Arnasoy.uz | Rasmiy kanal
Kanalga Telegram’da o‘tish
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati Web-sayt : https://gov.uz/oz/arnasoy Facebook : https://bit.ly/3VWYvmx YouTube : http://bit.ly/4mMiFwz Instagram : http://bit.ly/4gT2wn Hokimga murojaat: ✍️ @Arnasoy_murojaatbot ☎️ 72-372-10-00
Ko'proq ko'rsatish3 155
Obunachilar
-224 soatlar
-187 kun
-9230 kun
Postlar arxiv
⏳ Кечроқ пенсияга чиқиш — юқорироқ пенсия имконияти
Пенсия ёшига етгандан кейин ҳам меҳнат фаолиятини давом эттиришни истаган фуқаролар учун пенсияга кечроқ чиқишни рағбатлантирувчи механизм таклиф этилмоқда.
📈 Бунда фуқаро меҳнат фаолиятини давом эттириб, пенсияга кейинроқ чиқишни танласа, унинг келгусидаги пенсия миқдорини ошириш имконияти яратилади.
Бу фуқарога ўз хоҳиши ва меҳнат имкониятидан келиб чиқиб қарор қабул қилиш ҳамда узоқроқ меҳнат қилгани учун юқорироқ пенсия олиш имконини беради.
💚 Кечроқ пенсияга чиқиш қандай афзаллик беради? Видеода батафсил танишишингиз мумкин.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
📢 TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
🇺🇿🇧🇾 O‘zbekiston–Belarus biznes-forumi hamda “Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” milliy ko‘rgazmalarida ishtirok etish imkoniyati!
🗓 29–30-sentabr 2026-yil
📍 Xiva shahri
Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi mumkin:
🔹 Milliy an’analar va hunarmandchilik
🔹 Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
🔹 To‘qimachilik va yengil sanoat
🔹 Ipakchilik
🔹 Avtomobil va charm mahsulotlari
🔹 IT-texnologiyalar va robototexnika
🔹 Go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari
🔹 Tibbiyot, farmatsevtika va kosmetika
🔹 Turizm va agroturizm
🔹 Zamonaviy mashina va uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi va transport vositalari
🤝 Biznes-forum — yangi hamkorlar topish, xorijiy bozorlarga chiqish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim maydon.
📌 Ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlardan murojaat qilish so‘raladi.
📞 Murojaat uchun:
📱+998 91 593 53 44
✈️Telegram: @Binokulova
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Mirzacho‘lda g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekish uchun yangi turdagi seyalka ishlab chiqarilmoqda
Mirzacho‘l tumanida g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekishga mo‘ljallangan yangi turdagi seyalka ishlab chiqarilmoqda.
Mazkur texnikaning asosiy jihati shundaki, u g‘o‘zapoyani maydalash va g‘alla ekish ishlarini bir vaqtning o‘zida amalga oshirish imkonini beradi. Seyalka harakatlanish jarayonida g‘o‘zapoyani maydalab, hosil bo‘lgan o‘simlik qoldiqlarini dalaning yuzasiga bir tekis sochib ketadi.
Ushbu texnologiyadan foydalanish orqali tuproq eroziyasining oldini olish, namlikni saqlash, yerga qo‘shimcha ishlov berish zaruratini kamaytirish hamda texnika sarfini qisqartirish imkoniyati yaratiladi.
Yangi turdagi seyalkaning amaliyotga joriy etilishi qishloq xo‘jaligida resurstejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish, yer unumdorligini saqlash va agrotexnik tadbirlarni optimallashtirishga xizmat qiladi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
🎥 Videoreportaj: Paxtakorda aholi farovonligi va hudud taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Mustaqillik yillarida, ayniqsa so‘nggi 10 yilda amalga oshirilayotgan islohot va tashabbuslar markazida inson, uning sha’ni va qadrini yuksaltirish maqsadi mujassam. Shuningdek, hududlarda aholi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yurtimiz taraqqiyot yo‘li va kelgusidagi maqsadlar haqida fikr almashilmoqda.
