en
Feedback
NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV

NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV

Open in Telegram

Namangan davlat texnika universiteti rektori, Kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich! Murojaat uchun @NamDTU_Rektoriga_Murojaat_bot Admin:@xs_tursunovff

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 252
Subscribers
+424 hours
-67 days
-7230 days
Posts Archive
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ NamDTU doktorantlari uchun Malayziya ilmiy laboratoriyalarida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda Namangan davlat
+9
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ NamDTU doktorantlari uchun Malayziya ilmiy laboratoriyalarida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda Namangan davlat texnika universiteti delegatsiyasining Malayziyadagi xizmat safari doirasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida Malaya universitetining Science fakulteti dekani, professor Woo Haw Jiun, shuningdek, biofizika, biotexnologiya va boshqa zamonaviy ilmiy laboratoriyalar rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi. Uchrashuvlarda Namangan davlat texnika universiteti doktorantlari va yosh olimlarining ilmiy tadqiqotlarini Malaya universiteti laboratoriyalarida olib borishi, tajriba-sinov ishlarini zamonaviy ilmiy infratuzilma negizida amalga oshirishi, laboratoriya imkoniyatlaridan imtiyozli shartlar asosida foydalanishi hamda ilmiy natijalarni xalqaro darajada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro qo‘shma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanuvchi nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda qo‘shma ilmiy maqolalarni hammualliflik asosida chop etish, xalqaro grant dasturlarida birgalikda ishtirok etish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Muzokaralar davomida Namangan davlat texnika universiteti hamda Malaya universiteti professor-o‘qituvchilarining o‘zaro akademik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, doktorantlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish, xalqaro ilmiy muhitdagi ishtirokini kengaytirish hamda istiqbolda ikki universitet o‘rtasida barqaror ilmiy hamkorlik mexanizmini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Namangan davlat texnika universiteti delegatsiyasining Malayziyadagi xizmat safari davom etmoqda. Tashrif doirasida xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladigan yangi uchrashuv va muzokaralar rejalashtirilgan. NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-siteTelegram |   Instagram  |  X FacebookYouTubeLinkedIn |

#OAVBIZQAMIZDA "Ortga qaytmas islohotlar" — Namangan davlat texnika universitetida O‘zbekiston 24 telekanalining "Ortga qaytmas islohotlar" ko‘rsatuvida Namangan davlat texnika universitetida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, zamonaviy ta’lim muhiti, ilmiy-innovatsion faoliyat hamda universitet rivoji yo‘lida olib borilayotgan ishlar keng yoritildi.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ NamDTU delegatsiyasining Malayziyadagi rasmiy tashrifi davom etmoqda Namangan davlat texnika universiteti del
+6
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ NamDTU delegatsiyasining Malayziyadagi rasmiy tashrifi davom etmoqda Namangan davlat texnika universiteti delegatsiyasining Malayziyaga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi doirasidagi xalqaro uchrashuvlar va ilmiy hamkorlik tadbirlari davom etmoqda. Delegatsiya Malayziyaning Malaya universiteti mezbonligida tashkil etilgan 92nd YSS International Conference on Functional Materials (YSS-ICFM 2026) xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etmoqda. Nufuzli anjumanda Namangan davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari o‘z ilmiy maqola hamda tezislari bilan qatnashib, zamonaviy ilmiy ishlanmalar yuzasidan fikr almashmoqda. Konferensiya doirasida Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, olimlar hamda soha mutaxassislari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Indoneziyaning Universitas Negeri Malang universitetining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va jamiyat bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Markus Diantoro bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, fizika, kimyo, nanotexnologiyalar, muhandislik hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini aniq rejalashtirish maqsadida muntazam onlayn muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi. Mazkur uchrashuv Namangan davlat texnika universitetining xalqaro ilmiy hamkorlik geografiyasini kengaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ilmiy izlanishlar va akademik almashinuvni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim muloqotlardan biri bo‘ldi. NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-siteTelegram |   Instagram  |  X FacebookYouTubeLinkedIn |

NamDTU va UiTM strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergash
+5
NamDTU va UiTM strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — MARA Texnologiyalar Universiteti (UiTM)ga tashrifi doirasida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi. Muzokaralarda sun’iy intellekt, smart ishlab chiqarish, yashil texnologiyalar, barqaror muhandislik hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida umumiy qiymati 10 mln dollarlik investitsiya loyihasi ishlab chiqildi hamda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Hamkorlik doirasida: Sun’iy intellekt va Smart ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etiladi; Yashil texnologiyalar va barqaror muhandislik bo‘yicha qo‘shma ilmiy markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; Dual PhD va qo‘shma ilmiy rahbarlik dasturlari amalga oshiriladi. Tomonlar mazkur yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha besh yil muddatga mo‘ljallangan anglashuv memorandumlarini imzoladilar. Kelishuvlarga muvofiq, 2026-yil sentyabr–oktyabr oylarida UiTMning 10 nafar nufuzli ekspert va professorlari NamDTUga tashrif buyurib, sun’iy intellekt yo‘nalishida professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar,talaba yoshlar uchun seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar hamda workshoplar o‘tkazadi. Mazkur hamkorlik NamDTUda ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish hamda yosh olimlar va doktorantlar uchun yangi ilmiy imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi. NamDTU Axborot xizmati. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

Islom sivilizatsiyasi markazida tarix, ma’naviyat va Uchinchi Renessans sari odimlar Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev boshchiligidagi delegatsiya universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy sayohat doirasida Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, markazning tarixiy ekspozitsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans g‘oyalarini aks ettiruvchi zamonaviy zallar hamda Muqaddas Qur’oni karim zalidagi noyob qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishdi. Ekskursiya davomida delegatsiya a’zolariga buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, Temuriylar davridagi ilm-ma’rifat yuksalishi, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda boy diniy-ma’naviy merosimiz haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur sayohat ishtirokchilarning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimiz haqidagi bilimlarini yanada boyitib, ularda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va Uchinchi Renessans g‘oyalariga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamladi.

Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans poydevori va Qur’oni karim zali bilan tanishildi Delegatsiya Islom sivilizatsiyasi mar
+9
Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans poydevori va Qur’oni karim zali bilan tanishildi Delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markazidagi ekskursiyaning yakuniy qismida Uchinchi Renessans g‘oyalariga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar bilan tanishdi. Ushbu bo‘limda Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamonaviy interaktiv usullar orqali namoyish etildi. Shuningdek, delegatsiya Muqaddas Qur’oni karim zalida bo‘lib, bu yerda saqlanayotgan noyob Qur’on qo‘lyozmalari va islom sivilizatsiyasining bebaho ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdi. Muqaddas maskandagi tarixiy manbalar va nodir eksponatlar ishtirokchilarda yurtimizning boy ilmiy, diniy va ma’naviy merosi bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Ikkinchi Renessans — Temuriylar davri yuksalishi Ekskursiyaning navbatdagi qismida delegatsiya Ikkinchi Renessans davriga bag
+6
Ikkinchi Renessans — Temuriylar davri yuksalishi Ekskursiyaning navbatdagi qismida delegatsiya Ikkinchi Renessans davriga bag‘ishlangan zal bilan tanishdi. Bu yerda Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va adabiyotning yuksak taraqqiyoti, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi zamonaviy ekspozitsiyalar orqali yoritilgan. Mazkur bo‘lim ishtirokchilarda ajdodlarimizning dunyo tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, ilm-fan va bunyodkorlik an’analariga nisbatan yanada yuksak faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Birinchi Renessans — ilm-ma’rifatning buyuk uyg‘onish davri Delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markazidagi ekskursiya davomida
+6
Birinchi Renessans — ilm-ma’rifatning buyuk uyg‘onish davri Delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markazidagi ekskursiya davomida Birinchi Renessans davriga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar bilan tanishdi. Ushbu bo‘limda yurtimiz zaminida yashab ijod qilgan buyuk muhaddislar, mutafakkirlar va allomalarning ilmiy merosi hamda ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi zamonaviy texnologiyalar asosida namoyish etilgan. Noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar va interaktiv ko‘rgazmalar orqali ishtirokchilar Birinchi Renessans davrining ilm-fan va ma’rifat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida yanada keng tasavvurga ega bo‘ldilar.

Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev boshchiligidag
+6
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev boshchiligidagi delegatsiya universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy sayohat doirasida Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari markazning muhtasham me’moriy qiyofasi, tarixiy va madaniy merosimizni o‘zida mujassam etgan noyob ekspozitsiyalar hamda zamonaviy ko‘rgazma zallari bilan yaqindan tanishdi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston hududida shakllangan buyuk sivilizatsiya, ajdodlarimizning ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ayni vaqtda Namangan davlat texnika universiteti jamoasi a’zolari Islom sivilizatsiyasi markaziga yo‘l olishmoqda. Safar davomida jamoamizning kayfiyati a’lo darajada — samimiy suhbatlar, ko‘tarinki ruh va yaxshi kayfiyat hamrohligida manzil sari yo‘l olmoqdamiz. Oldinda esa yangi taassurotlar, qiziqarli uchrashuvlar va mazmunli tashrif kutmoqda!

🎓Kelajagingiz uchun to'g'ri tanlovni bugun amalga oshiring! NamDTU — zamonaviy oliy ta'lim, ilg'or innovatsiyalar va xalqaro imkoniyatlar maskani. ✅ Dunyoning 150 dan ortiq nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik; 🤖 Keng imkoniyatlarga ega Sun'iy intellekt ilmiy laboratoriyasi; 🔬 Ilm-fan, innovatsiyalar va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlovchi zamonaviy muhit; 🌍 Xalqaro maydonda munosib o'ringa ega universitet. Sifatli ta'lim, zamonaviy bilim va ulkan imkoniyatlar sari ilk qadamni NamDTU bilan boshlang! 🎥 Videoni tomosha qiling va NamDTUni tanlang! 📞 Murojaat uchun: +998692340564 +998692340615 Orzular ushaladigan maskan — Namangan davlat texnika universiteti!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va davlatimiz taraqqiyoti yoʻlida olib borayotgan ulkan islohotlaringiz hamda fidokorona mehnatingiz bardavom boʻlsin. Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlidagi ezgu maqsadlaringiz roʻyobini tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
🎥 Mazkur videorolik Yoshlar ittifoqi faol aʼzosi Normurodov Ulugʻbek tomonidan tayyorlandi.

#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universitetida bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu unutilmas lahzalar yoshlarning ko‘p yillik mehnati, izlanishi va intilishlari munosib e’tirof etilgan quvonchli kun sifatida barchaning qalbida alohida taassurot qoldirdi.

#video Bugun Namangan davlat texnika universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar ziyo maskani” kapsulasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Namangan davlat texnika universitetida “Oq yo‘l senga, bitiruvchi!” shiori ostida bitiruv oqshomi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universitetida bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu unutilmas lahzalar yoshlarning ko‘p yillik mehnati, izlanishi va intilishlari munosib e’tirof etilgan quvonchli kun sifatida barchaning qalbida alohida taassurot qoldirdi. Universitetimizni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ishonamanki, bugun qo‘lga kiritilgan ushbu yutuq ertangi ulkan muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bilim, salohiyat va fidoyilik bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislar safi yanada kengaymoqda. Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev: — Aziz bitiruvchilar! Sizlar bugun nafaqat diplom, balki katta mas'uliyatni ham qo‘lga kiritdingiz. Har biringiz egallagan bilim va kasbingiz bilan Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida munosib xizmat qilishingizga ishonaman. Kelgusi faoliyatingizda ulkan zafarlar, mustahkam iroda va yuksak marralar doimo sizga hamroh bo‘lsin!

photo content
+9

NamDTU da “Yoshlar ziyo maskani” kapsulasi ochildi Bugun Namangan davlat texnika universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar ziyo maskani” kapsulasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zosi, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Namangan viloyati bo‘limi rahbari Musoxon Appaqov hamda “Nodirabegim” nomidagi Namangan viloyat Axborot-kutubxona markazi direktori Dilfuza Xakimova ishtirok etdi. Universitetimizda foydalanishga topshirilgan ushbu maskan talaba-yoshlarning bilim olish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, izlanish olib borishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun munosib ma’naviy makon bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar yoshlarning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonaman. Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev: — Bugun universitetimizda “Yoshlar ziyo maskani”ning ochilishi talaba-yoshlarimiz uchun munosib sovg‘a bo‘ldi. Ishonamanki, ushbu maskan yoshlarimizning bilim va tafakkurini boyitadigan, kitobga mehrini oshiradigan hamda ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan sevimli maskanlardan biriga aylanadi. Kelajagimiz egalari uchun bundan-da keng imkoniyatlarni yaratish yo‘lida izchil ishlarni davom ettiramiz.