E-note
Open in Telegram
Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
475
Subscribers
+124 hours
+17 days
+5430 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+15
in 1 channels
August '26
+263
in 6 channels
Get PRO
July '26
+198
in 2 channels
Get PRO
June '260
in 1 channels
Get PRO
May '26
+10
in 1 channels
Get PRO
April '260
in 0 channels
Get PRO
March '26
+35
in 0 channels
Get PRO
February '260
in 0 channels
Get PRO
January '26
+12
in 1 channels
Get PRO
December '250
in 0 channels
Get PRO
November '25
+1
in 0 channels
Get PRO
October '25
+8
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +2 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +2 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +3 | |||
| 02 September | +2 | |||
| 01 September | +3 |
Channel Posts
| 2 | Bandadan shukr uzilmaguncha, Allohdan ziyoda qilish uzilmaydi.
Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu | 302 |
| 3 | Mahbubdan kelgan narsa ham mahbubdir.
Bizga nima berilgan - barchasini Alloh berdi. Ne’mat, yaxshilik, boylik, xulq, ilm, sinov, mashaqqat, ota-ona, farzand, do’st barchasini.
Allohdan keldimi, u kelib bo’ldi, endi qabul qilish kerak. Qanday qabul qilyapti inson - mana shu joyda farq bor.
Alloh sizga nimani taqsim qilgan bo’lsa, to’liq rozilik bilan qabul qiling. “Nega man?”, “Falonchida hammasi yaxshiku” va hkz. demaysiz shunda. Alloh berdimi - shu ekan xayrlisi, shuni rozilik bilan qabul qiling.
Shukur qiling va qanoat qiling. Allohning “shukur qilsangiz, ziyoda qilaman” degan va’dasi bor.
Ziyoda qilishi uchun shukur qilmang. Meni onamdan ko’proq yaxshi ko’radigan Allohdan keldi deb shukur qiling.
Qalbida Allohning taqdiriga rozilik bor insonga Allohdan uzoqlashishdan ko’ra katta musibat bo’lmaydi.
Alloh “Robbim” degan bandasini zoye qilmaydi. | 773 |
| 4 | Tafsiri Hilol 1-juz. Niso, 36.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf | 549 |
| 5 | Tafsiri Hilol 1-juz. Niso, 32.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf | 649 |
| 6 | Madina sokin shahar. Insonlar past ovozda gapirishadi. Mashinalar signal chalmaydi, yo’lda odam bo’lsa, kutib turishadi. Na ashula, na nashid ovozini eshitasiz.
Chunki bu shaharda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam borlar. Alloh taolo Hujurot surasi 2-oyatda marhamat qiladi: “…ovozingizni Nabiyning ovozidan yuqori ko’tarmang…”
Kim Madinaga borsa, shu buyruqqa itoat qiladi. Baland gapirmay, avval o’zi tinchlanadi. Keyin Rosululloh sollallohu alayhi vasallam barokatlaridan bo’lgan sakinatni his qiladi.
Bu bir buyruq edi, Allohning hamma aytganini bajarsak, hayotimiz Jannat bo’lardi balki… | 817 |
| 7 | Qo’shimcha:
Bu jarayon compound effect deb nomlanadi. Ilmiy asos kerak bo’lsa, izlanib ko’rish mumkin.
Kanalda kunlik vazifa yoki vird nomlari bilan keltirilgan. | 516 |
| 8 | Ko’p gapimdan afsuslandim, jim turganim hech pand bermadi. | 630 |
| 9 | Maktabga chiqqan bola bog’chani, oila qurgan inson bo’ydoqlik davrini sog’inadi. Sababi - avval vaqti ko’proq, mas’uliyati kamroq edi.
Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tganda vazifa va mas’uliyat tabiiy ko’payadi.
Endi ustoz bergan vazifani bajarish kerak (maktab o’quvchisi)
Endi ishlash uchun xos bilim olib, amaliyotda qo’llay olish kerak (universitet talabasi)
Endi rivojlanib, ko’proq pul topish kerak (kompaniya xodimi)
Endi yangi oilasiga xizmat qilish kerak, farzand parvarish/tarbiyasi bilan shug’ullanish kerak (oila qurgan ayol)
Ularni birlashtirgan bir narsa bor - endi avvalgidek oson bo’lmaydi. Buyog’iga mas’uliyat oshib boradi, o’ylov ko’payadi, qiladigan ishlar soni ham ortadi.
Avvalgi davrni istab, hoziridan nolishning foydasi yo’q. Xo’p, nima qilish kerak?
Vaqtdan unumli foydalanish. Bugun ko’ldasiz, ertaga dengizda suzishingiz kerak bo’lsa, vaqtingizni suzishni mashq qilishga sarflaysiz. Demak hozir siz uchun muhim bo’lgan ishlarni aniqlash kerak. Va vaqtni ularga sarflash kerak.
• Qarigan paytda qanday inson bo’lishni istaysiz?
• Qaysi ilm, qaysi xulq sizda bo’lsin?
• Qaysi amallarni qilishga ulgurishingiz kerak?
• Kim sifatida bu dunyoni tark etmoqchisiz?
• Odamlar sizni kim deb eslashsin?
• Allohning huzurida qanday banda bo’lmoqchisiz?
Shu savollarga javob - sizning maqsadingiz. Bu maqsadga erishish uchun qiladigan ishlaringiz - yo’l. Shu yo’lda har kuni yurish kerak.
Maqsad tomon yetaklovchi kunlik vazifangiz bo’lsin. Kuniga 1 bet kitobdir, 2 rakat ko’proq namozdir balki, 10 ta ko’p salovat yoki 5 daqiqa tafakkur - o’zingiz belgilaysiz. Ana shu vazifani bardavom qilish orqali rivojlanasiz.
Hamma rivojlanmoqchi atrofda, biroq hamma ham qila oladimi? O’ziga va maqsadiga sodiq qolganlar qila oladi. Vaqti kamligini bilib, befoyda ishdan cheklanadi. Vazifasini bajaradi.
Kunini ishg’ol qilgan odam, hayotini ishg’ol qiladi. Har kuningiz mazmunli o’tayotgan bo’lsa, oy va yillardan xavotir olishga o’rin yo’q. | 890 |
| 10 | Murojaatim qizlarga:
Muslima qiz erkak kishi kanalidagi har bir postga izoh yozmaydi. Video yuborsa ham > izoh, kulgan stiker jonatsa ham > izoh, faqat erkaklarga qaratilgan postga ham > izoh.
Muslima qiz obro’sini, hurmatini saqlaydi. Qadrini bema’ni izohlar bilan tushirmaydi. Qimmatli vaqtini izohlar orasida sarflamaydi.
Erkaklar davrasida o’tirib, erkak kishi aytgan har gapga javob qaytara olasizmi? Sizdan so’ralmagan taqdirda? Uyalasizku axir, nega shu ishni onlayn qilyapsiz. Sizning sharafingiz keraksiz izohlar bilan o’lchanib qolyapti…
O’ylab ko’ring, siz a’zo bo’lgan kanallar rostan keraklimi? Manfaatli kanal egalari kuniga 10-20 ta post yozmaydilar, chunki buncha vaqtlari yo’q. Sizga foydali emas ekan, nima qilasiz obuna bo’lib? Postlarni o’qishga ketgan vaqt + o’ylashga ketgan vaqt + izoh yozishga ketgan vaqt + sizga javob qaytargan odam bilan tortishishga ketgan vaqt. Bu vaqtning ham javobi bor.
Sharafingiz yuksak bo’lsin, noyob bo’ling. Har kirgan kanal izohida siz bo’lmang. O’zingiz bilan band bo’ling. Kun tartibini shunday tuzingki, foydasi zararidan kam ishlarga vaqt qolmasin.
Oila qurguncha ham “bo’sh vaqtingizda nima qilasiz?” deya savol berishdan avval o’zingizga qarang. Izohlar malikasiga izohlar qiroli uchraydi katta ehtimol. Kelajakda shu holga tushmaslik uchun hozir vaqtingizni qadriga yeting. | 1 107 |
| 11 | Alloh taolo sizga bermoqchiki, ilmini o’rgatyapti. | 994 |
| 12 | Qur’on qiroatining nozik sirlari va tadabbur. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya: Poklanish” kitoblari va sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi. | 977 |
| 13 | Qur’on qiroati samaralari va fazilatlari. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya: Poklanish” kitoblari va sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi. | 699 |
| 14 | Qur’oni Karim xatmi va muddatlari. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya: Poklanish” kitoblari va sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi. | 491 |
| 15 | Tarbiya ko’p hollarda nasihat bilan emas, namuna bilan boshlanadi.
Farzand tarbiyasi ota-ona farzandiga nima berishidan avval, o’zini qanday inson qilib tarbiyalayotganidan boshlanadi.
O’zini tarbiyalash esa nafsini tanishdan boshlanadi. | 630 |
| 16 | O’qib chiqib, har tilovat oldidan amal qilinsa, yaxshi bo’ladi. | 448 |
| 17 | Qur’oni Karim tilovati odoblari. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya: Poklanish” kitoblaridan tayyorlandi. | 484 |
| 18 | Qur’oni Karim tilovati fazilatlari. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya: Poklanish” kitoblaridan tayyorlandi. | 464 |
| 19 | Bir loyiha uchun kunlik shunday ma’lumotlar tayyorlayapmiz. Bu kanalda ham ulashib boramiz, manfaatli bo’lsin. | 454 |
| 20 | No text... | 482 |
