en
Feedback
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Open in Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified

📈 Analytical overview of Telegram channel O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Channel O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) is an active participant. Currently, the community unites 10 351 subscribers, ranking in the Other category.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 351 subscribers.

According to the latest data from 02 August, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 39 over the last 30 days and by 0 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 2.46%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 8.14% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 255 views. Within the first day, a publication typically gains 843 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 3.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 03 August, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.

10 351
Subscribers
No data24 hours
+317 days
+3930 days
Posts Archive
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida paxta-to‘qimachilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿 2026-yil 18-iyun k
+8
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida paxta-to‘qimachilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿 2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Xitoy Paxta Assotsiatsiyasi (China Cotton Association) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston to‘qimachilik va yengil sanoat tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning rivojlanish tendensiyalari hamda paxta-to‘qimachilik qiymat zanjirini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. 🟠Mehmonlarga mamlakatimizda paxta xom ashyosini chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. 🟠Shuningdek, muzokaralar chog‘ida paxta va to‘qimachilik sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish hamda ikki mamlakat biznes doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirib, amaliy muloqotlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Sht
+6
Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning tor doirada hamda delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. — В резиденции «Куксарой» состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Федерального Президента Германии Франка-Вальтера Штайнмайера в узком составе и с участием делегаций. #Mirziyoyev #tashrif #Germaniya #muzokara Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Xitoyning Aksu to‘qimachilik sanoat parki delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿🇨🇳 Joriy yilning
+3
Xitoyning Aksu to‘qimachilik sanoat parki delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿🇨🇳 Joriy yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Xitoy Xalq Respublikasining Aksu to‘qimachilik sanoat parki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Muloqot davomida O‘zbekistonda yengil sanoat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 🟠Shuningdek, tomonlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar savdosini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. 🟠Uchrashuvda Aksu to‘qimachilik sanoat parki faoliyati ham taqdim etildi. Ta’kidlanganidek, park tarkibida 300 dan ortiq korxona faoliyat yuritadi va yiliga 1 million tonna paxta qayta ishlanadi. Shu bilan birga, park vakillari O‘zbekistondan ip-kalava import qilish hamda mahalliy korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdilar. 🟠Uchrashuv yakunida Xitoy tomoni O‘zbekiston delegatsiyasini 26-iyun kuni Urumchi shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo–Yevropa ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va amaliy loyihalarni shakllantirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

TXIF doirasida yengil sanoat mahsulotlaridan iborat stenddan fotolavhalar 🌐 Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (
+9
TXIF doirasida yengil sanoat mahsulotlaridan iborat stenddan fotolavhalar 🌐 Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) doirasida tashkil etilgan sanoat va investitsiya ko‘rgazmasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi stendi mamlakatimizning zamonaviy ishlab chiqarish salohiyati, eksportbop mahsulotlari hamda “Made in Uzbekistan” brendi ostida yaratilayotgan mahsulotlarni namoyish etmoqda. 🟠 6 ming kvadrat metr maydondagi xalqaro ko‘rgazma davlat idoralari, investorlar va yetakchi kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Agentlik stendi esa O‘zbekiston yengil sanoatining raqobatbardoshligi va jahon bozorlaridagi mustahkam o‘rnini yaqqol namoyon etmoqda. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🌐 В рамках Пятого Ташкентского международного инвестиционного форума, на масштабной выставке, посвящённой промышленному и ин
