Rustam Tojiyev Blog
Open in Telegram
Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
593
Subscribers
+1424 hours
+3097 days
+31930 days
Posts Archive
#Tabrik
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va qadrli hamkasblar!Sizlarni insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat va bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! ✨ Ushbu qutlug‘ ayyom xonadonlaringizga fayzu baraka, oilalaringizga osoyishtalik va farovonlik olib kelsin. Qalblarimizni ezgu niyatlar, shukronalik va hamjihatlik tuyg‘ulari bilan boyitsin. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda yoshlar kamoloti yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarimizga ulkan muvaffaqiyat va baraka yor bo‘lsin! Hurmat bilan, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Tojiyev Rustam Rasulovich
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+3
Farg‘onalik yoshlar uchun Yaponiyada o‘qish va ishlash imkoniyatlari kengaymoqda
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyada davom etayotgan xizmat safari doirasida “Willtec Co., Ltd.” kompaniyasi vitse-prezidenti Mizutani Tatso bilan uchrashdi. Unda zamonaviy kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo‘shmoqda.
—
Возможности для обучения и трудоустройства молодежи Ферганы в Японии расширяются
—
Opportunities for Fergana’s Youth to Study and Work in Japan Are Expanding
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
+6
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Marg‘ilon shahridagi 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi🔹“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida tashkil etilgan tadbir davomida bitiruvchilarning yutuqlari, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ustozga hurmat, vatanparvarlik va ma’rifatning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tadbirda universitet rektori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bitiruvchilarga yo‘llangan samimiy tabrik va ezgu tilaklarni o‘qib eshittirdi hamda yoshlarni bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, yuksak maqsadlar sari dadil intilishga chorladi. 🖇Shuningdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida yoshlarga yaratilgan keng ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy yo‘nalishlar, xalqaro hamkorlik dasturlari hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, qat’iyat, shijoat va porloq kelajak tilandi va universitet tomonidan esdalik sovg'alari berildi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#Tabrik
Hurmatli maktab bitiruvchilari!Sizlarni hayotingizdagi unutilmas va mas’uliyatli bosqich — maktabni muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan samimiy muborakbod etaman! 🔹Bugun sizlar katta orzu va maqsadlar sari dadil qadam qo‘yayotgan yosh avlod vakillaridirsiz. Yangi davr esa keng fikrlaydigan, bilimli, tashabbuskor hamda zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan yoshlarni talab etmoqda. Ishonamanki, sizlarning intilishlaringiz, izlanishlaringiz va mehnatingiz yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi. ✨ Farg‘ona davlat texnika universiteti siz kabi iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishga doimo tayyor. Bu yerda siz nafaqat puxta bilim, balki zamonaviy kasb va katta hayot tajribasiga ega bo‘lish imkoniyatini ham qo‘lga kiritasiz. Aziz bitiruvchilar, oldingizga qo‘ygan ulkan maqsadlaringiz sari hech qachon to‘xtamang. Kelajak aynan sizning qo‘lingizda! Barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat-shijoat, omad va ulkan zafarlar tilayman! Hurmat bilan, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Tojiyev Rustam Rasulovich
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Talabalar diplom ishlarini real muammolar asosida olib bormoqda
Bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universitetining 300 dan ortiq talabalari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida dual ta’lim asosida tahsil olmoqda. Korxona hududida universitet kafedra filialining faoliyat yuritayotgani ta’lim jarayonini bevosita ishlab chiqarish ehtiyojlariga moslashtirish imkonini bermoqda. So‘nggi uch yil davomida 50 dan ortiq universitet bitiruvchilari korxonaga ishga qabul qilingan.
Talabalarning ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlari shunchaki tanishuv xarakterida bo‘lmay, ularning bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari to‘g‘ridan-to‘g‘ri zavoddagi real muammolar yechimiga yo‘naltirilmoqda. Bu esa bitiruvchilarning kasbiy moslashuv davrini qisqartirib, ularni diplom olayotgan paytidayoq tayyor mutaxassis sifatida shakllantirmoqda.
