en
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Open in Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
544
Subscribers
+9224 hours
+2457 days
+25430 days
Posts Archive
#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilis
+5
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi
🔹Oliygoh hududida davom etayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, zamonaviy laboratoriyalar hamda o‘quv binolarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. 🖇️Shu bilan birgalikda, qurilish ishlarining sifati, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yaratilayotgan sharoitlarning samaradorligi hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ayni paytda universitetda ta’lim va ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish maqsadida zamonaviy infratuzilma yaratish ishlari davom etmoqda.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Bugun qo'lga olinmagan bir kitob ertaga yo'qotilgan ulkan imkoniyatga aylanishi mumkin.
🔹Farg'ona davlat texnika universiteti yangi "Millat uchun o'qi" sahifasini taqdim etadi. Agar biz bugun o'zbek o'zligini asrab qolamiz desak yagona umidimiz kitob mutolaasidir. Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar"i - o‘zbek adabiyotining durdonasi, muhabbat va sadoqatning eng ta'sirli qissasi. Otabek va Kumush timsolida chin sevgi, millat dardi va inson qadr-qimmati yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Farg‘ona davlat texnika universiteti va Janubiy Koreya kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda Toshke
+1
Farg‘ona davlat texnika universiteti va Janubiy Koreya kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Janubiy Koreyaning "AHA" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, "AHA" kompaniyasi tomonidan Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari uchun har yili 10 ta grant ajratiladi. Shuningdek, dual ta’lim, talabalarni amaliyot va ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarishda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda universitet-sanoat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi. "AHA" ko‘magida FDTUning Janubiy Koreyaning nufuzli Seoultech universiteti bilan hamkorligi ham kengaymoqda. Xususan, SEOULTECH tomonidan FDTUning 2 nafar talabasi uchun grant ajratilishi hamda ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik talabalarga yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish va universitetning global hamkorlik tarmog‘ini kengaytirishga xizmat qiladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
⚡️ Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Германиянинг дуал таълим тажрибаси — ўрганиладиган жиҳатлар нимада? Мамлакатимиз олий таълим тизимидаги кенг кўламли ислоҳотл
Германиянинг дуал таълим тажрибаси — ўрганиладиган жиҳатлар нимада? Мамлакатимиз олий таълим тизимидаги кенг кўламли ислоҳотлар халқаро таълим майдонида ўз ўрнимизни топишга хизмат қилаётир. 👉 Батафсил: https://yuz.uz/oz/news/146113 👉 Batafsil: https://yuz.uz/uz/news/146113 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram |Hamkorlik materiali

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning “Germaniyaning dual ta’lim tajr
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning “Germaniyaning dual ta’lim tajribasi” nomli maqolasi "Yangi O’zbekiston" gazetasining bugungi sonida chop etildi. Maqolani o'qish
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#JCH_2026 #muhim_daqiqalar 🔥 ⚽️Abbosbek Fayzullayev Jahon chempionatida gol urgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 1-akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi
+6
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 1-akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔹Mazkur tadbirni Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ochib berib, yoshlarning kelgusidagi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilab, ularning mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi. 🖇️Shuningdek, joriy yilda akademik litseyni 226 nafar bitiruvchi tamomladi. Ularning 18 nafari oltin medal, 85 nafari esa qizil diplom bilan taqdirlandi hamda ko‘plab bitiruvchilar xalqaro va milliy sertifikatlar asosida muddatidan avval nufuzli oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilinganligi e’tirof etildi Barcha bitiruvchilarni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Rektor_murojaati Hurmatli abituriyentlar! 🔹Xalqaro va mahalliy reytinglarda munosib o‘rinni egallagan Farg‘ona davlat texni
#Rektor_murojaati
Hurmatli abituriyentlar!
🔹Xalqaro va mahalliy reytinglarda munosib o‘rinni egallagan Farg‘ona davlat texnika universitetida hozirgi kunda 20 mingdan ziyod talaba-yoshlar  tahsil olishmoqda. Universitetimizda zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, raqamli ta’lim texnologiyalari joriy etilgan bo‘lib, talabalarning xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. 🖇Shuningdek, talabalarimiz uchun zamonaviy axborot-resurs markazi, sport majmualari, talabalar turar joylari hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli grant va stipendiya dasturlari mavjud. Yangi 2026-2027 o‘quv yili uchun universitetimizga 52 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 5500 dan ziyod abitiurientlarni, 48 ta magistratura mutaxassisliklariga esa 400 nafardan ziyod talabalarni qabul qilinishi rejalashtirilgan. Batafsil 👉На руcском 👉In English
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz in
Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya kengashlarining mintaqaviy alyansi tashkil etilayotganini o‘z vaqtida qabul qilingan qaror sifatida baholadi. Bozor qanchalik katta va qoidalar qanchalik uyg‘un bo‘lsa, mintaqa davlatlariga sarmoyalar oqimi shuncha ko‘payadi. Shu ma’noda, bu muhim tashabbus kelgusida umumiy investitsiya makonini yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Biz uchun investitsiya bu faqatgina iqtisodiy resurs emas, balki ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va tajribalar, yangi ish o‘rinlari va davr bilan hamnafas taraqqiyot demakdir. Har qanday buyuk orzu va niyatni hayotga to‘la tatbiq etishda asosiy hamkor, hech shubhasiz, ezgu niyatli investorlar, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois, diyorimizga katta ishonch va g‘oyalar bilan kelayotgan xorijiy sarmoyadorlarga Yangi O‘zbekistonning eshiklari hamisha ochiq. Prezident sifatida shaxsan o‘zim va Hukumatimiz yoningizda yelkadosh bo‘lishga doim tayyormiz. Toshkent investitsiya ruhi barchangizni mamlakatimizga doim chorlab turishiga, umumiy muvaffaqiyat ramziga aylanishiga ishonaman. Yurtimizning go‘zal tabiati, betakror madaniyati va olijanob xalqimizning mehmondo‘st qalbi esa do‘stligimizni mustahkamlash uchun o‘ziga xos investitsiya bo‘lishiga aminman”,
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida. Facebook|Instagram|X

So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari rivojlanishida turizm va zamonaviy agrosanoat ham drayver yo‘nalishga aylanmoqda. Xus
So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari rivojlanishida turizm va zamonaviy agrosanoat ham drayver yo‘nalishga aylanmoqda. Xususan, o‘tgan besh oyda yurtimizga xorijiy turistlar oqimi 27 foizga o‘sib, 5,5 millionni tashkil etdi. Umuman, O‘zbekistonda har yili 15-20 million chet ellik sayyohlarni qabul qilish va ularga yiliga kamida 15 milliard dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatish salohiyati bor. Prezidentimiz investorlar turizm durdonalari bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Xiva bilan bir qatorda boshqa hududlarimizda ham sayyohlik sohasiga faol sarmoya kiritishiga umid bildirdi. Shu bilan birga, an’anaviy qishloq xo‘jaligini ilg‘or agrobiznes tarmog‘iga aylantirish bo‘yicha ham dadil qadamlar tashlanmoqda. Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston dunyoning 70 dan ortiq davlatiga yiliga 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilib, o‘z brendiga ega bo‘ldi.
“Bugungi anjumanda bizning 14 ta hudud rahbarlari ham ishtirok etmoqda. Marhamat, ular bilan birgalikda viloyatlarga borib, yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishing. Boy tajribangiz, texnologiya va sarmoyangiz bilan o‘zaro manfaatli loyihalarda faol ishtirok eting. Bu jarayonlarda barcha hokimlar sizlarning yoningizda turib, yaqindan ko‘mak beradi va har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Oltinchi yo‘nalish – hududlarni rivojlantirishda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish. O‘zbekiston aholisi q
Oltinchi yo‘nalish – hududlarni rivojlantirishda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish. O‘zbekiston aholisi qariyb 40 millionga yaqinlashdi. Jadal demografik va iqtisodiy o‘sish urbanizatsiya va shaharsozlik bo‘yicha katta dasturlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ular doirasida 2040-yilga qadar quriladigan uy-joylarning sonini 2 karra oshirib, urbanizatsiya darajasini hozirgi 51 foizdan 65 foizga yetkazish reja qilingan. Poytaxtimizga tutash hududda 2 million aholiga mo‘ljallangan zamonaviy Yangi Toshkent megapolisi bunyod etilmoqda. Shuningdek, Andijon, Namangan va Samarqandni millionli shaharlarga aylantirish bo‘yicha loyihalar boshlab yuborilgan. Umuman, yurtimizda uy-joy qurilishi loyihalari yiliga kamida 10 milliard dollarlik kafolatli bozorni ta’minlaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston infratuzilmani barpo etishda 27 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini investorlar bilan amalga oshirishga tayyor. Facebook|Instagram|X

Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo
Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo bozorlariga chiqish katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liq va butun jahonga ochiq bo‘lgan katta imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda. Jumladan, Xitoy va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda strategik temir yo‘l qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, janubiy dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradigan Transafg‘on koridori loyihasi ustida faol ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan “O‘rta koridor” transport yo‘nalishi ham rivojlantirilmoqda. Ushbu loyihalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish evaziga O‘zbekiston Osiyo va Yevropani bog‘laydigan transport magistrallar tarmog‘iga qo‘shiladi. O‘zbekistonda transport-logistika yo‘nalishida qator megaloyihalar ham boshlangan. Masalan, saudiyalik hamkorlar bilan yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilmoqda. Investorlar forum doirasida taqdim etilayotgan tezyurar avtomobil yo‘llarini barpo etish, ko‘p funksiyali logistika markazlari va “quruq portlar”ni qurish kabi loyihalarda faol ishtirok etishga taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

To‘rtinchi yo‘nalish – “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish. Investorlarg
To‘rtinchi yo‘nalish – “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish. Investorlarga quyosh va shamol elektr stansiyalari bilan bir qatorda energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, “yashil” energiya asosida ishlaydigan data-markazlar barpo etish taklif etildi. Sun’iy intellekt tarmog‘ini rivojlantirish – davrimizning muhim talabi. Xorijiy ekspertlar O‘zbekistonda kelgusi besh yilda ushbu yangi yo‘nalishda kamida 10 milliard dollarlik qo‘shimcha qiymat yaratilishini prognoz qilmoqda.
“Asosiy vazifamiz sun’iy intellekt orqali aholining barcha qatlamlari hayotini yaxshilash, undan ta’lim, davlat xizmatlari va biznes jarayonlarida keng foydalanishdan iborat”,
– dedi Prezidentimiz. Qoraqalpog‘istonda sun’iy intellekt loyihalari va data-markazlar uchun maxsus zona yaratildi. Bu hududda 2040-yilgacha investorlar barcha turdagi soliq va bojlardan ozod qilinadi, yo‘l, elektr, suv infratuzilmasi davlat hisobidan qurib beriladi, 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 5 sent miqdorida imtiyozli tarif belgilanadi. Shu bilan birga, maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ham tashkil etilmoqda. Prezidentimiz investorlarni ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha jozibadorligi yuqori bo‘lgan loyihalarda hamkorlikka taklif etdi. Facebook|Instagram|X

Uchinchi yo‘nalish – yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish. Sanoatning barcha tar
Uchinchi yo‘nalish – yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish. Sanoatning barcha tarmoqlarida yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymatni yaratish bo‘yicha katta dasturlar boshlangan.
“Yaxshi xabardorsiz, O‘zbekiston boy tabiiy resurslar – oltin, mis, uran, volfram, gaz va boshqa noyob zaxiralarga ega. Strategik xomashyo bo‘lgan yer osti boyliklarimizning umumiy qiymati 3 trillion dollar deb baholanmoqda”,
– dedi Prezidentimiz. Mazkur sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi, auksionga qo‘yiladigan konlar 4 karra ko‘paytiriladi, “qazib olishdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent va Samarqandda barpo etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy sarmoya keng jalb qilinadi. Mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmatsevtika kabi “drayver” tarmoqlarda ham 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi. Bundan
Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish uchun suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi. Bular korxonalarimizga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki beradi. Shuningdek, xususiylashtirish doirasida shu yil 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi. Davlatimiz rahbari mahalliy va xorijiy investorlarni bunday yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga chorladi. Facebook|Instagram|X

Ikkinchi yo‘nalish – kapital bozorini rivojlantirish, muqobil moliya vositalariga keng yo‘l ochish. O‘zbekiston yangi avlod m
Ikkinchi yo‘nalish – kapital bozorini rivojlantirish, muqobil moliya vositalariga keng yo‘l ochish. O‘zbekiston yangi avlod moliya texnologiyalari va sarmoya bozorlarini jadal rivojlantirmoqda. O‘tgan davrda xalqaro bozorlarda 16 milliard dollardan ziyod obligatsiyalar joylashtirildi. Shu bilan birga, milliy valyutadagi korporativ yevro-obligatsiyalar ham aylanmaga kiritildi. Ilk bor 13 ta strategik korxona aktiviga ega Milliy investitsiya jamg‘armasining 30 foiz aksiyalari Toshkent va London fond birjasiga chiqarildi. E’tiborli jihati, bu London birjasining oxirgi besh yildagi eng yirik IPOsiga aylandi. Shu bilan birga, qator yirik kompaniyalarni ham IPOga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu kabi islohotlarning huquqiy negizini mustahkamlash uchun “Kapital bozori to‘g‘risida”gi va “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinadi. Facebook|Instagram|X

Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib-tamoyil joriy etiladi, mustaqil Toshkent xalqaro
Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib-tamoyil joriy etiladi, mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil qilinadi. Unda nufuzli xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, investitsion mediatsiya tizimi ham rivojlantiriladi. Bu borada O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida. Ushbu choralar natijasida investorlar O‘zbekistonning o‘zida kafolatlangan xalqaro huquqiy himoyaga ega bo‘ladi. Prezidentimiz barchani bunday shart-sharoitlardan, shakllanayotgan yangi ekotizim imkoniyatlaridan unumli foydalanishga chaqirdi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish uchun bir qator ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi. Birinchi
Prezidentimiz ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish uchun bir qator ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi. Birinchi yo‘nalish – investorlar uchun huquqiy kafolat tizimini yanada kuchaytirish. Investorlar huquqlarini kuchli institutlar, e’tirof etilgan xalqaro mexanizmlar orqali ta’minlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu borada mart oyidan Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlandi. Markazning huquqiy asoslari Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanadi. Ushbu markaz ishtirokchilari uchun jozibador soliq tizimi yaratiladi. Foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk solig‘i va bojxona bojlari nol foiz etib belgilanadi. Kapitalning erkin harakati, istalgan valyutada hisob-kitob qilish imkoniyati so‘zsiz kafolatlanadi. Moliyaviy texnologiyalar, raqamli aktivlar, “yashil” moliya uchun zamonaviy tizim yaratiladi. Markaz hududida normativ hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator ham tashkil etiladi. Dastlabki bosqichda bu kabi imtiyozlarning amal qilish muddati 50 yil etib belgilanadi. Facebook|Instagram|X

Jahon iqtisodiyoti va global kapital xaritasi keskin o‘zgarayotgan, savdo ziddiyatlari avj olayotgan hozirgi sharoitda har qa
Jahon iqtisodiyoti va global kapital xaritasi keskin o‘zgarayotgan, savdo ziddiyatlari avj olayotgan hozirgi sharoitda har qanday investor tadbirkorlarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinayotgan, iqtisodiyot jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan, keng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan davlatlarga sarmoya kiritishga intilishi tabiiy. Shu bois, Yangi O‘zbekistonda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash yo‘lida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda. O‘tgan yili yalpi ichki mahsulotimiz 7,7 foizga o‘sdi, iqtisodiyotga 43 milliard dollar investitsiya jalb qilindi. Milliy valyutamizning barqarorligi ta’minlanib, xalqaro zaxiralarimiz hajmi 70 milliard dollardan ortdi.
Ko‘pchilikning yodida, biz toʻrt yil avval bo‘lib o‘tgan ilk forumda 2026-yil yakuniga kelib, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotini 100 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan edik. Jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz bu yil 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda!,
– dedi Prezidentimiz. Shu bilan birga, O‘zbekiston xalqaro kredit reytingi yil sayin yaxshilanib bormoqda. Joriy yilda mamlakatimiz nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi. Bularning barchasi O‘zbekiston iqtisodiyoti yangi sur’at va yangi imkoniyatlar bosqichiga chiqayotganiga yorqin misoldir. Facebook|Instagram|X