en
Feedback
E-note

E-note

Open in Telegram

Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
474
Subscribers
-124 hours
-47 days
+4430 days
Posts Archive
Hamma qilyaptiku deya umrimizni foydasiz ishga sarflaymiz. Odamlarda bo’lgani uchun va ular ko’rishi uchun qimmat kiyimlar, dabdabali to’ylar. Maqtanish, solishtirish va hasad - kasallik. Davosi - ilm. O’rganishni boshlashning oson usuli - kitob olib o’qish.

“Nega unda bor, menda yo’q” - hasad. Orzu-havas deb atayotganimiz ham aslida hasadmikan, deb o’ylab qoldim.

Yaqin insonimiz kanalida shu jumlani o’qidim: “kitobni, bilimni, oddiylik va hotirjamlikni sevadigan inson” Tasavvur qilib ko
Yaqin insonimiz kanalida shu jumlani o’qidim: “kitobni, bilimni, oddiylik va hotirjamlikni sevadigan inson” Tasavvur qilib ko’rdim. Qanday ham go’zal xislatlar… Inson kitobdan, bilim olishdan zavqlanishi uchun qalbi sof bo’lishi kerak. Oddiylikni sevadigan inson hayotidan rozi bo’lishi oson bo’ladi. Xotirjam inson atrofga ham xotirjamlik ulashadi. Va asosiysi nima, bilasizmi? Kimdaki bu sifatlar bo’lsa, unga mol-dunyo, e’tibor markazida bo’lish ahamiyatli emas.

Qanday qilib PISA testida xitoylik o’quvchilarning matematikadan bilim darajasi AQSh Masachusets o’quvchilaridan oldinda bo’l
+1
Qanday qilib PISA testida xitoylik o’quvchilarning matematikadan bilim darajasi AQSh Masachusets o’quvchilaridan oldinda bo’lgan?

Albatta sifatli ta’lim olgan aholi iqtisodiy ko’rsatkichlarga o’z hissasini qo’shadi. Erkin ta’lim himoyasida Farid Zakariya

Nima kasb egallasangiz ham, universitetda o’qigan fanlaringiz kelajakdagi kasbingizda ma’lum darajada keraksiz bo’lib qoladi. Doimiy qoladigan jihat muammolarni hal qilish uchun siz o’rgangan qobiliyat va usullardir. Erkin ta’lim himoyasida Farid Zakariya

Erkin ta’lim himoyasida Farid Zakariya
Erkin ta’lim himoyasida Farid Zakariya

Faqat shu ishni qisman bajarish sababi bilan Alloh vaqtimizga baraka berdi. Instagramsiz hayot sokin, tashvishsiz va chiroyli ekan.

• Inson bir foydali ish qilmaguncha, avvalgi ishlarida vaqtini isrof qilganini tushunmas ekan. Kitob o’qib, qalbim xotirjam bo’ldi va Instagramda o’tgan har bir daqiqamga achindim. Nega shu vaqtni kitobga sarflamadim, deya so’radim. • O’sha zararli ishlar albatta o’z asoratini qoldirar ekan. Shu qadar ko’p diqqatim bo’lindiki, bunga sabab bo’lgan Instagramda o’tgan vaqtimga yana achindim. Texnologiyaga aldanish oson bo’lgan zamonda yashayapmiz, o’zimizni qurbon qilmaylik.

Yaqinda “Osmondagi bolalar”ning yangi sonini ko’rdim. Ko’rsatuv mehmoni Jamoliddin Muhammadjon bir voqeani aytib berdilar: Ular bir amakining ishxonasiga (burgerxona edi, adashmasam) borar va turli savollarni so’rar ekanlar. Amaki javob berar ekanlar. Bir kuni amaki “Sunniy aqidalar” kitobini berib, “Shu kitobni o’qisangiz, hamma savolingizga javob topasiz” degan ekanlar. Suhbatning shu qismida o’ylanib qoldim: bitta kitobda Jamoliddin akaning hamma savollariga javob bo’lishi mumkinmi, o’zi qanaqa savollar berganlar? Va Mutolaa ilovasidan kitobni tinglashni boshladim. Rostini aytaman, bu kitob - man anchadan beri qidirib yurgan, lekin nomini bilmagan noyob topilma bo’ldi. Savollarimning barchasiga javob topdim, Alhamdulillah. Savol qanaqa ekanligiga qiziqsangiz, kitobni o’qishni tavsiya qilaman.

Balki orqaga qaytish biz uchun foydalidir deb o’ylab qoldim: - ochiq havoda vaqt o’tkazish - gadjetlarni kamaytirish - suhbat, tabassum - qog’oz kitoblar - sayr paytida tafakkur. Ijtimoiy tarmoq va mol-dunyo bera olmagan xotirjamlikni topyapman shulardan.

photo content

Niyat odatlarni ibodatga aylantiradi. Niyatingizni doimo Alloh uchun qiling. “Nabaviy tarbiya”

Uyda o’tirgan ayol uchun yaxshi investitsiya - sifatli quloqchin va Mutolaa premium.

Dunyo oxirat tomon tortilgan ko’prik. Manzil 2 ta. Ko’prikda qanday yurishimiz qaysi manzilga borishimizni belgilaydi.

Boshqalar bilan xusumatda bo’lishimiz bizni ularning fazilatini inkor qilishga olib bormasin.

Agar hadya kishiga shaxsi uchun emas, mansabi uchun berilsa, bu hadya emas, balki pora. Pora bu xiyonat. Shaxsimiz uchun yoki mansabimiz, qanday bilamiz? Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning savollarini eslaymiz: “Agar rostgo’y bo’lsang, aytchi, ota-onangning uyida o’tirganingda ham senga hadya kelarmidi?

📌 “Sunniy aqidalar” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
+2
📌 “Sunniy aqidalar” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Imom Ahmad ibn Hanbal halifaning oldida Qur’onni maxluq deyishdan bosh tortadilar. Ularni zindonga olib ketishayotgan paytda
+1
Imom Ahmad ibn Hanbal halifaning oldida Qur’onni maxluq deyishdan bosh tortadilar. Ularni zindonga olib ketishayotgan paytda yo’lovchining aytgan gapi: “Agar Allohga muhabbatli bo’lsang, senga yetgan jabrga sabr qil. Sen va Jannat o’rtasida o’limdan boshqa narsa yo’qdir” Manba