es
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Ir al canal en Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
591
Suscriptores
+3324 horas
+2947 días
+30530 días
Archivo de publicaciones
Fargʻona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev "Startap markazi" faoliyati bilan tanishdi 🔹Uchrashuv
+6
Fargʻona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev "Startap markazi" faoliyati bilan tanishdi
🔹Uchrashuv davomida Startap markazi faoliyati, talabalar tomonidan olib borilayotgan innovatsion loyihalar va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, 10 nafar iqtidorli talabaning startap loyihalari tinglanib, ularni qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish masalalari koʻrib chiqildi. 🖇Mazkur uchrashuvda yoshlarning innovatsion gʻoyalari va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish, istiqbolli startap loyihalarni amaliyotga joriy etish hamda ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
⚽️ Yillar davomidagi orzu. Millionlab yuraklarning umidi. Butun xalq kutgan tarixiy lahza. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport sohasida amalga oshirilgan izchil islohotlar, zamonaviy infratuzilma va futbol rivojiga qaratilgan e’tibor o‘zining tarixiy samarasini berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati maydoniga chiqdi! O‘zbekiston bayrog‘i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiradi!
Millionlab muxlislar orzusini ro‘yobga chiqargan, O‘zbekiston nomini jahon chempionati sahifalariga muhrlagan futbolchilarimizga yuksak ehtirom!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida texnika fanlari doktori, professor hamda universitetning Tadbiqiy mexan
+6
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida texnika fanlari doktori, professor hamda universitetning Tadbiqiy mexanika kafedrasi professori To‘xtamurod Saxobovich Nabiyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirni Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ochib berib, professor T.S.Nabiyevning ilm-fan va ta’lim sohalaridagi ko‘p yillik samarali faoliyati, mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari, shuningdek, yosh avlodni ilmga oshno etish yo‘lidagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi. 🖇️Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar hamda ustozning hamkasb va shogirdlari ishtirok etishdi. Shuningdek, professor To‘xtamurod Saxobovich Nabiyevning boy ilmiy merosi, pedagogik faoliyati, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni va fan taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Professor To‘xtamurod Saxobovich Nabiyevning 80 yillik yubileyi munosabati bilan unga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning “Dual ta’limni rivojlantirish i
+1
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning “Dual ta’limni rivojlantirish istiqbollari” nomli maqolasi "Yangi Farg'ona" gazetasining bugungi sonida chop etildi. Maqolani o'qish
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilis
+5
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi
🔹Oliygoh hududida davom etayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, zamonaviy laboratoriyalar hamda o‘quv binolarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. 🖇️Shu bilan birgalikda, qurilish ishlarining sifati, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yaratilayotgan sharoitlarning samaradorligi hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ayni paytda universitetda ta’lim va ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish maqsadida zamonaviy infratuzilma yaratish ishlari davom etmoqda.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Bugun qo'lga olinmagan bir kitob ertaga yo'qotilgan ulkan imkoniyatga aylanishi mumkin.
🔹Farg'ona davlat texnika universiteti yangi "Millat uchun o'qi" sahifasini taqdim etadi. Agar biz bugun o'zbek o'zligini asrab qolamiz desak yagona umidimiz kitob mutolaasidir. Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar"i - o‘zbek adabiyotining durdonasi, muhabbat va sadoqatning eng ta'sirli qissasi. Otabek va Kumush timsolida chin sevgi, millat dardi va inson qadr-qimmati yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Farg‘ona davlat texnika universiteti va Janubiy Koreya kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda Toshke
+1
Farg‘ona davlat texnika universiteti va Janubiy Koreya kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Janubiy Koreyaning "AHA" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, "AHA" kompaniyasi tomonidan Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari uchun har yili 10 ta grant ajratiladi. Shuningdek, dual ta’lim, talabalarni amaliyot va ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarishda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda universitet-sanoat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi. "AHA" ko‘magida FDTUning Janubiy Koreyaning nufuzli Seoultech universiteti bilan hamkorligi ham kengaymoqda. Xususan, SEOULTECH tomonidan FDTUning 2 nafar talabasi uchun grant ajratilishi hamda ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik talabalarga yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish va universitetning global hamkorlik tarmog‘ini kengaytirishga xizmat qiladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
⚡️ Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Германиянинг дуал таълим тажрибаси — ўрганиладиган жиҳатлар нимада? Мамлакатимиз олий таълим тизимидаги кенг кўламли ислоҳотл
Германиянинг дуал таълим тажрибаси — ўрганиладиган жиҳатлар нимада? Мамлакатимиз олий таълим тизимидаги кенг кўламли ислоҳотлар халқаро таълим майдонида ўз ўрнимизни топишга хизмат қилаётир. 👉 Батафсил: https://yuz.uz/oz/news/146113 👉 Batafsil: https://yuz.uz/uz/news/146113 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram |Hamkorlik materiali

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning “Germaniyaning dual ta’lim tajr
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning “Germaniyaning dual ta’lim tajribasi” nomli maqolasi "Yangi O’zbekiston" gazetasining bugungi sonida chop etildi. Maqolani o'qish
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#JCH_2026 #muhim_daqiqalar 🔥 ⚽️Abbosbek Fayzullayev Jahon chempionatida gol urgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 1-akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi
+6
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 1-akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔹Mazkur tadbirni Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ochib berib, yoshlarning kelgusidagi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilab, ularning mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi. 🖇️Shuningdek, joriy yilda akademik litseyni 226 nafar bitiruvchi tamomladi. Ularning 18 nafari oltin medal, 85 nafari esa qizil diplom bilan taqdirlandi hamda ko‘plab bitiruvchilar xalqaro va milliy sertifikatlar asosida muddatidan avval nufuzli oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilinganligi e’tirof etildi Barcha bitiruvchilarni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Rektor_murojaati Hurmatli abituriyentlar! 🔹Xalqaro va mahalliy reytinglarda munosib o‘rinni egallagan Farg‘ona davlat texni
#Rektor_murojaati
Hurmatli abituriyentlar!
🔹Xalqaro va mahalliy reytinglarda munosib o‘rinni egallagan Farg‘ona davlat texnika universitetida hozirgi kunda 20 mingdan ziyod talaba-yoshlar  tahsil olishmoqda. Universitetimizda zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, raqamli ta’lim texnologiyalari joriy etilgan bo‘lib, talabalarning xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. 🖇Shuningdek, talabalarimiz uchun zamonaviy axborot-resurs markazi, sport majmualari, talabalar turar joylari hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli grant va stipendiya dasturlari mavjud. Yangi 2026-2027 o‘quv yili uchun universitetimizga 52 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 5500 dan ziyod abitiurientlarni, 48 ta magistratura mutaxassisliklariga esa 400 nafardan ziyod talabalarni qabul qilinishi rejalashtirilgan. Batafsil 👉На руcском 👉In English
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz in
Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya kengashlarining mintaqaviy alyansi tashkil etilayotganini o‘z vaqtida qabul qilingan qaror sifatida baholadi. Bozor qanchalik katta va qoidalar qanchalik uyg‘un bo‘lsa, mintaqa davlatlariga sarmoyalar oqimi shuncha ko‘payadi. Shu ma’noda, bu muhim tashabbus kelgusida umumiy investitsiya makonini yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Biz uchun investitsiya bu faqatgina iqtisodiy resurs emas, balki ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va tajribalar, yangi ish o‘rinlari va davr bilan hamnafas taraqqiyot demakdir. Har qanday buyuk orzu va niyatni hayotga to‘la tatbiq etishda asosiy hamkor, hech shubhasiz, ezgu niyatli investorlar, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois, diyorimizga katta ishonch va g‘oyalar bilan kelayotgan xorijiy sarmoyadorlarga Yangi O‘zbekistonning eshiklari hamisha ochiq. Prezident sifatida shaxsan o‘zim va Hukumatimiz yoningizda yelkadosh bo‘lishga doim tayyormiz. Toshkent investitsiya ruhi barchangizni mamlakatimizga doim chorlab turishiga, umumiy muvaffaqiyat ramziga aylanishiga ishonaman. Yurtimizning go‘zal tabiati, betakror madaniyati va olijanob xalqimizning mehmondo‘st qalbi esa do‘stligimizni mustahkamlash uchun o‘ziga xos investitsiya bo‘lishiga aminman”,
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida. Facebook|Instagram|X

So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari rivojlanishida turizm va zamonaviy agrosanoat ham drayver yo‘nalishga aylanmoqda. Xus
So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari rivojlanishida turizm va zamonaviy agrosanoat ham drayver yo‘nalishga aylanmoqda. Xususan, o‘tgan besh oyda yurtimizga xorijiy turistlar oqimi 27 foizga o‘sib, 5,5 millionni tashkil etdi. Umuman, O‘zbekistonda har yili 15-20 million chet ellik sayyohlarni qabul qilish va ularga yiliga kamida 15 milliard dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatish salohiyati bor. Prezidentimiz investorlar turizm durdonalari bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Xiva bilan bir qatorda boshqa hududlarimizda ham sayyohlik sohasiga faol sarmoya kiritishiga umid bildirdi. Shu bilan birga, an’anaviy qishloq xo‘jaligini ilg‘or agrobiznes tarmog‘iga aylantirish bo‘yicha ham dadil qadamlar tashlanmoqda. Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston dunyoning 70 dan ortiq davlatiga yiliga 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilib, o‘z brendiga ega bo‘ldi.
“Bugungi anjumanda bizning 14 ta hudud rahbarlari ham ishtirok etmoqda. Marhamat, ular bilan birgalikda viloyatlarga borib, yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishing. Boy tajribangiz, texnologiya va sarmoyangiz bilan o‘zaro manfaatli loyihalarda faol ishtirok eting. Bu jarayonlarda barcha hokimlar sizlarning yoningizda turib, yaqindan ko‘mak beradi va har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Oltinchi yo‘nalish – hududlarni rivojlantirishda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish. O‘zbekiston aholisi q
Oltinchi yo‘nalish – hududlarni rivojlantirishda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish. O‘zbekiston aholisi qariyb 40 millionga yaqinlashdi. Jadal demografik va iqtisodiy o‘sish urbanizatsiya va shaharsozlik bo‘yicha katta dasturlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ular doirasida 2040-yilga qadar quriladigan uy-joylarning sonini 2 karra oshirib, urbanizatsiya darajasini hozirgi 51 foizdan 65 foizga yetkazish reja qilingan. Poytaxtimizga tutash hududda 2 million aholiga mo‘ljallangan zamonaviy Yangi Toshkent megapolisi bunyod etilmoqda. Shuningdek, Andijon, Namangan va Samarqandni millionli shaharlarga aylantirish bo‘yicha loyihalar boshlab yuborilgan. Umuman, yurtimizda uy-joy qurilishi loyihalari yiliga kamida 10 milliard dollarlik kafolatli bozorni ta’minlaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston infratuzilmani barpo etishda 27 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini investorlar bilan amalga oshirishga tayyor. Facebook|Instagram|X

Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo
Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo bozorlariga chiqish katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liq va butun jahonga ochiq bo‘lgan katta imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda. Jumladan, Xitoy va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda strategik temir yo‘l qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, janubiy dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradigan Transafg‘on koridori loyihasi ustida faol ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan “O‘rta koridor” transport yo‘nalishi ham rivojlantirilmoqda. Ushbu loyihalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish evaziga O‘zbekiston Osiyo va Yevropani bog‘laydigan transport magistrallar tarmog‘iga qo‘shiladi. O‘zbekistonda transport-logistika yo‘nalishida qator megaloyihalar ham boshlangan. Masalan, saudiyalik hamkorlar bilan yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilmoqda. Investorlar forum doirasida taqdim etilayotgan tezyurar avtomobil yo‘llarini barpo etish, ko‘p funksiyali logistika markazlari va “quruq portlar”ni qurish kabi loyihalarda faol ishtirok etishga taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

To‘rtinchi yo‘nalish – “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish. Investorlarg
To‘rtinchi yo‘nalish – “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish. Investorlarga quyosh va shamol elektr stansiyalari bilan bir qatorda energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, “yashil” energiya asosida ishlaydigan data-markazlar barpo etish taklif etildi. Sun’iy intellekt tarmog‘ini rivojlantirish – davrimizning muhim talabi. Xorijiy ekspertlar O‘zbekistonda kelgusi besh yilda ushbu yangi yo‘nalishda kamida 10 milliard dollarlik qo‘shimcha qiymat yaratilishini prognoz qilmoqda.
“Asosiy vazifamiz sun’iy intellekt orqali aholining barcha qatlamlari hayotini yaxshilash, undan ta’lim, davlat xizmatlari va biznes jarayonlarida keng foydalanishdan iborat”,
– dedi Prezidentimiz. Qoraqalpog‘istonda sun’iy intellekt loyihalari va data-markazlar uchun maxsus zona yaratildi. Bu hududda 2040-yilgacha investorlar barcha turdagi soliq va bojlardan ozod qilinadi, yo‘l, elektr, suv infratuzilmasi davlat hisobidan qurib beriladi, 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 5 sent miqdorida imtiyozli tarif belgilanadi. Shu bilan birga, maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ham tashkil etilmoqda. Prezidentimiz investorlarni ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha jozibadorligi yuqori bo‘lgan loyihalarda hamkorlikka taklif etdi. Facebook|Instagram|X

Uchinchi yo‘nalish – yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish. Sanoatning barcha tar
Uchinchi yo‘nalish – yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish. Sanoatning barcha tarmoqlarida yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymatni yaratish bo‘yicha katta dasturlar boshlangan.
“Yaxshi xabardorsiz, O‘zbekiston boy tabiiy resurslar – oltin, mis, uran, volfram, gaz va boshqa noyob zaxiralarga ega. Strategik xomashyo bo‘lgan yer osti boyliklarimizning umumiy qiymati 3 trillion dollar deb baholanmoqda”,
– dedi Prezidentimiz. Mazkur sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi, auksionga qo‘yiladigan konlar 4 karra ko‘paytiriladi, “qazib olishdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent va Samarqandda barpo etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy sarmoya keng jalb qilinadi. Mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmatsevtika kabi “drayver” tarmoqlarda ham 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi. Bundan
Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish uchun suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi. Bular korxonalarimizga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki beradi. Shuningdek, xususiylashtirish doirasida shu yil 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi. Davlatimiz rahbari mahalliy va xorijiy investorlarni bunday yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga chorladi. Facebook|Instagram|X