Paxtakor tumanida ham amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida sanoat korxonalari ko‘payib, zamonaviy uy-joylar barpo etilmoqda. Bu o‘zgarishlar aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi alohida strategik sheriklikni keng ko‘lamli loyihalar va ko‘p milliardlik kelishuvlar bilan to‘ldirdi, Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasidagi muloqotni yangi strategik tashabbuslar bilan boyitdi.
—
Государственный визит Президента нашей страны в Республику Корея наполнил особое стратегическое партнерство масштабными проектами и многомиллиардными соглашениями, обогатил диалог Центральной Азии и Кореи новыми стратегическими инициативами.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Assalomu alaykum, hurmatli arnasoyliklar! Kun xayrli bo‘lsin!
📆 Bugun: 17-sentyabr, payshanba
📅 Yilning: 260-kuni
⏳ Yil yakuniga: 105 kun qoldi
📜 BUGUN TARIXDA
⚡️ 1787-yil — AQSh Konstitutsiyasi Filadelfiyada imzolandi. ⚡️ 1928-yil — “Mikki Maus” qahramoni ilk bor ommaga namoyish etildi. ⚡️ 1939-yil — Sovet qo‘shinlari Polshaning sharqiy hududlariga kirdi. ⚡️ 1978-yil — AQSh prezidenti Jimmi Karter va Misr prezidenti Anvar Sadat ishtirokida Kemp-Devid kelishuvlari imzolandi. 🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR 🎬 Keith Flint — 1969-yil, britaniyalik musiqachi, “The Prodigy” guruhi solisti. 🎤 Baz Luhrmann — 1962-yil, avstraliyalik rejissyor va prodyuser. 🎭 Alexander Ovechkin — 1985-yil, rossiyalik xokkeychi.💬 KUN IQTIBOSI: “Har bir kun — yangi imkoniyat. Muhimi, undan unumli foydalanish.” 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
+6
ARNASOY TUMANI — YANGIBOSTON MAHALLASIDA “SHUKRONALIK” TADBIRI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangiboston mahallasida “Shukronalik” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o‘rni, bugungi bunyodkorlik va taraqqiyot jarayonlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan Vatan, istiqlol va shukronalikni tarannum etuvchi fikrlar bildirilib, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, yig‘ilganlarda Vatanga muhabbat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
+9
MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, SHUKRONALIK — QALB E’TIROFI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumanida “Shukronalik” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi Nusratilla Markayevich Pardayev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova ishtirok etdi.
Tadbir davomida mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadri, bugungi taraqqiyot va bunyodkorlik jarayonlari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda istiqlol yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, inson qadri va manfaatlarini ta’minlash, milliy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mustaqillik bergan imkoniyatlar, bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish, erishilgan yutuqlarni asrab, ularni yanada ko‘paytirish har birimizning mas’uliyatimiz ekani ta’kidlandi.
Ijodkorlar tomonidan Vatan, istiqlol, tinchlik va shukronalikni tarannum etuvchi fikrlar hamda ijod namunalari tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.
“Shukronalik” tadbiri mustaqillikning 35 yillik yo‘liga nazar tashlash, bugungi kunning qadrini chuqur his etish, xalqimizning birdamligi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan mazmunli uchrashuv bo‘ldi.
Mustaqillik — erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevori. Uni qadrlash, Vatan ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilish esa barchamizning sharafli burchimizdir.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
+3
OILAVIY NIZOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
Arnasoy tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan Baxtli mahallasida yuzaga kelgan oilaviy nizo mahallaga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida oiladagi vaziyat, nizoning kelib chiqish sabablari va tomonlarning o‘zaro munosabatlari atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan nizo ishtirokchilarining fikr va mulohazalari tinglanib, har bir tomonning pozitsiyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari tomonidan oiladagi vaziyat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Suhbat davomida oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat, murosaga kelish, bir-birini tinglash va kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlandi.