+9
🌐 В рамках Пятого Ташкентского международного инвестиционного форума, на масштабной выставке, посвящённой промышленному и инвестиционному потенциалу Узбекистана, стенд национальной продукции лёгкой промышленности, представленный Агентством по развитию лёгкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан, оказался в центре внимания международных делегаций. 🟠 В сопровождении делегации во главе с Премьер-министром Республики Узбекистан Абдуллa Арипов с деятельностью стенда Агентства подробно ознакомились Председатель Правительства Российской Федерации Михаил Мишустин, Премьер-министр Республики Беларусь Александр Турчин, а также Председатель Кабинета Министров Кыргызской Республики Одилбек Касымалиев. 🟠 В ходе визита гостям были представлены масштабные реформы, реализуемые в нашей стране, современные производственные мощности, созданные в сфере лёгкой промышленности, экспортный потенциал отрасли, а также продукция с высокой добавленной стоимостью, выпускаемая под брендом «Made in Uzbekistan». 🟠 Главы зарубежных правительств положительно оценили достижения Узбекистана в развитии лёгкой промышленности, отметив сформированную в стране полноценную производственную цепочку, высокое качество продукции и её конкурентоспособность на международном рынке. 🟠 Особо было подчеркнуто, что Узбекистан занимает одно из ведущих мест в мире в сфере лёгкой промышленности, а также добился значительных успехов в наращивании экспортного потенциала отрасли и расширении международного сотрудничества. 🟠 Данное признание является наглядным подтверждением практических результатов последовательной государственной политики, направленной на развитие лёгкой промышленности, внедрение современных технологий, привлечение инвестиций и укрепление международного партнёрства. 🟠 Агентство по развитию лёгкой промышленности и впредь будет системно продолжать работу по продвижению промышленного потенциала Узбекистана на международной арене, реализации новых инвестиционных проектов и дальнейшему укреплению позиций отечественной продукции на глобальных рынках. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🌐 Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyati
+9
🌐 Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyatiga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazmada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining milliy yengil sanoat mahsulotlari namoyish etilgan stendi xalqaro delegatsiyalar e’tibor markazida bo‘ldi. 🟠 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya hamrohligida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mikhail Mishustin, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin hamda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Odilbek Qasimaliyev Agentlik stendi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🟠 Tashrif davomida mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yengil sanoat tarmog‘ida yaratilgan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati hamda “Made in Uzbekistan” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar taqdim etildi. 🟠 Xorijiy hukumat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston yengil sanoatida erishilayotgan natijalar, ishlab chiqarish zanjirining to‘liq shakllangani, mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligi ijobiy e’tirof etildi. 🟠 Ayniqsa, O‘zbekistonning yengil sanoat sohasida dunyo miqyosidagi yetakchi o‘rinlardan birini egallayotgani, tarmoqning eksport salohiyati hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi yutuqlari alohida ta’kidlandi. 🟠 Mazkur e’tirof mamlakatimizda yengil sanoatni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan izchil siyosatning amaliy natijasi sifatida baholanmoqda. 🟠Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi bundan buyon ham O‘zbekistonning sanoat salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va milliy mahsulotlarning global bozorlardagi mavqeini yanada mustahkamlash yo‘lida tizimli ishlarni davom ettiradi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#OAV_biz_haqimizda #Axborot24 | 16.06.2026 Polshada o‘zbek yengil sanoati mahsulotlari uchun savdo habi ochildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik #Eksport

🇺🇿 2026-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi di
+8
🇺🇿 2026-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov hamda Isroil Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gideon Lustig o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Agentlik tomonidan Elchiga mamlakatimiz yengil sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning joriy holati, eksport salohiyati hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 🟠Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. 🟠Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. 🟠Shu bilan birga, Elchi Gideon Lustig Isroil ishbilarmon doiralari va investorlariga O‘zbekiston yengil sanoatining imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida Agentlik bilan hamkorlikda maxsus taqdimot o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur taqdimot orqali Isroil tadbirkorlarini mamlakatimizdagi investitsiya muhiti, ishlab chiqarish quvvatlari va hamkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilmoqda. 🟠Shuningdek, Isroilning yetakchi olimlari, professorlari hamda innovatsion to‘qimachilik materiallari ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislarini O‘zbekistonga taklif etish, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi. 🟠O‘zbekiston tomoni joriy yil iyul oyining o‘rtalarida Isroilning yetakchi to‘qimachilik va yengil sanoat kompaniyalari delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifini tashkil etish, shuningdek, iyul oyining oxirida O‘zbekiston delegatsiyasining Isroilga amaliy tashrifini uyushtirishni taklif qildi. 🟠Tomonlar Isroilning xalqaro savdo va logistika sohasidagi imkoniyatlaridan foydalangan holda O‘zbekiston yengil sanoat mahsulotlarining Yevropa va Amerika bozorlariga chiqishini qo‘llab-quvvatlash istiqbollarini ham muhokama qildilar. 🟠Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda kelishilgan tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik #Eksport #Innovatsiya

Uz-kor Textile Technoparkida yangi o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi 🇺🇿Uz-kor Textile Technoparkida to‘qimachilik sanoati uchu
+6
Uz-kor Textile Technoparkida yangi o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi 🇺🇿Uz-kor Textile Technoparkida to‘qimachilik sanoati uchun dolzarb bo‘lgan kolorlash, konstruksiyalash va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha yangi o‘quv kurslari tashkil etildi. Jumladan, bo‘yoqchi-kolorist va laboratoriya mutaxassislari uchun malaka oshirish dasturlari ham yo‘lga qo‘yilgan. 🟠 Mazkur kurslar zamonaviy to‘qimachilik va moda sanoati uchun malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, tinglovchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham beriladi. O‘quv jarayonida ishtirokchilar tajribali mutaxassislardan saboq olib, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni o‘rganadilar. 🟠E’tiborlisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ushbu dasturlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. 🟠Korxonalar o‘z mutaxassislarini Uzkort Textile Technoparkida malaka oshirish kurslariga yuborib, o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan va sertifikat olganidan so‘ng, mazkur sertifikat asosida Agentlikka murojaat qilishlari mumkin. Natijada, malaka oshirish uchun sarflangan o‘quv xarajatlari belgilangan tartibda qoplab beriladi. 🟠Bu esa korxonalarga malakali mutaxassislar tayyorlash, xodimlar salohiyatini oshirish hamda ishlab chiqarishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda muhim ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿14-IYUN — TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT XODIMLARI KUNI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli to‘qimachilik va yengil sanoat sohasi f
🇺🇿14-IYUN — TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT XODIMLARI KUNI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli to‘qimachilik va yengil sanoat sohasi fidoyilari! Sizlarni kasb bayramingiz — To‘qimachilik va yengil sanoat xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz. 🟠Bugungi kunda yengil sanoat mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida nafaqat sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, balki minglab fuqarolarimiz bandligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish hamda “Made in Uzbekistan” brendini xalqaro maydonda munosib namoyon etishda muhim o‘rin tutmoqda. 🟠Sohaning har bir vakili — paxta yetishtiruvchidan tortib dizayner, texnolog, tikuvchi, muhandis va eksportyorlargacha bo‘lgan fidoyi insonlarning mehnati tufayli O‘zbekiston mahsulotlari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘z xaridorini topmoqda. 🟠Yurtimizda yaratilayotgan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsion texnologiyalar va yangi ish o‘rinlari sizlarning professional mahoratingiz hamda mas’uliyatli mehnatingiz samarasi hisoblanadi. 🟠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi nomidan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, kasbiy muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz. 🟠Mehnatingiz yuksak qadrlansin, tashabbuslaringiz va bunyodkorlik faoliyatingiz mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilishda davom etsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#OAV_biz_haqimizda O‘zbekiston – Polsha: hamkorlikning yangi istiqbollari 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Varshava shahrida paxta va to‘qimachilik sanoati hamda elektron tijorat yo‘nalishlarida qator uchrashuvlar tashkil etildi 🇺�
Varshava shahrida paxta va to‘qimachilik sanoati hamda elektron tijorat yo‘nalishlarida qator uchrashuvlar tashkil etildi 🇺🇿 Jumladan, delegatsiya a’zolari Gdynia Cotton Association (GCA) ijrochi vitse-prezidenti Jerzy Kotwas bilan muzokaralar o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yetishtirilayotgan paxta xomashyosi, chuqur qayta ishlangan tekstil mahsulotlari hamda tayyor kiyim-kechaklarni Yevropa bozorlariga eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Tomonlar Yevropa Ittifoqi bozoriga kirishda mahsulot sifati, sertifikatlash talablari, barqaror ishlab chiqarish standartlari hamda xalqaro xaridorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, O‘zbekistonning zamonaviy to‘qimachilik sanoati salohiyati va eksport imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. 🟠Shu bilan birga, delegatsiya SHEIN kompaniyasining Yevropa bo‘yicha biznesni rivojlantirish direktori Patricja Kłos-Agria bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining xalqaro elektron savdo platformalaridagi ishtirokini kengaytirish, mahalliy korxonalarni global onlayn savdo zanjirlariga integratsiya qilish hamda eksport hajmlarini oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Tomonlar elektron tijoratning zamonaviy tendensiyalari, iste’molchilar talablari va Yevropa bozorlarida o‘zbek mahsulotlarini targ‘ib qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashib, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar. ———— A series of meetings on the cotton and textile industry, as well as e-commerce, were held in Warsaw As part of the visit, the Uzbek delegation held negotiations with Jerzy Kotwas, Executive Vice President of the Gdynia Cotton Association (GCA). During the meeting, the parties discussed prospects for exporting Uzbek cotton, deeply processed textile products, and ready-made garments to European markets. 🟠The participants exchanged views on product quality requirements, certification procedures, sustainable production standards, and strengthening cooperation with international buyers to facilitate access to the European Union market. Detailed information was also presented on the capabilities of Uzbekistan’s modern textile industry and its export potential. 🟠In addition, the delegation met with Patricja Kłos-Agria, Director of Business Development for Europe at SHEIN. The discussions focused on expanding the participation of Uzbek manufacturers in international e-commerce platforms, integrating local enterprises into global online supply chains, and increasing export volumes. 🟠The parties also exchanged views on current e-commerce trends, evolving consumer demands, and opportunities to promote Uzbek products in European markets, while exploring promising areas for future cooperation. 🟠 These meetings represent another important step toward strengthening Uzbekistan’s position in international markets, enhancing the competitiveness of its textile industry, and unlocking new export opportunities through both traditional trade channels and digital commerce. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿🇵🇱 O‘zbekiston delegatsiyasi Polshaning yirik savdo markazi – PTAK faoliyati bilan tanishdi 🟠Lodz shahrida joylashgan
+8
🇺🇿🇵🇱 O‘zbekiston delegatsiyasi Polshaning yirik savdo markazi – PTAK faoliyati bilan tanishdi 🟠Lodz shahrida joylashgan Markaziy Yevropaning eng yirik ulgurji-savdo markazlaridan biri hisoblangan PTAK savdo markaziga tashrif amalga oshirildi. 🟠Tashrif davomida delegatsiya vakillari savdo markazining faoliyati, boshqaruv tizimi, savdo infratuzilmasi hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Umumiy maydoni 200 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ushbu majmuada 2 500 dan ziyod do‘kon faoliyat yuritib, har yili millionlab xaridorlarga xizmat ko‘rsatadi. 🟠Uchrashuvlar davomida o‘zbek yengil sanoat mahsulotlarini PTAK savdo markazi orqali Polsha va boshqa Yevropa mamlakatlari bozorlariga kengroq olib chiqish, savdo-ko‘rgazma maydonlaridan samarali foydalanish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, delegatsiya markaz hududida faoliyat yuritayotgan savdo nuqtalari faoliyati bilan tanishib, tekstil va tayyor kiyim-kechak mahsulotlari segmentidagi talab, savdo jarayonlari hamda xaridorlar ehtiyojlari yuzasidan fikr almashdi. 🟠Mazkur tashrif O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarining Yevropa bozoridagi ishtirokini kengaytirish, eksport hajmlarini oshirish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. ———— 🇺🇿🇵🇱 The Uzbek Delegation Explored the Operations of Poland’s Major Trade Center – PTAK 🟠As part of the visit to the city of Łódź, the Uzbek delegation visited PTAK Trade Center, one of the largest wholesale trade centers in Central Europe. 🟠During the visit, the delegation became closely acquainted with the center’s operations, management system, trade infrastructure, and areas of international cooperation. Covering a total area of more than 200,000 square meters, the complex is home to over 2,500 stores and serves millions of customers each year. 🟠Discussions focused on expanding the presence of Uzbekistan’s light industry products in the markets of Poland and other European countries through PTAK Trade Center, making effective use of its exhibition and trading spaces, and creating new export opportunities for local manufacturers. 🟠The delegation also visited various retail outlets operating within the center and exchanged views on market demand, sales practices, and consumer preferences in the textile and ready-made garment segments. 🟠This visit marked another important step toward strengthening the presence of Uzbekistan’s light industry enterprises in the European market, increasing export volumes, and establishing new partnerships. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Polshada o‘zbek mahsulotlari uchun yangi showroom ochildi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil s
+4
Polshada o‘zbek mahsulotlari uchun yangi showroom ochildi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov boshchiligidagi delegatsiyaning Polshaga tashrifi doirasida Lodz shahrida "ART SOFT HOLDING" korxonasining yangi showroomi tantanali ravishda ochildi. 🟠Ochilish marosimida Agentlik direktori N.Xolmurodov so‘zga chiqib, showroom faoliyatiga rasmiy start berdi. Ta’kidlanganidek, bunday showroomlar O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarini Yevropa bozorida keng targ‘ib qilish, yangi biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda eksport hajmlarini oshirishga xizmat qiladi. 🟠Tadbir davomida mehmonlar va hamkorlar korxona tomonidan ishlab chiqarilgan, zamonaviy dizaynga ega, yuqori sifatli hamda Yevropa standartlariga to‘liq mos mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Showroomda tayyor tikuv-trikotaj, tekstil va boshqa eksportbop mahsulotlar namoyish etildi. 🟠Mazkur showroom faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarining Yevropa bozoridagi ishtirokini kengaytirish, yangi xaridor va hamkorlarni jalb etish hamda mahalliy mahsulotlar eksporti geografiyasini yanada kengaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. ———— A New Showroom for Uzbek Products Opens in Poland 🇬🇧 As part of the visit of the delegation led by Nozimjon Kholmurodov, Director of the Agency for the Development of the Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to Poland, the new showroom of ART SOFT HOLDING was officially inaugurated in the city of Łódź. 🟠During the opening ceremony, Director N. Kholmurodov delivered remarks and officially launched the showroom's operations. It was emphasized that such showrooms play an important role in promoting Uzbekistan’s light industry products in the European market, establishing new business partnerships, and increasing export volumes. 🟠Throughout the event, guests and partners had the opportunity to explore the company’s products, distinguished by their modern design, high quality, and full compliance with European standards. The showroom featured ready-made garments, knitwear, textile products, and other export-oriented goods. 🟠The launch of this showroom marks an important step toward expanding the presence of Uzbekistan’s light industry enterprises in the European market, attracting new buyers and partners, and broadening the export geography of locally manufactured products. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik #Export #MadeInUzbekistan

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmur
+9
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Polsha tashrifi doirasida Lodz shahrida O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlari showroomi va to‘qimachilik xabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🟠Tadbirda O‘zbekiston yengil sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, xususan, to'qimachilik, trikotaj, tayyor kiyim-kechak, uy tekstili, charm-poyabzal mahsulotlari namunalari namoyish etildi. 🟠Mazkur xab O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini Polsha va Yevropa bozorlarida tanitish, mahalliy hamkorlarni mamlakatimiz yengil sanoati salohiyati bilan yaqindan tanishtirish hamda o‘zbek mahsulotlarini doimiy ravishda namoyish etish uchun amaliy platforma sifatida faoliyat yuritadi. 🟠Ochilish marosimi davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston yengil sanoatining ishlab chiqarish imkoniyatlari, eksport salohiyati hamda tayyor mahsulotlar yo‘nalishidagi takliflari taqdim etildi. 🟠Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston va Polsha kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar o‘tkazilib, tomonlar mahsulot namunalari, ishlab chiqarish imkoniyatlari va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdilar. 🟠Xab faoliyati kelgusida o‘zbek mahsulotlarini Polsha bozorida kengroq namoyish etish, yangi hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tayyor mahsulotlar eksportini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. ———— 🇬🇧 As part of the visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Agency for the Development of the Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to Poland, an opening ceremony of the Uzbekistan Light Industry Products Showroom and Textile Hub was held in the city of Łódź. 🟠During the event, samples of products manufactured by Uzbekistan’s light industry enterprises were showcased, including textiles, knitwear, ready-made garments, home textiles, and leather and footwear products. 🟠This hub will serve as a practical platform for promoting products made by Uzbek manufacturers in the Polish and broader European markets, introducing local partners to the potential of Uzbekistan’s light industry, and ensuring the continuous exhibition of Uzbek products. 🟠During the opening ceremony, participants were presented with information on the production capabilities of Uzbekistan’s light industry, its export potential, and proposals related to finished products. 🟠In addition, B2B meetings were organized between representatives of Uzbek and Polish companies, during which the parties became acquainted with product samples, manufacturing capacities, and prospects for future cooperation. 🟠The activities of the hub are expected to contribute to the wider promotion of Uzbek products in the Polish market, the establishment of new partnerships, and the expansion of exports of finished products. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sano
+9
Yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti yoshlari bilan ochiq muloqot o'tkazildi. 🟠Uchrashuv davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar o‘z biznes g‘oyalarini investorlar va tajribali tadbirkorlar oldida taqdim etish, amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda yangi loyihalarni shakllantirish imkoniyatlari bilan tanishtirildi. 🟠Tadbir doirasida “Pitch Day” taqdimotlari, muvaffaqiyatli startap asoschilari bilan ochiq muloqot, “Biznes fikr – 48 soat” startap-laboratoriyasi, grant va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha amaliy treninglar hamda texnopark va innovatsion markazlar faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. 🟠Shuningdek, yosh tadbirkorlarni tajribali rahbarlar bilan bog‘lovchi mentorlik dasturini rivojlantirish, ularning tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi. 🟠Mazkur uchrashuv yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish hamda yengil sanoat sohasida yangi avlod liderlarini shakllantirishga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston–Polsha yengil sanoat hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda 🟠Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Yevropaga tashrifi doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston–Polsha davra suhbati va B2B uchrashuvlari samarali muloqotlarga boy bo‘ldi. 🟠 Tadbirda 60 nafardan ortiq soha vakillari ishtirok etib, o‘zbek mahsulotlarini Yevropa bozorlariga olib chiqish, yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli hamkorlik loyihalarini muhokama qildilar. 📹 Videorolikda uchrashuvning eng muhim lahzalari bilan tanishing. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Polsha tashrifi doirasida LPP S.A. kompaniyasining Ta’minot va xaridlar bo‘yicha direktori Joanna Sikorska bilan uchrashuv o‘tkazildi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarini LPP S.A. kompaniyasining xalqaro ta’minot zanjiriga jalb etish, shuningdek, kompaniyaning yetkazib beruvchilarga qo‘yadigan talab va standartlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 🟠Muzokaralarda LPP tarkibidagi Reserved, Cropp, House, Mohito va Sinsay brendlari uchun kiyim-kechak, trikotaj mahsulotlari, denim, bolalar va ayollar kiyimlari hamda uy tekstili yo‘nalishlarida O‘zbekiston korxonalarining ishlab chiqarish salohiyati va eksport imkoniyatlari muhokama qilindi. ———— 🇬🇧 As part of the visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to Poland, a meeting was held with Joanna Sikorska, Director of Supply and Procurement at LPP S.A. 🟠During the meeting, the parties exchanged views on integrating Uzbekistan’s light industry enterprises into LPP S.A.’s global supply chain, as well as on the requirements and standards that the company applies to its suppliers. 🟠The negotiations also focused on the production capacity and export potential of Uzbek enterprises in supplying products for LPP’s portfolio of brands, including Reserved, Cropp, House, Mohito, and Sinsay. Discussions covered opportunities for cooperation in the production of apparel, knitwear, denim products, children's and women's clothing, as well as home textiles. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Polsha–Osiyo savdo-sanoat palatasi va “ZPPM Lewiatan” bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi 🟠 Tashrif dasturi doiras
+3
🇺🇿 Polsha–Osiyo savdo-sanoat palatasi va “ZPPM Lewiatan” bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi 🟠 Tashrif dasturi doirasida Polsha–Osiyo savdo-sanoat palatasi hamda “ZPPM Lewiatan” tashkiloti vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish, Polsha ishbilarmon doiralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, shuningdek, o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining Polsha bozoriga kirish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, Polsha–Osiyo savdo-sanoat palatasi imkoniyatlaridan foydalangan holda eksportga yo‘naltirilgan o‘zbek ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatini shakllantirish, Polsha kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, bayyer kompaniyalar, distribyutorlar, chakana savdo tarmoqlari, xalqaro brendlar va marketpleyslar bilan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Muzokaralar chog‘ida “ZPPM Lewiatan” bilan hamkorlikda o‘zbek va polyak kompaniyalari o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, mahalliy mahsulotlarni Yevropa bozori talablariga moslashtirish, sohaga oid treninglar, seminarlar hamda amaliy maslahatlar tashkil etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Shuningdek, tashrif doirasida Agentlik va “ZPPM Lewiatan” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum, shuningdek, Polsha–Osiyo savdo-sanoat palatasi bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjatlar tomonlar o‘rtasida yengil va to‘qimachilik sanoati yo‘nalishidagi hamkorlikni institutsional asosda rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim huquqiy zamin yaratadi. 🟠Tomonlar mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari va Polsha kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni aniq yo‘nalishlar bo‘yicha yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. ———— 🇬🇧 Cooperation Memorandums Signed with the Poland–Asia Chamber of Commerce and “ZPPM Lewiatan” 🟠As part of the visit program, negotiations were held with representatives of the Poland–Asia Chamber of Commerce and the “ZPPM Lewiatan” organization. During the meeting, the parties discussed the development of practical cooperation between Uzbekistan and Poland in the light industry sector, the expansion of direct ties with Polish business circles, and the enhancement of opportunities for Uzbek manufacturers to enter the Polish market. 🟠In particular, the parties considered the possibility of utilizing the capabilities of the Poland–Asia Chamber of Commerce to compile a list of export-oriented Uzbek manufacturers for Polish companies and to establish cooperation with buyer companies, distributors, retail chains, international brands, and marketplaces, thereby strengthening business linkages between the two countries. 🟠During the negotiations, special attention was given to establishing cooperation with “ZPPM Lewiatan” in facilitating experience-sharing between Uzbek and Polish companies, adapting local products to meet European market requirements, and organizing sector-specific training programs, seminars, and practical advisory services. 🟠Furthermore, within the framework of the visit, a Memorandum of Cooperation was signed between the Agency and “ZPPM Lewiatan”, as well as a separate Memorandum of Cooperation with the Poland–Asia Chamber of Commerce. These documents provide an important legal framework for developing institutional cooperation in the light and textile industries, strengthening business relations, and implementing joint initiatives between the parties. 🟠The parties expressed their readiness to make effective use of the existing opportunities and further expand cooperation between Uzbek manufacturers and Polish companies in specific areas of mutual interest. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik