es
Feedback
Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Ir al canal en Telegram

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
9 128
Suscriptores
-524 horas
-877 días
-3 65730 días
Archivo de publicaciones
Дунёнинг 183 мамлакатидан ёш парламентарийлар Самарқандга келмоқда 4–6 сентябр кунлари Самарқанд шаҳрида Парламентлараро итти
Дунёнинг 183 мамлакатидан ёш парламентарийлар Самарқандга келмоқда 4–6 сентябр кунлари Самарқанд шаҳрида Парламентлараро иттифоқ ёш парламент аъзоларининг XII глобал конференцияси бўлиб ўтади. Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан ташкил этилаётган халқаро анжуманда дунёнинг турли мамлакатларидан 300 га яқин иштирокчи қатнашиши кутилмоқда. 👉 https://kun.uz/kr/06848041 Kun.uz расмий канали

Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi. Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi. Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi. Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi. Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube

Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish
Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi. Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi. Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud. Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi. Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube

Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohid
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas. Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi. Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor. Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda. Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi. Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube

Yoshlar bilan ochiq muloqot: tashabbus va takliflar tinglandi Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rah
+6
Yoshlar bilan ochiq muloqot: tashabbus va takliflar tinglandi Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonov volontyor yoshlar hamda viloyat va tuman sardorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bildirdi. Aytilgan fikrlar tinglanib, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va mavjud masalalarni hal etish yuzasidan fikr almashildi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikrini bevosita eshitish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va ular bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. #payshanba_yoshlar_kuni Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube

Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

🔔 ILK QO‘NG‘IROQ SADOLARI Bugun mamlakatimiz bo‘ylab umumta’lim maktablarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori
+8
🔔 ILK QO‘NG‘IROQ SADOLARI Bugun mamlakatimiz bo‘ylab umumta’lim maktablarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Samarqand shahridagi 45-umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida Boshqarma boshlig‘i ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda o‘qituvchi va o‘quvchilar, ota-onalar hamda maktab jamoasi yangi o‘quv yili bilan muborakbod etildi. Shuningdek, 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi va ustozlar uchun yangi imkoniyatlar, yuksak natijalar va katta muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin! @sherzod_rahmonov

photo content

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqand shahridagi “Oxford International School” ta’lim muassasasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Qadrli yurtdoshlar! Aziz yoshlar! 🇺🇿Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi nomidan, siz azizlarni Vatanimiz mustaqilligining 3
Qadrli yurtdoshlar! Aziz yoshlar! 🇺🇿Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi nomidan, siz azizlarni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz! Mustaqillik — bu bizga erkinlik, bunyodkorlik va farovon hayot in’om etgan ulug‘ ne’mat. 35 yil mobaynida yurtimiz yuksalib, xalqimizning hayoti tubdan o‘zgardi, eng muhimi, yoshlarimiz uchun yangi marralar ochildi. Biz, yoshlar, kelajagimiz uchun mas’uliyatni his etib, ilmimiz va mehnatimiz bilan Uchinchi Renessans rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishga doim tayyormiz. 💐Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Hurmat bilan, Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi! @sherzod_rahmonov

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi barchangizga muborak bo’lsin qaadrli yoshlar! @sherzod_rahmonov
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi barchangizga muborak bo’lsin qaadrli yoshlar! @sherzod_rahmonov

🏆 “Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi” g‘oliblari taqdirlandi Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tash
+8
🏆 “Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi” g‘oliblari taqdirlandi Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi”ning “Zakovat” va mini futbol bo‘yicha viloyat bosqichi g’oliblari taqdirlandi. Tantanali taqdirlash marosimida musobaqalarda yuqori natija qayd etgan jamoalar munosib rag’batlantirildi. ⚽️ Futbol bo‘yicha: 🥇 Oqdaryo tumani 🥈 Kattaqo‘rg‘on tumani 🥉 Nurobod tumani 🧠 “Zakovat” bo‘yicha: 🥇 Bulung‘ur tumani 🥈 Payariq tumani 🥉 Nurobod tumani Shuningdek, yoshlar bilan ishlash sohasida samarali faoliyat olib borib, munosib natijalarga erishgan xodimlar mehnati ham e’tirof etildi. Ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdik. Tadbir davomida faoliyatida tashabbuskorlik va mas’uliyat ko‘rsatgan yoshlar hamda soha xodimlarining mehnati alohida ta’kidlandi. #Mustaqillik_35yil

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" Yoshlarimizning har bir yutug‘i — mustaqilligimiz bergan imkoniyatlar va erkinlik samarasidir. Erkinligimiz va taraqqiyotimiz timsoli bo‘lgan ushbu qutlug‘ bayram barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin! #Mustaqillik_35yil

😂😘 Bayram tadbiri yuqori kayfiyatda davom etmoqda… Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Samarqandda Mustaqillikning 35 yilligi tantanali nishonlanmoqda Ayni paytda Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida O‘zbe
+6
Samarqandda Mustaqillikning 35 yilligi tantanali nishonlanmoqda Ayni paytda Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazilmoqda. Unda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz, jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etmoqda. Tantanali marosimda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ bayram — Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etdi. Bayram tadbiri davom etmoqda.

Ayni paytda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi”nin
+6
Ayni paytda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi”ning “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada hududlardan saralangan bilimdon yoshlar jamoalari ishtirok etib, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Jarayonlar qizg‘in va murosasiz ruhda davom etmoqda… Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

⚽️ Ayni paytda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan futbol bo‘yicha Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi
+6
⚽️ Ayni paytda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan futbol bo‘yicha Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasining viloyat bosqichi ochilishi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida faol ishtirok etib, saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar viloyat bosqichida bosh sovrin uchun maydonga chiqmoqda. Bellashuvlar davomida yosh futbolchilarning sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi namoyon bo‘ladi. Musobaqada viloyatning 1063 ta mahallalaridan yoshlar yetakchilari va tizim xodimlari qatnashib, jami 1 ming 200 nafar yoshlar qamrab olindi Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Kattaqo‘rg‘onda yoshlar uchun yangi markaz ochildi Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X