Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA
Open in Telegram
📍100022, Toshkent sh., Nukus 52 Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa Elektron pochta: info@icppa.uz Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Show moreUzbekistan15 523The category is not specified
4 017
Subscribers
-1624 hours
+4807 days
+45430 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
October '26Oct '26
October '26
+1
in 0 channels
September '26
+2 474
in 49 channels
Get PRO
August '26
+1 967
in 18 channels
Get PRO
July '26
+803
in 86 channels
Get PRO
June '26
+1 211
in 73 channels
Get PRO
May '26
+783
in 72 channels
Get PRO
April '26
+1 204
in 26 channels
Get PRO
March '26
+1 118
in 2 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 02 October | +1 | |||
| 01 October | 0 |
Channel Posts
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
| 2 | 📕 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni
“O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma’rifat quyoshi! Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan ma’rifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi”, — dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida ustoz va murabbiylar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.
Darhaqiqat, ustoz — inson hayotiga bilim va ma’rifat olib kiradigan, yosh avlodning dunyoqarashi, kasbiy salohiyati va kelajagini shakllantiradigan ulug‘ zotdir. Har bir sohadagi yutuq, taraqqiyot va bunyodkorlik zamirida ustoz bergan bilim, tarbiya va saboq mujassam.
🏛️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, uning bilimli va malakali inson bo‘lib kamol topishi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🌹🌷 Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 314 |
| 3 | 🇨🇳 Xitoyda xalqaro o‘quv seminari yakunlandi
Joriy yilning 4–24-sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Uxan, Chansha va Yichan shaharlarida “5G va sanoat internetining asosiy texnologiyalari hamda ularni qo‘llash” mavzusida xalqaro o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Agentlikning quyi tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
📌 Seminar davomida ishtirokchilar 5G texnologiyalari, sanoat interneti va zamonaviy raqamli yechimlarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Shuningdek, Xitoyning sanoatni raqamlashtirish va modernizatsiya qilish borasidagi ilg‘or tajribasi bilan tanishdilar.
✔️ Seminar yakunida xalqaro ishtirokchilarga O‘zbekistonning tarixi, milliy qadriyatlari va boy madaniy merosiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi.
Mazkur tadbir xalqaro tajriba almashish, xorijiy hamkasblar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda O‘zbekistonning milliy madaniyati va qadriyatlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga xizmat qildi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 306 |
| 4 | ✔️ “Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda o‘zbek shaxmatchilarining kechagi g‘alabalarida ustozlarning ham katta hissasi borligini ta’kidladi.
“Shaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta. Muallimlarning qilgan mehnati kechagi g‘alabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan bo‘ladi.
Sizlar hal qiluvchi kuchsizlar. Sizlar O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qo‘yyapsizlar desam, bu ham adolatdan bo‘ladi. O‘n marta qaytarishdan charchamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi”, — dedi Prezident.
Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilari va hududlardan muloqotga qo‘shilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklab, ularning baxti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar qilinishini ma’lum qildi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 366 |
| 5 | #Axborot24 |30.09.2026
"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) | 404 |
| 6 | 🚘 “Sonet Prime” avtomobiliga mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati topshirildi
Jizzaxda o‘tkazilayotgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan “ADM Jizzakh” korxonasida ishlab chiqarilayotgan “Sonet Prime” avtomobiliga “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar sertifikati” rasmiylashtirilib, tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur avtomobilning mahalliylik darajasi 37 foizni tashkil etadi.
Bu natija avtomobilsozlikda mahalliy ishlab chiqarish ulushini oshirish va milliy sanoat zanjirini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 915 |
| 7 | #Axborot24 | 29.09.2026
Milliy sanoat zanjiri ko‘rgazmasi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) | 414 |
| 8 | 📝 “Milliy sanoat zanjiri”: hamkorlik memorandumlari imzolandi va eng yaxshi ishtirokchilar taqdirlandi
Jizzaxda o‘tkazilayotgan avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ikkinchi kunida ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-ta’lim tashkilotlari o‘rtasida 3 ta hamkorlik memorandumi imzolandi:
🟢 “UzAuto Motors” AJ va Materialshunoslik instituti;
🟢 “UzAuto Motors” AJ va Jizzax politexnika instituti;
🟢Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Materialshunoslik instituti.
Mazkur hamkorlik ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda avtomobilsozlik sohasida yangi ishlanmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
🏆 Shuningdek, ko‘rgazmaning eng yaxshi ishtirokchilari 5 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi:
⚫️ Eng yaxshi stend — “ADMC Dasan” MChJ;
⚫️ Eng istiqbolli innovatsion startap — Jizzax politexnika universiteti;
⚫️Eng yuqori mahalliylashtirish darajasiga erishgan korxona — “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ;
⚫️ Eng yaxshi kooperatsiya loyihasi — “Navoiy Auto Components” MChJ;
⚫️Investitsiyaviy jozibador loyiha — “Hansae Mobility Turan” MChJ XK.
➡️ Har bir yangi ishlanma, mahalliylashtirilgan mahsulot va hamkorlik ortida sanoatimiz kelajagiga hissa qo‘shayotgan tashabbuskor jamoalar turibdi. “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ana shunday g‘oyalarni namoyish etish va ularni yangi hamkorliklarga aylantirish maydoni bo‘ldi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va yangi sanoat yutuqlarini kutib qolamiz!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 1 803 |
| 9 | #Axborot24 | 30.09.2026
Milliy sanoat zanjiri ko‘rgazmasi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) | 423 |
| 10 | #Ахборот24 | 30.09.2026
Выставка автомобилестроительной промышленности «Национальная промышленная цепочка» в Джизаке
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) | 450 |
| 11 | 📋 Avtomobilsozlik sohasida mahalliylashtirish bo‘yicha mas’ul xodimlar ro‘yxati
“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ishtirokchilari mahsulotlarini yirik avtomobilsozlik korxonalariga taklif etish, texnik talablarni o‘rganish va kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun ro‘yxatda keltirilgan mas’ul xodimlar bilan bevosita bog‘lanishlari mumkin.
🧠 Yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish va hamkorlik bo‘yicha takliflaringizni bildiring!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 1 025 |
| 12 | 🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi
Jizzaxda avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishidagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik buyurtmachilar va tarmoq korxonalari bir maydonda uchrashib, yangi kooperatsiya va buyurtmalar bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazmaga 700 dan ortiq ishtirokchi tashrif buyurdi.
Muhimi, ko‘rgazma mahalliy korxonalarga bitta hamkor doirasidan chiqib, bir nechta yirik tarmoq korxonalari bilan yangi aloqalar o‘rnatish imkonini bermoqda.
🎥 Birinchi kun qanday o‘tdi — reportajimizda tomosha qiling.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 4 667 |
| 13 | Xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikning navbatdagi qadamlari muhokama qilindi
"O‘zbekekspertiza" AJda International Trade Centre (ITC) ning Markaziy Osiy va Sharqiy Yevropa bilan hamkorlik yo‘nalishi boshlig‘i Yelena Butrimova boshligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ITC O‘zbekistonda vakolatxonasiga ega bo‘lib, Yevropa Ittifoqi ko‘magida xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda bir nechta muhim loyihalarni amalga oshirmoqda.
Muloqot davomida "O‘zbekekspertiza" AJ Bosh direktori Umid A’zamxo‘jayev va ITC vakillari tomonidan "Ready for Trade" dasturi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari kelib chiqish sertifikatlarini o‘zaro elektron shaklda tan olishi borasida O‘zbekekspertiza va ITC birgalikda amalga oshirilgan va istiqboldagi ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida taraflar hamkorlikni davom ettirish, xalqaro savdoni rivojlantirishga turtki beradigan yangi qo‘shma hamkorlik loyihalarini tashkil etishga kelishib oldilar.
➡️ Batafsil
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 456 |
| 14 | #Axborot24 | 29.09.2026
«Milliy sanoat zanjiri» koʻrgazmasi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) | 459 |
| 15 | ✔️ Jizzaxda “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 29-sentabr kuni Jizzax shahrida avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada jami 100 dan ortiq korxona ishtirok etmoqda. Birinchi kunning o‘zida 400 dan ortiq ishtirokchi ko‘rgazmaga tashrif buyurdi. Korxonalar avtomobilsozlik uchun mo‘ljallangan mahsulotlari, butlovchi va ehtiyot qismlari hamda texnologik imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Ochilish marosimida ko‘rgazmaning asosiy maqsadi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik avtomobilsozlik korxonalari bilan bog‘lash, import qilinayotgan mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish va yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish ekani ta’kidlandi.
Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlar yirik buyurtmachilarning ehtiyojlarini bevosita o‘rganishi, mahsulotlarga qo‘yiladigan texnik talablarni muhokama qilishi hamda B2B va B2G muzokaralarda ishtirok etishi mumkin.
Ko‘rgazma bir yirik zavodga o‘ndan ortiq mahalliy tadbirkor bilan hamkorlik o‘rnatish, ilgari faqat bitta zavodga mahsulot yetkazib bergan tadbirkorga esa boshqa yirik korxonalarga ham chiqish imkonini beradi.
📍 Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi
✔️ Ko‘rgazma 30-sentabr kuni ham davom etadi.
Biz bilan birga bo‘ling — ko‘rgazmadan eng muhim jarayonlarni yoritib boramiz!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 520 |
| 16 | 🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ochilish marosimidan lavhalar
Jizzaxda avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi. Ochilish marosimidan lavhalarni tomosha qiling!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 636 |
| 17 | #Axborot24 | 29.09.2026
«Milliy sanoat zanjiri» koʻrgazmasi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) | 443 |
| 18 | ▶️ LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi boshlandi
Jizzaxda avtomobilsozlik sanoati vakillari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik buyurtmachilarni bir maydonda jamlaydigan ko‘rgazma boshlandi.
Biz bilan birga bo‘ling — ko‘rgazmadan eng muhim jarayonlarni yoritib boramiz!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 487 |
| 19 | 🚘 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi boshlanish arafasida!
Jizzaxda avtomobilsozlik sanoati vakillari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik buyurtmachilarni bir maydonda jamlaydigan ko‘rgazma boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.
Ko‘rgazma maydoni tayyor, ishtirokchilar yig'ilmoqda.
📍 Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji”.
Biz bilan birga bo‘ling — ko‘rgazmadan eng muhim jarayonlarni yoritib boramiz!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 541 |
| 20 | 🇺🇿🇰🇷 Koreyada ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonda mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda masʼul idora vakillari Koreya Respublikasidagi “Eunsung Telecom” yarimo‘tkazgichlar ilmiy-tadqiqot instituti va ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik imkoniyatlari o‘rganilib, PCB (bosma elektron platalar) va SMT texnologiyalari asosidagi ishlab chiqarishni O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish, zamonaviy uskunalar va texnologiyalar transferini amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Roboblock System” kompaniyasi rahbari bilan uchrashuvda ta’lim, sanoat yo‘nalishida qo‘llaniladigan dronlar va robototexnika texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish, tegishli mutaxassislarni tayyorlash hamda istiqbolda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif va muzokaralardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Koreyaning ilg‘or texnologik, ta’limiy va tadbirkorlik salohiyatini O‘zbekistonning sanoat infratuzilmasi va davlat xaridlari tizimi bilan uyg‘unlashtirishdir.
Hamkorlikni “texnologiyalar transferi — kadrlar tayyorlash — mahalliylashtirish — davlat xaridlari” tamoyili asosida rivojlantirish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mahalliy korxonalarning texnologik salohiyatini oshirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin | 517 |
