Kongratbay Sharipov
Open in Telegram
O’zR Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Министр высшего образования, науки и инноваций РУз Minister of higher education, science and innovation of the Republic of Uzbekistan
Show more1 514
Subscribers
-124 hours
+27 days
-1030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+11
in 1 channels
August '26
+48
in 8 channels
Get PRO
July '26
+38
in 9 channels
Get PRO
June '26
+32
in 7 channels
Get PRO
May '26
+28
in 4 channels
Get PRO
April '26
+619
in 15 channels
Get PRO
March '26
+72
in 18 channels
Get PRO
February '26
+146
in 105 channels
Get PRO
January '26
+24
in 5 channels
Get PRO
December '25
+54
in 19 channels
Get PRO
November '25
+32
in 9 channels
Get PRO
October '25
+68
in 40 channels
Get PRO
September '25
+44
in 3 channels
Get PRO
August '25
+70
in 82 channels
Get PRO
July '25
+53
in 290 channels
Get PRO
June '25
+48
in 14 channels
Get PRO
May '25
+45
in 17 channels
Get PRO
April '25
+39
in 4 channels
Get PRO
March '25
+43
in 8 channels
Get PRO
February '25
+58
in 12 channels
Get PRO
January '25
+45
in 3 channels
Get PRO
December '24
+53
in 4 channels
Get PRO
November '24
+50
in 8 channels
Get PRO
October '24
+38
in 4 channels
Get PRO
September '24
+45
in 9 channels
Get PRO
August '24
+55
in 6 channels
Get PRO
July '24
+66
in 2 channels
Get PRO
June '24
+61
in 6 channels
Get PRO
May '24
+66
in 3 channels
Get PRO
April '24
+83
in 19 channels
Get PRO
March '24
+39
in 2 channels
Get PRO
February '24
+116
in 3 channels
Get PRO
January '24
+43
in 3 channels
Get PRO
December '23
+93
in 14 channels
Get PRO
November '23
+15
in 2 channels
Get PRO
October '23
+21
in 1 channels
Get PRO
September '23
+73
in 0 channels
Get PRO
August '23
+46
in 0 channels
Get PRO
July '23
+14
in 0 channels
Get PRO
June '23
+23
in 0 channels
Get PRO
May '23
+53
in 0 channels
Get PRO
April '23
+47
in 0 channels
Get PRO
March '23
+47
in 0 channels
Get PRO
February '23
+55
in 0 channels
Get PRO
January '23
+34
in 0 channels
Get PRO
December '22
+555
in 0 channels
Get PRO
November '22
+86
in 0 channels
Get PRO
October '22
+16
in 0 channels
Get PRO
September '22
+30
in 0 channels
Get PRO
August '22
+50
in 0 channels
Get PRO
July '22
+106
in 0 channels
Get PRO
June '22
+135
in 0 channels
Get PRO
May '22
+16
in 0 channels
Get PRO
April '22
+58
in 0 channels
Get PRO
March '22
+12
in 0 channels
Get PRO
February '22
+5
in 0 channels
Get PRO
January '22
+14
in 0 channels
Get PRO
December '21
+1
in 0 channels
Get PRO
November '21
+3
in 0 channels
Get PRO
October '21
+48
in 0 channels
Get PRO
September '21
+333
in 0 channels
Get PRO
August '21
+8 782
in 0 channels
Get PRO
July '21
+2 845
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 11 September | 0 | |||
| 10 September | +1 | |||
| 09 September | +1 | |||
| 08 September | +3 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | +3 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
+9
Talaba uchun yana-da qulay muhit: TATUda “Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi” ochildi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar uchun 100 dan ortiq xizmat turini bir joyga jamlagan “Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Ayubxon Sultonov, soha korxonalari rahbarlari, universitet jamoasi, hamda talabalar ishtirok etdi.
Markazda jami 101 ta xizmat yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning 70 foizi raqamlashtirilgan. Bu esa xizmatlardan foydalanish jarayonini yanada tezkor va qulay tashkil etish imkonini bermoqda.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/217156 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
| 2 | Fraunhofer jamiyati vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniyaning amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha yetakchi tashkilotlaridan biri Fraunhofer jamiyati vakillari — Germaniyaning Fraunhofer ishlab chiqarish tizimlari va konstruksiyalash texnologiyalari instituti (Fraunhofer IPK) direktori Xolger Kol hamda "PROJECHT M" Foundation Germany raisi Mayk de Vris bilan uchrashdi.
Muloqot davomida oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy ishlanmalarni amaliyot va sanoatga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/216453
#Xalqaro_hamkorlik
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | Telegram | 340 |
| 3 | Oʻzbekiston va Fraunhofer jamiyati oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniyaning amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha yetakchi tashkilotlaridan biri Fraunhofer jamiyati vakillari — Germaniyaning Fraunhofer ishlab chiqarish tizimlari va konstruksiyalash texnologiyalari instituti (Fraunhofer IPK) direktori Xolger Kol hamda "PROJECHT M" Foundation Germany raisi Mayk de Vris bilan uchrashdi.
Muloqot davomida oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy ishlanmalarni amaliyot va sanoatga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/216453
#Xalqaro_hamkorlik
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | Telegram | 1 |
| 4 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi
Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 299 |
| 5 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 304 |
| 6 | Bauman universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
7-sentyabr kuni N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi Qoʻngʻirotboy Sharipov, Bauman universiteti rektori Mixail Gordin, Vasiylik kengashi aʼzolari hamda taʼlim, ilm-fan va sanoat sohasi vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda filialni tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, uning toʻlaqonli faoliyati va kelgusidagi strategik rivojlanish vazifalari muhokama qilindi. Qisqa vaqt ichida filialning tashkiliy tuzilmasi shakllantirilib, zarur oʻquv bazasi yaratildi va taʼlim jarayoni yoʻlga qoʻyildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215927
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | Telegram | 357 |
| 7 | #Yangi_oʻquv_yili #Xalqaro_hamkorlik
Toshkentda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialida yangi oʻquv yili boshlandi
7-sentyabr kuni Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialida yangi oʻquv yilining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, filial Vasiylik kengashi raisi Qoʻngʻirotboy Sharipov, N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti rektori Mixail Gordin, Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turobjonov, filial rahbariyati, Vasiylik kengashi aʼzolari, faxriy mehmonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215883
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | Telegram | 340 |
| 8 | Vazir Qoʻngʻirot tumanidagi maktablarda yoshlar bilan uchrashdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qoʻngʻirot tumaniga tashrifi doirasida qator taʼlim muassasalarida boʻlib, ustozlar va yoshlar bilan uchrashdi.
Vazir oʻzi tahsil olgan 43-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularni ilm olishga, kitob mutolaasiga oshno boʻlishga, zamonaviy kasb va koʻnikmalarni egallashga hamda katta maqsadlar sari dadil intilishga chorladi.
Shuningdek, tashrif doirasida Q. Sharipov Qoʻngʻirot tumanidagi ilk xususiy maktab — 500 nafar oʻquvchiga moʻljallangan “Utegenov School”ning tantanali ochilish marosimida qatnashdi.
Tadbir davomida taʼlim sifatini oshirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda maktab — oila — jamoatchilik hamkorligining muhim oʻrni alohida qayd etildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/214823
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 550 |
| 9 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident
Facebook | Instagram | Telegram | 632 |
| 10 | #Xalqaro_hamkorlik #Myunxen
🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston va Myunxen texnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Myunxen texnika universiteti (Technische Universität München — TUM) faxriy prezidenti, professor Volfgang A. Herrmann hamda TUM vitse-prezidenti, professor Ali Sunyayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yetakchi xorijiy universitetlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/212634
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 607 |
| 11 | #Hindiston #tashrif #xalqaro_hamkorlik
Hindiston Bosh vaziri poytaxtimizdagi hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshida Mahatma Gandi nomidagi hindshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritadi. Davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi ushbu makazda bo‘ldi. Oliy martabali mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar hamrohlik qildi.
Tashrif davomida markazning Hindiston tarixi, falsafasi, tili va ijtimoiy-siyosiy tafakkurini o‘rganish borasidagi faoliyati tanishtirildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/212575
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 570 |
| 12 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:
📌Ochiq ruhda kechgan muloqotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi;
📌Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan salohiyatli strategik sherigimizdir;
📌Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarildi;
📌Kelishuvlarimizning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratishga qaror qildik;
📌O‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollardan ortdi, 2030-yilga qadar ushbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqchimiz;
📌Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirishga kelishdik;
📌Energetika, o‘ta muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik kuchaytiriladi;
📌BMT, ShHT, Qo‘shilmaslik harakati, BRICS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashni bundan keyin ham davom ettiramiz;
📌O‘zbek va hind xalqlarini bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar chambarchas bog‘lab turadi;
📌O‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish bilan birga yangi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ham ishga tushiramiz;
📌30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro qatnovlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi;
📌Qabul qilingan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 307 |
| 13 | Koʻksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi boʻldi.
#Mirziyoyev #tashrif #Hindiston #marosim
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 372 |
| 14 | No text... | 29 |
| 15 | No text... | 33 |
| 16 | Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
📌Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi.
📌Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi.
📌Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani, ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan.
📌Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi maqsad qilingan.
📌Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi.
📌Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi.
📌Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir.
📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilanmoqda.
📌IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
📌O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili esa raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.
📌Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur.
📌Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
📌Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 538 |
| 17 | Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.
Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.
– Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.
Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 359 |
| 18 | Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.
Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.
Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.
– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz.
Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 359 |
| 19 | #Mustaqillik35 #TalabagaQulaylik
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida 13 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida oliy taʼlim tizimida yana bir muhim yangilik amalga oshirildi. 2026-yil 24-avgust kuni mamlakatimiz hududlarida yangidan barpo etilgan va kapital taʼmirdan chiqarilgan 13 ta talabalar turar joyi, jami 6 200 oʻrin, shuningdek, 4 000 oʻrinli oʻquv binolarini foydalanishga topshirish jarayoniga start berildi.
Tadbirning asosiy markazlaridan biri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Toʻrtkoʻl fakultetida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi talabalar turar joyining tantanali ochilishi boʻldi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toʻrtkoʻl tumani hokimi Ilhomboy Xudaybergenov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Toʻlqin Teshaboyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/209688
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 624 |
| 20 | Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 469 |
