O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
Channel O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) is an active participant. Currently, the community unites 10 351 subscribers, ranking in the Other category.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 351 subscribers.
According to the latest data from 01 August, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 39 over the last 30 days and by 2 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 2.30%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 6.30% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 238 views. Within the first day, a publication typically gains 652 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 2.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 02 August, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.
Data loading in progress...
Data loading in progress...
Posts | Views dynamics | |||||
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi Qatar Davlatiga tashrif uchun delegatsiya shakllantirmoqda.
🟠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi Qatar tomoni bilan hamkorlikda o‘zbek yengil sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini Qatar Davlatida joylashtirish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasini ishlab chiqmoqda.
🟠Loyiha doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gazlama va trikotaj polotnolari Qatar erkin iqtisodiy zonasida qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Iroq, Misr, Marokash, Quvayt, Turkiya hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari bozorlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
📅 Shu munosabat bilan 2026-yil avgust oyining ikkinchi yarmida Qatar Davlatiga amalga oshiriladigan xizmat safari uchun delegatsiya tarkibi shakllantirilmoqda.
🟠Tashrif doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:
— erkin iqtisodiy zona faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish;
— ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish shartlari yuzasidan erkin iqtisodiy zona rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish;
— to‘qimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik mahsulotlari ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish imkoniyatlarini muhokama qilish;
— ulgurji va chakana savdo omborlarini tashkil etish istiqbollarini ko‘rib chiqish;
— Qatarda shourumlar va "Pop up Store" maydonlarini ochish hamda mahsulotlarni yirik savdo tarmoqlariga joylashtirish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish.
🟠Qatar erkin iqtisodiy zonalarida faoliyat yuritish korxonalarga bir qator afzalliklarni taqdim etadi:
✅ 100 foiz xorijiy egalik huquqi;
✅ 20 yilgacha korporativ soliq imtiyozlari;
✅ import bojxona bojlarining nol stavkasi;
✅ jismoniy shaxslar daromad solig‘ining mavjud emasligi;
✅ Hamad porti va Hamad xalqaro aeroporti orqali rivojlangan logistika imkoniyatlari.
📎 Loyiha taqdimoti va batafsil ma’lumotlar ilova qilingan faylda mavjud.
📌 Ishtirok etish uchun: delegatsiya tarkibiga kiritilish istagidagi korxona rahbarlari va vakillari 2026-yil 10-avgustga qadar [mazkur havola] orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
🟠Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tashrif davomida muhokama qilinishi lozim bo‘lgan taklif va savollaringizni, shuningdek Qatarda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mavjud masalalarni ham kiritishingizni soʻraymiz
🟠Mazkur loyiha O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, yangi eksport yo‘nalishlarini yaratish hamda xalqaro ishlab chiqarish va logistika platformalaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
📞 Aloqa uchun: Loyiha koordinatori Zarifov Murodjon (90) 910-09-01 | @mzj_zh | 4 174 | 7 | 0 | 4 | Loading... | |
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Namangan viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida hududda belgilangan “tayanch” mahallalar faoliyati o‘rganildi.
🟠Tashrif davomida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Olchin” hamda Namangan tumanidagi “Olahamak” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘linib, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yengil sanoat yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati bilan yaqindan tanishildi.
🟠Mahallalarda ishga tushirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari, xususan, tikuv-trikotaj, to‘qimachilik va boshqa yengil sanoat yo‘nalishlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarning ijrosi muhokama qilindi.
🟠Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning ishlab chiqarish faoliyati, investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayoni, mavjud muammolar hamda rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Uchrashuvlar davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🟠Mazkur xizmat safari doirasida “tayanch” mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yengil sanoat tarmog‘ida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🟠Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan hududlarda ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🌐 gov.uz/oz/adli
😎 t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik | 2 068 | 1 | 0 | 7 | Loading... | |
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakllantirilmoqda.
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan 2026-yil
10-avgust kuni Ivanovo shahriga O'zbekiston Yengil sanoat korxonalari vakillarining tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan.
🟠Tashrifdan asosiy maqsad — "TekstilProfi-Ivanovo" savdo majmuasi faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish, majmua hududida O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik, gilamchilik Made in Uzbekistan mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo uyini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek, Rossiya tomoni vakillari bilan B2B uchrashuvlar o'tkazishdan iborat.
🟠Tashrif davomida ishtirokchilarga savdo majmuasi, ko‘rgazma maydoni, ofis va ombor infratuzilmalari taqdim etiladi. Loyihada ishtirok etishning tashkiliy va tijorat shartlari bevosita tashrif doirasida muhokama qilinadi.
🟠Delegatsiya tarkibiga kiritish uchun O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik korxonalari rahbarlari va vakillarining ro'yxatdan o'tishi havola orqali, shuningdek mas'ul xodim orqali amalga oshiriladi.
🟠Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tish jarayonida taklif va savollari haqida ma'lumot qoldirishlari so‘raladi.
🟠Mazkur tashrif O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida Yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik mahsulotlarini Rossiya bozorida ilgari surish va yangi savdo aloqalarini o'rnatishga qaratilgan.
🟠Savdo majmuasining taqdimoti ilova qilinadi.
📞 Aloqa uchun: Sharipov Shohruh (71) 203-77-72 (332)
🌐 gov.uz/oz/adli
😎 t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik | 626 | 1 | 0 | 4 | Loading... | |
🇺🇿 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan call-markaz va ishonch telefoni faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan videorolik tayyorlandi.
🟠Videorolikda Agentlikda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, mas'ul xodimlarning murojaatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish hamda call-markaz faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan.
🟠Prezident Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta'minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
✅ Har bir murojaat – mas'uliyat, har bir murojaat – e'tibor va amaliy yechim demakdir.
🌐 gov.uz/oz/adli
😎 t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #PrezidentXalqQabulxonasi #CallMarkaz #IshonchTelefoni #Ochiqlik #FuqarolarMurojaati | 3 993 | 8 | 0 | 4 | Loading... | |
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish va ularni xalqaro elektron tijorat platformalariga olib chiqish maqsadida Amazon EU va SHEIN platformalarida mahsulotlarni joylashtirish uchun texnik talablar, sifat standartlari, sertifikatlashtirish, qadoqlash, markirovka, logistika hamda fulfillment jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, "Made in Uzbekistan" yagona savdo akkauntini tashkil etish va uni boshqarish modeli ishlab chiqildi.
🟠Mazkur ishlar doirasida Amazon elektron tijorat platformasi vakillari Jakub Zimoch va Bartłomiej Piątkowski hamda SHEIN platformasining Yevropa mintaqasida mahalliy yetkazib beruvchilar bilan ishlash bo‘yicha vakili Alex Ji ishtirokida onlayn uchrashuv va konferensiyalar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston mahsulotlarini xalqaro platformalarga joylashtirish, logistika, buyurtmalarni boshqarish, xaridorlarga yetkazib berish jarayonlari hamda Yevropa bozoriga chiqish va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
🟠Erishilgan kelishuvlar natijasida dunyoning yirik elektron tijorat platformalari — Amazon, SHEIN va Allegro tizimlarida "Made in Uzbekistan" yagona savdo akkaunti tashkil etildi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini bosqichma-bosqich joylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
📌 Amazon, SHEIN va Allegro platformalarida o‘z mahsulotlarini joylashtirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining Polsha Respublikasidagi vakili Muxtarov MuhammadBobur bilan bog‘lanishlari so‘raladi.
Bog‘lanish uchun:
📞 +48 450 127 777
😎 Telegram: @Empire_Holding | 2 914 | 4 | 0 | 4 | Loading... | |
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahriga tashrif uchun Yengil sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya shakllantirilmoqda.
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi tomonidan 2026-yil
10-avgust kuni Ivanovo shahriga O'zbekiston Yengil sanoat korxonalari vakillarining tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan.
🟠Tashrifdan asosiy maqsad — "TekstilProfi-Ivanovo" savdo majmuasi faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish, majmua hududida O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik, gilamchilik ‘Made in Uzbekistan’ mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo uyini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek, Rossiya tomoni vakillari bilan B2B uchrashuvlar o'tkazishdan iborat.
🟠Tashrif davomida ishtirokchilarga savdo majmuasi, ko‘rgazma maydoni, ofis va ombor infratuzilmalari taqdim etiladi. Loyihada ishtirok etishning tashkiliy va tijorat shartlari bevosita tashrif doirasida muhokama qilinadi.
🟠Delegatsiya tarkibiga kiritish uchun O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik korxonalari rahbarlari va vakillarining ro'yxatdan o'tishi havola orqali, shuningdek mas'ul xodim orqali amalga oshiriladi.
🟠Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tish jarayonida taklif va savollari haqida ma'lumot qoldirishlari so‘raladi.
🟠Mazkur tashrif O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida Yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston to'qimachilik, charm-poyafzal, ipakchilik va gilamchilik mahsulotlarini Rossiya bozorida ilgari surish va yangi savdo aloqalarini o'rnatishga qaratilgan.
🟠Savdo majmuasining taqdimoti ilova qilinadi.
📞 Aloqa uchun: Sharipov Shohruh (71) 203-77-72 (332)
🌐 gov.uz/oz/adli
😎 t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik | 5 371 | 35 | 0 | 6 | Loading... | |
🇺🇿 2026-yilning 29–31-iyul kunlari AQSHning Nyu-York shahridagi Jacob K. Javits Convention Center majmuasida Texworld NYC, Apparel Sourcing NYC hamda Home Textiles Sourcing Expo xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.
🟠Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" milliy ekspozitsiyasida mamlakatimizning yetakchi to‘qimachilik korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
🟠Milliy stendda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor kiyim-kechak, trikotaj va denim mahsulotlari, gazlamalar, uy tekstili hamda boshqa eksportbop to‘qimachilik mahsulotlari xalqaro xaridorlar e'tiboriga havola etilmoqda.
🟠Ko‘rgazma doirasida AQSH va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan importyorlar, distribyutorlar, yirik retail tarmoqlari hamda mashhur brendlar vakillari bilan B2B uchrashuvlar, biznes muzokaralari va mahsulot taqdimotlari o‘tkazilmoqda. Ushbu uchrashuvlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport geografiyasini kengaytirish, AQSH bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirish hamda yangi uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.
🟠Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro forum va seminarlar doirasida to‘qimachilik sanoatidagi innovatsiyalar, barqaror ishlab chiqarish, raqamlashtirish, sun'iy intellekt texnologiyalari hamda global ta'minot zanjirlarini rivojlantirishga oid tajribalar bilan tanishmoqda.
🟠Mazkur xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining eksport salohiyatini yanada oshirish, "Made in Uzbekistan" milliy brendining xalqaro bozordagi nufuzini mustahkamlash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport shartnomalari va istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🌐 gov.uz/oz/adli
😎 t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik | 6 305 | 14 | 0 | 12 | Loading... | |
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida hududdagi yengil sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi.
🟠Tashrif davomida Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Shumanay, Kegeyli va Chimboy tumanlarida joylashgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifati, eksport salohiyatlari ko‘zdan kechirildi.
🟠Jumladan, Nukus shahridagi "Nukus SSP Texnopark" MChJda aralash (sun’iy va paxta) tolalardan ip yigirish korxonasi, "ORIENT TECHNOLOGY" MChJda terini qayta ishlash ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi.
🟠Shuningdek, Qo‘ng‘irot tumanidagi "KANTEKS INVEST" MChJ, Shumanay tumanidagi "SHOMANAY ECO TEKS" MChJ, Kegeyli tumanidagi "KEGEYLI TEXTILE" MChJ va "KEGEYLI TEX GROUP" MChJ, shuningdek Chimboy tumanidagi "HD SONS" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ip-kalava hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan yaqindan tanishildi.
🟠Korxonalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini kuchaytirish, eksport geografiyasini kengaytirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
🟠Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🟠Mazkur xizmat safari hududlarda amalga oshirilayotgan yengil sanoat loyihalarining borishini joyida o‘rganish, korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarning muhim bosqichi bo‘ldi.
🌐 gov.uz/oz/adli
😎 t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik | 4 668 | 2 | 0 | 8 | Loading... | |
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillarini ta'minlash hamda korrupsiyaning oldini olish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
🟠Har bir fuqaro "Korrupsiya – bu shaxsiy muammo emas, balki jamiyat taraqqiyotiga to‘siq" ekanligini chuqur anglagan taqdirdagina adolatli, ochiq va farovon jamiyatni barpo etish mumkin.
🟠 Halollikni tanlaylik, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
🌐 gov.uz/oz/adli
😎 t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik | 3 924 | 15 | 0 | 9 | Loading... | |
🇺🇿 Joriy yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov, Gambiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alkali Fanka Konteh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🟠Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda to‘qimachilik, ipakchilik va charm-poyabzal sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
🟠Uchrashuvda Agentlik tomonidan mamlakatimiz yengil sanoat tarmog‘ini modernizatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda paxtadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq qiymat zanjiri shakllangani hamda sohaga zamonaviy texnologiyalar keng joriy etilayotgani ta’kidlandi.
🟠Elchi Alkali Fanka Konteh O‘zbekistonning yengil sanoat sohasida erishgan yutuqlarini yuqori baholab, Gambiyada mazkur sohani rivojlantirishda mamlakatimiz tajribasini o‘rganishga katta qiziqish mavjudligini bildirdi. Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy va savdo hamkorligini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
🟠Uchrashuv yakunida tomonlar yengil sanoat sohasidagi hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish, ishbilarmonlar delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish, qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida muntazam muloqotni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
🌐 gov.uz/oz/adli
😎 t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 instagram.com/adli_uz | 3 251 | 9 | 0 | 5 | Loading... | |
YARN EXPO SHANGHAI 2026 – dunyoning eng yirik ip-kalava va tolalar ko‘rgazmasiga tashrif buyuring!
🟠YARN EXPO SHANGHAI 2026 – ip-kalava va tolalar sohasidagi eng nufuzli xalqaro ko‘rgazmalardan biri bo‘lib, har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab yetkazib beruvchilar hamda 22 000 dan ortiq tikuv-trikotaj ishlab chiqaruvchilari, savdo kompaniyalari, chakana savdo tarmoqlari, univermaglar, xarid ofislari, ulgurji sotuvchilar va distribyutorlarni bir maydonga jamlaydi.
📅 2026-yil 25–27-avgust
📍 Shanxay, Xitoy
✅ Ko‘rgazmaning asosiy afzalliklari:
Ip-kalava va tolalarni xarid qilish hamda yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun dunyodagi eng muhim xalqaro biznes platformalaridan biri.
Ko‘rgazma ko‘rsatkichlari:
🧵 16 ta mamlakat va hududdan qariyb 580 ta eksponent (kompaniya)
📍 27 000 m² ko‘rgazma maydoni
🌍 111 ta mamlakat va hududdan 22 000 dan ortiq tashrif buyuruvchi
🎤 Boy biznes dasturi, konferensiyalar va seminarlar
🤝 Intertextile Shanghai Apparel Fabrics ko‘rgazmasi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.
🟠Yangi hamkorlar toping, sohadagi eng so‘nggi innovatsiyalar bilan tanishing va biznesingizni xalqaro bozorlarga olib chiqing!
📌 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
https://adli.uz/events?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition
————
YARN EXPO SHANGHAI 2026 – посетите крупнейшую в мире выставку пряжи и волокон!
🟠YARN EXPO SHANGHAI 2026 – одна из самых престижных международных выставок в сфере пряжи и текстильных волокон, ежегодно объединяющая тысячи поставщиков со всего мира, а также более 22 000 производителей швейной и трикотажной продукции, торговых компаний, розничных сетей, универмагов, закупочных офисов, оптовых компаний и дистрибьюторов.
📅 25–27 августа 2026 года
📍 Шанхай, Китай
✅ Основные преимущества выставки:
Одна из важнейших международных бизнес-площадок в мире для закупки пряжи и текстильных волокон, установления новых деловых контактов и развития международного сотрудничества.
Основные показатели выставки:
🧵 Около 580 экспонентов из 16 стран и регионов
📍 27 000 м² выставочной площади
🌍 Более 22 000 посетителей из 111 стран и регионов
🎤 Насыщенная деловая программа, конференции и семинары
🤝 Проводится одновременно с выставкой Intertextile Shanghai Apparel Fabrics
🟠Найдите новых партнеров, познакомьтесь с последними инновациями отрасли и выведите свой бизнес на международный уровень!
📌 Подробная информация и регистрация:
https://adli.uz/events?p_slug=parent_exhibition&ch_slug=exhibition
🌐 gov.uz/oz/adli
😎 t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 instagram.com/adli_uz | 3 647 | 18 | 0 | 6 | Loading... |

