fa
Feedback
Scopus Academy

Scopus Academy

رفتن به کانال در Telegram

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
2 014
مشترکین
+724 ساعت
+857 روز
+27830 روز
تعداد پست‌ها

در حال بارگیری داده...

واکنش‌ها
نظرات
ستاره‌های تلگرام
بهترین پست‌ها بر اساس

در حال بارگیری داده...

تجزیه و تحلیل انتشار
پست ها
ديناميک بازديد ها
🚢 DUNYO SAVDOSINI BOSHQARAYOTGAN 5 TA GEOGRAFIK NUQTA Dunyo savdosining katta qismi dengiz orqali amalga oshiriladi. Kemalar
🚢 DUNYO SAVDOSINI BOSHQARAYOTGAN 5 TA GEOGRAFIK NUQTA Dunyo savdosining katta qismi dengiz orqali amalga oshiriladi. Kemalar esa istalgan yo‘ldan emas, muayyan bo‘g‘oz va kanallardan o‘tadi. Shu nuqtalardan biridagi muammo butun dunyoda narxlar va yetkazib berish muddatlariga ta’sir qilishi mumkin. 1. Hormuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazidagi neft va gazning tashqi bozorlarga chiqishida muhim yo‘l. Bu hududdagi keskinlik energiya narxlariga tez ta’sir ko‘rsatadi. 2. Malakka bo‘g‘ozi Hind va Tinch okeanlarini bog‘laydi. Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Janubi-Sharqiy Osiyo savdosi uchun katta ahamiyatga ega. 3. Suvaysh kanali Osiyo bilan Yevropani eng qisqa dengiz yo‘li orqali bog‘laydi. Kanal yopilsa, kemalar Afrikaning janubidan aylanib o‘tishga majbur bo‘ladi. 4. Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari Qora dengiz davlatlarini O‘rta yer dengizi bilan bog‘laydi. Don, neft mahsulotlari va boshqa yuklar harakatida muhim o‘rin tutadi. 5. Panama kanali Atlantika va Tinch okeanlari o‘rtasidagi masofani keskin qisqartiradi. Suv tanqisligi yoki tirbandlik kanal imkoniyatlarini cheklashi mumkin. Bu nuqtalar dunyo savdosini bevosita “boshqarmaydi”. Ammo ulardan biridagi uzilish global savdoni sekinlashtirish kuchiga ega. Markaziy Osiyo dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmasa ham, bunday o‘zgarishlardan chetda qolmaydi. Tashish xarajatlari oshsa, mintaqaga kirib keladigan mahsulotlar narxi ham ko‘tariladi. @centerasiastudy
430702Loading...
#Scopus_Academy_tarix 07.00.00 – Tarix fanlari insoniyat taraqqiyoti, davlatchilik, sivilizatsiyalar, madaniyat va jamiyat ri
#Scopus_Academy_tarix 07.00.00 – Tarix fanlari insoniyat taraqqiyoti, davlatchilik, sivilizatsiyalar, madaniyat va jamiyat rivojlanishining tarixiy jarayonlarini o‘rganadigan fundamental yo‘nalishlardan biridir. Bugungi kunda tarixshunoslikda manbashunoslik, tarixiy tafakkur, raqamli tarix, geosiyosiy jarayonlar hamda sivilizatsiyalararo aloqalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi ko‘rinishi va ilmiy nufuzini oshiradi. Ayniqsa, “Past & Present”, “Journal of Global History” yoki “The Journal of African History” kabi jurnallar tarix yo‘nalishidagi eng nufuzli ilmiy platformalar hisoblanadi. Quyidagi posterda 07.00.00 – Tarix fanlari bo‘yicha ayrim kuchli Scopus jurnallari jamlandi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
7301100Loading...
“Ko‘proq maqola yoz” talabi kuchli ilmni kamaytirishi mumkinmi? Universitet olimga yiliga ma’lum miqdorda maqola yozishni talab qiladi. Grant tizimi tez natija kutadi. Yosh tadqiqotchiga esa keyingi kontrakt yoki lavozim uchun publication kerak. Bunday tizim olimni qanday tadqiqot tanlashga undaydi? 3-sentabrda Nature Human Behaviourda e’lon qilingan tahlilda zamonaviy akademik tizimlarning qisqa muddatli grantlar, productivity-based baholash va xavfsiz natijalarga moyil mexanizmlari yuqori riskli va konseptual jihatdan yangi tadqiqotlarni cheklashi mumkinligi muhokama qilindi. Ayniqsa early-career researcherlar uchun tez, oson baholanadigan va natijasi oldindan taxmin qilinadigan loyihalarni tanlash ratsional strategiyaga aylanib qolishi mumkin. Bu fikr juda muhim. Olimga faqat “yiliga nechta maqola chiqarding?” deb savol bersak, u eng muhim muammoni emas, eng tez maqolaga aylantirish mumkin bo‘lgan muammoni tanlashi mumkin. Shu sabab zamonaviy research assessment’da original g‘oya, uzoq muddatli tadqiqot, ilmiy hamkorlik, metodologik yangilik va hatto muvaffaqiyatsiz, ammo sifatli tajribalarni ham hisobga olish haqida tobora ko‘proq gapirilmoqda. Ba’zan ilm-fanga eng katta xavf maqola kamligi emas. Maqola chiqarishning o‘zi ilmiy faoliyatning asosiy maqsadiga aylanib qolishidir. ━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
666404Loading...
#Scopus_Academy Anthropological Literature bazasida rasmiy Harvard Library ma’lumotiga ko‘ra 660 ta jurnal va 670 mingdan ortiq maqola bor. Baza antropologiya, arxeologiya va ularga yaqin ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarni qamrab oladi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
662200Loading...
2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
734700Loading...
❗️Xitoyda akademik misconduct uchun jazo endi faqat retraction emas Ilmiy halollik buzilganda maqolani qaytarib olish yetarlimi? Xitoyda ko‘rilayotgan choralar bu masalani ancha kengroq qo‘ymoqda. Xitoyning asosiy fundamental tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi tashkiloti — National Natural Science Foundation of China avgust oxirida 31 ta yangi academic misconduct holati bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qildi. Ularda 40 dan ortiq tadqiqotchi tilga olingan. South China Morning Post buni fondning hozirgacha amalga oshirgan eng katta ommaviy disclosure’i sifatida baholadi. Ayrim taniqli professorlarning grantlari va ilmiy unvonlari bekor qilingan, ilgari ajratilgan mablag‘larni qaytarish talab qilingan. To‘rt tadqiqotchiga jami 10 million yuandan ortiq grant mablag‘ini qaytarish va uch yildan yetti yilgacha yangi funding uchun ariza bermaslik sanksiyalari qo‘llangan. Bu juda muhim tendensiya. Research integrity faqat jurnal va maqola masalasi bo‘lib qolmayapti. U grant, lavozim, ilmiy reputatsiya va institutsional javobgarlik bilan bog‘lanmoqda. Agar akademik tizim KPI uchun yuqori talab qo‘ysa, integrity buzilganda javobgarlik mexanizmi ham shunga yarasha kuchli bo‘lishi kerak. ━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
811200Loading...
‼️Ixtisosliklar kesimida scopus ma'lumotlar bazasida indekslangan bepul jurnallar ▪️05.00.00 - Texnika fanlari ▪️06.00.00 - Qishloq xoʻjaligi fanlari ▪️08.00.00 - Iqtisodiyot fanlari ▪️09.00.00 - Falsafa fanlari ▪️10.00.00 - Filologiya fanlari ▪️11.00.00 - Geografiya fanlari ▪️12.00.00 - Yuridik fanlar ▪️13.00.00 - Pedagogika fanlari ▪️14.00.00 - Tibbiyot fanlar ▪️15.00.00 - Farmatsevtika fanlari ▪️16.00.00 - Veterinariya fanlari ▪️17.00.00 - Sanʼatshunoslik fanlari ▪️18.00.00 - Arxitektura ▪️19.00.00 - Psixologiya fanlari ▪️21.00.00 - Xarbiy fanlar ▪️22.00.00 - Sotsiologiya fanlari ▪️23.00.00 - Siyosiy fanlar 🎯Scousga kirmagan lekin xorijiy bepul jurnallar - bu yerda (barcha fan tarmoqlari bo‘yicha) ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
8481300Loading...
AI endi mavjud bo‘lmagan “olimlar”ni ham yaratmoqda AI hallucination desa, odatda uydirma reference yoki mavjud bo‘lmagan DOI’ni tushunamiz. Muammo bundan ham chuqurroq bo‘lishi mumkin. 2026-yilda e’lon qilingan bir preprintda tadqiqotchilar katta til modellari takror-takror bir xil uydirma ism va “ekspertlar”ni yaratishini o‘rgandi. Eng qiziq natija Zenodo’da kuzatilgan: tadqiqotchilar 1 655 ta “ghost-authored” record aniqlaganini xabar qiladi. Ushbu yozuvlarda mavjud bo‘lmagan mualliflar, jurnallar va nashr ma’lumotlari bo‘lgan, biroq ayrimlariga real DataCite DOI’lari ham biriktirilgan. Bu hali peer-reviewed yakuniy tadqiqot emas — natijalar preprint sifatida e’lon qilingan. Shuning uchun ehtiyotkor talqin qilish kerak. Lekin masala juda jiddiy. Agar AI yaratgan uydirma akademik metadata haqiqiy DOI tizimlariga, repositorylarga yoki scholarly aggregatorlarga kirsa, keyinchalik boshqa tizimlar uni “ilmiy manba” sifatida qabul qilib ketishi mumkin. Oldin savolimiz “AI soxta citation yaratadimi?” edi. Endi yangi savol paydo bo‘lyapti: AI butun boshli soxta akademik identitet ham yaratishi mumkinmi? ━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
815200Loading...
Nature’dagi maqolani mualliflarning o‘zi qaytarib oldi Retraction so‘zini eshitsak, ko‘pincha plagiarism, fake data yoki boshqa ilmiy qoidabuzarliklarni tasavvur qilamiz. Har doim ham unday emas. 2-sentabr kuni Nature 2025-yilda chop etilgan global qurg‘oqchilik va “atmospheric thirst” haqidagi maqolani qaytarib oldi. Sabab — mualliflar aniqlagan hisoblash va kodlash bilan bog‘liq xatolar. Jumladan, vaqt ma’lumotlarini qayta ishlashdagi xato, modelning eski versiyasidan foydalanish va ayrim global hisob-kitoblarda muammolar aniqlangan. Muhimi, mualliflar xatolarni yashirishga yoki maqolani har qanday narxda saqlab qolishga urinmagan. Tuzatishlar ko‘lami katta bo‘lgani uchun maqolani qaytarib olib, yangidan tekshirilgan manuscriptni peer review’ga topshirish yo‘lini tanlagan. Bu research integrity’ning boshqa tomonini ko‘rsatadi. Retraction har doim ilmiy sharmandalik emas. Ba’zan u ilmiy mas’uliyatning belgisi ham bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ilmiy madaniyat “mening maqolam xato qilishi mumkin emas” degan pozitsiyada emas. “Xato topsam, uni ilmiy rekordda tuzataman” degan pozitsiyada shakllanadi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
867003Loading...