Rahmonov Sherzod Shuxratovich
Open in Telegram
Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
9 243
Subscribers
-8924 hours
-2027 days
-3 97230 days
Posts Archive
“Qalbida nur bor inson yo‘lini hech qachon yo‘qotmaydi.”
— Jaloliddin Rumiy
@sherzod_rahmonov
+2
🏗 Samarqand viloyatida joriy yilda qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilayotgan Yoshlar markazlari
Yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida viloyatimiz hududlarida yangi Yoshlar markazlarini barpo etish va mavjudlarini ta’mirlash bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
📍 Narpay tumani — Kreativ shaxmat markazi
💰 Loyiha qiymati — 4,2 mlrd so‘m
📍 Ishtixon tumani — Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 4,6 mlrd so‘m
📍 Samarqand tumani — Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 3,05 mlrd so‘m
📍 Pastdarg‘om tumani — Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 4,3 mlrd so‘m
📍Kattaqoʻrgʻon tumani-Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 9,6 mlrd so‘m
📍Kattaqoʻrgʻon shahri-Yoshlar markazi
💰 Loyiha qiymati — 14 mlrd so‘m
🌱 Har bir loyiha — yoshlar uchun yangi imkoniyat va kelajak sari muhim qadam!
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
+9
Samarqandlik tadbirkorlarga davlat mukofotlari topshirildi
"20-avgust - Tadbirkorlar kuni" munosabati bilan mamlakatimiz Prezidenti tomonidan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida 12 nafar samarqandlik tadbirkorlar ham bor.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi.
Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan:
– tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash,
– hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish,
– “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish,
– eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish,
– biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.
—
Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями.
В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах.
Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как:
– обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства;
– расширение возможностей для бизнеса в регионах;
– создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»;
– наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки;
– резкое сокращение административного давления на бизнес.
Facebook|Instagram|X
📖 “Qo‘rqma” — insonni o‘zligini anglashga, hayotga boshqacha nazar bilan qarashga undaydigan asar.
Asarda qo‘rquv, jasorat, taqdir va insonning ichki kechinmalari ta’sirchan yoritilgan. Har bir sahifasida o‘quvchini o‘ylashga undaydigan ma’no bor.
Qo‘rqma. O‘zingga ishon. Hayotdan ortga chekinma. ✨
@sherzod_rahmonov
🌱 Xitoy tajribasi: ekologiya, qishloq xo‘jaligi, turizm va sanoat uyg‘unligi
🇺🇿🇨🇳 Xitoyning Ningxia-Xuey avtonom rayonidagi Daoyu Makoni ekologik sayyohlik bog‘i faoliyati bilan yaqindan tanishdik.
🌾 130 gektardan ortiq hududda ilgari qarovsiz yotgan yerlar samarali foydalanishga kiritilib, sholi va boshqa ekologik toza mahsulotlar yetishtirilmoqda. Zamonaviy issiqxonalar, qayta ishlash loyihalari hamda qishloq xo‘jaligi va turizm uyg‘unligiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, har mavsum 200 mingdan ortiq turist tashrif buyuradi.
Shuningdek, majmuada Xitoyda mashhur Ore brendi asosida sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash zavodi ham joylashgan.
🤝 Mazkur tajribani o‘rganishdan maqsad — ilg‘or yechimlarni Samarqand viloyati hududlariga moslashtirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni uyg‘un rivojlantirish.
🌿 Xitoy tajribasi qarovsiz yerlarni samarali foydalanishga kiritish va yangi turizm maskanlarini yaratishda muhim namuna bo‘la oladi.
@sherzod_rahmonov
“Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir.”
— Abdulla Avloniy
@sherzod_rahmonov
📖 “Qo‘rqma” — insonni o‘zligini anglashga, hayotga boshqacha nazar bilan qarashga undaydigan asar.
Asarda qo‘rquv, jasorat, taqdir va insonning ichki kechinmalari ta’sirchan yoritilgan. Har bir sahifasida o‘quvchini o‘ylashga undaydigan ma’no bor.
Qo‘rqma. O‘zingga ishon. Hayotdan ortga chekinma. ✨
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+8
🌱 Gul ekish — tabiatga mehr ulashish! 🌸
Bugun faol yoshlar tomonidan “Gul ekish” challenge tashkil etildi. 🌿
Mazkur tashabbus orqali hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni asrash hamda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ezgu ishlar amalga oshirildi. 🌱
Har bir ekilgan gul — yashil, obod va go‘zal kelajak sari tashlangan muhim qadam! 🌍✨
💚 Tabiatni asraylik, atrofimizni birgalikda yanada go‘zal qilaylik!
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
+8
🌱 Cho‘llanishga qarshi kurash — kelajakni asrash demakdir
Bugun cho‘llanish Markaziy Osiyo oldidagi eng dolzarb ekologik muammolardan biridir.
Shu nuqtayi nazardan, “Markaziy Osiyo–Xitoy formati doirasida cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik markazi”ning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Markaz orqali Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ekologik tajriba, zamonaviy texnologiyalar va amaliy yechimlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xitoy tajribasi bu boradagi imkoniyatlar naqadar katta ekanini ko‘rsatmoqda. Jumladan, Ningxia hududida qariyb 370 ming gektar maydonda cho‘llanishga qarshi ishlar olib borilib, cho‘lning siljishi sezilarli darajada to‘xtatilgan. Mamlakat miqyosida esa millionlab gektar cho‘llangan yerlar qayta tiklanmoqda.
