Scopus Academy
Open in Telegram
Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 956
Subscribers
+424 hours
+1117 days
+20630 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+144
in 3 channels
August '26
+227
in 14 channels
Get PRO
July '26
+1 631
in 12 channels
Get PRO
June '260
in 14 channels
Get PRO
May '26
+4
in 2 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +27 | |||
| 07 September | +5 | |||
| 06 September | +4 | |||
| 05 September | +23 | |||
| 04 September | +12 | |||
| 03 September | +17 | |||
| 02 September | +13 | |||
| 01 September | +43 |
Channel Posts
❗️24 yil avvalgi mashhur maqola nega qaytarib olindi?
Ilmiy maqola 24 yil davomida qariyb ming marta iqtibos olishi mumkin. Bu uning abadiy ishonchli ekanini anglatadimi?
3-sentabr kuni Psychological Science jurnalidagi Dan Ariely va Klaus Wertenbrochning 2002-yilda chop etilgan mashhur procrastination tadqiqoti retraction qilindi. Data Colada tadqiqotchilari original ma’lumotlarni qayta tahlil qilib, jiddiy anomal belgilarni aniqlagan. Keyingi mustaqil replication ham original natijalarni tasdiqlamagan.Voqeaning eng qiziq nuqtalaridan biri boshqa. Data Colada eski manuscript va 2001-yildagi peer-review materiallarini topib, shubhali tahlillardan biri reviewerlarning talabiga javoban maqolaga keyinchalik kiritilganini aniqlagan. Bu “reviewer aybdor” degani emas. Reviewer ma’lum tahlilni so‘ragan bo‘lishi mumkin, ma’lumotning halolligi uchun esa muallif javobgar. Lekin voqea juda muhim narsani eslatadi: peer review sifat kafolati, lekin mutlaq kafolat emas. Hatto yuzlab citation olgan va o‘nlab yillar darsliklarda tilga olingan natijalar ham yangi dalillar paydo bo‘lsa qayta tekshirilishi mumkin. Ilmning kuchi xato qilmasligida emas. Xatoni aniqlaganda ilmiy rekordni tuzata olishida. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
| 2 | Ilmiy maqolalarni endi “robot reviewer”lar baholaydimi?
3-sentabr kuni Science jurnalida juda qiziq sarlavhali material chiqdi: “Ready for the robot reviewers?”
Bu savol bejiz emas. Ilmiy jurnallar yuz minglab maqolalarni ko‘rib chiqmoqda, sifatli reviewer topish esa tobora murakkablashmoqda. Shu sabab AI vositalaridan manuscriptni dastlabki tahlil qilish, reviewer fikrlarini strukturaga solish, adabiyotlarni tekshirish yoki texnik kamchiliklarni topishda foydalanish imkoniyatlari faol muhokama qilinmoqda.
Ammo maqolani to‘liq AI’ga berib, undan “accept” yoki “reject” qarorini kutish boshqa masala.
AI metodologik xatoni sezmasligi, aksincha mavjud bo‘lmagan muammoni yaratishi mumkin. Bundan tashqari, hali chop etilmagan manuscriptning maxfiyligi ham bor. Nature Computational Science ham AI reviewerga yordamchi bo‘lishi mumkinligini, lekin ilmiy hukm va yakuniy javobgarlik inson reviewerda qolishi kerakligini ta’kidlaydi.
Shuning uchun kelajakdagi peer review ehtimol “AI yoki inson?” tanlovi bo‘lmaydi. Ko‘proq “AI + inson eksperti” modeli shakllanadi.
Lekin bitta prinsip saqlanishi kerak: maqolani kim baholagan bo‘lsa, o‘sha baho uchun javob bera olishi lozim.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 626 |
| 3 | AI maqola yozishga yordam berdi. Javobgarlik kimda?
1-sentabr kuni Nature ilmiy nashrlardagi juda muhim savolni ko‘tardi: generativ AI tadqiqotchining ishiga tobora ko‘proq aralashayotgan bir paytda, ilmiy natija uchun kim javob beradi?
Bugun AI adabiyotlarni qidiradi va umumlashtiradi, g‘oya shakllantirishga yordam beradi, matn yozadi, hatto reviewerlarning savollariga javob loyihasini tayyorlaydi. Demak, masala endi “AI ishlatish mumkinmi?” darajasidan ancha o‘tib ketdi. Asosiy masala — insonning real ilmiy hissasi qayerda boshlanib, AI hissasi qayerda tugashini aniqlash.
Naturedagi muhokamada authorship oddiygina maqolaga ism qo‘yish emasligi ta’kidlanadi. Mualliflik ilmiy hissa bilan birga natijaning aniqligi va halolligi uchun javobgarlikni ham anglatadi. AI esa bunday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Ehtimol, yaqin kelajakda maqolalarda “AI ishlatildi” deyishning o‘zi yetmaydi. AI tadqiqotning aynan qaysi bosqichida va qanday vazifani bajargani batafsil ko‘rsatilishi talab qilinadi.
AI ilmiy ishni tezlashtirishi mumkin. Lekin uning tezligi insonning ilmiy javobgarligini kamaytirmaydi. | 790 |
| 4 | 24 yil avvalgi mashhur maqola nega qaytarib olindi?
Ilmiy maqola 24 yil davomida qariyb ming marta iqtibos olishi mumkin. Bu uning abadiy ishonchli ekanini anglatadimi?
3-sentabr kuni Psychological Science jurnalidagi Dan Ariely va Klaus Wertenbrochning 2002-yilda chop etilgan mashhur procrastination tadqiqoti retraction qilindi. Data Colada tadqiqotchilari original ma’lumotlarni qayta tahlil qilib, jiddiy anomal belgilarni aniqlagan. Keyingi mustaqil replication ham original natijalarni tasdiqlamagan.
Voqeaning eng qiziq nuqtalaridan biri boshqa. Data Colada eski manuscript va 2001-yildagi peer-review materiallarini topib, shubhali tahlillardan biri reviewerlarning talabiga javoban maqolaga keyinchalik kiritilganini aniqlagan.
Bu “reviewer aybdor” degani emas. Reviewer ma’lum tahlilni so‘ragan bo‘lishi mumkin, ma’lumotning halolligi uchun esa muallif javobgar.
Lekin voqea juda muhim narsani eslatadi: peer review sifat kafolati, lekin mutlaq kafolat emas.
Hatto yuzlab citation olgan va o‘nlab yillar darsliklarda tilga olingan natijalar ham yangi dalillar paydo bo‘lsa qayta tekshirilishi mumkin.
Ilmning kuchi xato qilmasligida emas. Xatoni aniqlaganda ilmiy rekordni tuzata olishida.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 1 |
| 5 | Ilmiy maqolalarni endi “robot reviewer”lar baholaydimi?
3-sentabr kuni Science jurnalida juda qiziq sarlavhali material chiqdi: “Ready for the robot reviewers?”
Bu savol bejiz emas. Ilmiy jurnallar yuz minglab maqolalarni ko‘rib chiqmoqda, sifatli reviewer topish esa tobora murakkablashmoqda. Shu sabab AI vositalaridan manuscriptni dastlabki tahlil qilish, reviewer fikrlarini strukturaga solish, adabiyotlarni tekshirish yoki texnik kamchiliklarni topishda foydalanish imkoniyatlari faol muhokama qilinmoqda.
Ammo maqolani to‘liq AI’ga berib, undan “accept” yoki “reject” qarorini kutish boshqa masala.
AI metodologik xatoni sezmasligi, aksincha mavjud bo‘lmagan muammoni yaratishi mumkin. Bundan tashqari, hali chop etilmagan manuscriptning maxfiyligi ham bor. Nature Computational Science ham AI reviewerga yordamchi bo‘lishi mumkinligini, lekin ilmiy hukm va yakuniy javobgarlik inson reviewerda qolishi kerakligini ta’kidlaydi.
Shuning uchun kelajakdagi peer review ehtimol “AI yoki inson?” tanlovi bo‘lmaydi. Ko‘proq “AI + inson eksperti” modeli shakllanadi.
Lekin bitta prinsip saqlanishi kerak: maqolani kim baholagan bo‘lsa, o‘sha baho uchun javob bera olishi lozim.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 1 |
| 6 | Kecha Scopus bazasida indekslangan ikki jurnal muharriri bilan suhbatlashib qoldim. Ularning kuzatuviga ko‘ra, O‘zbekistondan yuborilayotgan maqolalarning juda katta qismida — ayrim oqimlarda hatto qariyb 90 foizigacha — submissiondan keyingi bosqichlarda mualliflar tarkibi o‘zgarib qolmoqda.
Albatta, maqola mualliflarining keyinchalik o‘zgarishi har doim ham qoidabuzarlik degani emas. Tadqiqot jarayonida yangi olimning real ilmiy hissasi paydo bo‘lishi, metodologiya yoki tahlilga jiddiy hissa qo‘shilishi mumkin. Bunday holatda mualliflik tarkibini o‘zgartirish ilmiy jihatdan asoslanishi mumkin.
Ammo bu holat muntazam tus olsa, ayniqsa maqola review jarayonidan o‘tib bo‘lgach yangi mualliflar paydo bo‘lsa, savollar tug‘iladi. Bu ba’zan haqiqiy xalqaro hamkorlik emas, balki tayyor yoki deyarli tayyor maqolaga pullik asosda hammuallif qo‘shish amaliyotining belgisi bo‘lishi mumkin.
Eng xavfli jihati shundaki, tashqi tomondan bunday maqola “xalqaro kollaboratsiya” ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Aslida esa ayrim hollarda hamkorlik ilmiy muammo, ma’lumot, metodologiya yoki tahlil atrofida emas, maqoladagi mualliflik pozitsiyasi atrofida shakllanishi mumkin.
Bu yerda juda oddiy mezon bor: muallif maqolaga qachon qo‘shilgani emas, tadqiqotning qaysi qismiga real ilmiy hissa qo‘shgani muhim.
Agar olim tadqiqot savolini shakllantirishda, metodologiyada, ma’lumot yig‘ishda, tahlilda, interpretatsiyada yoki maqolani ilmiy jihatdan qayta ishlashda sezilarli ishtirok etmagan bo‘lsa, uning ismi maqolaga qo‘shilishi “collaboration” emas, authorship integrity masalasiga aylanadi.
Shuning uchun universitetlar va ilmiy tashkilotlar “xalqaro hammualliflik bor-mi?” degan savoldan tashqari yana bir savolni ham berishi kerak:
Bu hammuallifning maqoladagi real ilmiy hissasi nimadan iborat?
Aks holda xalqaro kollaboratsiya rivojlanmaydi — faqat uning tashqi ko‘rinishi ko‘payadi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 779 |
| 7 | 🎓 Scopus bilan ishlashni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun foydali platforma — Scopus Academy
Bu platformada qisqa va amaliy mini-kurslar mavjud:
🔹 Scopus search — ilmiy maqolalarni professional qidirish
🔹 Author profiling — muallif profili va citationlarni boshqarish
🔹 Citation tracking — iqtiboslar monitoringi
🔹 Journal analysis — jurnal sifati va metrikalarini tahlil qilish
Kurslar self-paced formatda, ya’ni o‘zingizga qulay vaqtda o‘qiladi. Ko‘plab kurslar yakunida sertifikat ham beriladi.
🔗 Scopus Academy:
Scopus Academy Courses
🔗 Elsevier Researcher Academy:
Elsevier Researcher Academy
Ayniqsa magistrant, PhD va yosh tadqiqotchilar uchun foydali platformalardan biri. (researcheracademy.elsevier.com)
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 983 |
| 8 | ⚠️ Doktorantlarning eng katta 10 ta xatosi
Maqola yozishni kechiktirish.
Faqat dissertatsiyaga e’tibor qaratish.
Statistik tahlilni oxirga qoldirish.
Xalqaro adabiyotlarni kam o‘qish.
Ingliz tilini rivojlantirmaslik.
Konferensiyalarda qatnashmaslik.
Akademik tarmoq yaratmaslik.
Reviewer fikrlarini inkor qilish.
Predatory jurnallarga ishonish.
Vaqtni noto‘g‘ri boshqarish.
Doktoranturaning eng katta muammosi bilim emas.
Tizimli ishlay olmaslikdir.
#PhD #Doktorant #Scopus
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 866 |
| 9 | #nufuzli_scopus
#bepul_scopus
#q1_q2_scopus
⁉️Quyida bir nechta fanlar bo‘yicha Skopus bazasidagi nufuzli, bepul va ishonchli jurnallar taqdim etilmoqda.
Biologiya fanlari - link
Sotsiologiya fanlari - link
Fizika-matematika fanlari - link
Kimyo fanlari - link
Geologiya-mineralogiya fanlari - link
Texnika fanlari - link
Tarix fanlari - link
Qishloq xo‘jaligi fanlari - link
Iqtisodiyot fanlari - link
Falsafa fanlari - link
Filologiya fanlari - link
Siyosiy fanlar - link
Geografiya fanlari - link
Yuridik fanlar - link
Pedagogika fanlari - link
Tibbiyot fanlari - link
Farmatsevtika fanlari - link
Veterinariya fanlari - link
Sanʼatshunoslik fanlari - link
Arxitektura fanlari - link
Psixologiya fanlari - link
Xarbiy fanlar - link
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh | 996 |
| 10 | 1000 kishilik WhatsApp guruhi — ilmiy hamkorlikmi?
Ilmiy hamkorlik odatda yaxshi hodisa. Ammo “hamkorlik”ning o‘zi ilmiy sifat kafolati emas.
2026-yilda Retraction Watch WhatsApp orqali tashkil etilgan, qariyb 1 000 ishtirokchiga ega xalqaro “research factory” faoliyati haqida surishtiruv e’lon qildi. Tarmoq juda qisqa muddatlarda tezis va maqolalar ishlab chiqarish bilan e’tibor tortgan. Keyinchalik Research Square ushbu tarmoq bilan bog‘langan uchta preprintni research-integrity xavotirlari sabab olib tashlagan.
Bu yerda muhim chegara bor:
ilmiy hamkorlikda — olimlar tadqiqot qiladi;
“maqola fabrikasi”da esa tadqiqot maqola ishlab chiqarish jarayoniga bo‘ysunib qolishi mumkin.
O‘zbekiston ilmiy muhitida ham “maqolangizni chiqarib beramiz”, “hammualliflik joyi bor”, “tayyor Scopus maqola” kabi takliflarga aynan shu nuqtayi nazardan qarash kerak.
Scopus’da maqolaning mavjudligi uning qanday yaratilgani haqidagi savolni bekor qilmaydi. Ilmiy natijadan oldin ilmiy jarayonning halolligi turadi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 904 |
| 11 | #Tezkor
⚡️⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi!
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
🎓 @Magistr_Hub | 857 |
| 12 | Special Issue — tezroq nashr qilish yo‘limi yoki yangi xavf zonasi?
Special Issue aslida muayyan ilmiy muammo atrofida kuchli tadqiqotlarni birlashtirish uchun yaratiladi. Ammo bu model noto‘g‘ri boshqarilsa, editorial nazoratning zaif nuqtasiga aylanishi mumkin.
2026-yil avgustida Elsevier’ning International Journal of Biological Macromolecules jurnalida maxsus sonlarga tegishli 100 dan ortiq maqola peer-review manipulyatsiyasi bilan bog‘liq xavotirlar sabab qaytarib olina boshladi. Ayrim holatlarda plagiat, rasmlarning takrorlanishi va authorship bilan bog‘liq muammolar ham aniqlangan.
Bundan chiqariladigan xulosa “Special Issue yomon” degani emas. Asosiy savol boshqa:
Guest editor kim? Review qanday tashkil etilgan? Muallif–reviewer–editor o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bormi?
Demak, jurnal Scopus’da indekslanganining o‘zi yetarli kafolat emas. Muallif jurnalni tanlaganda uning editorial jarayonini ham tekshirishi kerak.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 905 |
| 13 | ❗️Maqola qabul bo‘lgandan keyin yangi muallif paydo bo‘lsa…
Ilmiy nashrlarda e’tibor talab qiladigan holatlardan biri — maqola peer-review jarayonidan o‘tayotganda mualliflar tarkibining o‘zgarishi.
2026-yilda Ceramics International jurnalida qaytarib olingan o‘nlab maqolalar bo‘yicha integrity muammolari o‘rganilganda, 15 ta holatda peer-review davomida mualliflar tarkibiga o‘zgartirish kiritilgani qayd etilgan. Bu o‘z-o‘zidan qoidabuzarlik degani emas: tadqiqotga real ilmiy hissa qo‘shgan shaxs ayrim holatlarda asoslantirilgan tartibda qo‘shilishi mumkin. Ammo tushuntirib bo‘lmaydigan yoki kech bosqichdagi o‘zgarishlar authorship-for-sale kabi xavflar uchun signal hisoblanadi.
Muammo shundaki, mualliflik maqoladagi “bo‘sh joy” emas. U tadqiqotga real intellektual hissa va natija uchun javobgarlikni anglatadi.
Shuning uchun universitetlar faqat “Scopus maqolasi nechta?” deb emas, “bu maqolada olimning real hissasi nimadan iborat?” deb ham so‘rashi kerak.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 959 |
| 14 | #Scopus_Academy_tarix
07.00.00 – Tarix fanlari insoniyat taraqqiyoti, davlatchilik, sivilizatsiyalar, madaniyat va jamiyat rivojlanishining tarixiy jarayonlarini o‘rganadigan fundamental yo‘nalishlardan biridir.
Bugungi kunda tarixshunoslikda manbashunoslik, tarixiy tafakkur, raqamli tarix, geosiyosiy jarayonlar hamda sivilizatsiyalararo aloqalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi ko‘rinishi va ilmiy nufuzini oshiradi. Ayniqsa, “Past & Present”, “Journal of Global History” yoki “The Journal of African History” kabi jurnallar tarix yo‘nalishidagi eng nufuzli ilmiy platformalar hisoblanadi.
Quyidagi posterda 07.00.00 – Tarix fanlari bo‘yicha ayrim kuchli Scopus jurnallari jamlandi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 958 |
| 15 | #Scopus_Academy
Geologiya-mineralogiya fanlari bugungi kunda nafaqat foydali qazilmalarni o‘rganish, balki ekologiya, energetika xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi strategik yo‘nalishlarda ham muhim o‘rin tutmoqda.
Ayniqsa, Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish tadqiqotchining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi nufuzini oshiradi. “Earth-Science Reviews”, “Lithos” yoki “Journal of Structural Geology” kabi jurnallar geologiya va mineralogiya yo‘nalishidagi eng kuchli ilmiy platformalardan hisoblanadi.
Quyidagi posterda 04.00.00 – Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha ayrim nufuzli Scopus jurnallari jamlandi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 913 |
| 16 | Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi:
🔹 @centerasia_library
Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori.
🔹 @ILM_NUR_2020
Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma.
🔹 @akademik_burchak
OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal.
🔹 @Scopus_Academy
Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal.
🔹 @Magistr_Hub
Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi.
🔹 @centerasiastudy
Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma.
🔹 @PhD_Supp0rt
PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi. | 865 |
| 17 | Scopus atrofida yangi “vositachilik bozori” shakllanmoqda
Bugun Scopus bazasida maqola chiqarishga “yordam beramiz” degan vositachilar faoliyati yangi bosqichga chiqdi.
Avvallari ular asosan soxta obro‘ yaratgan, sifati shubhali yoki “yirtqich” jurnallar orqali maqola chiqarishni taklif qilardi. Bunday jurnallar va vositachilarning nomlari oshkor bo‘lib, ilmiy jamoatchilik ularni taniy boshlagach, endi boshqa usullar paydo bo‘lmoqda:
— “Scopus’da maqola chiqarish” bo‘yicha pulli kurslar;
— tayyor xalqaro hammualliflik guruhlari;
— maqolaga aloqasi bo‘lmagan mualliflarni ro‘yxatga qo‘shish;
— ilmiy hamkorlik niqobi ostida mualliflik o‘rinlarini sotish.
Xalqaro hamkorlikning o‘zi salbiy hodisa emas. Aksincha, haqiqiy ilmiy kollaboratsiya yangi bilim, metodologiya va tajriba almashinuvini ta’minlaydi. Muammo — hamkorlik faqat maqola sonini ko‘paytirish va mualliflik o‘rnini sotishga aylanganda boshlanadi.
Bunday tizim yosh tadqiqotchining mustaqil fikrlashini zaiflashtiradi. U mavzu tanlash, metodologiya ishlab chiqish, ma’lumot tahlil qilish va ilmiy matn yozishni o‘rganish o‘rniga, doimo vositachiga yoki tayyor xorijiy mualliflar guruhiga qaram bo‘lib qoladi. Natijada maqola bor, lekin tadqiqotchi shakllanmagan bo‘ladi.
Scopus ilmiy sifatni baholash vositalaridan biri. Ammo maqola soni asosiy mezonga aylansa, u ilmiy rivojlanish mexanizmidan katta biznesga aylanadi.
Shuning uchun ehtiyot bo‘ling, maqola sotib olish mumkin, ammo ilmiy salohiyatni sotib olib bo‘lmaydi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli | 818 |
| 18 | 🤖 HOZIRGI KUNDAGI ENG KUCHLI AI + ANTIPLAGIAT TEKSHIRUVCHI TOP-5 PLATFORMA
Sun’iy intellekt rivojlangani sari oddiy antiplagiat tizimlari yetarli bo‘lmay qoldi. Hozir ko‘plab universitetlar va ilmiy markazlar nafaqat plagiatni, balki AI yordamida yozilgan matnlarni ham tekshirmoqda.
Quyida 2026 yil holatiga ko‘ra eng kuchli AI Detection + Plagiarism Detection platformalari keltirilmoqda.
🥇 1. Turnitin
🔗 https://www.turnitin.com
✅ Dunyodagi eng mashhur akademik antiplagiat tizimi
✅ AI Writing Detection mavjud
✅ Universitetlar orasida №1 platforma
✅ Ilmiy maqola, kurs ishi, dissertatsiyalar uchun
📌 Ko‘plab universitetlar aynan Turnitin’dan foydalanadi. (Pure Write)
🥈 2. GPTZero
🔗 https://gptzero.me
✅ AI matnlarni aniqlash bo‘yicha eng kuchli platformalardan biri
✅ ChatGPT, Claude, Gemini va boshqa modellarga qarshi ishlaydi
✅ Matnni paragraf va jumla kesimida tahlil qiladi
📌 Ko‘plab mustaqil testlarda eng ishonchli AI detectorlardan biri sifatida ko‘rsatilgan. (GPTZero)
🥉 3. Originality.ai
🔗 https://originality.ai
✅ AI Detection + Plagiarism Detection birgalikda
✅ Parafraz qilingan AI matnlarni ham aniqlashga harakat qiladi
✅ Kontent agentliklari va ilmiy muhitda keng ishlatiladi
📌 Ko‘plab tadqiqot va benchmarklarda yuqori aniqlik ko‘rsatgan. (originality.ai)
🏅 4. Copyleaks
🔗 https://copyleaks.com
✅ 30+ tilda ishlaydi
✅ AI va plagiatni birgalikda tekshiradi
✅ Juda past false positive ko‘rsatkichi bilan mashhur
📌 Hozirgi kunda eng kuchli texnologik detektorlardan biri hisoblanadi. (Copyleaks)
🏅 5. Winston AI
🔗 https://gowinston.ai
✅ AI tomonidan “humanize” qilingan matnlarni ham tekshiradi
✅ PDF va DOCX bilan ishlaydi
✅ Akademik va biznes segmentida ommalashmoqda
📌 So‘nggi yillarda eng tez rivojlanayotgan AI detectorlardan biri. (Fritz ai)
📊 AMALIY REYTING
1️⃣ Turnitin — universitetlar uchun
2️⃣ GPTZero — AI aniqlash bo‘yicha
3️⃣ Originality.ai — AI + plagiat birgalikda
4️⃣ Copyleaks — texnologik aniqlik bo‘yicha
5️⃣ Winston AI — humanized matnlarni aniqlashda
⚠️ Muhim:
Bugungi kunda 100% aniq ishlaydigan AI detector mavjud emas. Hatto eng kuchli tizimlar ham ba’zan inson yozgan matnni AI deb yoki AI yozgan matnni inson deb baholashi mumkin. Shu sababli ko‘plab universitetlar AI detector natijasini yakuniy hukm sifatida emas, balki qo‘shimcha indikator sifatida ishlatmoqda. (washingtonpost.com)
━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━ | 1 273 |
| 19 | Scopus’da maqola chiqaramiz, pul evaziga hammuallif qilib qo‘yamiz, degan takliflardan hushyor bo‘ling.
Bunday narsalar boshida oson yo‘lga o‘xshaydi: pul berasiz, ism-familiyangiz maqolaga kiradi, “ilmiy ish qildim” deb o‘ylaysiz. Lekin keyin jurnal bazadan chiqib ketsa, maqola shubhali bo‘lib qolsa yoki mualliflik masalasi ko‘tarilsa, buning javobgarligi sizning zimmangizda qoladi.
Eng yomoni, mavzuga umuman aloqangiz bo‘lmagan maqolada hammuallif bo‘lish — bu ilmga ham, o‘zingizga ham hurmatsizlik. Ilmiy maqola pul bilan sotib olinadigan joy emas. U yerda muallifning real mehnati, fikri va hissasi bo‘lishi kerak.
Bugun “Scopus’da chiqadi” degan gapga uchmaslik kerak. Har bir taklifning ortida jurnal sifati, maqola mazmuni va ilmiy etika masalasi turadi.
Pul evaziga hammualliflik — ilm emas, ilm nomidan savdo.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh | 1 039 |
| 20 | ✅ Scopus jurnallariga maqola yuborishdan oldingi CHECKLIST
Maqolangiz tayyormi?
Yuborishdan oldin quyidagilarni tekshiring:
☐ Jurnal Scopus bazasida mavjud.
☐ Mavzu jurnal yo‘nalishiga mos.
☐ Abstract talabga mos yozilgan.
☐ Kalit so‘zlar to‘g‘ri tanlangan.
☐ Barcha rasmlar sifatli.
☐ Adabiyotlar format talabiga mos.
☐ Plagiat darajasi tekshirilgan.
☐ Muallif ma’lumotlari to‘liq kiritilgan.
☐ Cover Letter tayyorlangan.
☐ Ingliz tili tahrirdan o‘tkazilgan.
Ko‘plab maqolalar ilmiy sabab emas, texnik xatolar tufayli rad etiladi.
#Scopus #Checklist #Research
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━ | 983 |
