fa
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

رفتن به کانال در Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
548
مشترکین
+2124 ساعت
+2647 روز
+27230 روز
آرشیو پست ها
Repost from Edu.uz
+3
Talabalar diplom ishlarini real muammolar asosida olib bormoqda Bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universitetining 300 dan ortiq talabalari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida dual ta’lim asosida tahsil olmoqda. Korxona hududida universitet kafedra filialining faoliyat yuritayotgani ta’lim jarayonini bevosita ishlab chiqarish ehtiyojlariga moslashtirish imkonini bermoqda. So‘nggi uch yil davomida 50 dan ortiq universitet bitiruvchilari korxonaga ishga qabul qilingan. Talabalarning ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlari shunchaki tanishuv xarakterida bo‘lmay, ularning bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari to‘g‘ridan-to‘g‘ri zavoddagi real muammolar yechimiga yo‘naltirilmoqda. Bu esa bitiruvchilarning kasbiy moslashuv davrini qisqartirib, ularni diplom olayotgan paytidayoq tayyor mutaxassis sifatida shakllantirmoqda. Batafsil 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona 24 | Fargʻona davlat texnika universiteti bilan yana bir yirik ishlab chiqaruvchi zavod oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Aeroinjiniring_texnoparki Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Hakimjon Dolimov Farg‘ona davlat texnika universiteti huzurid
+4
#Aeroinjiniring_texnoparki
Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Hakimjon Dolimov Farg‘ona davlat texnika universiteti huzurida tashkil etilayotgan Aeroinjiniring texnoparki faoliyati bilan tanishdi.
🔹 Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev tomonidan mehmonlarga texnopark doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, zamonaviy jihozlash va innovatsion loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. 🖇️ Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan ushbu texnopark qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda talaba-yoshlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. ✨Kelgusida mazkur maskanda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy agrotexnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda texnopark hududida qurilish va jihozlash jarayonlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Hamkorlik_uchrashuvi Farg‘ona davlat texnika universiteti va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ hamkorligi yangi bo
+9
#Hamkorlik_uchrashuvi
Farg‘ona davlat texnika universiteti va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ hamkorligi yangi bosqichda
🔹Bugun “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ da ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Rustam Tojiyev hamda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ direktori B. J. Shergaziyev ishtirok etdi. Muloqot davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, zamonaviy muhandis kadrlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🖇Uchrashuv davomida “Hamkorlikning yangi bosqichlari va istiqbolli rejalar” mavzusidagi taqdimot bilan Kimyo-texnologiya fakulteti dekani G‘ulomqodir Mirzaqulov chiqish qildi. Taqdimotda universitet va sanoat korxonasi o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, dual ta’limni kengaytirish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yoritildi. Uchrashuv yakunida oliygohimiz va “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ o‘rtasida innovatsion hamkorlik memorandumi imzolandi. ✨Mazkur uchrashuvdan so'ng, universitet delegatsiyasi FNQIZda amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Xususan, bug‘ ishlab chiqarish qurilmasi hamda vodorod ishlab chiqarish qurilmasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tadbir yakunida talabalar hamda universitet rahbariyati ishtirokida FNQIZ oshxonasida samimiy uchrashuv va tushlik suhbati tashkil etildi Batafsil: Jarayondan fotolavhalar
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari eng namunali kadrlar safida e‘tirof etildi Tanlov doirasida Tog‘-kon v
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari eng namunali kadrlar safida e‘tirof etildi Tanlov doirasida Tog‘-kon va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Maqsud Bolibekov eng namunali rahbar xodim; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Fazliddin Mo‘minov eng namunali ma’muriy xodim; “O‘zatom” agentligi bosh mutaxassisi Shoxmirzo Umarov eng namunali mutaxassis xodim; Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo‘ldosheva eng namunali ayol xodim; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi loyiha ofisi rahbari Akbarxon Sobirxonov eng namunali iste’dodli yosh xodim; Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mirsaid Raxmatov inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim sifatida g‘olib bo‘ldi. Prezidentimiz barcha g‘oliblarning lavozimlarini bir pog‘ona ko‘tarib, rahbar kadrlar zaxirasiga kiritishni taklif qildi. Ularning teran fikrlashi, o‘z ustida doimiy ishlashi, mehnat faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy qilishi boshqalar uchun o‘rnak ekani ta’kidlandi.
“Bugungi tadbirda yaxshi natija ko‘rsatganlarni e’tirof etyapmiz. Biroq kelgusi safardan boshlab ro‘yxatning oxirida qolgan davlat idoralari nomini ham ochiq aytamiz. Faoliyatida jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlanayotgan, samaradorlik va xizmat sifati bo‘yicha oqsayotgan tashkilotlar bundan o‘ziga jiddiy xulosa chiqarishi kerak,
– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Sifatli davlat boshqaruvi" dasturining g‘oliblarini mukofotlash hamda Milliy kitobx
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Sifatli davlat boshqaruvi" dasturining g‘oliblarini mukofotlash hamda Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda. Prezidnetimiz samarali boshqaruv qanchalik muhim ekaniga eʼtibor qaratdi.
Vazirlik va agentliklar, qoʻmita va inspeksiyalar faoliyatini xolis baholash, ularning aholi oldidagi masʼuliyatini yanada oshirish endi doimiy eʼtiborimizda boʻladi. Bundan buyon “jarayon uchun” emas, “natija uchun” ishlash tamoyili idoralar faoliyatida asosiy mezonga aylanadi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Shu nuqtayi nazardan, “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi mutlaqo yangi boshqaruv madaniyati va dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan islohotdir. Ushbu dastur davlat idoralari faoliyatini xolis baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, eng ilgʻor tajribalarni keng ommalashtirish hamda sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashni koʻzlaydi. Joriy yil yanvar-aprel oylarida dastur doirasida davlat idoralari faoliyati, boshqaruv sifati va rahbar kadrlarning yetakchilik qobiliyati xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan baholandi. Tanlovda 40 ta respublika idorasi va ularning xodimlari ishtirok etdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori — Постановление Президента
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi QaroriПостановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита" Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
#yangi_tashabbus Pilladan tayyor mahsulotgacha Farg‘ona davlat texnika universitetida ipakchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim amaliy ishlar olib borilmoqda. Universitetning Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida tashkil etilgan maxsus laboratoriyada ipak qurti parvarish qilinib, pilladan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha jarayonlar talabalar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Batafsil videolavhada Maqola sifatida o’qish 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezidentimiz Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida qatnashdi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu galgi forumning mavzusi – “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Uchrashuv #Energetika_muhandisligi_fakulteti Energetika muhandisligi fakultetida muhim uchrashuv o‘tkazildi 🔹Universitetimi
+9
#Uchrashuv #Energetika_muhandisligi_fakulteti
Energetika muhandisligi fakultetida muhim uchrashuv o‘tkazildi
🔹Universitetimizning Energetika muhandisligi fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, soha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekani hamda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 🖇Yig‘ilish avvalida fakultet dekani Mirsoli O‘zbekov tomonidan fakultetni rivojlantirish istiqbollari, mavjud imkoniyatlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot namoyish etildi. Taqdimot davomida energetika sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish hamda ilmiy salohiyatni oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish davomida fakultet faoliyatining bugungi holati atroflicha tahlil qilinib, mavjud yutuqlar va muammoli jihatlar muhokama etildi. Rektor tomonidan:
— energetika yo‘nalishida ilmiy salohiyatni oshirish — energiya tejamkor va “yashil” texnologiyalar bo‘yicha innovatsion loyihalarni ko‘paytirish — ta’lim sifatini yanada yaxshilash — ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliy natijalarga yo‘naltirish — ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨Shuningdek, yig‘ilish davomida fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida bir qator muhim vazifalar belgilab berildi. Jumladan, energetika yo‘nalishidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishni yanada samarali yo’lga qo’yish, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun grant hamda ilmiy loyiha yozish bo‘yicha master-klasslar tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. ⚡️Uchrashuvdan so‘ng rektor talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion energetik loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, quyosh va shamol energiyasidan samarali foydalanishga qaratilgan ishlanmalar, aqlli energiya boshqaruvi tizimlari hamda zamonaviy texnologik yechimlar katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tashrif davomida fakultetdagi sport zal faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, talaba-yoshlar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, sport jihozlarini yangilash hamda sport to‘garaklari faoliyatini yanada faollashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Rektor yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy yondashuvini yuqori baholab, bunday tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Jarayondan fotolavhalar
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTU_OAV_nigohida Yangi Farg’ona | Zamonaviy laboratoriya: ilm va mehnat uyg’unligi Maqolani o’qish Kuzatishda davom eting T
+1
#FDTU_OAV_nigohida Yangi Farg’ona | Zamonaviy laboratoriya: ilm va mehnat uyg’unligi Maqolani o’qish
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTU_OAV_nigohida Farg’ona bugun | ZAMONAVIY LABORATORIYALAR — ILM VA MEHNAT UYG‘UNLIGI ✨Farg‘ona davlat texnika universitetida ipakchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim amaliy ishlar olib borilmoqda. Universitetning yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida tashkil etilgan maxsus laboratoriyada ipak qurti parvarish qilinib, pilladan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha jarayonlar talabalar ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
+9
#Dayjest #YoshlarKuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.
➖ Qarshi davlat texnika universiteti; ➖ Namangan davlat universiteti; ➖ Andijon davlat universiteti; ➖ O‘zMU Jizzax filiali; ➖ Namangan davlat texnika universiteti; ➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; ➖ TITU Namangan manzili; ➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti; ➖ Namangan davlat pedagogika instituti; ➖ Turan xalqaro universiteti; ➖ TDTU Termiz filiali; ➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti; ➖ Qoʻqon davlat universiteti; ➖ Fargʻona davlat texnika universiteti; ➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti; ➖ Olmaliq davlat texnika instituti; ➖ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; ➖ Navoiy davlat universiteti; ➖ Termiz davlat universiteti; ➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali; ➖ SamDU Urgut filiali; ➖ Samarqand davlat pedagogika instituti; ➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti; ➖ Fargʻona davlat universiteti; ➖ Urganch davlat universiteti; ➖ Jamoat xavfsizligi universiteti; ➖ Guliston davlat universiteti; ➖ Jizzax politexnika instituti;
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Oltin_Davr_2026 #Taqdirlash_marosimiFarg‘ona davlat texnika universitetida “Oltin davr 2026” madaniy-ko‘ngilochar konsert dasturi hamda turli tanlov va loyihalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin. Jarayondan fotolavhalar
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi nutqi Fergana.gov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi nutqi Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
Turkistonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi Turkiston shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
+3
Turkistonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi Turkiston shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi.
Yig‘ilish boshlanishidan avval yetakchilar Turkiy sivilizatsiya markazi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Qozog‘iston tashabbusi bilan barpo etiladigan ushbu majmua turkiy xalqlarning mushtarak ildizlari, boy tarixiy-madaniy merosi va sivilizatsiyalar birligini namoyon etishga xizmat qiladi. Loyiha turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasida ilmiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, ma’naviy yaqinlikni mustahkamlash, umumiy qadriyat va an’analarni keng targ‘ib etishga qaratilgan.
Shundan so‘ng yetakchilarga Qozog‘istonning raqamli yechimlari hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning IT va sun’iy intellekt sohasidagi qo‘shma tashabbuslari taqdimot qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Jarayon Farg‘ona davlat texnika universitetida ekologiya va “yashil” texnologiyalar yo‘nalishidagi hamkorlikni yangi bosqich
+6
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universitetida ekologiya va “yashil” texnologiyalar yo‘nalishidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🔹Uchrashuvda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev hamda Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig'i Alisher Ahmedov va boshqarma vakillari ishtirok etdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ekologik muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalarini muhokama qildilar. Muloqot davomida:
— atrof-muhit muhandisligi yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish; — ekologik monitoring va amaliy tadbirlarni birgalikda tashkil etish; — professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar ishtirokida innovatsion loyihalarni amalga oshirish; — chiqindilarni boshqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda “yashil” texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
🖇Shundan so‘ng, Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi o‘rtasida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan innovatsion hamkorlik Memorandumi tantanali ravishda imzolandi. Mazkur memorandum ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda zamonaviy ekologik tafakkurga ega yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. ✨Memorandum imzolanganidan so‘ng mehmonlar Kimyo texnologiya fakuleteti talabalari tomonidan tayyorlangan ekologiyaga oid innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Ko‘rgazmada chiqindilarni qayta ishlash, energiya tejamkor texnologiyalar, ekologik monitoring va yashil muhitni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar namoyish etildi. Ushbu hamkorlik kelgusida hududda ekologik muammolarni hal etish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish hamda yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Oltin_Davr_2026 #Taqdirlash_marosimi Farg‘ona davlat texnika universitetida “Oltin davr 2026” madaniy-ko‘ngilochar konsert d
+6
#Oltin_Davr_2026 #Taqdirlash_marosimi
Farg‘ona davlat texnika universitetida “Oltin davr 2026” madaniy-ko‘ngilochar konsert dasturi hamda turli tanlov va loyihalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirni universitet rektori, professor Rustam Tojiyev tantanali ravishda ochib berib, talaba-yoshlarni erishayotgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida yoshlarning bilim, iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash universitetning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. Tadbir davomida:
- “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi rasmlar hamda insholar” tanlovi g‘oliblari; - “Talabalar bahori – 2026” loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlov va musobaqalar sovrindorlari; - “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari; - “Amir Temur oyligi” doirasida o‘tkazilgan Rektor kubogi musobaqalari hamda turli tanlovlar g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.
🖇️Shuningdek, mehmon san’atkorlar ishtirokidagi musiqiy chiqishlar, “Farpinator” jamoasining quvnoq sahna ko‘rinishlari va ko‘ngilochar dasturlar tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. ✨Dastur mehmoni — O‘zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibragimov hamda taniqli san’atkorlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga unutilmas taassurot ulashdi. “Talabalik — hayotning eng oltin davri” degan ezgu g‘oya ostida tashkil etilgan ushbu loyiha yoshlar uchun nafaqat bayramona kayfiyat, balki unutilmas xotiralarga boy kecha bo‘ldi. Jarayondan fotolavhalar
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Yoshlar_kuni Universitetimizda Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda Shu munosabat bilan, “Rah
+5
#Yoshlar_kuni Universitetimizda Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda
Shu munosabat bilan, “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi
🔹Dastavval, ushbu tadbirni universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ochib berdi. Tadbir davomida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda hududlarda faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ahamiyati haqida alohida so‘z yuritildi. 🖇Shuningdek, uchrashuvda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Abdullayev ishtirok etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy himoya tizimidagi yangilanishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha fikr bildirishdi. ✨Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan manzilli xizmatlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Xalqaro_hamkorlik O‘zbekistonga 2.5 milliard dollarlik investitsiya kiritgan China Energy Overseas delegatsiyasi Farg'ona da
+6
#Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekistonga 2.5 milliard dollarlik investitsiya kiritgan China Energy Overseas delegatsiyasi Farg'ona davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi
🔹 Mazkur kompaniya bugungi kunga qadar O‘zbekistonga 2.5 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan bo‘lib, mamlakatimizda jami 12 ta yirik loyihani amalga oshirmoqda. Shundan 5 tasi Farg‘ona vodiysida joylashgan. 🖇 Uchrashuv davomida Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev hamda China Energy Overseas kompaniyasi bosh direktorining yordamchisi Nie Jianming o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Muloqot davomida universitet rektori R.Tojiyev so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Energetika muhandisligi fakulteti talabalarini kompaniya faoliyatiga jalb qilish, ularning amaliy tajribasini oshirish va bandligini ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuvda kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilinib, quyidagi ustuvor maqsadlar belgilandi:
— talabalar bandligini ta’minlash va amaliyotga jalb etish; — ilmiy va amaliy tadqiqotlarni hamkorlikda yo‘lga qo‘yish; — zamonaviy laboratoriyalar hamda innovatsion ilmiy loyihalarni birgalikda tashkil etish.
✨ Shuningdek, tomonlar ishlab chiqarish jarayonlari uchun standartlar yaratish, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish va FDTU bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashishdi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Memorandum imzolandi
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt