NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV
Open in Telegram
Namangan davlat texnika universiteti rektori, Kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich! Murojaat uchun @NamDTU_Rektoriga_Murojaat_bot Admin:@xs_tursunovff
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 252
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-7130 days
Posts Archive
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovida qatnashing!
✅ Tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi: 1. Texnika fanlari; 2. Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya vа nanotexnologiyalar; 3. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari; 4. Yer to‘g‘risidagi fanlar.📅 Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 22-avgustiga qadar (shu kuni ham soat 23:55 gacha) faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
❗️ Tanlov shartlariga ko‘ra ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.🐭 Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqich bo‘yicha natijalariga oid maʼlumotlar loyiha rahbarlarining loyiha.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from Namangan viloyati hokimligi
+9
NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA “YOSHLAR ZIYO MASKANI” – KAPSULA KUTUBXONA OCHILDI
Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev tashabbusi bilan universitet hududida “Yoshlar ziyo maskani” – kapsula kutubxona foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Oliy Majlis Senati a’zosi, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Namangan viloyati bo‘limi rahbari Musoxon Appaqov, “Nodirabegim” nomidagi Namangan viloyat Axborot-kutubxona markazi direktori Dilfuza Xakimova, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda yosh avlodni kitobga oshno etish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash va zamonaviy kutubxona infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi. So‘zga chiqqanlar kitob inson tafakkurini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va ilmiy izlanishlarga yo‘l ochishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.
Zamonaviy talablar asosida jihozlangan kapsula kutubxona talabalarga badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlaridan foydalanish, darslarga tayyorgarlik ko‘rish hamda mustaqil ishlash uchun qulay imkoniyat yaratadi. Uning fondidan 5 mingga yaqin turli yo‘nalishdagi adabiyotlar o‘rin olgan bo‘lib, kelgusida bu fondni yangi nashrlar hisobiga yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Mazkur ma’rifiy maskan universitetda amalga oshirilayotgan kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarining mantiqiy davomi bo‘lib, talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sifatli ta’lim muhiti shakllanishiga xizmat qiladi.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube
Prezident startap tanloviga start berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markaziga tamal toshi qo‘yish va boshqa yangi loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichi fundamental kashfiyotlar bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nazariy asos solgan algoritmlar bugun global iqtisodiyot o‘zagi va insonlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi.
Hozirgi dunyoda raqobat yillar yoki oylar bilan emas, balki daqiqalar va soniyalar bilan o‘lchanmoqda. Raqamlashtirishni ortga surgan, sun’iy intellektni o‘zlashtirmagan va innovatsiyalarga sarmoya kiritmagan davlatlar global rivojlanishdan orqada qolishi qayd etildi.
– Hayotimizning barcha jabhalarini raqamlashtirish bilan jiddiy shug‘ullanmasdan turib, rivojlanish mumkin emas. Busiz kelajagimiz yo‘qligini barchamiz teran anglashimiz kerak,– dedi Prezident. Joriy yilning o‘zida O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi 5 barobar ko‘paydi, milliy startap ekotizimi qariyb 4,5 milliard dollarga yetdi. Innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 5 million dollar bo‘lgan Prezident startap tanloviga start berildi. Kanalga ulanish: ➖ @uzauz
Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Magistratura
Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.
Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
➖ bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa;
➖ abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa.
📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Talabaning innovatsion g‘oyasi — ta’limdagi yangi yechim
Namangan davlat texnika universiteti Muhandislik-axborot texnologiyalari fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Zayniddin Mamadaliyev tomonidan ishlab chiqilgan “Zuild Lab” loyihasi fizika va matematika fanlaridagi murakkab mavzularni interaktiv simulyatsiyalar hamda virtual tajribalar orqali o‘rganish imkonini beruvchi zamonaviy “EdTech” platformasidir.
Mazkur platforma nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, foydalanuvchilarga raqamli laboratoriya muhitida erkin tajribalar o‘tkazish, ilmiy qonuniyatlarni vizual tarzda kuzatish va tahlil qilish imkonini yaratadi.Ushbu videoda loyiha muallifi “Zuild Lab” platformasining yaratilish g‘oyasi, imkoniyatlari va ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida so‘z yuritadi. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
📢 DIQQAT TALABALAR!
🎓 Bugun, soat 16:45da Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev Qurilish fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazadi.
💬 Ochiq muloqot davomida: talabalarning murojaat va takliflari tinglanadi; ta'lim sifati, amaliyot va ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilinadi; universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashiladi.📍 Jonli efir: Rektorning rasmiy Telegram kanali orqali 👉 https://t.me/namdturektori 🕑 Boshlanish vaqti: 16:45 Ochiq muloqotda faol ishtirok eting, o'zingizni qiziqtirgan savollar va takliflaringiz bilan qatnashing.
Repost from Edu.uz
#Kvota #QirgʻizistonFuqarolari #Grant #Qabul2026
2026/2027-oʻquv yilida Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari uchun respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan grant asosidagi qabul kvotalari
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida grant asosidagi qabul kvotalarining taqsimoti.
✅ Jami: 20 ta.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Study_in_Uzbekistan
🇺🇿O‘zbekiston ta’limini tanlang, kelajagingizni bugundan boshlang!
— — —
🇬🇧Choose Uzbekistan for your higher education and start building your future today!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Milliylik_kuni
Milliylik – qadriyatlarimizga sadoqat, ma'naviyatimizga ehtirom!
Namangan davlat texnika universitetida o'tkazilgan "Milliylik kuni" targ'iboti doirasida talaba-yoshlar milliy liboslarimiz, urf-odat va an'analarimizni keng targ'ib etib, o'zbek xalqining boy madaniy merosiga hurmat va sadoqatini yana bir bor namoyon etdilar. Ushbu videorolikda milliy qadriyatlarni asrash, ularni yoshlar ongiga chuqur singdirish hamda milliy o'zlikni yuksaltirish yo'lida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslarning yorqin lavhalari aks etgan. Zero, milliylikni ulug'lash – o'z tariximiz, madaniyatimiz va kelajagimizga bo'lgan yuksak ehtirom ifodasidir.
TA'ZIYA
Namangan davlat texnika universiteti jamoasi chuqur qayg'u bilan universitetning "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Rustam Ibrohimovich Isroilovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a'zolari, yaqinlari, shogirdlari hamda ko'p sonli hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Rustam Ibrohimovich Isroilov butun mehnat faoliyatini ilm-fan va oliy ta'lim rivojiga bag'ishlagan fidoyi ustoz, tajribali rahbar va yetuk olim edi. U turli yillarda oliy ta'lim muassasalari hamda ta'lim boshqaruvi tizimida mas'ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib, iqtisodiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va ta'lim sifatini oshirish yo'lida munosib xizmat qildi.
Ko'p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Rustam Ibrohimovich o'zining yuksak kasbiy salohiyati, ilmiy salmog'i, talabchanligi va insoniy fazilatlari bilan jamoa orasida katta hurmat qozondi. Uning rahbarligida ko'plab yosh mutaxassislar va ilmiy izlanuvchilar kamol topdi, ustozning boy tajribasi va ilmiy qarashlari iqtisodiyot ta'limi rivojiga salmoqli hissa bo'lib qo'shildi.
Rustam Ibrohimovich Isroilovning yorqin xotirasi, mamlakatimiz ilm-fani va oliy ta'limi ravnaqi, iqtisodiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash yo'lidagi fidokorona xizmatlari qalblarda hamisha saqlanib qoladi.
Namangan davlat texnika universiteti jamoasi marhumning oila a'zolari, yaqinlari, shogirdlari va barcha hamkasblariga chuqur ta'ziya izhor etadi.
+9
Orzular va maqsadlar sari ilk qadam: NamDTUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
Bugun Namangan davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Joriy yilgi qabul jarayonlari doirasida tashkil etilgan imtihonlar 15, 16 va 17-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi hamda abituriyentlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Imtihonlarning ochilish marosimida universitet rektori, professor Oybek Ergashev abituriyentlarni kutib olib, kirish so‘zi bilan kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berdi. Rektor o‘z nutqida barcha ishtirokchilarga omad tilab, imtihonlarning shaffof va adolatli tashkil etilishi uchun zarur sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.
Jarayon davomida universitet rahbari abituriyentlarning ota-onalari bilan ham uchrashib, ularga universitetda yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy infratuzilma va ta’lim sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Fursatdan foydalanib, barcha abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz.
Bugun Namangan davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Joriy yilgi qabul jarayonlari doirasida tashkil etilgan imtihonlar 15, 16 va 17-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi hamda abituriyentlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
+9
Orzular va maqsadlar sari ilk qadam: NamDTUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
Bugun Namangan davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Joriy yilgi qabul jarayonlari doirasida tashkil etilgan imtihonlar 15, 16 va 17-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi hamda abituriyentlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Imtihonlarning ochilish marosimida universitet rektori, professor Oybek Ergashev abituriyentlarni kutib olib, kirish so‘zi bilan kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berdi. Rektor o‘z nutqida barcha ishtirokchilarga omad tilab, imtihonlarning shaffof va adolatli tashkil etilishi uchun zarur sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.
Jarayon davomida universitet rahbari abituriyentlarning ota-onalari bilan ham uchrashib, ularga universitetda yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy infratuzilma va ta’lim sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Fursatdan foydalanib, barcha abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz.
Repost from Davlatobod tumani hokimligi | rasmiy kanali
+9
Abituriyentlar uchun muhim sinovlar boshlandi
Bugun respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha 2026-yilgi test sinovlariga start berildi. Xususan, Namangan viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan test jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida o‘tkazilmoqda.
Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev test sinovlari o‘tkazilayotgan hududda bo‘lib, abituriyentlar bilan samimiy suhbatlashdi hamda ularga ushbu mas’uliyatli sinovda omad va muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, test topshiruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, tartib-intizom va jarayonning shaffof tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdi.
Hududa test sinovlarining ochiqlik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilayotgani, abituriyentlarning bilim va salohiyatini xolis baholashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Barcha yoshlarimizga kirish imtihonlarida yuksak natijalar va ko‘zlangan maqsadlariga erishishlarini tilaymiz.
Repost from Edu.uz
2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida Namangan davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 15–17-iyul kunlari o‘tkaziladi.
🏛 Imtihon o‘tkaziladigan joy:
Namangan davlat texnika universiteti, 2-o‘quv binosi, sport zali.
📍 Manzil:
Namangan shahri, Yangi Namangan tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 12-uy.
Kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi va baholash mezonlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
⚫Baholash mezoni
🎥 Youtube orqali imthon jarayonlari jonli uzatib beriladi
Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihon o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari lozim.
Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olinadi.
☎️ Call-markaz:
69 234-14-30
69 234-37-20
Repost from Kongratbay Sharipov
#Hukumat_soati
“Hukumat soati”da oliy ta’lim bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindiOliy Majlis Qonunchilik palatasidagi navbatdagi “Hukumat soati”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ta’limni mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti kvotasi 36 ming 23 ta, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq etib belgilangan. Ustuvor yo‘nalishlar sifatida muhandislik, IT, pedagogika va agrar sohalar tanlangan. 2025/2026-o‘quv yilida 323 mingdan ortiq talaba oliy ta’limni tamomlagan, 2027-yilda esa mehnat bozoriga 390 mingdan ortiq bitiruvchi kirib kelishi kutilmoqda. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida 378 ta mehnat yarmarkasi va 1 ming 243 ta workshop o‘tkazilib, ularda 7,7 mingdan ortiq ish beruvchi hamda 144 mingdan ziyod bitiruvchi ishtirok etdi. Natijada 18 mingga yaqin yosh bilan dastlabki ishga joylashish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Shuningdek, career.edu.uz platformasi orqali bitiruvchilarning bandligi real vaqt rejimida monitoring qilinmoqda. 2026-yil may–iyun oylarida ish bilan band bo‘lmagan bitiruvchilar soni qariyb 19 ming nafarga kamaygani qayd etildi. Vazir, shuningdek, barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha qo‘shimcha kompetensiyalarni rivojlantirish hamda xalqaro sertifikat olish imkoniyatlarini kengaytirish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/193042 👉 На руcском 👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bugun respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha 2026-yilgi test sinovlariga start berildi. Xususan, Namangan viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan test jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida o‘tkazilmoqda.
+9
Abituriyentlar uchun muhim sinovlar boshlandi
Bugun respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha 2026-yilgi test sinovlariga start berildi. Xususan, Namangan viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan test jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida o‘tkazilmoqda.
Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev test sinovlari o‘tkazilayotgan hududda bo‘lib, abituriyentlar bilan samimiy suhbatlashdi hamda ularga ushbu mas’uliyatli sinovda omad va muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, test topshiruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, tartib-intizom va jarayonning shaffof tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdi.
Hududa test sinovlarining ochiqlik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilayotgani, abituriyentlarning bilim va salohiyatini xolis baholashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Barcha yoshlarimizga kirish imtihonlarida yuksak natijalar va ko‘zlangan maqsadlariga erishishlarini tilaymiz.
Repost from Namangan viloyati hokimligi
65-Xalqaro Gullar festivali: yangi rekordlar bilan yakunlandi.
Namangan 50 kun davomida dunyo e'tiborida bo‘ldi!
Bu davrda viloyat 1 million 100 mingdan ortiq xorijiy va 7,5 milliondan ziyod mahalliy sayyohni qabul qildi.
Festival dasturi esa kutilganidan ham keng ko‘lamli bo‘ldi. Rejalashtirilganidan ikki barobar ko‘p — 300 dan ortiq madaniy-ma'rifiy tadbirlar, xalqaro anjuman va forumlar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari tashkil etildi.
Natijalar esa raqamlarda yaqqol aks etdi. Festival kunlarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 8 trillion so‘mdan oshdi. Eng muhimi, viloyat aholisi 300 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha daromadga ega bo‘ldi.
Gullar ifori, yorqin shoular, betakror kompozitsiyalar, samimiy mehmondo‘stlik va unutilmas lahzalar... Bularning barchasi 65-Xalqaro Gullar festivalini yana bir bor dunyo e'tiboridagi yirik turizm va madaniyat bayramiga aylantirdi.
65-Xalqaro Gullar festivali yakunlandi. Ammo Namangan yaratgan taassurotlar va qo‘lga kiritilgan yutuqlar hali uzoq yillar yodda qoladi!
@bizningnamangan
