E-note
Open in Telegram
Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
474
Subscribers
-124 hours
-47 days
+4430 days
Posts Archive
474
Tavakkul haqida
❌Sababini qildim, aniq bo’ladi
❌Sababini qilishim shart emas, Alloh nasib qilgan bo’lsa, bo’ladi
✅Sababini qildim, natijasi uchun Allohga tavakkal qilaman
474
“Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam:
Vaqtiki odam bolasi o’lsa, uning uch narsadan boshqa amali kesiladi:
- sadaqayi joriya
- unga duo qiladigan solih farzand
- undan keyin manfaat olinib turadigan ilm deganlar”
Muslim rivoyat qilgan.
474
Qilayotgan ishimiz to’g’ri bo’lishi kerak. Nima qilsam ham natijaga erishsam bo’ldi, deya fikrlash bizni chalg’itmasin.
❌ Fokus - natijada > jarayon ahamiyatsiz.
✅ Fokus - jarayonda > natija Allohdan.
Misol: qanday qilib bo’lsa ham 5 mln topishim kerak emas, topayotgan pulim halol bo’lishi kerak.
Ikrom Sharif ustoz aytganlaridek, biz natijadan emas, harakatimizdan so’ralamiz.
Inshodan xulosa
474
Bu mavzuni turmush qurishdan avval ustoz Husayn Buxoriyning mashhur darslaridan o’rgangan edik.
Shu tavsiyalarga amal qilgan ayol kishi oilali va farzandli bo’lgach ham ilm olishda davom eta oladi.
Qo’shimcha qilaman: oila a’zolaringiz sizni tushunishi va qo’llab-quvvatlashi muhim. Qanday qilib tushunadigan juft tanlash haqidagi maslahat bu va bu postlarda
📖 Ayol ilm olsa, jamiyat ilmli bo’ladi. Bu sharafli yo’lda bardavom bo’lishimiz kerak.
474
Sarkashlik - undan to’g’ri yechim bo’lgan holatda o’z fikrini haq deb hisoblash. Kibr bilan yonma-yon keladi.
Va sarkashlik rahbarning hurmatini tushiradi.
474
Ajoyib usul qo’llashdi. 12 ta insho bepul berildi va ayni shu insholar videoda ham so’zlab berildi.
Avval inshoni o’qidim, keyin videoni ko’rdim. Tushundimki, inshodan olganim xulosa va taassurotni videodan olmadim. Demak matn ta’siri kuchli ekan.
Marketing tomondan yondashuv:
1. Avval sifatli produkt ishlab chiqish kerak.
2. Uning sifatini ko’rsatish uchun qisman bepul taqdim qilish kerak. Ehtiyoji bor mijoz sotib oladi.
474
Parallel muhit uchun obuna sotib oldim. Bu ishni o’tgan yili qilmoqchi edim. O’qishga kitoblarim ko’p, insholarga vaqtim bo’lmaydi degandim.
YouTube’da ham ko’rish uchun videolar ko’p, 80% eshitadiganim - podkast. Ularning asosiy qismida Aziz Rahimov qatnashganlar.
Video ko’pligi doimiy tanlovimga ta’sir qilmayapdi. Demak, kitoblar ko’pligi insho o’qishdan to’smaydi.
Shu xulosa bilan sotib oldim.
Xulosa o’zini oqladi: kitobni tanlab o’qish haqidagi maqolani o’qigach, shu mavzudagi dilemma javobini topdi.
474
Bolalarda qiziqish qanday paydo qilinadi?
Qiziquvchan muhitda bo’lishini ta’minlash.
• Atrofga taqlid qilish.
“Iye, bu bolalar ko’p narsa bilarkan, ko’p narsaga qiziqarkan, nega man qila olmayman?”
Masalan, oromgoh, to’garaklar, qo’shimcha darslar, sport, raqs, rassomchilik…
• Qiyin tasklar ham normaga aylanishi.
“3 ta tilda gaplashish oddiy hol ekan, o’rtoqlarim bilishadi. Demak man ham o’rganishim kerak. Oyi, fransuz tiliga boraman”
474
I don’t aspire to do more, i aspire to do better at what i am currently doing.
Jensen Huang
474
Yillar o'tadi, qarashlar o'zgaradi. Avval soatlar sarflagan ishlarim uchun hozir daqiqamni qizg'onaman.
E'tibor markazida bo'lishni istagan bu ko'ngil endi chetroqda, xotirjam hayotda yashashni istaydi.
Endi trenddagi kitoblarni o'qish ham zavq bermaydi.
Rangli, dinamik qisqa videolardan boshga og'riq kiradi. Shunchaki oq-qora rangda, mazmunli suhbat afzal ko'riladi.
Ulg'ayamiz. Yillar o'tadi va yillar davomida sinalgan insonlar qoladi: oila, sanoqli do'stlar, ustozlar.
Yillar o'tadi va ming yillardan beri ahamiyatli bo'lgan xislatlar qadrlanadi: sadoqat, qanoat, muhabbat.
Yillar o'tadi va insoniyatni nima aziz qilishini tushunamiz: ilm, ibodat, amal.
474
Bir narsani bilish - ma’rifat.
Bilmaslik - jaholat.
Bilmasligini bilmaslik, bilaman deb da’vo qilish - murakkab jaholat.
