ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

الذهاب إلى القناة على Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

تُعد قناة O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 10 184 مشتركاً، محتلاً المرتبة في فئة اخرى.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 10 184 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 11 نوفمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 23، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -86، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 6.45‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 4.74‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 668 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 491 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 5.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 12 نوفمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة اخرى.

10 184
المشتركون
-8624 ساعات
-1527 أيام
+2330 أيام
أرشيف المشاركات
🇺🇿 Joriy yilning 15-sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agent
+2
🇺🇿 Joriy yilning 15-sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashabbusi va ko‘magida O‘zbekiston–Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida tekstil sohasi mutaxassislari uchun “Tekstil mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirish kursi” boshlandi. 🟠 Kursning asosiy maqsadi — to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda korxonalarda malakali kadrlar salohiyatini kuchaytirishdan iborat. 🟠 O‘quv kursi doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda: — Tekstil materiallari va sifat nazorati — Koloristika va rang sifatini baholash — Konstruksiya va modellashtirish — Elektron lekala va CAD texnologiyalari — CorelDRAW va raqamli dizayn — Tikish texnologiyasi 🟠Kursda konstruktorlar, dizaynerlar, shuningdek, tikuvchilik va tekstil korxonalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etmoqda. 🎓 Kurs yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan tinglovchilarga sertifikatlar topshiriladi. 🟠Mazkur tashabbus yengil sanoat tarmog‘ida malakali kadrlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va korxonalarning professional mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash yo‘lidagi amaliy ishlarning navbatdagi ifodasidir. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#Axborot24 | 16.09.2026y #OAV_biz_haqimizda O‘zbekiston — Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi 🔗 Manba: https://t.me/uzbekistan24_tvnews/293804 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#Axborot24 | 16.09.2026y #OAV_biz_haqimizda O‘zbekiston — Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi 🔗 Manba: https://t.me/uzbekistan24_tvnews/293804 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#OAV_biz_haqimizda O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi yangi hamkorlik istiqbollarini ochdi. 🔗 Manba: https://t.me/tvsurxon/29187 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

O‘zbekiston–Afg‘oniston: hamkorlikning yangi bosqichi 🇺🇿 Joriy yilning 15-17-sentabr kunlari “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasining birinchi kuni samarali uchrashuvlar va faol biznes muloqotlarga boy bo‘ldi. 🟠Ko‘rgazmada ikki mamlakatning 150 dan ortiq kompaniyalari vakillari ishtirok etib, yengil sanoat mahsulotlari namoyishi, B2B va G2B uchrashuvlari, muzokaralar hamda yangi hamkorlik tashabbuslari ilgari surildi. 🟠Birinchi kun — yangi aloqalar, istiqbolli kelishuvlar va o‘zaro manfaatli hamkorlik sari muhim qadam. 🎥 Ko‘rgazmaning birinchi kunidan videolavha. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#Maxsus_reportaj Termiz xalqaro savdo markazida Oʻzbekiston – Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi boʻlib oʻtmoqda 🔗 Manba: https:https://t.me/tvsurxon/29175 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

O‘zbekiston–Afg‘oniston: B2B va G2B uchrashuvlari davom etmoqda 🇺🇿 2026 yilning 15-17- sentabr kunlari “Termiz xalqaro savd
+9
O‘zbekiston–Afg‘oniston: B2B va G2B uchrashuvlari davom etmoqda 🇺🇿 2026 yilning 15-17- sentabr kunlari “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi doirasida B2B va G2B formatidagi uchrashuvlar faol davom etmoqda. 🟠Muzokaralarda ikki mamlakatning ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalari, ishbilarmon doiralari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etib, o‘zaro savdo hajmini oshirish, yangi eksport yo‘nalishlarini shakllantirish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda. 🟠Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga kengroq olib kirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli hamkorlik loyihalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🟠B2B va G2B muloqotlari — ko‘rgazmani amaliy kelishuvlar va uzoq muddatli hamkorlikka aylantiruvchi muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿Joriy yilning 15-sentabr kuni Surxondaryo viloyatidagi “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida O‘zbekiston–Af
+9
🇺🇿Joriy yilning 15-sentabr kuni Surxondaryo viloyatidagi “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 🟠Ko‘rgazmani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov hamda Afg‘oniston Savdo va sanoat vaziri Nuriddin Azizi ochib berdi. 🟠Tadbirda O‘zbekistondan 90 dan ortiq, Afg‘onistondan 60 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etib, to‘qimachilik, trikotaj, tayyor kiyim-kechak, charm-poyabzal, gilam va boshqa yengil sanoat mahsulotlari namoyish etildi. 🤝 Ko‘rgazma doirasida B2B uchrashuvlar, biznes-muloqotlar va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilib, yangi savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Agentlik mahalliy ishlab chiqaruvchi va eksportyorlarning Afg‘oniston bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish va bevosita biznes aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashmoqda. 🟠Termizdagi ushbu ko‘rgazma — ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy diplomatiyani mustahkamlash va yengil sanoat sohasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamdir. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#Axborot24 #OAV_biz_haqimizda O‘zbekiston – Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi 🔗 Manba: https://t.me/uzbekistan24_tvnews/293699 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#live 🇺🇿Surxondaryoda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yengil sanoat ko‘rgazmasi boshlandi. Ko‘rgazmada Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Qosimovich, Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, ikki davlatning ishbilarmon doiralari vakillari hamda yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlar ishtirok etmoqda. 🔗 Manba: Ishonch telekanali 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#live 🇺🇿Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirishga qaratilgan yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi boshlanish arafasida 🔗 Manba: Ishonch telekanali 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 15–17-sentabr kunlari Surxondaryo viloyatidagi “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 🔗 Manba: Ishonch telekanali 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga barcha tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, ishbilarmon
🇺🇿 O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga barcha tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, ishbilarmon doiralar vakillari hamda xaridorlarni taklif qilamiz! 🟠15–17 sentyabr, 2026-yil 🟠Termiz xalqaro savdo markazi 📰 Shuningdek, tadbir jarayonlari bilan yaqindan tanishish va yoritishda ishtirok etish uchun barcha jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini ham taklif qilamiz! ✅ Hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar, manfaatli biznes aloqalari va istiqbolli loyihalar sari bir qadam! 🟠Sizni ko‘rgazmada kutib qolamiz! 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Namangan viloyatiga xizmat safari doirasida hududdagi yengil sanoat korxonalarining faoliyati bilan tanishdi. 🟠Xizmat safari davomida viloyatda faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik, tikuv-trikotaj va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish yo‘nalishidagi korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud imkoniyatlari hamda istiqboldagi rejalari o‘rganildi. 🟠Jumladan, “Grand Tekstil”, “Dilmir Tikuv Servis”, “Toshbuloq-Teks”, “Fazman Tekstil”, “Saodat Sanoat Servis”, “Imron Tekstil”, “To‘qimachi Sanoat Tekstil”, “Golden Ring”, “Nafis Teks” va “Dilrabo SD” MCHJlar faoliyati ko‘rib chiqildi. 🟠O‘rganishlar davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Xizmat safari yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Namangan viloyatiga xizmat safari davomida Yangiqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, hududdagi ishlab chiqarish salohiyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rgandi. 🟠Xususan, “Miranza Home Textile” korxonasining faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ma’lumot uchun, korxona faoliyati to‘liq qayta tiklangan bo‘lib, asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishi matolarni bo‘yashdan iborat. Shuningdek, bo‘yalgan matolardan sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 🟠Tashrif davomida Qutlug‘tol va Obod mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham bo‘lib, hududlarda aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. 🟠Safar davomida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agen
+1
🇺🇿 Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Namangan viloyatiga xizmat safari doirasida Chust tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 🟠Xizmat safari davomida Og‘asaroy, Ko‘ktosh, Yangi chek va Pilol MFY hududlarida aholining bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 🟠Shuningdek, aholiga kompleks xizmat ko‘rsatuvchi “Qo‘shtepa Fayz tomorqa xizmati” MCHJ negizida tashkil etilgan tomorqa xizmati klasteri faoliyati bilan tanishildi. Klaster faoliyati orqali aholiga tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘zdan kechirildi. 🟠O‘rganishlar yakunida aholi bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish va oilalar farovonligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Namangan viloyatiga xizmat safari davomida hududdagi yengil sanoat korxonalarining faoliyati bilan tanishdi. 🟠Tashrif doirasida Uychi tumanidagi “Samo Tikuv Servis” MChJ, “Mega Tekstil” MChJ hamda Davlatobod tumanidagi “TUBO SPINNING” MChJ korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi. 🟠Shuningdek, Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Mustang Tekstil” MChJ va “Asror Tekstil” MChJ (“D.Maretti” brendi), Davlatobod tumanidagi kostyum-shim ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Ideal Tekstil” MChJ faoliyati bilan tanishildi. 🟠O‘rganishlar davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari, eksport salohiyati, mavjud imkoniyatlari hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilindi. 🟠Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Tashrif yakunida korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hamda aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Namangan viloyatiga xizmat safari doirasida Uychi tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 🟠Xizmat safari davomida Keskandiyor, Do‘stlik va Ittifoq mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir toifadagi oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning turmush sharoiti, mavjud muammolari hamda bandlik va daromad manbalarini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi. 🟠Muloqotlar davomida har bir oilaning imkoniyat va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 🟠Shuningdek, aniqlangan masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarning bandligini ta’minlash va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilandi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Namangan viloyatiga xizmat safari doirasida Namangan tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi. 🟠Xizmat safari davomida "Katta Toshbuloq", "Chorbog‘", "Xo‘jaqishloq" va "Tepa Qiyot" mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlik loyihalari hamda aholi uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar o‘rganildi. 🟠Jumladan, "Katta Toshbuloq" mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mahalla binosi oldida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. 🟠"Katta Toshbuloq" mahallasida PQ-49-son qarori asosida “Ibn Sino” ko‘chasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish jarayoni ko‘zdan kechirildi. 🟠"Chorbog‘" mahallasida xizmat ko‘rsatish sohasida kasb-hunarga o‘rgatish ustaxonasi faoliyati hamda yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari bilan tanishildi. Jumladan, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyiha va "TOSHBULOQ DON" MChJ tomonidan chorva va parrandalar uchun yem ishlab chiqarish faoliyati ko‘rib chiqildi. 🟠Xizmat safari davomida hududlarda aholi bandligini ta’minlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, oilaviy daromadlarni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 🟠Asosiy maqsad — har bir mahallada yangi imkoniyat yaratish, aholini daromadli mehnatga jalb etish va oilalar farovonligini ta’minlashdir. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 7–9-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Rux
+4
🇺🇿 2026-yil 7–9-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayevning Serbiya Respublikasiga tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. 🟠7-sentabr kuni Belgrad shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasi o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat to‘qimachilik va yengil sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Yig‘ilishda Serbiyaning O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa bozorlariga olib chiqishda muhim savdo va logistika ko‘prigi bo‘lishi mumkinligi, O‘zbekiston esa Serbiya kompaniyalari uchun Markaziy Osiyo va MDH bozorlariga chiqishda ishonchli hamkor sifatida xizmat qilishi ta’kidlandi. 🟠Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo samaradorligini oshirish maqsadida to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlari savdosida erkin yoki preferensial savdo tartibiga o‘tish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishda tegishli bitimni tayyorlash bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlanganligi qayd etildi. 🟠Shu kunning o‘zida Serbiya Savdo-sanoat palatasining yetakchi vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralarda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro mahsulot yetkazib berish hajmlarini oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Serbiya tomoni O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining yuqori sifati va Yevropa bozoridagi raqobatbardoshligini e’tirof etdi. 🟠8-sentabr kuni Belgrad shahrida O‘zbekiston va Serbiya ishbilarmon doiralari ishtirokidagi Biznes-forum doirasida yengil sanoat korxonalari vakillari uchun manzilli B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda ikki mamlakat kompaniyalari o‘zlarining ishlab chiqarish imkoniyatlari va faoliyati bilan yaqindan tanishib to‘qimachilik, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. 🟠9-sentabr kuni Vranje shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Serbiyaning yirik to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilardan biri — “Yumco” kompaniyasining ishlab chiqarish fabrikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, faoliyat yo‘nalishlari va mavjud hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishildi. 🟠Shuningdek, Ruxullo Zikrillayev Vranje shahri meri bilan uchrashdi. Muloqot davomida hududiy darajada sanoat hamkorligini rivojlantirish, o‘zbek tadbirkorlarining ishlab chiqarish va investitsiyaviy salohiyatini taqdim etish hamda yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralarning asosiy yo‘nalishlaridan biri “Yumco” kompaniyasining Yevropadagi hamkorlari tomonidan beriladigan yirik buyurtmalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishda O‘zbekistonning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda xomashyo bazasidan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘ldi. Tomonlar ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiya qilish va sanoat kooperatsiyasining samarali modelini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. 🟠Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston yengil sanoatining Yevropa bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, yangi eksport imkoniyatlarini yaratish, xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish hamda mahalliy korxonalarni xalqaro qiymat zanjirlariga integratsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik