Ochiq muloqot 2026
Open in Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 644
Subscribers
-2724 hours
-2127 days
-1 11330 days
Number of Posts
Data loading in progress...
Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by
Data loading in progress...
Publication analysis
Posts | Views dynamics | |||||
👍 O‘zbekistonda MCHJlar soni 356 mingtadan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda 445,7 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
Ularning 356,8 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, jami tijorat tashkilotlarining 80,1 foizini tashkil etgan.
👍 Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tijorat tashkilotlari soni:
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 356 812 ta (80,1 foiz);
xususiy korxonalar – 47 241 ta (10,6 foiz);
oilaviy korxonalar – 37 345 ta (8,4 foiz);
aksiyadorlik jamiyatlari – 646 ta (0,1 foiz);
boshqalar – 3 653 ta (0,8 foiz).
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube | 932 | 1 | 0 | 0 | Loading... | |
#OAV_biz_haqimizda
👍 Kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi
Biznes-ombudsman yetakchi inspektori Ismoil Sayitov Prezident Farmoni bilan tadbirkorlar uchun yaratilgan yengilliklar va sohadagi muhim o‘zgarishlar haqida intervyu berdi.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube | 890 | 0 | 0 | 1 | Loading... | |
👍 Tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish sabablari tahlil qilinadi: biznesni qo‘llab-quvvatlashda yangi mexanizm!
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish va to‘xtatib turish sabab hamda omillarini doimiy o‘rganish tizimi joriy etiladi.
Endilikda faoliyatni tugatish yoki vaqtincha to‘xtatishga asos bo'lgan omillar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali doimiy va avtomatik ravishda tahlil qilinadi.
Mavzu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman devoni sho‘ba mudiri Botir Usmonaliyev batafsil ma’lumot beradi.
👍 Batafsil ma’lumot - videoda!
👍 Farmon matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. | 831 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube | 855 | 0 | 0 | 1 | Loading... | |
👍 Muqobil energiya va kadastr hujjatlari bilan bog‘liq to‘siqlar bartaraf etildi - tadbirkor o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda
🗣 Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi “Yevroosiyo Karpet” MChJ rahbari Ulug‘bek Mansurov muqobil energiya ishlab chiqarish hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda yuzaga kelgan to‘siqlar yuzasidan Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Murojaat qisqa muddatda mas’ul idoralar ishtirokida to‘liq o‘rganib chiqildi va qonun doirasida ijobiy hal etildi. Natijada tadbirkor korxona ehtiyojlari uchun muqobil elektr energiyasidan erkin foydalanish hamda yer hujjatlarini rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbirkor uchun haqiqiy natija - faoliyatdagi sun’iy to‘siqlarning bartaraf etilishi va biznes rivoji uchun amaliy ko‘mak berilishidir.
☎️ 1100
#TadbirkorlarMurojaati #AmaliyYechim #Jizzax | 892 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
#Ахборот24 | 03.09.2026
Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан
«О мерах по реализации задач, определённых в ходе VI открытого диалога Президента Республики Узбекистан с предпринимателями»
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) | 921 | 1 | 0 | 0 | Loading... | |
#OAV_biz_haqimizda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga sharh
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube | 947 | 1 | 0 | 0 | Loading... | |
Prezidentimiz kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda olib borish zarurligini ta’kidladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 922 | 1 | 0 | 0 | Loading... |

