en
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Open in Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
523
Subscribers
+14824 hours
+1537 days
+16030 days
Posts Archive
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili u
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON!
YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI
📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyas
#Qonunchilik_yangiliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Dual ta’lim - kasb va texnolog
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Dual ta’lim - kasb va texnologiyani bog’lovchi strategik ko’prik” nomli maqolasi "Hurriyat" gazetasining navbatdagi sonida chop etildi. Maqolani o'qish
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Texnikum_suhbat #Videolavha Farg'ona davlat texnika universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'limi yo'nalishlariga o'qishga qabul qilish bo'yicha suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi. Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishing!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Jarayon Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlashga qaratilgan bunyodkorlik va tayy
+6
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlashga qaratilgan bunyodkorlik va tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
🔹 Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev oliygohda barpo etilayotgan zamonaviy ochiq kutubxona va kovorking markazi, shuningdek, Sun’iy intellekt laboratoriyasida olib borilayotgan qurilish ishlari va fakultetlardagi yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. 🖇Tashrif davomida fakultetlardagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. ✨ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv xonalarini zamonaviy va zarur jihozlar bilan ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Zamonaviy ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan mazkur loyihalar Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfalardan biri bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Texnikum_suhbat 🔰Bugun Farg'ona davlat texnika universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy
+6
#Texnikum_suhbat 🔰Bugun Farg'ona davlat texnika universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'limi yo'nalishlariga o'qishga qabul qilish bo'yicha suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi. 🔹Yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilar belgilangan xonalarda nizom talablari asosida savollarga javob berishdi. 🖇Farzandlarini qo'llab-quvvatlash uchun kelgan ota-onalar va ularning yaqinlari universitet hududida tashkillangan maxsus kutish joylarida imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’
+3
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo'lib o'tdi.
🔹Suhbat jarayonlari boshlanishidan avval universitet rektori, professor Rustam Tojiyev mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda suhbatlarni ochiq, shaffof va adolatli tashkil etish, barcha talabgorlar uchun teng sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🖇 Rektor tomonidan suhbat jarayonida korrupsion holatlar va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, har qanday noqonuniy aralashuv va xolislikka putur yetkazuvchi holatlarga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Jarayonlarning amaldagi nizom talablari asosida, inson omilidan kelib chiqadigan turli salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymagan holda, halollik, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilishi qat’iy ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Ishlab chiqarishda boshqaruv hamda Kimyo texnologiya fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Jarayon YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rust
+5
#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Ishlab chiqarishda boshqaruv hamda Kimyo texnologiya fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. 🖇️Tashrif davomida o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. 📌Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv xonalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishdi 🔹O‘zbekiston Respublikasi Qishloq
+3
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishdi
🔹O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yuldashev Qahramon Anvardjanovich Farg‘ona davlat texnika universitetining “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishdi. 🖇Mazkur texnopark qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. ✨Tashrif davomida texnoparkda amalga oshirilayotgan loyihalar, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish istiqbollari hamda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish borasidagi ishlar taqdim etildi. Texnopark tarkibida elektron plata yig‘ish bo‘limini tashkil etilgan bo'lib, mazkur bo‘limda navigatsiya va boshqaruv elektron platalari, sanoat elektron modullari hamda zamonaviy monitoring tizimlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, yuqori aniqlikdagi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tashrif yakunida loyihani samarali va sifatli amalga oshirish, texnopark faoliyatini yanada takomillashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona 24 |Farg‘ona davlat texnika universiteti va “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Bugun “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ka
+9
Bugun “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigini o‘qib eshittirdim. Tanlovning tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi. Tanlov ko‘plab maktab bitiruvchilari hayotida yangi sahifa ochib, 22 ming nafar yigit-qiz uchun ishlash, ta’lim olish yoki mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini yaratdi. Yakunlarga ko‘ra, o‘nta kasb yo‘nalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topildi. Tabrikda tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida munosib ishtirok etishga tayyorlashni hozirdan boshlash zarurligi qayd etildi. Bu maqsadda eng kuchli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, jamoani zamonaviy uskunalar va o‘quv-mashq bazasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Davlatimiz rahbarining qutlovida butun O‘zbekiston yoshlariga xalqimizning yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlanish, yangi bilim va texnologiyalarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda o‘z kasbining eng ilg‘or mutaxassisi bo‘lib yetishish da’vati yangradi. Ular o‘z mehnati, bilimi va ko‘nikmalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etadigan oltin avlod bo‘lib yetishishiga ishonch bildirildi. — Сегодня в комплексе «Humo Arena» состоялась церемония награждения впервые проведенного в нашей стране Национального конкурса профессионального мастерства «Созидатели Нового Узбекистана» на приз Президента. На мероприятии я зачитал поздравление Президента Шавката Мирзиёева победителям конкурса. В районном и городском этапе конкурса свои способности проявили более 124 тысяч молодых людей. Конкурс открыл новую страницу в жизни многих выпускников школ – у 22 тысяч юношей и девушек появилась возможность получить работу, образование или обрести свое место на рынке труда. По итогам состязаний по десяти профессиям 120 участников, показавших лучшие результаты, признаны победителями и призерами. В поздравлении отмечена необходимость сформировать из числа победителей конкурса и его участников, показавших высокие результаты, сборную команду Узбекистана и уже сейчас начать ее подготовку к достойному выступлению на международном конкурсе профессий «WorldSkills International». Для этого предусматривается привлечение опытных отечественных и зарубежных специалистов, обеспечение команды современным оборудованием и создание необходимой учебно-тренировочной базы. В поздравлении главы нашего государства прозвучал призыв ко всей молодежи Узбекистана оправдывать высокое доверие народа, быть всегда в поиске, осваивать новые знания и технологии, изучать иностранные языки и становиться лучшими в своей профессии. Выражена уверенность, что они своим трудом, знаниями и навыками внесут достойный вклад в развитие нашей страны и станут золотым поколением созидателей Нового Узбекистана. Facebook|Instagram|X

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Ulug’ maqsadlarga erishish - f
+1
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Ulug’ maqsadlarga erishish - faoliyatimiz dasturamali" nomli maqolasi "Yangi Farg’ona" gazetasining bugungi sonida chop etildi. Maqolani o'qish
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Forum FARG‘ONADA DEPUTATLAR FORUMI O‘TKAZILDI Bugun, Farg‘onada “Hududlar va mahallalar taraqqiyotini ta’minlashda mahalliy
+7
#Forum FARG‘ONADA DEPUTATLAR FORUMI O‘TKAZILDI
Bugun, Farg‘onada “Hududlar va mahallalar taraqqiyotini ta’minlashda mahalliy Kengash deputatlarining o‘rni” mavzusida Deputatlar forumi bo‘lib o‘tdi.
🔹Ushbu forumda Farg‘ona viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlari hamda partiya faollari ishtirok etdi. Tadbir davomida dolzarb ekologik muammolar, ularning yechimlari, ekologik qonunchilikdagi yangi yondashuvlar hamda jamoatchilik nazorati masalalari muhokama qilindi. 🖇️Mazkur forumda, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ham ishtirok etdi. Forum davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta'minlash, qonun ijodkorligi, ochiq muloqot va dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish hamda muhim tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, soha vakillari ekologik yo‘nalishdagi startap loyihalar, ijodiy ishlar va amaliy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi Forum doirasida hududlarda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalar taraqqiyotini ta’minlash va mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan fikr va takliflar bildirildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Ilmiy_kengash Farg‘ona davlat texnika universitetida navbatdan tashqari Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🔹Ilmiy kengas
+4
#Ilmiy_kengash
Farg‘ona davlat texnika universitetida navbatdan tashqari Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔹Ilmiy kengashda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev va kengash a'zolari ishtirok etishdi. Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni ijrosini ta’minlash, universitet tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish hamda mavjud moddiy-texnik bazadan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi. 🖇Ilmiy kengashda universitetning fakultet va kafedralari faoliyatini optimallashtirish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv laboratoriyalarini qayta joylashtirish hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy o‘zgarishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. ✨Shuningdek, Talabalar turar joyida (TTJ) istiqomat qiluvchi talabalar uchun yashash to‘lovi miqdorini belgilash masalasi ham ko‘rib chiqilib, bu borada tegishli qaror qabul qilindi. Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Farg‘onada Koreya investitsiyasi ishtirokidagi korxona tez kunlarda ishga tushiriladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy
+4
Farg‘onada Koreya investitsiyasi ishtirokidagi korxona tez kunlarda ishga tushiriladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do hamda xitoylik hamkor kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Ekoshahardagi korxona qurilishining borishi, IT va ta’lim yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalar hamda yangi rejalar haqida so‘z yuritildi. Mazkur kompaniya viloyatimizdagi loyihaga 20 million dollar miqdorida sarmoya kiritmoqda. Yangi korxonada ichki bozor va eksport uchun interaktiv elektron doskalar (IFPD), elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalar, tibbiy jihozlar va boshqa turdagi mahsulotlar mahalliy tarzda ishlab chiqariladi. — В Фергане в ближайшее время будет запущено предприятие с участием корейских инвестиций — A Korea-Invested Manufacturing Plant to Begin Operations in Fergana Soon Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Jarayon YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDAGI HOLAT O‘RGANILMOQDA 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori,
+3
#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDAGI HOLAT O‘RGANILMOQDA
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetning Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakultetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. 🖇️Jarayon davomida o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari, mavjud moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar holati o‘rganildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, auditoriya va laboratoriyalarni zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Belgilangan vazifalarning ijrosi nazoratga olinib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTUni_tanla #ATT_fakulteti Sun’iy intellekt, robototexnika, dasturlash hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyala
#FDTUni_tanla #ATT_fakulteti
Sun’iy intellekt, robototexnika, dasturlash hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida puxta bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashni istaysizmi?
🔹Unda Farg‘ona davlat texnika universitetining Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya fakultetini tanlang! Farg‘ona davlat texnika universiteti kelajagingizning ishonchli poydevori!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Videolavha Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetning Yengil sanoat va to‘qimachilik, Energetika muhandisligi hamda Mexanika-mashinasozlik fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Jarayon YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDA HOLAT O‘RGANILDI 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, prof
+5
#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: FAKULTETLARDA HOLAT O‘RGANILDI
🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetning Yengil sanoat va to‘qimachilik, Energetika muhandisligi hamda Mexanika-mashinasozlik fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. 🖇️Jarayon davomida o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot xonalari, mavjud moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar holati o‘rganildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, auditoriya va laboratoriyalarni zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Belgilangan vazifalarning ijrosi nazoratga olinib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt