Scopus Academy
Open in Telegram
Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 956
Subscribers
+424 hours
+1117 days
+20630 days
Number of Posts
Data loading in progress...
Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by
Data loading in progress...
Publication analysis
Posts | Views dynamics | |||||
❗️24 yil avvalgi mashhur maqola nega qaytarib olindi?
Ilmiy maqola 24 yil davomida qariyb ming marta iqtibos olishi mumkin. Bu uning abadiy ishonchli ekanini anglatadimi?
3-sentabr kuni Psychological Science jurnalidagi Dan Ariely va Klaus Wertenbrochning 2002-yilda chop etilgan mashhur procrastination tadqiqoti retraction qilindi. Data Colada tadqiqotchilari original ma’lumotlarni qayta tahlil qilib, jiddiy anomal belgilarni aniqlagan. Keyingi mustaqil replication ham original natijalarni tasdiqlamagan.
Voqeaning eng qiziq nuqtalaridan biri boshqa. Data Colada eski manuscript va 2001-yildagi peer-review materiallarini topib, shubhali tahlillardan biri reviewerlarning talabiga javoban maqolaga keyinchalik kiritilganini aniqlagan.
Bu “reviewer aybdor” degani emas. Reviewer ma’lum tahlilni so‘ragan bo‘lishi mumkin, ma’lumotning halolligi uchun esa muallif javobgar.
Lekin voqea juda muhim narsani eslatadi: peer review sifat kafolati, lekin mutlaq kafolat emas.
Hatto yuzlab citation olgan va o‘nlab yillar darsliklarda tilga olingan natijalar ham yangi dalillar paydo bo‘lsa qayta tekshirilishi mumkin.
Ilmning kuchi xato qilmasligida emas. Xatoni aniqlaganda ilmiy rekordni tuzata olishida.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 3 300 | 8 | 0 | 5 | Loading... | |
Ilmiy maqolalarni endi “robot reviewer”lar baholaydimi?
3-sentabr kuni Science jurnalida juda qiziq sarlavhali material chiqdi: “Ready for the robot reviewers?”
Bu savol bejiz emas. Ilmiy jurnallar yuz minglab maqolalarni ko‘rib chiqmoqda, sifatli reviewer topish esa tobora murakkablashmoqda. Shu sabab AI vositalaridan manuscriptni dastlabki tahlil qilish, reviewer fikrlarini strukturaga solish, adabiyotlarni tekshirish yoki texnik kamchiliklarni topishda foydalanish imkoniyatlari faol muhokama qilinmoqda.
Ammo maqolani to‘liq AI’ga berib, undan “accept” yoki “reject” qarorini kutish boshqa masala.
AI metodologik xatoni sezmasligi, aksincha mavjud bo‘lmagan muammoni yaratishi mumkin. Bundan tashqari, hali chop etilmagan manuscriptning maxfiyligi ham bor. Nature Computational Science ham AI reviewerga yordamchi bo‘lishi mumkinligini, lekin ilmiy hukm va yakuniy javobgarlik inson reviewerda qolishi kerakligini ta’kidlaydi.
Shuning uchun kelajakdagi peer review ehtimol “AI yoki inson?” tanlovi bo‘lmaydi. Ko‘proq “AI + inson eksperti” modeli shakllanadi.
Lekin bitta prinsip saqlanishi kerak: maqolani kim baholagan bo‘lsa, o‘sha baho uchun javob bera olishi lozim.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 630 | 2 | 0 | 1 | Loading... | |
AI maqola yozishga yordam berdi. Javobgarlik kimda?
1-sentabr kuni Nature ilmiy nashrlardagi juda muhim savolni ko‘tardi: generativ AI tadqiqotchining ishiga tobora ko‘proq aralashayotgan bir paytda, ilmiy natija uchun kim javob beradi?
Bugun AI adabiyotlarni qidiradi va umumlashtiradi, g‘oya shakllantirishga yordam beradi, matn yozadi, hatto reviewerlarning savollariga javob loyihasini tayyorlaydi. Demak, masala endi “AI ishlatish mumkinmi?” darajasidan ancha o‘tib ketdi. Asosiy masala — insonning real ilmiy hissasi qayerda boshlanib, AI hissasi qayerda tugashini aniqlash.
Naturedagi muhokamada authorship oddiygina maqolaga ism qo‘yish emasligi ta’kidlanadi. Mualliflik ilmiy hissa bilan birga natijaning aniqligi va halolligi uchun javobgarlikni ham anglatadi. AI esa bunday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Ehtimol, yaqin kelajakda maqolalarda “AI ishlatildi” deyishning o‘zi yetmaydi. AI tadqiqotning aynan qaysi bosqichida va qanday vazifani bajargani batafsil ko‘rsatilishi talab qilinadi.
AI ilmiy ishni tezlashtirishi mumkin. Lekin uning tezligi insonning ilmiy javobgarligini kamaytirmaydi. | 805 | 3 | 0 | 1 | Loading... | |
24 yil avvalgi mashhur maqola nega qaytarib olindi?
Ilmiy maqola 24 yil davomida qariyb ming marta iqtibos olishi mumkin. Bu uning abadiy ishonchli ekanini anglatadimi?
3-sentabr kuni Psychological Science jurnalidagi Dan Ariely va Klaus Wertenbrochning 2002-yilda chop etilgan mashhur procrastination tadqiqoti retraction qilindi. Data Colada tadqiqotchilari original ma’lumotlarni qayta tahlil qilib, jiddiy anomal belgilarni aniqlagan. Keyingi mustaqil replication ham original natijalarni tasdiqlamagan.
Voqeaning eng qiziq nuqtalaridan biri boshqa. Data Colada eski manuscript va 2001-yildagi peer-review materiallarini topib, shubhali tahlillardan biri reviewerlarning talabiga javoban maqolaga keyinchalik kiritilganini aniqlagan.
Bu “reviewer aybdor” degani emas. Reviewer ma’lum tahlilni so‘ragan bo‘lishi mumkin, ma’lumotning halolligi uchun esa muallif javobgar.
Lekin voqea juda muhim narsani eslatadi: peer review sifat kafolati, lekin mutlaq kafolat emas.
Hatto yuzlab citation olgan va o‘nlab yillar darsliklarda tilga olingan natijalar ham yangi dalillar paydo bo‘lsa qayta tekshirilishi mumkin.
Ilmning kuchi xato qilmasligida emas. Xatoni aniqlaganda ilmiy rekordni tuzata olishida.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 1 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Ilmiy maqolalarni endi “robot reviewer”lar baholaydimi?
3-sentabr kuni Science jurnalida juda qiziq sarlavhali material chiqdi: “Ready for the robot reviewers?”
Bu savol bejiz emas. Ilmiy jurnallar yuz minglab maqolalarni ko‘rib chiqmoqda, sifatli reviewer topish esa tobora murakkablashmoqda. Shu sabab AI vositalaridan manuscriptni dastlabki tahlil qilish, reviewer fikrlarini strukturaga solish, adabiyotlarni tekshirish yoki texnik kamchiliklarni topishda foydalanish imkoniyatlari faol muhokama qilinmoqda.
Ammo maqolani to‘liq AI’ga berib, undan “accept” yoki “reject” qarorini kutish boshqa masala.
AI metodologik xatoni sezmasligi, aksincha mavjud bo‘lmagan muammoni yaratishi mumkin. Bundan tashqari, hali chop etilmagan manuscriptning maxfiyligi ham bor. Nature Computational Science ham AI reviewerga yordamchi bo‘lishi mumkinligini, lekin ilmiy hukm va yakuniy javobgarlik inson reviewerda qolishi kerakligini ta’kidlaydi.
Shuning uchun kelajakdagi peer review ehtimol “AI yoki inson?” tanlovi bo‘lmaydi. Ko‘proq “AI + inson eksperti” modeli shakllanadi.
Lekin bitta prinsip saqlanishi kerak: maqolani kim baholagan bo‘lsa, o‘sha baho uchun javob bera olishi lozim.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 1 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Kecha Scopus bazasida indekslangan ikki jurnal muharriri bilan suhbatlashib qoldim. Ularning kuzatuviga ko‘ra, O‘zbekistondan yuborilayotgan maqolalarning juda katta qismida — ayrim oqimlarda hatto qariyb 90 foizigacha — submissiondan keyingi bosqichlarda mualliflar tarkibi o‘zgarib qolmoqda.
Albatta, maqola mualliflarining keyinchalik o‘zgarishi har doim ham qoidabuzarlik degani emas. Tadqiqot jarayonida yangi olimning real ilmiy hissasi paydo bo‘lishi, metodologiya yoki tahlilga jiddiy hissa qo‘shilishi mumkin. Bunday holatda mualliflik tarkibini o‘zgartirish ilmiy jihatdan asoslanishi mumkin.
Ammo bu holat muntazam tus olsa, ayniqsa maqola review jarayonidan o‘tib bo‘lgach yangi mualliflar paydo bo‘lsa, savollar tug‘iladi. Bu ba’zan haqiqiy xalqaro hamkorlik emas, balki tayyor yoki deyarli tayyor maqolaga pullik asosda hammuallif qo‘shish amaliyotining belgisi bo‘lishi mumkin.
Eng xavfli jihati shundaki, tashqi tomondan bunday maqola “xalqaro kollaboratsiya” ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Aslida esa ayrim hollarda hamkorlik ilmiy muammo, ma’lumot, metodologiya yoki tahlil atrofida emas, maqoladagi mualliflik pozitsiyasi atrofida shakllanishi mumkin.
Bu yerda juda oddiy mezon bor: muallif maqolaga qachon qo‘shilgani emas, tadqiqotning qaysi qismiga real ilmiy hissa qo‘shgani muhim.
Agar olim tadqiqot savolini shakllantirishda, metodologiyada, ma’lumot yig‘ishda, tahlilda, interpretatsiyada yoki maqolani ilmiy jihatdan qayta ishlashda sezilarli ishtirok etmagan bo‘lsa, uning ismi maqolaga qo‘shilishi “collaboration” emas, authorship integrity masalasiga aylanadi.
Shuning uchun universitetlar va ilmiy tashkilotlar “xalqaro hammualliflik bor-mi?” degan savoldan tashqari yana bir savolni ham berishi kerak:
Bu hammuallifning maqoladagi real ilmiy hissasi nimadan iborat?
Aks holda xalqaro kollaboratsiya rivojlanmaydi — faqat uning tashqi ko‘rinishi ko‘payadi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 779 | 5 | 0 | 1 | Loading... | |
🎓 Scopus bilan ishlashni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun foydali platforma — Scopus Academy
Bu platformada qisqa va amaliy mini-kurslar mavjud:
🔹 Scopus search — ilmiy maqolalarni professional qidirish
🔹 Author profiling — muallif profili va citationlarni boshqarish
🔹 Citation tracking — iqtiboslar monitoringi
🔹 Journal analysis — jurnal sifati va metrikalarini tahlil qilish
Kurslar self-paced formatda, ya’ni o‘zingizga qulay vaqtda o‘qiladi. Ko‘plab kurslar yakunida sertifikat ham beriladi.
🔗 Scopus Academy:
Scopus Academy Courses
🔗 Elsevier Researcher Academy:
Elsevier Researcher Academy
Ayniqsa magistrant, PhD va yosh tadqiqotchilar uchun foydali platformalardan biri. (researcheracademy.elsevier.com)
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 983 | 21 | 0 | 0 | Loading... | |
⚠️ Doktorantlarning eng katta 10 ta xatosi
Maqola yozishni kechiktirish.
Faqat dissertatsiyaga e’tibor qaratish.
Statistik tahlilni oxirga qoldirish.
Xalqaro adabiyotlarni kam o‘qish.
Ingliz tilini rivojlantirmaslik.
Konferensiyalarda qatnashmaslik.
Akademik tarmoq yaratmaslik.
Reviewer fikrlarini inkor qilish.
Predatory jurnallarga ishonish.
Vaqtni noto‘g‘ri boshqarish.
Doktoranturaning eng katta muammosi bilim emas.
Tizimli ishlay olmaslikdir.
#PhD #Doktorant #Scopus
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 866 | 15 | 0 | 5 | Loading... | |
#nufuzli_scopus
#bepul_scopus
#q1_q2_scopus
⁉️Quyida bir nechta fanlar bo‘yicha Skopus bazasidagi nufuzli, bepul va ishonchli jurnallar taqdim etilmoqda.
Biologiya fanlari - link
Sotsiologiya fanlari - link
Fizika-matematika fanlari - link
Kimyo fanlari - link
Geologiya-mineralogiya fanlari - link
Texnika fanlari - link
Tarix fanlari - link
Qishloq xo‘jaligi fanlari - link
Iqtisodiyot fanlari - link
Falsafa fanlari - link
Filologiya fanlari - link
Siyosiy fanlar - link
Geografiya fanlari - link
Yuridik fanlar - link
Pedagogika fanlari - link
Tibbiyot fanlari - link
Farmatsevtika fanlari - link
Veterinariya fanlari - link
Sanʼatshunoslik fanlari - link
Arxitektura fanlari - link
Psixologiya fanlari - link
Xarbiy fanlar - link
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh | 1 004 | 27 | 0 | 0 | Loading... | |
1000 kishilik WhatsApp guruhi — ilmiy hamkorlikmi?
Ilmiy hamkorlik odatda yaxshi hodisa. Ammo “hamkorlik”ning o‘zi ilmiy sifat kafolati emas.
2026-yilda Retraction Watch WhatsApp orqali tashkil etilgan, qariyb 1 000 ishtirokchiga ega xalqaro “research factory” faoliyati haqida surishtiruv e’lon qildi. Tarmoq juda qisqa muddatlarda tezis va maqolalar ishlab chiqarish bilan e’tibor tortgan. Keyinchalik Research Square ushbu tarmoq bilan bog‘langan uchta preprintni research-integrity xavotirlari sabab olib tashlagan.
Bu yerda muhim chegara bor:
ilmiy hamkorlikda — olimlar tadqiqot qiladi;
“maqola fabrikasi”da esa tadqiqot maqola ishlab chiqarish jarayoniga bo‘ysunib qolishi mumkin.
O‘zbekiston ilmiy muhitida ham “maqolangizni chiqarib beramiz”, “hammualliflik joyi bor”, “tayyor Scopus maqola” kabi takliflarga aynan shu nuqtayi nazardan qarash kerak.
Scopus’da maqolaning mavjudligi uning qanday yaratilgani haqidagi savolni bekor qilmaydi. Ilmiy natijadan oldin ilmiy jarayonning halolligi turadi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 904 | 1 | 0 | 1 | Loading... | |
#Tezkor
⚡️⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi!
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
🎓 @Magistr_Hub | 860 | 1 | 0 | 1 | Loading... | |
Special Issue — tezroq nashr qilish yo‘limi yoki yangi xavf zonasi?
Special Issue aslida muayyan ilmiy muammo atrofida kuchli tadqiqotlarni birlashtirish uchun yaratiladi. Ammo bu model noto‘g‘ri boshqarilsa, editorial nazoratning zaif nuqtasiga aylanishi mumkin.
2026-yil avgustida Elsevier’ning International Journal of Biological Macromolecules jurnalida maxsus sonlarga tegishli 100 dan ortiq maqola peer-review manipulyatsiyasi bilan bog‘liq xavotirlar sabab qaytarib olina boshladi. Ayrim holatlarda plagiat, rasmlarning takrorlanishi va authorship bilan bog‘liq muammolar ham aniqlangan.
Bundan chiqariladigan xulosa “Special Issue yomon” degani emas. Asosiy savol boshqa:
Guest editor kim? Review qanday tashkil etilgan? Muallif–reviewer–editor o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bormi?
Demak, jurnal Scopus’da indekslanganining o‘zi yetarli kafolat emas. Muallif jurnalni tanlaganda uning editorial jarayonini ham tekshirishi kerak.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 910 | 1 | 0 | 4 | Loading... |

