tarzda tezkor va qulay amalga oshiriladi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
#Jinoyat_va_jazo
🍀💊 НАРКОФУРУШ "ДЕҲҚОН" ва "КЛАДМАН"ЛАР ҚЎЛГА ОЛИНДИ
‼️ Республика миқёсида ўтказилаётган “Хавфсиз ва соғлом юрт” тезкор профилактик тадбирининг иккинчи босқичи доирасида ДХХ Тошкент вилояти Бошқармаси ҳамда вилоят ИИББ ходимлари томонидан бир қатор тезкор тадбирлар ўтказилмоқда. Хусусан,
1️⃣ Янгийўл шаҳри, Янгиҳаёт маҳалласида яшовчи, муқаддам гиёҳвандлик воситалари билан боғлиқ жиноятлар учун судланган, 1973 йилда туғилган фуқаронинг яшаш хонадони белгиланган тартибда кўздан кечирилди. Натижада, мазкур хонадон ҳовлисида жойлашган иссиқхона ичида жами 22 туп марихуана ўсимлиги етиштирилаётганлиги аниқланди. Ҳолат юзасидан тегишли ҳужжатлар расмийлаштирилиб, барча ўсимликлар юлиб олинди ва ашёвий далил сифатида олиб қўйилди. Тўпланган ҳужжатлар асосида юқорида қайд этилган шахсга нисбатан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг тегишли моддалари билан жиноят иши қўзғатилди.
2️⃣ Бошқа бир ҳолатда, 1996 йилда Самарқанд вилоятида ҳамда 1995 йилда Тошкент вилоятида туғилган, муқаддам ЖКнинг 276-моддаси 1-қисми билан судланган икки нафар шахслар Телеграм ижтимоий тармоғидаги бот орқали буюртма олиб, 0,75 граммдан қадоқланган 20 та ўрамдаги «героин» моддасини Тошкент тумани “Учқаҳрамон” маҳалласи ҳудудидаги «хуфия» манзилдан олиб, белгиланган топшириқ асосида 7 та «хуфия» жойларга 1 донадан яшириб, қолган 13 ўрамдаги наркотик моддани белгиланган нуқталарга қўйиш учун кетаётган вақтида ҳуқуқ-тартибот идоралари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди ва ЖК.нинг тегишли моддалари билан жиноят иши қўзғатилди.👮🏼♂️Тезкор профилактик тадбирлар давом эттирилмоқда. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
🔥 Toshkentda ikki fuqaro marhum yaqinlaridan qolgan qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirdi
🇺🇿 Joriy yilning 1-iyulidan respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarning II bosqichi doirasida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘qotar qurollarning noqonuniy muomalasining oldini olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.
1️⃣ Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi 1981 y.t. fuqaro marhum otasi alohida istiqomat qilgan xonadonda aniqlangan 1 dona vintovka, 19 dona o‘qotar ov qurollari, 13 dona stvol va kolodkalar, 117 dona o‘q-dorilar hamda boshqa ikkilamchi ehtiyot qismlarni o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirdi.
2️⃣ DXX va IIVning poytaxt boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan boshqa tadbirda esa Mirobod tumanida yashovchi 1960 y.t. ayol ham marhum turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan 2 dona o‘qotar ov quroli va 181 dona o‘q-dorilarni ixtiyoriy ravishda topshirdi.❗️ Hurmatli fuqarolar amaldagi qonunchilikka muvofiq, o‘qotar qurol va o‘q-dorilar hamda portlovchi moddalarni o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
+3
Xitoy tajribasini o‘rgangan o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib, ilg‘or ta’lim tajribalarini o‘rganib qaytgan tuman o‘qituvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida pedagoglar Xitoy ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, raqamli texnologiyalar, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tuman hokimi xorijiy tajribani mahalliy ta’lim muassasalarida amaliyotga joriy etish, o‘quv jarayonida zamonaviy usullardan samarali foydalanish hamda yosh avlodga sifatli ta’lim berish borasidagi taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuvda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish va xalqaro tajribalarni keng joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
⚠️ DIQQAT!
Arnasoy tumanida gaz ta’minotini tiklash ishlari davom etmoqda.
2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda Arnasoy GRSdan kelayotgan yuqori bosimli gaz quvurlarida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish ishlari sababli tumandagi barcha mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatilgan.
🔧 Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Hurmatli iste’molchilardan sabr va tushunishlarini so’raymiz.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
+6
Tayinlov
Jizzax viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari F.Omonov hamda viloyat hokimi U.Mustafoyev ishtirokida aholi murojaatlari bilan ishlash holati va 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o’tdi.
Yig’ilish avvalida tashkiliy masala ko’rildi. Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o’rinbosari etib Bayrambek Uzakov tayinlanganini yig’ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish sifati, takroriy murojaatlarning oldini olish, murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolarni tizimli hal etish hamda davlat organlari va tashkilotlari mas’uliyatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
+3
“Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda
Arnasoy tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Kamalak” oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Oromgohda bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, o‘quvchilar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazilib, ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, diqqat va strategik tafakkur borasidagi mahoratlarini namoyon etdilar.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
Assalomu alaykum, hurmatli arnasoyliklar! Kun xayrli bo‘lsin!
📆 Bugun: 7-iyul, seshanba
📅 Yilning: 188-kuni
⏳ Yil yakuniga: 177 kun qoldi
📜 BUGUN TARIXDA
⚡️ 1456-yil — Siege of Belgrade boshlandi. Ushbu jang Yevropa tarixidagi muhim harbiy voqealardan biri hisoblanadi. ⚡️ 1898-yil — United States Hawaii orollarini anneksiya qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. ⚡️ 2005-yil — London shahrida terrorchilik hujumlari sodir etildi. ⚡️ Har yili 7-iyul kuni — Butunjahon shokolad kuni nishonlanadi. 🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR 🎬 Ringo Starr (1940) — afsonaviy musiqachi va aktyor. 🎵 Michelle Kwan (1980) — mashhur sportchi. 🎭 Shelley Duvall (1949–2024) — aktrisa.💬KUN IQTIBOSI: “Har bir kunni ezgu ishlar bilan bezagan insonning hayoti mazmunli bo‘ladi.” 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
+1
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida arnasoylik shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Umid Qodir bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ijodkor markaz xodimlari hamda yosh kitobxonlar bilan samimiy muloqot qilib, adabiyotning inson kamolotidagi o‘rni, kitob mutolaasining ahamiyati va o‘z ijod yo‘li haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirdi. Shuningdek, u o‘zining sara she’rlaridan namunalar o‘qib, yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida yosh kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, sevimli ijodkori bilan yaqindan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur ijodiy uchrashuv yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ijodkorlikka rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
#TAYINLOV
Arnasoy tumani "Baxtli" mahalla fuqarolar yig'ini raisi lavozimiga Xojiyev Olim Bashmanovich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Xojiyev Olim Bashmanovich davlat va jamoat tashkilotlarida turli mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib kelgan.
Yangi tayinlov munosabati bilan Xojiyev Olim Bashmanovichni qutlab, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yuksak natijalar tilaymiz.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
+2
Arnasoy tumanida gaz ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda Arnasoy GRSdan kelayotgan D-273 mm va D-159 mm diametrli yuqori bosimli yer usti gaz quvurlarida aniqlangan gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish ishlari ayni vaqtda olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan:
📅 2026-yil 6-iyul soat 08:00 dan
📅 2026-yil 8-iyul soat 18:00 gacha
Arnasoy tumanidagi barcha mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
🔧 Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
+1
#Mustaqillik35
NURONIYLARGA YUKSAK HURMAT KO‘RSATILDI
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Qodirov hamda Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriysi Nizomiddin bobo Pardayev xonadoniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida nuroniy otaxonga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, uning hayot yo‘li, mehnat faoliyati hamda yosh avlod uchun ibrat bo‘ladigan xotiralari bilan yaqindan tanishildi.
Bunday ehtirom va g‘amxo‘rlik yurtimizda keksalarga bo‘lgan hurmat, ularning boy tajribasini qadrlash hamda jamiyatda ezgu qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
+5
#Mustaqillik35
"YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KЕLAJAK YARATAMIZ!"
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash doirasida tasdiqlangan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh g‘oyasi asosida Arnasoy tumani Bobur mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Yangi O‘zbekistonda inson qadrini yuksaltirish, aholi farovonligini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbir davomida madaniyat xodimlari tomonidan Vatanni, tinchlikni va mustaqillikni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar hamda milliy an’analarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Mustaqilligimiz – eng buyuk, eng aziz qadriyatimiz!
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
💳 Pensiyangizni plastik karta orqali olasizmi?
💬 Bilasizmi, plastik karta orqali pensiya oluvchilarga pensiya mablag‘ining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov beriladi.
✔️ Shu bilan birga, 2026 yil 1 iyuldan barcha pensionerlarning asosiy pensiyasi 7 foizga oshirildi.
🖥 Infografika orqali 1 foiz qo‘shimcha to‘lov qanday hisoblanishi va u pensiya oshirilishi bilan qanday bog‘liqligini bilib oling.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
+5
ARNASOYLIK YOSH KARATЕCHILAR XALQARO MUSOBAQA SARI YO‘L OLDILAR
Bugun Arnasoy tumanida sportning karate turi bilan shug‘ullanayotgan bir guruh iqtidorli yoshlar Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi.
Tadbirda Arnasoy tumani hokimi o‘rinbosari Shavkat Kenjabayev, tuman Nuroniylar kengashi raisi Isoq Avalboyev hamda bir guruh faollar ishtirok etib, yosh sportchilarga samimiy tilaklar bildirdi.
So‘zga chiqqanlar yosh karatechilarga musobaqada munosib ishtirok etib, Vatanimiz va Arnasoy tumani sharafini munosib himoya qilish, yuqori natijalar bilan yurtga qaytishlarini tiladilar.
Ishonamizki, sportchilarimiz xalqaro maydonda yuksak mahorat, matonat va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etib, yurtimiz bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘taradilar.
Arnasoylik yosh karatechilarga omad va zafarlar tilaymiz!
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