Mas’ullar tomonidan nizoli vaziyatni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilib, tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilik muhokama qilindi. Ko‘rilgan choralar natijasida oilaviy nizo bartaraf etilib, tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK!
Arnasoy tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Ubaydullayev Elyor Abduhakimovichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik va farovonlik tilaymiz. Ichki ishlar organlaridagi mas’uliyatli faoliyatingizda ishlaringiz doimo samarali bo‘lib, yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib borishingizni tilaymiz.
El-yurt osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlaringizda kuch-g‘ayrat va omad yor bo‘lsin.
Oila davrasida yaqinlaringiz mehridan bahramand bo‘lib, doimo sog‘-salomat va xotirjam hayot kechirishingizni tilaymiz.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyo - Koreya Respublikasi" biznes sammitida ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства принял участие в бизнес-саммите «Центральная Азия – Республика Корея».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasining birinchi sammitida nutq so‘zladi.
—
Президент нашей страны выступил на первом саммите государств Центральной Азии и Республика Корея.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+3
⚡️⚡️⚡️Pensiya hisobida ish haqi davri kengaytiriladi
Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini amaldagi 5 yildan bosqichma-bosqich 20 yilgacha oshirish taklif etilmoqda.
📆 Bunda davr har yili 1 yildan kengaytiriladi. Hisobga olinayotgan davrning ish haqi eng past bo'lgan 10 foizi chiqarib tashlanadi hamda tartib 2016-yildan keyingi elektron ma’lumotlar asosida qo‘llanadi.
🎯Mazkur yondashuv pensiya miqdorini fuqaroning uzoq yillik mehnati, rasmiy ish haqi, ish staji va to‘langan ijtimoiy solig‘iga to‘laroq bog‘lashga qaratilgan.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на первом саммите «Центральная Азия – Республика Корея»
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the First “Central Asia – Republic of Korea” Summit
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Jizzaxlik taekvondochi Ozoda Sobirjonova: Mening eng katta maqsadim — Olimpiada chempioni bo‘lish
Katta sportda har bir g‘alaba ortida uzoq va mashaqqatli mehnat, qat’iyat va matonat mujassam. Ayniqsa, xalqaro maydonda Vatan sharafini munosib himoya qilish sportchidan nafaqat yuksak mahorat, balki sabr-toqat, ruhiy barqarorlik va har bir musobaqadan to‘g‘ri xulosa chiqara olishni talab etadi. Jizzaxlik taekvondochi Ozoda Sobirjonova ana shunday fazilatlari bilan katta sportda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Osiyo va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda munosib natijalar qayd etib kelayotgan Zomin qizi bugun oldiga yanada yuksak maqsad qo‘ygan — "Los-Anjeles–2028” Olimpiadasida chempion bo‘lish. Ozodaning katta sportdagi yo‘li 2010-yildan boshlangan. Zomin tumanining Yom qishlog‘ida tug‘ilgan sportchi dastlab murabbiy Muzaffar Xamroqulovdan taekvondo sir-asrorlarini o‘rgandi. Keyinchalik Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mahoratini yanada oshirdi. Tuman va viloyat miqyosidagi musobaqalardagi g‘olibliklar Ozodaning iqtidori va sportdagi salohiyatini namoyon etdi. 2017-yilda yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqqan sportchi oradan bir yil o‘tib, xalqaro musobaqada ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Iqtidorli sportchining shakllanishida murabbiylari Xudoyor Ahmadjonov, Dadaxon G‘afforov va Jasur Boyqo‘ziyevlarning mehnati alohida ahamiyatga ega. Ustozlarining qimmatli tavsiya va ko‘rsatmalarini puxta o‘zlashtirgan Ozoda yil sayin o‘z imkoniyatlarini tobora yuqori darajada namoyon eta boshladi. 2018-yilda Tunisda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lgan taekvondochi oradan bir yil o‘tib, Osiyo chempionatida ham sovrindorlar safidan joy oldi. Bu natijalar uning xalqaro maydondagi jiddiy qadamlaridan biri bo‘ldi. 2021-yilda esa Livandagi "Beirut Open” turnirida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan Ozoda endi shunchaki medal uchun emas, balki chempionlik uchun kurashishga tayyor ekanini isbotladi. Shundan so‘ng uning sportdagi natijalari yanada salmoqli tus oldi. O‘tgan yili Jizzaxda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida barcha raqiblarini ortda qoldirib, mamlakat chempioni bo‘lgan qahramonimiz bu yil ham yurtimiz sport muxlislarini quvontirmoqda. Jumladan, mart oyida Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilgan jahon ochiq chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Ayniqsa, Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda o‘tkazilgan Osiyo chempionatidagi zafar uning bugungi sport faoliyatidagi eng muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Mazkur g‘alaba Ozodaga "Los-Anjeles–2028” Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etdi. Olimpiada muhiti Ozoda uchun begona emas. 2024-yilda Parijda o‘tkazilgan to‘rt yillikning eng nufuzli sport anjumanida u 67 kilogramm vazn toifasida bahslarda qatnashib, beshinchi o‘rin bilan cheklangan edi. Biroq bu ishtirok uning sport faoliyatida katta tajriba maktabi bo‘ldi. Endi Ozoda navbatdagi Olimpiadaga avvalgidan ko‘ra tajribali, ruhan toblangan va yirik musobaqalar mas’uliyatini chuqur his qilgan sportchi sifatida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni paytda O. Sobirjonova terma jamoa tarkibida bosh murabbiy Pavel Xan qo‘l ostida Yaponiyada bir necha kundan so‘ng start oladigan Osiyo o‘yinlariga hozirlik ko‘rmoqda. Mazkur nufuzli musobaqada yuqori natija qayd etish kelgusi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish imkonini beradi. — Mening eng katta maqsadim — Olimpiada chempioni bo‘lish, — deydi qahramonimiz. — Buning uchun hali oldinda juda ko‘p mehnat va mashaqqat talab etadigan yo‘l borligini yaxshi bilaman. Har bir mashg‘ulotda o‘zimni yanada kuchliroq sportchi sifatida tarbiyalashga harakat qilyapman. Ishonchim komil, astoydil mehnat va to‘g‘ri tayyorgarlik bilan bu safar eng katta orzuimni ro‘yobga chiqaraman.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
🎥 Videoreportaj: Jizzaxda turli millat vakillari ishtirokida gastronomik festival o‘tkazildi
Jizzax shahridagi Ekologik bog‘da turli millat vakillari ishtirokida gastronomik festival tashkil etildi. Festivalda qozoq, qirg‘iz, rus va koreys milliy madaniy markazlari vakillari o‘z xalqlarining milliy taomlari, qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini namoyish etdi.
Rang-barang milliy liboslar, qadimiy madaniyatni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar hamda mazali milliy taomlar festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Talaba-oshlar, yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar turli xalqlarning mehmondo‘stligi, kundalik hayoti va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
📹 Batafsil — videolavhada.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
📢 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Avtomobilsozlik sanoatining yirik korxonalari bilan kooperatsiya o‘rnatish, o‘z mahsulotingizni bevosita buyurtmachilarga taklif qilish yoki tarmoq ehtiyojidan kelib chiqib yangi mahsulot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapsizmi?
29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yirik sanoat korxonalari bilan bevosita muloqot qilish, ularning mavjud va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganish, o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarini namoyish etish hamda yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish imkonini beradi.
✅ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Buning uchun yuqoridagi QR-kodni skanerlang va ro‘yxatdan o‘ting.
🗓 29–30-sentabr, 2026-yil
📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi
☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
"Ertalabdan beri gapirayapman, hech kim suv ham bermaydi menga" - Shavkat Mirziyoyev
«Ko‘chalarda oddiy yurgan odamlarni, yoshlarni ko‘rib, qani endi ular hozirgi kunlari hayotlaridagi eng baxtli kunlar ekanini bilsalar, deyman. Eng baxtli kunlaringiz — mana shu. Buning qadriga yetinglar.
Ikki-uch kundan beri o‘sha to‘rt soatlik farq odamga juda qattiq ta’sir qilyapti. O‘rganish juda qiyin bo‘lyapti. Juda charchagan edim, lekin sizlarni ko‘rib kuch oldim, qudrat oldim”, — dedi Prezidentimiz.
Repost from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Ketma-ket boʻlib oʻtgan 10 ta tadbir…
Hech qanday tanaffussiz va hatto tushliksiz davom etgan qariyb 10 soatlik ish vaqti…
Prezidentning Koreyaga tashrifi 1 kuniga nazar tashlasak.
Odatda Oʻzbekiston yetakchisining xorijiy tashriflari juda tigʻiz boʻlib, tadbirlar, uchrashuvlarga boy oʻtadi. Prezidentimiz hech bir tashrifda faqat siyosiy muloqotlar bilangina cheklanib qolmagan. Davlat rahbari har gal oʻsha mamlakatning yirik kompaniyalari, katta biznes egalari bilan shaxsan uchrashadiki, ular Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yanada koʻproq sarmoya kiritsin, texnologiyasini olib kirsin, zavod, fabrika, qoʻshma korxona qursin, pirovardida oʻzimizning qora koʻzlar uchun yangi va yuqori daromadli ish oʻrinlari boʻlsin.
📆 15-sentyabr, Koreya tashrifining 2-kuni. Prezidentimizning ish jadvali shu qadar tigʻiz ediki, shu kuni biz jurnalistlarga ham oson boʻlmasligini erta tongdanoq payqadik. Davlat rahbari 1 kunning oʻzida 10 ta tadbirda ishtirok etdi. Koreya Parlamenti raisi va Bosh vaziri bilan uchrashuv, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida 6 ta qabul, Oʻzbekiston — Koreya biznes forumida qatnashish va eng soʻnggida vatandoshlar bilan muloqot. Tasavvur qiling, ertalab soat 10 larda boshlangan tadbirlar ketma-ket, orada hech qanday tanaffuslarsiz, oʻrni kelganda aytishim kerak, hatto tushliksiz salkam 20:00 ga qadar davom etdi. Nafas rostlashga ulgurmasdik hatto.
🇺🇿 Vatandoshlar bilan muloqot taxminan 18:00 larda boshlandi. Bu vaqtga kelib, tan olaman biz juda toliqqan edik. Ammo oxirgi biznes uchrashuvni yakunlab, ketidan darrov yurtdoshlarimiz bilan muloqot uchun zalga kirib kelgan Prezidentimiz hamon ishchan kayfiyatda edi. Hech qanday mubolagʻasiz aytamanki, davlatimiz rahbarida hayratlanarli darajadagi energiya bor va uning juda yuqori darajadagi TEMPiga chidash oson emas.
⏰ Muloqot boshlanganiga 1 soatlar boʻlganida protokol xizmati rahbari Prezidentga “9 soat boʻldi” dedi past ovozda. Ya’ni davlat rahbari uzliksiz 9 soatdan beri ishlayotgan edi. Shu gapdan keyin ham Oʻzbekiston yetakchisi vatandoshlarimiz bilan 1 soat suhbatlashdi. Va shunda ham ertaga (ya’ni 16-sentyabrda) katta sammit borligi, unga tayyorgarlik koʻrish kerakligini aytgan holda Koreyada yashayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan xayrlashdi.
Ana shunaqa gaplar. Aslida, davlat rahbarining yurt taraqqiyoti yoʻlidagi har bir kunlik faoliyati, har bir xorijiy tashrifi ana shunday betinim oʻtadi. Men faqat bu safargisini batafsil sharhlashga urindim, xolos. Yuqoridagi videoda esa ushbu kun voqealarini 3 daqiqaga sigʻdirish uchun uning 20–30 barobarga qisqartirilgan variantini tomosha qilishingiz mumkin.
