Rustam Tojiyev Blog
Open in Telegram
Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
466
Subscribers
+14824 hours
+1537 days
+16030 days
Posts Archive
+7
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.🔹Tadbir doirasida ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni munosib taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, 21 nafar professor-o‘qituvchi va xodimga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari topshirildi. 🖇Yubiley yoshiga yetgan ustozlar, ilmiy daraja va unvonlarga ega professor-o‘qituvchilar ham e’tirof etilib, fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Farg‘ona davlat texnika universitetining Faxriy professori” unvoni topshirildi. ✨Ilmiy faoliyat va metodologik ko‘rsatkichlarda yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar, kafedralar va fakultetlar ham rag‘batlantirildi. Universitet kasaba uyushmasi tomonidan faol deb e’tirof etilgan kafedra va bo‘limlar ham munosib taqdirlandi. Shuningdek, universitet vakillarining “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi yakuniy bosqichiga yo‘llanma olgan loyihalari ham alohida e’tirof etildi. Xabaringiz bor, universitetning 4 ta ta’lim dasturi Yevropaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkiloti — ASIIN tomonidan muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etganlar ham munosib rag'batlantirildi. Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
+6
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.🔹Tadbirda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi. Tantanali yig‘ilishda universitet rektori, professor R. Tojiyev so‘zga chiqib, barchani yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi hamda yangi o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga muvaffaqiyat tiladi. 🖇Shuningdek, yig‘ilish davomida universitetning o‘tgan davrdagi faoliyati va erishilgan natijalari sarhisob qilinib, yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari belgilandi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘limi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar yig‘ilish ishtirokchilariga havola etildi.
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
+4
#Ilmiy_kengash
Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi🔹Yig‘ilishda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev hamda Ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi. Unda kun tartibiga kiritilgan 6 ta asosiy va 15 ga yaqin turli masalalar atroflicha muhokama qilindi. 🖇 Kun tartibidagi dastlabki masala — pedagog xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish bo‘yicha tanlovlar to‘g‘risida bo‘lib, bu yuzasidan Kengash kotibi M. Shaxodjayev axborot berdi. Shuningdek, yig‘ilishda:
— O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning universitetdagi ijrosi tahlil qilindi (axborotchi: bosh yuriskonsult M. Latipov); — Universitet Kengashining 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati sarhisob qilinib, 2026–2027-o‘quv yili uchun ish rejasi tasdiqlandi; — 2026–2027-o‘quv yili uchun ishchi o‘quv rejalar, kafedralar yuklamasi va ularning taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari, talabalar tanlovi bo‘yicha fanlar, ma’ruza o‘quvchi o‘qituvchilar ro‘yxati, ishchi va muvaqqat o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar, baholash mezonlari, dars jadvali hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi (axborotchi: O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Sh. Hamdamova); — 2025–2026-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, 1–2-kurslarni tamomlagan talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash, shuningdek, ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxatini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi (axborotchi: Registrator ofisi rahbari Ulug‘bek Qahharov); — Universitetda ijro intizomi hamda yo‘riqnoma hujjatlarining bajarilish holati yuzasidan hisobot tinglandi (axborotchi: M. Tojiboyev).Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+5
#Suhbat
Farg‘ona davlat texnika universitetida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.🔹 Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan nomzodlarning bilim va tajribasi, kasbiy salohiyati hamda kompetensiyalari suhbat asosida baholandi. 🖇Suhbat jarayonida talabgorlarning egallanishi rejalashtirilgan lavozimga munosibligi, kasbiy ko‘nikmalari va ta’lim jarayoniga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasiga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 1-akademik litseyda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.🔹Tadbirda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ishtirok etib, akademik litsey jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. 🖇Ushbu tadbir davomida akademik litseyning o‘tgan o‘quv yilidagi yutuqlari alohida e’tirof etildi. Jumladan, o‘tgan o‘quv yilida akademik litseyni 226 nafar bitiruvchi tamomlab barchasi respublikamizdagi nufuzli hamda xalqaro oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi. Shuningdek, 25 nafar bitiruvchi 189 ball bilan hamda 100 foizlik sertifikat natijalari asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchilarning 99 foizi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi. Akademik litsey o‘quvchilari nafaqat ta’lim, balki sport sohasida ham yuksak natijalarni qayd etdilar. 2 nafar bitiruvchi respublika va xalqaro sport musobaqalarida g‘olib bo‘lib, erishgan yutuqlari asosida talabalikka qabul qilindi. ✨2026–2027-o‘quv yili uchun akademik litseyga o‘qishga qabul qilish jarayonida ham katta qiziqish kuzatildi. Jami 260 ta o‘rin uchun 2144 ta ariza kelib tushdi. Bu akademik litseyda yaratilgan ta’lim muhiti, ustozlarning salohiyati hamda ta’lim sifatiga bo‘lgan yuksak ishonchning yaqqol ifodasidir. Mazkur tadbirda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga, yurtimiz taraqqiyoti uchun munosib kadrlar bo‘lib yetishishga chaqirdi. Shuningdek, akademik litsey jamoasining erishayotgan yutuqlarini yuqori baholab, o‘quvchilar va pedagoglarni kelgusidagi ulkan marralar sari ruhlantirdi. Yangi 2026–2027-o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga ulkan zafarlar, ustozlarimizga yangi yutuqlar va akademik litsey jamoasiga yanada katta muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#FDTU_OAV_nigohida
Yangiliklar| “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti hamkorligida dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv tafsiloti.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌O‘tgan 25 yil davomida ShHT teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashdi;
📌Hamkorligimiz markazida ShHTning geografik va strategik o‘zagi bo‘lgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz;
📌Yaqin Sharqda muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qat’iy tarafdorimiz;
📌ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak;
📌“ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etaman. Uning asosiy maqsadi o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat bo‘lishi lozim;
📌Maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz;
📌Hozirning o‘zidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan ShHT Taraqqiyot bankini amaliy ishga tushirishga o‘tishni zarur deb hisoblaymiz;
📌Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni olqishlaymiz;
📌Kelgusi yili Toshkent shahrida ShHTning sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishga tayyormiz;
📌Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar mamlakatlarimizning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ShHT doirasida ushbu masalalar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish zaruratini taqozo etmoqda;
📌ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman;
📌Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti keldi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Repost from Edu.uz
🇺🇿 Bayramga munosib tuhfa:
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!”
📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir guruh olimlar bilan hamkorlikda ulug‘ ayyom arafasida muhim ma’naviy-ma’rifiy nashr tayyorlandi. “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitobda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmunan keng va chuqur sharhlangan.
Kitobning bosh g‘oyasi bir jumlada mujassam: “Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!” Bu shunchaki da’vat emas. Bu — birlikka chaqiriq. Bu — tarixiy mas’uliyat. Bu — kelajakka ishonch. Bu — har bir yurtdoshimizni Vatan taraqqiyotiga daxldor bo‘lishga undaydigan ezgu maqsad!Kitobda Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan tarixiy haqiqatlar, strategik maqsadlar, ustuvor vazifalar, muhim raqamlar va istiqbolli rejalar izchillik bilan tahlil qilingan. Yana bir muhim jihat: nashr infografikalar bilan boyitilgan. Ular orqali tarixiy taraqqiyot bosqichlari, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, ustuvor strategik yo‘nalishlar hamda milliy maqsadlar ko‘rgazmali va ixcham shaklda ifodalangan.
Mazkur qo‘llanma ayniqsa yosh avlodning mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni anglashi, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri idrok etishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bugungi yoshlar — tarixni faqat o‘rganuvchi emas, balki
Yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratadigan bunyodkor
lardir.Shu nuqtai nazardan, “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” kitobi Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlarida foydalanish uchun samarali qo‘llanma bo‘la oladi. Kirobning elektron shakli Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Tabrik
Aziz professor-o‘qituvchilar, qadrli xodimlar va talabalar!🔹Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, erkin va farovon hayotimiz hamda buyuk kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Yurtimizda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor barchamizni Vatan ravnaqi yo‘lida yangi marralar sari intilishga undamoqda. ✨Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Universitetimiz jamoasining ahilligi, fidoyiligi va bunyodkorlik ruhi bundan buyon ham yangi yutuqlarimizga qanot bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin! Hurmat bilan, Rustam Tojiyev Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Kuzatishda davom etingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:
📌Ochiq ruhda kechgan muloqotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi;
📌Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan salohiyatli strategik sherigimizdir;
📌Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarildi;
📌Kelishuvlarimizning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratishga qaror qildik;
📌O‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollardan ortdi, 2030-yilga qadar ushbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqchimiz;
📌Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirishga kelishdik;
📌Energetika, o‘ta muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik kuchaytiriladi;
📌BMT, ShHT, Qo‘shilmaslik harakati, BRICS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashni bundan keyin ham davom ettiramiz;
📌O‘zbek va hind xalqlarini bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar chambarchas bog‘lab turadi;
📌O‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish bilan birga yangi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ham ishga tushiramiz;
📌30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro qatnovlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi;
📌Qabul qilingan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. "Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Mustaqillik_35
#Videolavha
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida faxriy professor-o‘qituvchilar hamda mehnat faxriylari, ishchi-xodimlar holidan xabar olish, ularga bayram tabrigini yetkazish maqsadida xonadonlariga tashriflar tashkil etildi🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar xonadonlariga tashrif buyurib, ularni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing!
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
#Mustaqillik_35
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan universitet Matbuot xizmati tomonidan Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasining samimiy bayram tabrigi aks etgan videorolik tayyorlandi.🇺🇿 Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, farovonlik va ezgu niyatlar ro‘yobini tilaymiz. Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):
📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir;
📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi;
📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz;
📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi;
📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi;
📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi;
📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi;
📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz;
📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi;
📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz;
📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz;
📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q;
📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi.
Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;
📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;
📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;
📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbob Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;
📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;
📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;
📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;
📌 2030-yilda borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;
📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;
📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;
📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;
📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.
Facebook|Instagram|X
Istiqlolimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etmoqda.
—
Торжества по случаю 35-й годовщины независимости продолжаются красочной концертной программой.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
