en
Feedback
SANATSIYA

SANATSIYA

Open in Telegram

Qarzdorlik, to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik va iqtisodiy nizolarga huquqiy yechim!!!

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
5 607
Subscribers
-224 hours
+107 days
+1130 days
Posts Archive
Halol insonning eng katta boyligi — uning pok nomidir—Konfutsiy. 💬@sanatsiya

⚖️ “Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarida eʼtiborsiz qolayotgan muhim norma” 📌 37-modda mazmuniga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan har qanday qarzdorlik mavjud boʻlgani uchun emas, balki qonunda belgilangan aniq alomatlar va asoslar mavjud boʻlgandagina qoʻzgʻatiladi. 🔹 Vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik mavjud boʻlsa — qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikni tiklash tartib-taomillaridan birini qoʻllash masalasi koʻriladi. 🔹 Doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik mavjud boʻlsa — qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash uchun asos boʻladi. 🔹 Kreditor ariza berganda — talab sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, qarzdor tomonidan tan olingan hujjat yoki notariusning ijro xati bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. 🔹 Soliq organi ariza berganda — soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzni undirish yuzasidan avval qonuniy chora-tadbirlar koʻrilgan boʻlishi shart.

Бизнес-омбудсман тадбиркорлар ҳуқуқларини суд тартибида ҳимоя қилишни изчил давом эттирмоқда. Навбатдаги ер майдони учун нобудгарчилик компенсация тўлови билан боғлиқ низоли масала ҳам тадбиркорнинг фойдасига ҳал этилди. “Янгиҳаёт” индустриал технопарки ҳудудида фаолият юритаётган “А.В.” МЧЖ ҚК ва Тошкент шаҳар Қишлоқ хўжалиги бошқармаси ўртасида ер майдони учун нобудгарчилик компенсация тўловини ундириш юзасидан суд низоси келиб чиққан эди.   Биринчи инстанция судининг қарори билан тадбиркор зиммасига 841 миллион сўм миқдорида тўлов тўлаш мажбурияти юклатилган. Ушбу қарордан норози бўлган тадбиркор апелляция шикояти киритган. Апелляция инстанцияси судида Бизнес-омбудсман ходими учинчи шахс сифатида иштирок этиб, тадбиркорнинг қонуний манфаатларини ҳимоя қилган ҳамда компенсация тўловининг асоссизлиги бўйича тегишли ҳуқуқий важларни илгари сурган.   Бизнес-омбудсман ходимининг ҳуқуқий кўмаги натижасида апелляция суди тадбиркор фойдасига қарор қабул қилди. Бу билан тадбиркор 841 миллион сўмдан ортиқ молиявий мажбуриятдан ҳимоя қилинди ва унинг бузилган ҳуқуқлари тикланди.   Шу билан биргаликда, Махсус иқтисодий ва саноат зоналарида фаолият юритаётган тадбиркорларда бу каби нобудгарчилик тўловлари билан боғлиқ масалалар кўплаб кузатилаётганини инобатга олиб, Бизнес-омбудсман томонидан Вазирлар Маҳкамасига қарор лойиҳаси киритилди. Ушбу ҳужжат лойиҳаси келгусида саноат ва махсус зоналардаги лойиҳа ташаббускорларини ортиқча молиявий юклардан озод этиш ва уларнинг ҳуқуқларини кафолатлашга хизмат қилади.

Repost from YURISTKADR
Ишлар чатоқ 2 кун аввал kun.uz да меҳнатни муҳофаза қилиш соҳасидаги вазият ҳақида суҳбат қурдик. Анчагина кескин ўтди суҳбатимиз. Андижондаги тиббиёт бирлашмасида вафот этган 4 нафар ходимнинг ўлимига сабабчи бўлган омилларни таҳлил қилдик. Бандлик вазирлиги ва Фавқулодда вазиятлар вазирлигидан келган масъул ходимлар билан яхшигина тортишдик. Мен меҳнатни муҳофаза қилиш соҳасини назорат қилиш ишлари қониқарсиз дедим. Улар назоратдан кўра, одамларнинг маданиятини оширишимиз керак деди. Мен назорат бўлмаса, одамларнинг меҳнатни муҳофаза қилиш соҳасидаги маданиятини етарли даражага олиб чиққунча 50 йил вақт керак бўлса, унгача яна қанча инсон ўлади дедим жаҳлим чиқиб. Хуллас, суҳбат давомида бу соҳадаги ишлар талаб даражасида эмаслигига яна бир бор амин бўлдим. Ўзимиз ҳам меҳнатни муҳофаза қилиш йўналишида жиддийроқ ишлашимиз кераклигини тушундим. 👉@yuristkadr

"2026 йил 3 июль куни соат 10.00 да Олий суд Пленумининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтади". Мажлисда Олий суд Пленумининг ✅ “Су
"2026 йил 3 июль куни соат 10.00 да Олий суд Пленумининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтади". Мажлисда Олий суд Пленумининг “Судлар томонидан фуқарони муомала лаёқати чекланган ёки муомалага лаёқатсиз деб топиш билан боғлиқ ишларни кўриб чиқиш амалиёти тўғрисида", "Фуқаролик, маъмурий ва иқтисодий судлар томонидан даъвони таъминлаш (дастлабки ҳимоя) чораларини кўришнинг айрим масалалари тўғрисида", “Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми ва Ўзбекистон Республикаси Олий хўжалик суди Пленумининг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қарорлари лойиҳалари кўриб чиқилади. ✅ Биринчи маротаба Пленум мажлиси Олий суднинг Интерактив хизматлари портали орқали тўғридан-тўғри эфирга узатилади. Сайт I Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

🔥 Bitiruvchilar uchun 1 foizlik imtiyoz Endilikda oliygoh bitiruvchisini rasmiy ishga olgan tadbirkorlar uchun 1 yil davomida soliq yuki kamaytirilishi ko‘zda tutilmoqda: ▪️ daromad solig‘i — 12% o‘rniga 1%; ▪️ ijtimoiy soliq — 12% o‘rniga 1%. Bu imkoniyat tadbirkorlar uchun yosh mutaxassislarni ishga olish xarajatlarini kamaytiradi, bitiruvchilar uchun esa ish topish imkoniyatini oshiradi. ⚠️ Imtiyozdan foydalanish uchun mehnat shartnomasi rasmiy tuzilishi, YAMMTda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va ish haqi qonuniy tartibda to‘lanishi lozim. ✅ Xulosa: bu tashabbus yoshlarni band qilish va biznesni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 💬@sanatsiya

Андижонда божхона ходимлари дўпписининг ичида 35,6 минг АҚШ долларини олиб чиқишга уринган йўловчини тўхтатиб қолишибди. Ҳола
Андижонда божхона ходимлари дўпписининг ичида 35,6 минг АҚШ долларини олиб чиқишга уринган йўловчини тўхтатиб қолишибди. Ҳолатда Андижон вилояти божхона бошқармасининг “Дўстлик” чегара божхона постида фош қилинибди. Қандай қилиб билмай қолишади деб ўйлаганикин ака? 💬@sanatsiya

Энди сиз судлар фаолиятига оид таклиф, ариза ва шикоятларингизни тезкор ҳамда қулай тарзда юборишингиз мумкин. 📲 @Toshkentvi
Энди сиз судлар фаолиятига оид таклиф, ариза ва шикоятларингизни тезкор ҳамда қулай тарзда юборишингиз мумкин. 📲 @Toshkentviloyatisudigamurojaat Telegram манзили орқали мурожаат қолдиринг. Ҳар бир мурожаат эътибор билан кўриб чиқилади. Тошкент вилояти суди

📌 Ishga qabul qilishda qanday hujjatlar talab etiladi? Ishga kirayotgan shaxs ish beruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 🪪 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat Pasport, uning o‘rnini bosuvchi hujjat yoki ID-karta. 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta taqdim etadi. 📘 Mehnat daftarchasi Oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma. Birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. 🔁 O‘rindoshlik asosida ishga kiruvchilar Mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma taqdim etadi. 🎖 Harbiy hisob hujjatlari Harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani taqdim etadi. 🎓 Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat Diplom, sertifikat yoki maxsus tayyorgarlikni tasdiqlovchi boshqa hujjat - agar lavozim uchun maxsus ma’lumot yoki tayyorgarlik talab etilsa. 🔢 JSHSHIR Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ham taqdim etiladi. 💬@sanatsiya

⚖️ Kelishuv bitimi bajarilmasa nima bo‘ladi? 📌 To‘lovga qobiliyatsizlik ishi doirasida sud tasdiqlagan kelishuv bitimi taraflar uchun majburiy hisoblanadi. ❗️Agar qarzdor ushbu bitim shartlarini bajarmasa, kreditor o‘z huquqlarini himoya qilish uchun asoslantiruvchi hujjatlar bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi mumkin. ➡️ Bunda qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish masalasi sudga belgilangan tartibda yangi ariza kiritish orqali ko‘rib chiqiladi. 💬@sanatsiya

Beglarning dargohi rohat qopqasi, Uni topsang bu o‘zingning foydasi. Xizmatkor boyisa, beg mashhur bo‘lar, Duo birla nomi abadiy qolar. 💬@sanatsiya

⚖️ Kelishuv bitimi qachondan majburiy kuchga ega bo‘ladi? 📌 Asos: “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning 161-moddasi. Kelishuv bitimi faqat tomonlar imzolagani bilan yakuniy huquqiy kuchga ega bo‘lib qolmaydi. U albatta sud tomonidan tasdiqlanishi lozim. 🏛 Sud kelishuv bitimini tasdiqlash haqida ajrim chiqaradi. Ushbu ajrimda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish masalasi ko‘rsatiladi. 📌 Agar kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritish jarayonida tuzilgan bo‘lsa, sud ajrimida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qaror bajarilmasligi belgilanadi. 🔒 Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab qarzdor, kreditorlar va bitimda ishtirok etgan uchinchi shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. 🚫 Kuchga kirgan kelishuv bitimini bajarishni bir tomonlama rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 💬@sanatsiya

⚖️ To‘lovga qobiliyatsizlik ishida kelishuv bitimi nima? 📌 Asos: “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning 161-moddasi. Kelishuv bitimi - qarzdor va kreditorlar o‘rtasida to‘lovga qobiliyatsizlik ishini sud jarayonida o‘zaro kelishuv asosida yakunlashga qaratilgan huquqiy mexanizmdir. 🤝 Qarzdor va kreditorlar bunday bitimni to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sudda ko‘rilayotgan har qanday bosqichda tuzishlari mumkin. 👥 Kreditorlar nomidan kelishuv bitimini tuzish haqidagi qaror kreditorlar yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 📝 Qarzdor nomidan kelishuv bitimi qarzdorning rahbari, yakka tartibdagi tadbirkor, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi yoki moliyaviy boshqaruvchi tomonidan tuziladi. 🔐 Agar kelishuv bitimi bo‘yicha ayrim majburiyatlarni uchinchi shaxslar o‘z zimmasiga olsa, ularning bitimda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi. 💬@sanatsiya

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha qanday nafaqalar to‘lanadi? Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar — sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxsga Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan nafaqalardir. 📄 Sug‘urta hodisasi sanasi mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan ishdan ozod etiladigan davr boshlangan kundan hisoblanadi. 💼 To‘lanadigan nafaqalar: 🔹 2026-yil 1-yanvardan boshlab — homiladorlik va tug‘ish nafaqasi; 🔹 2026-yil 1-iyuldan boshlab — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi. 🤰 Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi sug‘urtalangan shaxsga tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan keyingi ta’til davri uchun to‘lanadigan kafolatli to‘lov hisoblanadi. 💬@sanatsiya

Turar joyni qanday asoslarda xususiy mulk qilib olish mumkin? 📌 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 22-moddasi. Mazkur moddaga ko‘ra, fuqarolar va yuridik shaxslar turar joyni quyidagi asoslarda xususiy mulk qilib olish huquqiga ega: 🏗 1. Qurish orqali yakka tartibda uy-joy qurish yoki yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish; 📄 2. Uy-joy obligatsiyalari orqali uy-joy obligatsiyalarini olish; 🤝 3. Kooperativlarda ishtirok etish orqali uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish; 📝 4. Bitimlar orqali oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash; 🏠 5. Umrbod ta’minlash sharti bilan uyni yoki kvartirani boshqa shaxsga berish; 👪 6. Meros orqali turar joyni meros qilib olish; 🏛 7. Xususiylashtirish orqali qonunda belgilangan tartibda turar joyni xususiylashtirish. 💬@sanatsiya

Bankdagi omonatingiz davlat tomonidan kafolatlanganini bilasizmi? 📌 O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, banklardagi omonatlar davlat tomonidan kafolatlanadi. 👥 Kimlarning omonatlari kafolatlanadi? ✅ jismoniy shaxslar; ✅ yakka tartibdagi tadbirkorlar; ✅ yuridik shaxslar. ⚠️ Kafolatlash hodisasi yuzaga kelsa nima bo‘ladi? Omonatchiga Qonunda belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lanadi. 🛡 Kompensatsiya miqdori qancha? Bir bankdagi bir omonatchi bo‘yicha kompensatsiya miqdori 200 000 000 so‘mni tashkil qiladi. 📍 Muhim jihat: Kompensatsiya to‘lanishi omonatchining bank aktivlari hisobidan, qonunchilikda belgilangan navbat bo‘yicha, o‘z mablag‘larini talab qilish huquqini bekor qilmaydi. ✅ Xulosa: Kafolatlash hodisasi yuzaga kelganda omonatchiga kompensatsiya to‘lanadi, kompensatsiyadan ortiq talablar esa bank aktivlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilinishi mumkin. 💬@sanatsiya

📎 Kreditor talabi arizasida qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak? To‘lovga qobiliyatsizlik ishida kreditor o‘z talabini bayon etgan arizada faqat qarzdorlik summasini emas, balki o‘zi haqidagi aniq ma’lumotlarni ham ko‘rsatishi shart. Arizada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: 🔹 firmaning to‘liq nomi; 🔹 joylashgan yeri yoki pochta manzili; 🔹 elektron pochta manzili, agar mavjud bo‘lsa; 🔹 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; 🔹 bank rekvizitlari, agar mavjud bo‘lsa. ⚖️ Ushbu ma’lumotlar kreditorni to‘g‘ri identifikatsiya qilish, talabni reyestrga kiritish va keyingi hisob-kitoblarni qonuniy tartibda amalga oshirish uchun muhim hisoblanadi. ✅ Demak, kreditor talabi arizasi aniq, to‘liq va ishonchli ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishi lozim.

📌 Kreditorlar yig‘ilishi qarori qachon haqiqiy emas deb topilishi mumkin? To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida kreditorlar yig‘ilishi muhim qarorlar qabul qiladigan organ hisoblanadi. Biroq bunday qarorlar qonun talablariga qat’iy rioya qilingan holda qabul qilinishi shart. Agar kreditorlar yig‘ilishi qarori: ▫️ qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan bo‘lsa; ▫️ boshqa qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan bo‘lsa; ▫️ kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazsa, bunday qaror sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. ⚖️ Buning uchun ovoz berishda ishtirok etmagan yoki qarorga qarshi ovoz bergan kreditor sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. ✅ Demak, kreditorlar yig‘ilishi qarori ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan bo‘lsa ham, u qonunga zid bo‘lsa yoki kreditor manfaatlarini buzsa, sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

📌 Kreditorlar yig‘ilishi bayonnomasi To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida kreditorlar yig‘ilishi bo‘yicha bayonnoma yuritilishi shart. Bayonnomaga quyidagi asosiy hujjatlar ilova qilinadi: ▫️ kreditorlar talablari reyestri; ▫️ kreditorlar vakillarining vakolat hujjatlari; ▫️ ishtirokchilarni ro‘yxatga olish varaqlari; ▫️ yig‘ilish materiallari; ▫️ kreditorlar va vakolatli organlar yig‘ilish sanasi, vaqti hamda joyi haqida xabardor qilinganligini tasdiqlovchi dalillar; ▫️ ovoz berish byulletenlari; ▫️ zaruratga ko‘ra boshqa hujjatlar. ⚖️ Ushbu hujjatlar yig‘ilish qonuniy va shaffof o‘tkazilganini tasdiqlaydi. ⏳ Bayonnoma va unga ilova qilingan hujjatlar yig‘ilish o‘tkazilgan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmay sudga taqdim etilishi lozim.

📌 Kreditorlar yig‘ilishi haqidagi xabarda nimalar bo‘lishi kerak? Kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar oddiy e’lon emas. Unda kreditor yig‘ilish haqida to‘liq va aniq ma’lumot olishi uchun zarur barcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart. Xabarda quyidagilar bo‘lishi kerak: ✅ qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri; ✅ yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy; ✅ yig‘ilish kun tartibi; ✅ ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan tanishish tartibi; ✅ ishtirokchilarni ro‘yxatga olish tartibi; ✅ agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs bo‘lsa - uning F.I.O. va yashash joyi. ⚖️ Muhim jihat: Sud boshqaruvchisi yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan kreditorlar yig‘ilish sanasidan kamida 3 ish kuni oldin tanishib chiqishi uchun imkoniyat yaratishi shart. Demak, kreditorlar yig‘ilishi qonuniy va asosli o‘tishi uchun kreditorlar nafaqat yig‘ilish haqida xabardor qilinishi, balki ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan oldindan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi kerak.