Batafsil
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#FDTU_OAV_nigohida
Farg'ona 24 | Fargʻona davlat texnika universiteti bilan yana bir yirik ishlab chiqaruvchi zavod oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+4
#Aeroinjiniring_texnoparki
Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Hakimjon Dolimov Farg‘ona davlat texnika universiteti huzurida tashkil etilayotgan Aeroinjiniring texnoparki faoliyati bilan tanishdi.🔹 Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev tomonidan mehmonlarga texnopark doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, zamonaviy jihozlash va innovatsion loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. 🖇️ Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan ushbu texnopark qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda talaba-yoshlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. ✨Kelgusida mazkur maskanda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy agrotexnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda texnopark hududida qurilish va jihozlash jarayonlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+9
#Hamkorlik_uchrashuvi
Farg‘ona davlat texnika universiteti va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ hamkorligi yangi bosqichda🔹Bugun “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ da ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Rustam Tojiyev hamda “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ direktori B. J. Shergaziyev ishtirok etdi. Muloqot davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, zamonaviy muhandis kadrlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🖇Uchrashuv davomida “Hamkorlikning yangi bosqichlari va istiqbolli rejalar” mavzusidagi taqdimot bilan Kimyo-texnologiya fakulteti dekani G‘ulomqodir Mirzaqulov chiqish qildi. Taqdimotda universitet va sanoat korxonasi o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, dual ta’limni kengaytirish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yoritildi. Uchrashuv yakunida oliygohimiz va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ o‘rtasida innovatsion hamkorlik memorandumi imzolandi. ✨Mazkur uchrashuvdan so'ng, universitet delegatsiyasi FNQIZda amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Xususan, bug‘ ishlab chiqarish qurilmasi hamda vodorod ishlab chiqarish qurilmasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tadbir yakunida talabalar hamda universitet rahbariyati ishtirokida FNQIZ oshxonasida samimiy uchrashuv va tushlik suhbati tashkil etildi Batafsil: Jarayondan fotolavhalar
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari eng namunali kadrlar safida e‘tirof etildi
Tanlov doirasida Tog‘-kon va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Maqsud Bolibekov eng namunali rahbar xodim; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Fazliddin Mo‘minov eng namunali ma’muriy xodim; “O‘zatom” agentligi bosh mutaxassisi Shoxmirzo Umarov eng namunali mutaxassis xodim; Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo‘ldosheva eng namunali ayol xodim; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi loyiha ofisi rahbari Akbarxon Sobirxonov eng namunali iste’dodli yosh xodim; Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mirsaid Raxmatov inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim sifatida g‘olib bo‘ldi.
Prezidentimiz barcha g‘oliblarning lavozimlarini bir pog‘ona ko‘tarib, rahbar kadrlar zaxirasiga kiritishni taklif qildi. Ularning teran fikrlashi, o‘z ustida doimiy ishlashi, mehnat faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy qilishi boshqalar uchun o‘rnak ekani ta’kidlandi.
“Bugungi tadbirda yaxshi natija ko‘rsatganlarni e’tirof etyapmiz. Biroq kelgusi safardan boshlab ro‘yxatning oxirida qolgan davlat idoralari nomini ham ochiq aytamiz. Faoliyatida jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlanayotgan, samaradorlik va xizmat sifati bo‘yicha oqsayotgan tashkilotlar bundan o‘ziga jiddiy xulosa chiqarishi kerak”,– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Sifatli davlat boshqaruvi" dasturining g‘oliblarini mukofotlash hamda Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.
Prezidnetimiz samarali boshqaruv qanchalik muhim ekaniga eʼtibor qaratdi.
“Vazirlik va agentliklar, qoʻmita va inspeksiyalar faoliyatini xolis baholash, ularning aholi oldidagi masʼuliyatini yanada oshirish endi doimiy eʼtiborimizda boʻladi. Bundan buyon “jarayon uchun” emas, “natija uchun” ishlash tamoyili idoralar faoliyatida asosiy mezonga aylanadi”,– dedi davlatimiz rahbari. Shu nuqtayi nazardan, “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi mutlaqo yangi boshqaruv madaniyati va dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan islohotdir. Ushbu dastur davlat idoralari faoliyatini xolis baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, eng ilgʻor tajribalarni keng ommalashtirish hamda sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashni koʻzlaydi. Joriy yil yanvar-aprel oylarida dastur doirasida davlat idoralari faoliyati, boshqaruv sifati va rahbar kadrlarning yetakchilik qobiliyati xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan baholandi. Tanlovda 40 ta respublika idorasi va ularning xodimlari ishtirok etdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Edu.uz
#yangi_tashabbus
Pilladan tayyor mahsulotgacha
Farg‘ona davlat texnika universitetida ipakchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim amaliy ishlar olib borilmoqda. Universitetning Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida tashkil etilgan maxsus laboratoriyada ipak qurti parvarish qilinib, pilladan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha jarayonlar talabalar ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Batafsil videolavhada
Maqola sifatida o’qish
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Prezidentimiz Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida qatnashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.
Bu galgi forumning mavzusi – “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+9
#Uchrashuv
#Energetika_muhandisligi_fakulteti
Energetika muhandisligi fakultetida muhim uchrashuv o‘tkazildi🔹Universitetimizning Energetika muhandisligi fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, soha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekani hamda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 🖇Yig‘ilish avvalida fakultet dekani Mirsoli O‘zbekov tomonidan fakultetni rivojlantirish istiqbollari, mavjud imkoniyatlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot namoyish etildi. Taqdimot davomida energetika sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish hamda ilmiy salohiyatni oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish davomida fakultet faoliyatining bugungi holati atroflicha tahlil qilinib, mavjud yutuqlar va muammoli jihatlar muhokama etildi. Rektor tomonidan:
— energetika yo‘nalishida ilmiy salohiyatni oshirish — energiya tejamkor va “yashil” texnologiyalar bo‘yicha innovatsion loyihalarni ko‘paytirish — ta’lim sifatini yanada yaxshilash — ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliy natijalarga yo‘naltirish — ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.✨Shuningdek, yig‘ilish davomida fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida bir qator muhim vazifalar belgilab berildi. Jumladan, energetika yo‘nalishidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishni yanada samarali yo’lga qo’yish, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun grant hamda ilmiy loyiha yozish bo‘yicha master-klasslar tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. ⚡️Uchrashuvdan so‘ng rektor talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion energetik loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, quyosh va shamol energiyasidan samarali foydalanishga qaratilgan ishlanmalar, aqlli energiya boshqaruvi tizimlari hamda zamonaviy texnologik yechimlar katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tashrif davomida fakultetdagi sport zal faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, talaba-yoshlar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, sport jihozlarini yangilash hamda sport to‘garaklari faoliyatini yanada faollashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Rektor yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy yondashuvini yuqori baholab, bunday tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Jarayondan fotolavhalar
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+1
#FDTU_OAV_nigohida
Yangi Farg’ona | Zamonaviy laboratoriya: ilm va mehnat uyg’unligi
Maqolani o’qish
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#FDTU_OAV_nigohida
Farg’ona bugun | ZAMONAVIY LABORATORIYALAR — ILM VA MEHNAT UYG‘UNLIGI
✨Farg‘ona davlat texnika universitetida ipakchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim amaliy ishlar olib borilmoqda. Universitetning yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida tashkil etilgan maxsus laboratoriyada ipak qurti parvarish qilinib, pilladan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha jarayonlar talabalar ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
#Dayjest #YoshlarKuni
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.
➖ Qarshi davlat texnika universiteti; ➖ Namangan davlat universiteti; ➖ Andijon davlat universiteti; ➖ O‘zMU Jizzax filiali; ➖ Namangan davlat texnika universiteti; ➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; ➖ TITU Namangan manzili; ➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti; ➖ Namangan davlat pedagogika instituti; ➖ Turan xalqaro universiteti; ➖ TDTU Termiz filiali; ➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti; ➖ Qoʻqon davlat universiteti; ➖ Fargʻona davlat texnika universiteti; ➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti; ➖ Olmaliq davlat texnika instituti; ➖ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; ➖ Navoiy davlat universiteti; ➖ Termiz davlat universiteti; ➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali; ➖ SamDU Urgut filiali; ➖ Samarqand davlat pedagogika instituti; ➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti; ➖ Fargʻona davlat universiteti; ➖ Urganch davlat universiteti; ➖ Jamoat xavfsizligi universiteti; ➖ Guliston davlat universiteti; ➖ Jizzax politexnika instituti;
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Oltin_Davr_2026
#Taqdirlash_marosimi
✨Farg‘ona davlat texnika universitetida “Oltin davr 2026” madaniy-ko‘ngilochar konsert dasturi hamda turli tanlov va loyihalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin.
Jarayondan fotolavhalar
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi nutqi
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Edu.uz
+3
Turkistonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi
Turkiston shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi.
Yig‘ilish boshlanishidan avval yetakchilar Turkiy sivilizatsiya markazi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Qozog‘iston tashabbusi bilan barpo etiladigan ushbu majmua turkiy xalqlarning mushtarak ildizlari, boy tarixiy-madaniy merosi va sivilizatsiyalar birligini namoyon etishga xizmat qiladi. Loyiha turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasida ilmiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, ma’naviy yaqinlikni mustahkamlash, umumiy qadriyat va an’analarni keng targ‘ib etishga qaratilgan.Shundan so‘ng yetakchilarga Qozog‘istonning raqamli yechimlari hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning IT va sun’iy intellekt sohasidagi qo‘shma tashabbuslari taqdimot qilindi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