Tashrif davomida Xitoy tajribasi va ilg‘or texnologiyalari o‘rganilib, hududlarda ushbu tajribani bosqichma-bosqich hamkorlik asosida joriy etishga kelishib olindi.
@sherzod_rahmonov
🇨🇳XITOYDA TAHSIL OLAYOTGAN SAMARQANDLIK YOSHLAR DIQQATIGA!
Xabaringiz bor, 14–19-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Ninsya-Xuey avtonom rayonida nufuzli “2026 Ninsya Xalqaro Yoshlar Do‘stlik Forumi” tadbirida ishtirok etmoqdamiz.
🌏Mazkur xalqaro tadbir doirasida 18-avgust kuni Ninsya-Xuey avtonom rayonida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan Samarqandlik yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaat, taklif va tashabbuslarini tinglashga tayyormiz.
🤝Sizni qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslaringiz bo‘lsa, uchrashish uchun biz bilan bog‘laning.
📲 Murojaat uchun:
👉@charosilhomovna
👉@YIASVB
Siz bildirgan har bir taklif va tashabbusni qo‘llab-quvvatlash hamda imkon qadar amaliy yordam ko‘rsatishga tayyormiz!
@sherzod_rahmonov
“Millatni uyg‘otmoq uchun avvalo uning qalbiga ilm va ma’rifat urug‘ini sochmoq kerak. Jaholat bilan kurashishning eng kuchli quroli — bilim va tafakkurdir.”
— Munavvarqori Abdurashidxonov
@sherzod_rahmonov
📚 “Qo‘rqma” — Javlon Jovliyev
Bu asar shunchaki tarix haqida emas. U Vatan, millat, ilm, orzu va qo‘rquv haqida.
Asarni o‘qir ekansiz, o‘tmishdagi yoshlarning orzulari va ayanchli taqdiri haqida o‘ylab qolasiz.
“Qo‘rqma” — o‘zligingni anglashdan, orzu qilishdan va haqiqatdan qo‘rqma. 🕊️
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+7
🇺🇿 Mustaqillik bayramiga munosib tayyorgarlik!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tumanimiz bo‘ylab obodonlashtirish va ommaviy hashar ishlari yuqori ko‘tarinkilik bilan boshlab yuborildi.
Shu jumladan, Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari boshchiligida hududlarni obod etish, tozalikni saqlash va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish borasida qizg‘in hamda birdamlikdagi ishlar jadal olib borilmoqda.
🌿 Yurt obodligi — har birimizning vijdoniy va sharafli burchimiz!
Zero, Vatanga bo‘lgan haqiqiy muhabbat avvalo uning har bir qarich tuprog‘ini asrash va rivojiga munosib hissa qo‘shishdan boshlanadi.
Kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarimiz bu ezgu tashabbusda doimo peshqadam va tashabbuskor! Yurtimiz tinch, obodligimiz abadiy bo‘lsin!
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
+3
Samarqand vakillari “2026 Ninsya Xalqaro Yoshlar do‘stlik forumi”da
Joriy yilning 14–19-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Ninsya-Xuey avtonom rayonida nufuzli “2026 Ninsya Xalqaro Yoshlar do‘stlik forumi” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xalqaro tadbirda Samarqand viloyati va Navoiy viloyati delegatsiyasilari ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro forum doirasida viloyat vakillari va yoshlari turli madaniy, ma’rifiy hamda do‘stlik uchrashuvlarida qatnashib, o‘zaro tajriba almashish, yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
@sherzod_rahmonov
“Ilm — insonni jaholatdan, sabr esa qiyinchilikdan olib chiqadi.”
— Abdulla Avloniy
@sherzod_rahmonov
📖 “Qo‘rqma” — o‘zingni anglash sari yo‘l
Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari insonning ichki kechinmalari, hayotdagi sinovlari va qo‘rquvlarini yengib, o‘z yo‘lini topishi haqida hikoya qiladi.
Bu asar bizga bir haqiqatni eslatadi: insonni ortga tortadigan eng katta to‘siq — o‘z qo‘rquvidir.
✨ O‘qing, o‘ylang va eng muhimi — qo‘rqmang!
@sherzod_rahmonov
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+5
🖐 Samarqand shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Samarqand o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida mahalla yoshlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi o‘tkazildi.
🏓 Unda 16 ta tuman va shahardan saralangan, 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalaridagi yoshlar g‘oliblik uchun qizg‘in bahs olib borishdi.
🏆 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular Respublika bosqichida Samarqand viloyati sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
🎁 G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+9
🖐 Samarqand shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi bellashuvlari bo'lib o'tdi
Samarqand o'yin turlari va yengil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi o'tkazildi.
📑 Mahalla yoshlari o'rtasida tashkil etilgan mazkur musobaqa avvalida viloyat sport boshqarmasi boshlig'i Jasur Nurmanov ishtirok etib, sportchilarning viloyat va respublika bosqichida yuqori o'rinlarni olishiga ishonch bildirdi.
➡️Viloyat bosqichida 16 ta tuman va shaharlardan saralangan, tuman (shahar) bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16-21, 22-26 hamda 27-30 yosh toifalaridagi mahalla yoshlari qizg'in bahs olib borishdi.
🏆 Musobaqa yakunida g‘oliblar nomi aniqlanib, ular keyingi respublika bosqichida qatnashish imkoniga ega bo'lishdi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube
