ar
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

الذهاب إلى القناة على Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
548
المشتركون
+2124 ساعات
+2647 أيام
+27230 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Edu.uz
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti Hurmatli ustozlar! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi. Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Dars ssenariysi 1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Jarayon 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Energetika muhandisligi fakultetida bo‘lib,
+5
#Jarayon 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Energetika muhandisligi fakultetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 🖇Tashrif davomida fakultetdagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. ✨Shuningdek, energetika sohasi uchun yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rektor tomonidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda dual ta’limni amaliyot bilan yanada uyg‘unlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona 24 | Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Repost from Edu.uz
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR!
🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘tkazilgan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi nafaqat erishilgan yutuqlar sarhisobi, balki yangi marralar sari dadil qadamlar uchun muhim start bo‘ldi. 2026–2027-o‘quv yili Farg‘ona davlat texnika universiteti uchun yangi g‘alabalar, ilmiy kashfiyotlar, ezgu tashabbuslar va yuksak natijalar yili bo‘lsin! Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR! 🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘t
+4
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR!
🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘tkazilgan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi nafaqat erishilgan yutuqlar sarhisobi, balki yangi marralar sari dadil qadamlar uchun muhim start bo‘ldi. 🖇 Tantanali yig‘ilishning badiiy qismi ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘linmasi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan musiqiy kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi. ✨Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” Otabek Muhammadzohidning ijodiy chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq bag‘ishlab, tantanaga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdi. 2026–2027-o‘quv yili Farg‘ona davlat texnika universiteti uchun yangi g‘alabalar, ilmiy kashfiyotlar, ezgu tashabbuslar va yuksak natijalar yili bo‘lsin! Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yi
+7
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbir doirasida ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni munosib taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, 21 nafar professor-o‘qituvchi va xodimga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari topshirildi. 🖇Yubiley yoshiga yetgan ustozlar, ilmiy daraja va unvonlarga ega professor-o‘qituvchilar ham e’tirof etilib, fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Farg‘ona davlat texnika universitetining Faxriy professori” unvoni topshirildi. ✨Ilmiy faoliyat va metodologik ko‘rsatkichlarda yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar, kafedralar va fakultetlar ham rag‘batlantirildi. Universitet kasaba uyushmasi tomonidan faol deb e’tirof etilgan kafedra va bo‘limlar ham munosib taqdirlandi. Shuningdek, universitet vakillarining “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi yakuniy bosqichiga yo‘llanma olgan loyihalari ham alohida e’tirof etildi. Xabaringiz bor, universitetning 4 ta ta’lim dasturi Yevropaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkiloti — ASIIN tomonidan muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etganlar ham munosib rag'batlantirildi. Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
+6
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi. Tantanali yig‘ilishda universitet rektori, professor R. Tojiyev so‘zga chiqib, barchani yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi hamda yangi o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga muvaffaqiyat tiladi. 🖇Shuningdek, yig‘ilish davomida universitetning o‘tgan davrdagi faoliyati va erishilgan natijalari sarhisob qilinib, yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari belgilandi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘limi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar yig‘ilish ishtirokchilariga havola etildi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

#Ilmiy_kengash Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🔹Yig‘il
+4
#Ilmiy_kengash
Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔹Yig‘ilishda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev hamda Ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi. Unda kun tartibiga kiritilgan 6 ta asosiy va 15 ga yaqin turli masalalar atroflicha muhokama qilindi. 🖇 Kun tartibidagi dastlabki masala — pedagog xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish bo‘yicha tanlovlar to‘g‘risida bo‘lib, bu yuzasidan Kengash kotibi M. Shaxodjayev axborot berdi. Shuningdek, yig‘ilishda:
— O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning universitetdagi ijrosi tahlil qilindi (axborotchi: bosh yuriskonsult M. Latipov); — Universitet Kengashining 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati sarhisob qilinib, 2026–2027-o‘quv yili uchun ish rejasi tasdiqlandi; — 2026–2027-o‘quv yili uchun ishchi o‘quv rejalar, kafedralar yuklamasi va ularning taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari, talabalar tanlovi bo‘yicha fanlar, ma’ruza o‘quvchi o‘qituvchilar ro‘yxati, ishchi va muvaqqat o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar, baholash mezonlari, dars jadvali hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi (axborotchi: O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Sh. Hamdamova); — 2025–2026-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, 1–2-kurslarni tamomlagan talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash, shuningdek, ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxatini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi (axborotchi: Registrator ofisi rahbari Ulug‘bek Qahharov); — Universitetda ijro intizomi hamda yo‘riqnoma hujjatlarining bajarilish holati yuzasidan hisobot tinglandi (axborotchi: M. Tojiboyev).
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas. Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi. Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor. Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Suhbat Farg‘ona davlat texnika universitetida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘y
+5
#Suhbat
Farg‘ona davlat texnika universitetida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
🔹 Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan nomzodlarning bilim va tajribasi, kasbiy salohiyati hamda kompetensiyalari suhbat asosida baholandi. 🖇Suhbat jarayonida talabgorlarning egallanishi rejalashtirilgan lavozimga munosibligi, kasbiy ko‘nikmalari va ta’lim jarayoniga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasiga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentim
+5
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту. #Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 1-akademik litseyda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tant
+6
Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 1-akademik litseyda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev ishtirok etib, akademik litsey jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. 🖇Ushbu tadbir davomida akademik litseyning o‘tgan o‘quv yilidagi yutuqlari alohida e’tirof etildi. Jumladan, o‘tgan o‘quv yilida akademik litseyni 226 nafar bitiruvchi tamomlab barchasi respublikamizdagi nufuzli hamda xalqaro oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi. Shuningdek, 25 nafar bitiruvchi 189 ball bilan hamda 100 foizlik sertifikat natijalari asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchilarning 99 foizi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi. Akademik litsey o‘quvchilari nafaqat ta’lim, balki sport sohasida ham yuksak natijalarni qayd etdilar. 2 nafar bitiruvchi respublika va xalqaro sport musobaqalarida g‘olib bo‘lib, erishgan yutuqlari asosida talabalikka qabul qilindi.2026–2027-o‘quv yili uchun akademik litseyga o‘qishga qabul qilish jarayonida ham katta qiziqish kuzatildi. Jami 260 ta o‘rin uchun 2144 ta ariza kelib tushdi. Bu akademik litseyda yaratilgan ta’lim muhiti, ustozlarning salohiyati hamda ta’lim sifatiga bo‘lgan yuksak ishonchning yaqqol ifodasidir. Mazkur tadbirda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga, yurtimiz taraqqiyoti uchun munosib kadrlar bo‘lib yetishishga chaqirdi. Shuningdek, akademik litsey jamoasining erishayotgan yutuqlarini yuqori baholab, o‘quvchilar va pedagoglarni kelgusidagi ulkan marralar sari ruhlantirdi. Yangi 2026–2027-o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga ulkan zafarlar, ustozlarimizga yangi yutuqlar va akademik litsey jamoasiga yanada katta muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#FDTU_OAV_nigohida Yangiliklar| “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti hamkorligida dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv tafsiloti. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘tgan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘tgan 25 yil davomida ShHT teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashdi;   📌Hamkorligimiz markazida ShHTning geografik va strategik o‘zagi bo‘lgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz;   📌Yaqin Sharqda muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qat’iy tarafdorimiz;   📌ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak;   📌“ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etaman. Uning asosiy maqsadi o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat bo‘lishi lozim;   📌Maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz;   📌Hozirning o‘zidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan ShHT Taraqqiyot bankini amaliy ishga tushirishga o‘tishni zarur deb hisoblaymiz;   📌Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni olqishlaymiz;   📌Kelgusi yili Toshkent shahrida ShHTning sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishga tayyormiz;   📌Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar mamlakatlarimizning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ShHT doirasida ushbu masalalar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish zaruratini taqozo etmoqda;   📌ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman;   📌Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti keldi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Edu.uz
🇺🇿 Bayramga munosib tuhfa: “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” 📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma'na
🇺🇿 Bayramga munosib tuhfa: “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” 📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir guruh olimlar bilan hamkorlikda ulug‘ ayyom arafasida muhim ma’naviy-ma’rifiy nashr tayyorlandi. “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitobda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmunan keng va chuqur sharhlangan.
Kitobning bosh g‘oyasi bir jumlada mujassam: “Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!” Bu shunchaki da’vat emas. Bu — birlikka chaqiriq. Bu — tarixiy mas’uliyat. Bu — kelajakka ishonch. Bu — har bir yurtdoshimizni Vatan taraqqiyotiga daxldor bo‘lishga undaydigan ezgu maqsad!
Kitobda Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan tarixiy haqiqatlar, strategik maqsadlar, ustuvor vazifalar, muhim raqamlar va istiqbolli rejalar izchillik bilan tahlil qilingan. Yana bir muhim jihat: nashr infografikalar bilan boyitilgan. Ular orqali tarixiy taraqqiyot bosqichlari, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, ustuvor strategik yo‘nalishlar hamda milliy maqsadlar ko‘rgazmali va ixcham shaklda ifodalangan.
Mazkur qo‘llanma ayniqsa yosh avlodning mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni anglashi, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri idrok etishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bugungi yoshlar — tarixni faqat o‘rganuvchi emas, balki
Yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratadigan bunyodkor
lardir.
Shu nuqtai nazardan, “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” kitobi Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlarida foydalanish uchun samarali qo‘llanma bo‘la oladi. Kirobning elektron shakli Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Tabrik Aziz professor-o‘qituvchilar, qadrli xodimlar va talabalar! 🔹Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 y
#Tabrik
Aziz professor-o‘qituvchilar, qadrli xodimlar va talabalar!
🔹Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, erkin va farovon hayotimiz hamda buyuk kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Yurtimizda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor barchamizni Vatan ravnaqi yo‘lida yangi marralar sari intilishga undamoqda. ✨Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Universitetimiz jamoasining ahilligi, fidoyiligi va bunyodkorlik ruhi bundan buyon ham yangi yutuqlarimizga qanot bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin! Hurmat bilan, Rustam Tojiyev Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:   📌Ochiq ruhda kechgan muloqotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi;   📌Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan salohiyatli strategik sherigimizdir;   📌Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarildi;   📌Kelishuvlarimizning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratishga qaror qildik;   📌O‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollardan ortdi, 2030-yilga qadar ushbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqchimiz;   📌Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirishga kelishdik;   📌Energetika, o‘ta muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik kuchaytiriladi;   📌BMT, ShHT, Qo‘shilmaslik harakati, BRICS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashni bundan keyin ham davom ettiramiz;   📌O‘zbek va hind xalqlarini bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar chambarchas bog‘lab turadi;   📌O‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish bilan birga yangi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ham ishga tushiramiz;   📌30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro qatnovlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi;   📌Qabul qilingan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Koʻksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modini t
+9
Koʻksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi boʻldi. #Mirziyoyev #tashrif #Hindiston #marosim Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi
+6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. "Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram