Ochiq muloqot 2026
Open in Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 076
Subscribers
-6224 hours
-3707 days
-1 61930 days
Posts Archive
1 076
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
+6
#JARAYON
📍Surxondaryo viloyatida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning 20-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun Termiz shahrida Savdo-sanoat palatasi hamda Biznes-ombudsman tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, tizimli masalalar va biznes vakillarining takliflari muhokama qilindi.
🏘 Uchrashuvda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari qatorida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi tadbirkorlari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, murojaatlarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish hamda tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
Tadbirkorlardan kelib tushgan murojaat va takliflar umumlashtirilib, ularni vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 076
Repost from Biznes-ombudsman
👍 Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?
VI Ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika shtabi faoliyati haqida “O‘zbekiston” telekanali bilan hamkorlikda ko‘rsatuv tayyorlandi.
Batafsil — tomosha qiling. 📹
https://youtu.be/3MLY3DNKtyU?si=Ifp2KF3COyo_mZU2
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 076
+5
🏦 Асакабанк раҳбарияти Тошлоқ тумани тадбиркорларининг муаммо ва таклифларини тинглади
Асакабанк томонидан Фарғона вилоятининг Тошлоқ туманида фаолият юритаётган тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ташкил этилди.
Учрашув давомида тадбиркорларни қизиқтираётган масалалар муҳокама қилиниб, уларнинг таклиф ва мурожаатлари тингланди. Шунингдек, бизнесни янада ривожлантириш, молиявий қўллаб-қувватлаш механизмлари ва банк хизматларидан самарали фойдаланиш имкониятлари юзасидан атрофлича фикр алмашилди.
Мурожаатларни жойида ўрганиш ва амалий ечимлар ишлаб чиқишга алоҳида эътибор қаратилди. Айрим масалалар бўйича масъулларга тегишли топшириқлар берилиб, уларни ҳал этиш юзасидан зарур чоралар белгиланди.
🏦 Асакабанк тадбиркорлар билан очиқ мулоқотлар орқали ҳудудларда бизнес вакилларини қўллаб-қувватлаш ҳамда уларнинг ташаббусларини рўёбга чиқаришга хизмат қилувчи ҳамкорлик муҳитини мустаҳкамлашда давом этади.
📱Instagram📱Facebook📺Youtube
1 076
✅ Ochiq muloqotlar natijalari
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko'rish doirasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
✔️ Bugunga qadar Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida (jami 141 ta tuman va shaharda) ochiq muloqotlar o'tkazildi.
➡️ Natijalar: ✍️ 1 882 nafar tadbirkor va korxona vakili qamrab olindi ✍️ 319 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi ✍️ 121 ta masala joyida hal etildi ✍️ 41 ta murojaat bo'yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi ✍️ 157 ta murojaat nazoratga olinib, tegishli choralar belgilandi✅ Shuningdek, Agentlik binosida tarmoqlar bo'yicha ham ochiq muloqotlar tashkil etilib, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat, yengil sanoat hamda farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan 450 dan ortiq tadbirkor bilan uchrashuvlar o'tkazildi. ✅ Ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini o'rganish, ularning yechimi bo'yicha amaliy choralarni ishlab chiqish hamda Prezidentning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqoti uchun takliflarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
1 076
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#ochiq_muloqot
Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida davlatimiz rahbarining joriy yil tadbirkorlik subyektlari bilan VI ochiq muloqoti oldidan kichik biznes vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Ochiq muloqotda Toshkent shahar soliq boshqarmasi va tuman soliq inpeksiyasi mutasaddilari Prezidentning 100-son Farmoni mazmuni haqida tadirkorlarga batafsil tushuntirishlar berdi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
1 076
👍 BIZNESINGIZ KELAJAGIGA BUGUNDAN HISSA QO‘SHING!
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi – «Ochiq muloqot 2026» Siz uchun yangi tashabbuslar va yirik imkoniyatlar eshigini ochadi!
Respublika shtabida to‘plangan 40 dan ortiq vazirlik va idoralar ekspertlari har bir murojaatga individual va tezkor yechim topish ustida ishlamoqda. Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbarlarining qabuliga onlayn yoki shaxsan qatnashing.Muammolarni birgalikda hal etamiz! 📞 Tel: 1100, 1094 👍 Bot: @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
Repost from GOV.UZ
+5
Peshkuda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Peshku tumanida Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Telegram | X | Facebook | Gov.uz
1 076
Ochiq muloqot – 2026: murojaatlar qabul qilinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan Respublika shtabi tomonidan tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar va takliflar qabul qilinmoqda.
📊 Joriy yilning 13-iyun holatiga ko‘ra:
🔹 Jami 1 519 ta murojaat kelib tushgan;
🔹 Shundan 1 413 tasi qo‘ng‘iroqlar orqali;
🔹 106 tasi esa @biznesombudsmanrasmiy_bot orqali yuborilgan.
📌 Murojaatlar tahlili bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin!
🔈 Hurmatli tadbirkorlar!
Faoliyatingizda uchrayotgan muammolar, biznes yuritishdagi to‘siqlar yoki tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflaringiz bo‘lsa, Respublika shtabiga murojaat qiling.
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari
🤖 @ochiqmuloqot2026_bot
📢 OCHIQ MULOQOT 2026
@Ochiqmuloqot2026
OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
Repost from Biznes-ombudsman
Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil 15-20-iyun kunlari yurtimiz bo‘ylab Biznes-ombudsman devoni tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikrlaringiz bo‘lsa, sizni uchrashuvlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Biznes-ombudsman devonining tegishli hududiy shu’basi bilan bog‘laning.
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting.
@ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 076
👍Ochiq muloqot Respublika shtabiga qanday turdagi murojaat va takliflar berish mumkinligini bilmoqchimisiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–200-son qaroriga muvofiq, VI Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida Respublika shtabiga kelib tushayotgan barcha murojaat va takliflar ularning mazmunidan kelib chiqib tizimlashtiriladi hamda 9 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ekspert guruhlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
👍 Mazkur infografikada tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarning 9 ta yo‘nalish kesimidagi batafsil tasnifi bilan tanishishingiz mumkin. Bu esa murojaatlarni manzilli tahlil qilish va ular yuzasidan samarali yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Murojaat qilish juda oddiy:
👍 @ochiqmuloqot2026_bot
📞 1100 yoki 1094
OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Navoiy viloyatida xususiy sektor vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida biznes vakillarining mavjud muammolari tegishli tashkilotlar mutasaddilari bilan hamkorlikda batafsil o‘rganilib, qator masalalar ijobiy hal etildi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
1 076
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#ochiq_muloqot
Buxoro viloyati soliq boshqarmasida Prezidentimizning joriy yil tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI ochiq muloqoti oldidan kichik va oʻrta biznes vakillari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda davlatimiz rahbarining 100-son Farmoni mazmun-mohiyati tadbirkorlik subyektlariga batafsil tushuntirildi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
1 076
📍 Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
12-iyun kuni Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “Raqamli transformatsiya markazi”, “O‘zbekekspertiza” AJ, hududiy loyiha ofislari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✍️ Ochiq muloqotda 36 ta korxonadan 42 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 115 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi. Umumiy hisobda tadbir 150 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.
✔️Muloqot davomida 35 ta muammo va taklif bildirildi. ✅ 8 ta muammo joyida hal etildi; 🎤 7 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi; ➡️ 14 ta muammo va 6 ta taklif tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni amaliy hal etish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
1 076
+2
💠 Guliston shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-yil 13-iyun kuni Guliston shahridagi Xalq qabulxonasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil qilindi.
Unda vazirning birinchi o‘rinbosari F. Xamidova, “O‘zbekgidrogeologiya” DM, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi mas’ullari hamda tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va amaliy yechimlar taklif etildi. Ayrim masalalar sayyor qabul davomida hal etildi.
Mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
🔹 🔹 🔹
💠 В городе Гулистане проведен выездной прием граждан
13 июня 2026 года в Народной приемной города Гулистана руководством Министерства горнодобывающей промышленности и геологии был организован выездной прием граждан и предпринимателей.
В мероприятии приняли участие первый заместитель министра Ф. Хамидова, ответственные сотрдуники ГУ «Узбекгидрогеология», Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии, а также представители соответствующих ведомств.
В ходе приема были всесторонне рассмотрены обращения граждан и предпринимателей. По каждому обращению даны правовые разъяснения, предложены конкретные и практические пути решения поднятых вопросов. Часть вопросов была решена непосредственно в ходе выездного приема.
Ответственным организациям даны конкретные поручения, исполнение которых взято на контроль.
#kongeologiya #mingeo #sayyor_qabul #Sirdaryo #Guliston #ochiq_muloqot #Ozbekgidrogeologiya #TKSGSNQI #murojaatlar
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
1 076
+3
📍 Nukus tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
11-iyun kuni sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda 180 nafardan ortiq ishtirokchi qamrab olindi. Shundan 47 nafari bevosita ishtirok etgan bo'lsa, 13 ta hududiy studiya orqali 137 nafar ulandi.
✍️ Ochiq muloqotda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati, "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida 34 ta korxona tomonidan 37 ta muammo va taklif bildirildi.
✔️18 ta muammo — muloqot jarayonida joyida hal etildi;
🟢25 ta muammo va 15 ta taklif yuzasidan tegishli tashkilotlar hamda mas’ul ijrochilarga aniq vazifalar belgilandi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga davlat xaridlari tizimi, Elektron kooperatsiya portalidan ro'yxatdan o'tish va mahsulot joylashtirish tartibi, sanoat kooperatsiyasi bo'yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Xizmat safari davomida “QORAQALPOQ BASALTWOOL” MChJ (bazalt mineralidan issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish), “NUKUS SSP TEXNOPARK” MChJ (sun’iy va paxta tolasidan ip ishlab chiqarish), “OSTEN TECHNOLOGIES” MChJ (isitish radiatorlari ishlab chiqarish), “AKFA BUILDING MATERIALS” MChJ (ikki komponentli germetik va poliamid termomost ishlab chiqarish) hamda “AMU BROKERS” MChJ (motorollerlar ishlab chiqarish) korxonalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.➡️ Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi. #ICPPA #OchiqMuloqot 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
1 076
Repost from Biznes-ombudsman
+5
👍 Jizzaxda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, Biznes-ombudsman va boshqa mas'ul idoralar ishtirokidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida tadbirkorlar murojaatlarini o'rgandi.
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali binosida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda 200 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etib, 80 nafardan ziyod murojaatchining 110 dan ortiq masalalari ko‘rib chiqildi.
👍 Tezkor choralar natijasida ko'plab muammolar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 076
👍 Samarqandda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“SAM ANTEP GILAMLARI” korxonasida tashkil etilgan ochiq muloqotda Biznes-ombudsman Samarqand viloyati hududiy sho‘basi va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi, logistika, sertifikatlashtirish hamda eksport-import jarayonlariga oid murojaat va takliflar bildirildi.
👍 Batafsil videolavhada!
OCHIQ MULOQOT 2026
1 076
Repost from Biznes-ombudsman
👍 Jizzaxdagi ochiq muloqotda tadbirkorlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Prezident Administratsiyasi mas’ullari, Biznes-ombudsman va tegishli idoralar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ko‘plab masalalar joyida hal etildi.
👍 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa alohida nazoratga olinib, mas’ullarga biriktirildi.
👍 Jarayon tafsilotlari — videolavhada.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 076
+9
#ochiq_muloqot
Samarqand viloyati tadbirkorlari ishtirokida “SAM ANTEP GILAMLARI” korxonasida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda bojxona organlari bilan bir qatorda Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devonining Samarqand viloyati hududiy sho‘basi, bank, soliq va sertifikatlashtirish idoralari vakillari qatnashdi. Ishtirokchilarga “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi, “Vakolatli iqtisodiy operator” maqomi, dastlabki deklaratsiyalash va omborlar faoliyatini litsenziyalash tartiblari boʻyicha maʼlumot berildi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi, logistika, sertifikatlash hamda eksport-import jarayonlarida uchrayotgan muammolar koʻtarildi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari murojaatlarni koʻrib chiqib, ularning aksariyatiga joyida yechim taklif qildi. Fuqarolardan ham murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisi Shahnoza Rashidova bojxona organlariga ishga qabul qilish tartibi boʻyicha savol bilan murojaat qildi va unga tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, neft va gaz mahsulotlarini reeksport qilish uchun belgilanadigan kvotalar haqida tadbirkorlarni oʻz vaqtida xabardor qilish boʻyicha takliflar bildirildi. Tadbirda qayd etilganidek, bunday uchrashuvlar tadbirkorlik faoliyatidagi muammolarni hal etish, tashqi savdoni rivojlantirish va qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muloqotda viloyat tashqi savdo koʻrsatkichlari haqida ham maʼlumot berildi. Taʼkidlanishicha, joriy yilning dastlabki besh oyida Samarqand viloyati tashqi savdo aylanmasi 1,621 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga oshgan.Yakunda bildirilgan murojaatlar va aniqlangan muammolarni hal etish hamda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
