Rustam Tojiyev Blog
Відкрити в Telegram
Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
591
Підписники
+3324 години
+2947 днів
+30530 днів
Архів дописів
+4
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.🔹Jumladan, oliygoh qoshida tashkil etilgan “Qurilish-sinov laboratoriyasi”, universitetning Sun’iy intellekt laboratoriyasida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya jarayonlari ko‘zdan kechirildi. 🖇Shu bilan birgalikda, amalga oshirilayotgan ishlarning qurilish sifati, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ayni paytda laboratoriya va o‘quv binolari zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Mazkur loyihalar talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun qulay, innovatsion va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#FDTU_OAV_nigohida
Farg'ona 24 | Farg‘ona davlat texnika universitetida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ishbilarmonlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
#dual_taʼlim #energetika
Energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda dual ta’limga e’tibor kuchaytirilmoqda
Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarini uzviy bog‘lashga qaratilgan dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tizim asosida 3–4-bosqich talabalari nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida mustahkamlash, zamonaviy energetika obyektlarida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga zarur kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+4
#Uch_avlod_uchrashuvi
UCH AVLOD VAKILLARI BIR DAVRADA JAM BO‘LDI🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida universitetning turli yillarda tahsil olgan bitiruvchilari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Samimiy ruhda o‘tgan tadbirda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ham ishtirok etib, bitiruvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi. 🖇️Uchrashuv davomida rektor tomonidan bugungi kunda universitetda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan natijalar, ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. ✨Shuningdek, universitetni tamomlagan bitiruvchilar bilan doimiy aloqalarni mustahkamlash, ularning tajriba va takliflaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Universitet eshiklari o‘zining barcha bitiruvchilari uchun hamisha ochiq ekani qayd etildi. Uchrashuvning quvonchli lahzalaridan biri esa universitetning omadli bitiruvchilaridan biriga diplomning rektor tomonidan tantanali ravishda topshirilgani bo‘ldi. Tadbir davomida bitiruvchilar o‘zlarining talabalik yillarini yodga olib, universitetdagi unutilmas kunlar, ustozlar va yoshlik xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Samimiy suhbat va iliq xotiralar uch avlod vakillarini yanada yaqinlashtirdi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+8
#Jarayon
Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ta’limning sirtqi shakliga hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbat jarayonlari tashkil etildi. 🖇 Suhbat jarayonida universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ishtirok etib, talabgorlar bilan bevosita muloqot qildi hamda ularning fikr va takliflarini tingladi. ♻️ Jarayon davomida ta’limga qabulda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Suhbat yakunida talabgorlarga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlari va keyingi jarayonlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+6
#Tashrif
Farg‘ona davlat texnika universitetiga Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov tashrif buyurdi.🔹Tashrif davomida universitet qoshida tashkil etilgan o‘quv, ilmiy-innovatsion laboratoriyalar faoliyati bilan tanishildi. O‘nga yaqin zamonaviy kimyo laboratoriyalarini o‘zida mujassam etgan ilmiy markaz talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Laboratoriyalarning zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangani, talabalar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanish olib borishi hamda yangi ishlanmalar ustida ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar taqdim etildi. 🖇️Shuningdek, Agentlik direktori universitet qoshidagi “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan ham tanishdi. Texnoparkda qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Texnoparkda yo‘lga qo‘yilayotgan elektron plata yig‘ish bo‘limi faoliyati ham taqdim etildi. Mazkur yo‘nalishda navigatsiya va boshqaruv elektron platalari, sanoat elektron modullari hamda zamonaviy monitoring tizimlarini ishlab chiqish, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Tashrif yakunida mazkur loyihalarda hamkorlikni yo’lga qo’yish va texnopark faoliyatini yanada rivojlantirishda birgalikda ishlash bo’yicha kelishuvlarga erishildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija
DIQQAT, E'LON!
YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.
Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.
Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:
– Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;
– Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.
Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;
– Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;
– aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;
– qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;
– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;
– Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.
Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.
Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.
Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.
Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.
Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#FDTU_OAV_nigohida
Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Dual ta’lim - kasb va texnologiyani bog’lovchi strategik ko’prik” nomli maqolasi "Hurriyat" gazetasining navbatdagi sonida chop etildi.
Maqolani o'qish
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#Texnikum_suhbat
#Videolavha
Farg'ona davlat texnika universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'limi yo'nalishlariga o'qishga qabul qilish bo'yicha suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.
Jarayonlar haqida batafsil videolavha orqali tanishing!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+6
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlashga qaratilgan bunyodkorlik va tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.🔹 Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev oliygohda barpo etilayotgan zamonaviy ochiq kutubxona va kovorking markazi, shuningdek, Sun’iy intellekt laboratoriyasida olib borilayotgan qurilish ishlari va fakultetlardagi yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. 🖇Tashrif davomida fakultetlardagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. ✨ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv xonalarini zamonaviy va zarur jihozlar bilan ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Zamonaviy ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan mazkur loyihalar Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfalardan biri bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+6
#Texnikum_suhbat
🔰Bugun Farg'ona davlat texnika universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'limi yo'nalishlariga o'qishga qabul qilish bo'yicha suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.
🔹Yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilar belgilangan xonalarda nizom talablari asosida savollarga javob berishdi.
🖇Farzandlarini qo'llab-quvvatlash uchun kelgan ota-onalar va ularning yaqinlari universitet hududida tashkillangan maxsus kutish joylarida imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+3
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo'lib o'tdi.🔹Suhbat jarayonlari boshlanishidan avval universitet rektori, professor Rustam Tojiyev mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda suhbatlarni ochiq, shaffof va adolatli tashkil etish, barcha talabgorlar uchun teng sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🖇 Rektor tomonidan suhbat jarayonida korrupsion holatlar va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, har qanday noqonuniy aralashuv va xolislikka putur yetkazuvchi holatlarga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Jarayonlarning amaldagi nizom talablari asosida, inson omilidan kelib chiqadigan turli salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymagan holda, halollik, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilishi qat’iy ta’kidlandi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Ishlab chiqarishda boshqaruv hamda Kimyo texnologiya fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+5
#Jarayon
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Ishlab chiqarishda boshqaruv hamda Kimyo texnologiya fakultetlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. 🖇️Tashrif davomida o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, moddiy-texnik baza hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. 📌Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv xonalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+3
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishdi🔹O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yuldashev Qahramon Anvardjanovich Farg‘ona davlat texnika universitetining “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishdi. 🖇Mazkur texnopark qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. ✨Tashrif davomida texnoparkda amalga oshirilayotgan loyihalar, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish istiqbollari hamda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish borasidagi ishlar taqdim etildi. Texnopark tarkibida elektron plata yig‘ish bo‘limini tashkil etilgan bo'lib, mazkur bo‘limda navigatsiya va boshqaruv elektron platalari, sanoat elektron modullari hamda zamonaviy monitoring tizimlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, yuqori aniqlikdagi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tashrif yakunida loyihani samarali va sifatli amalga oshirish, texnopark faoliyatini yanada takomillashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#FDTU_OAV_nigohida
Farg'ona 24 |Farg‘ona davlat texnika universiteti va “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida dual ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
+9
Bugun “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigini o‘qib eshittirdim.
Tanlovning tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi. Tanlov ko‘plab maktab bitiruvchilari hayotida yangi sahifa ochib, 22 ming nafar yigit-qiz uchun ishlash, ta’lim olish yoki mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini yaratdi. Yakunlarga ko‘ra, o‘nta kasb yo‘nalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topildi.
Tabrikda tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida munosib ishtirok etishga tayyorlashni hozirdan boshlash zarurligi qayd etildi. Bu maqsadda eng kuchli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish, jamoani zamonaviy uskunalar va o‘quv-mashq bazasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Davlatimiz rahbarining qutlovida butun O‘zbekiston yoshlariga xalqimizning yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlanish, yangi bilim va texnologiyalarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda o‘z kasbining eng ilg‘or mutaxassisi bo‘lib yetishish da’vati yangradi. Ular o‘z mehnati, bilimi va ko‘nikmalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etadigan oltin avlod bo‘lib yetishishiga ishonch bildirildi.
—
Сегодня в комплексе «Humo Arena» состоялась церемония награждения впервые проведенного в нашей стране Национального конкурса профессионального мастерства «Созидатели Нового Узбекистана» на приз Президента.
На мероприятии я зачитал поздравление Президента Шавката Мирзиёева победителям конкурса.
В районном и городском этапе конкурса свои способности проявили более 124 тысяч молодых людей. Конкурс открыл новую страницу в жизни многих выпускников школ – у 22 тысяч юношей и девушек появилась возможность получить работу, образование или обрести свое место на рынке труда. По итогам состязаний по десяти профессиям 120 участников, показавших лучшие результаты, признаны победителями и призерами.
В поздравлении отмечена необходимость сформировать из числа победителей конкурса и его участников, показавших высокие результаты, сборную команду Узбекистана и уже сейчас начать ее подготовку к достойному выступлению на международном конкурсе профессий «WorldSkills International». Для этого предусматривается привлечение опытных отечественных и зарубежных специалистов, обеспечение команды современным оборудованием и создание необходимой учебно-тренировочной базы.
В поздравлении главы нашего государства прозвучал призыв ко всей молодежи Узбекистана оправдывать высокое доверие народа, быть всегда в поиске, осваивать новые знания и технологии, изучать иностранные языки и становиться лучшими в своей профессии. Выражена уверенность, что они своим трудом, знаниями и навыками внесут достойный вклад в развитие нашей страны и станут золотым поколением созидателей Нового Узбекистана.
Facebook|Instagram|X
+1
#FDTU_OAV_nigohida
Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevning "Ulug’ maqsadlarga erishish - faoliyatimiz dasturamali" nomli maqolasi "Yangi Farg’ona" gazetasining bugungi sonida chop etildi.
Maqolani o'qish
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
+7
#Forum
FARG‘ONADA DEPUTATLAR FORUMI O‘TKAZILDI
Bugun, Farg‘onada “Hududlar va mahallalar taraqqiyotini ta’minlashda mahalliy Kengash deputatlarining o‘rni” mavzusida Deputatlar forumi bo‘lib o‘tdi.🔹Ushbu forumda Farg‘ona viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlari hamda partiya faollari ishtirok etdi. Tadbir davomida dolzarb ekologik muammolar, ularning yechimlari, ekologik qonunchilikdagi yangi yondashuvlar hamda jamoatchilik nazorati masalalari muhokama qilindi. 🖇️Mazkur forumda, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ham ishtirok etdi. Forum davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta'minlash, qonun ijodkorligi, ochiq muloqot va dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish hamda muhim tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, soha vakillari ekologik yo‘nalishdagi startap loyihalar, ijodiy ishlar va amaliy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi Forum doirasida hududlarda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalar taraqqiyotini ta’minlash va mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan fikr va takliflar bildirildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
