E-note
Открыть в Telegram
Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
482
Подписчики
+124 часа
+17 дней
+4430 дней
Архив постов
482
Oxirgi 2 yilda hozirgidek xotirjam va baxtli bo’lmaganman. Sababi oddiy - Instagramga kirmayapman.
Olingan xulosa: bugungi kunda inson o’ziga qilishi mumkin bo’lgan katta yaxshiligi - bu tarmoqni bloklash.
482
Hamma qilyaptiku deya umrimizni foydasiz ishga sarflaymiz.
Odamlarda bo’lgani uchun va ular ko’rishi uchun qimmat kiyimlar, dabdabali to’ylar.
Maqtanish, solishtirish va hasad - kasallik. Davosi - ilm.
O’rganishni boshlashning oson usuli - kitob olib o’qish.
482
“Nega unda bor, menda yo’q” - hasad.
Orzu-havas deb atayotganimiz ham aslida hasadmikan, deb o’ylab qoldim.
482
Yaqin insonimiz kanalida shu jumlani o’qidim: “kitobni, bilimni, oddiylik va hotirjamlikni sevadigan inson”
Tasavvur qilib ko’rdim. Qanday ham go’zal xislatlar…
Inson kitobdan, bilim olishdan zavqlanishi uchun qalbi sof bo’lishi kerak.
Oddiylikni sevadigan inson hayotidan rozi bo’lishi oson bo’ladi.
Xotirjam inson atrofga ham xotirjamlik ulashadi.
Va asosiysi nima, bilasizmi? Kimdaki bu sifatlar bo’lsa, unga mol-dunyo, e’tibor markazida bo’lish ahamiyatli emas.
482
+1
Qanday qilib PISA testida xitoylik o’quvchilarning matematikadan bilim darajasi AQSh Masachusets o’quvchilaridan oldinda bo’lgan?
482
Albatta sifatli ta’lim olgan aholi iqtisodiy ko’rsatkichlarga o’z hissasini qo’shadi.
Erkin ta’lim himoyasida
Farid Zakariya
482
Nima kasb egallasangiz ham, universitetda o’qigan fanlaringiz kelajakdagi kasbingizda ma’lum darajada keraksiz bo’lib qoladi. Doimiy qoladigan jihat muammolarni hal qilish uchun siz o’rgangan qobiliyat va usullardir.
Erkin ta’lim himoyasida
Farid Zakariya
482
Faqat shu ishni qisman bajarish sababi bilan Alloh vaqtimizga baraka berdi.
Instagramsiz hayot sokin, tashvishsiz va chiroyli ekan.
482
• Inson bir foydali ish qilmaguncha, avvalgi ishlarida vaqtini isrof qilganini tushunmas ekan.
Kitob o’qib, qalbim xotirjam bo’ldi va Instagramda o’tgan har bir daqiqamga achindim. Nega shu vaqtni kitobga sarflamadim, deya so’radim.
• O’sha zararli ishlar albatta o’z asoratini qoldirar ekan.
Shu qadar ko’p diqqatim bo’lindiki, bunga sabab bo’lgan Instagramda o’tgan vaqtimga yana achindim.
Texnologiyaga aldanish oson bo’lgan zamonda yashayapmiz, o’zimizni qurbon qilmaylik.
482
Yaqinda “Osmondagi bolalar”ning yangi sonini ko’rdim. Ko’rsatuv mehmoni Jamoliddin Muhammadjon bir voqeani aytib berdilar:
Ular bir amakining ishxonasiga (burgerxona edi, adashmasam) borar va turli savollarni so’rar ekanlar. Amaki javob berar ekanlar. Bir kuni amaki “Sunniy aqidalar” kitobini berib, “Shu kitobni o’qisangiz, hamma savolingizga javob topasiz” degan ekanlar.
Suhbatning shu qismida o’ylanib qoldim: bitta kitobda Jamoliddin akaning hamma savollariga javob bo’lishi mumkinmi, o’zi qanaqa savollar berganlar?
Va Mutolaa ilovasidan kitobni tinglashni boshladim. Rostini aytaman, bu kitob - man anchadan beri qidirib yurgan, lekin nomini bilmagan noyob topilma bo’ldi.
Savollarimning barchasiga javob topdim, Alhamdulillah. Savol qanaqa ekanligiga qiziqsangiz, kitobni o’qishni tavsiya qilaman.
482
Balki orqaga qaytish biz uchun foydalidir deb o’ylab qoldim:
- ochiq havoda vaqt o’tkazish
- gadjetlarni kamaytirish
- suhbat, tabassum
- qog’oz kitoblar
- sayr paytida tafakkur.
Ijtimoiy tarmoq va mol-dunyo bera olmagan xotirjamlikni topyapman shulardan.
482
Niyat odatlarni ibodatga aylantiradi. Niyatingizni doimo Alloh uchun qiling.
“Nabaviy tarbiya”
482
Dunyo oxirat tomon tortilgan ko’prik. Manzil 2 ta. Ko’prikda qanday yurishimiz qaysi manzilga borishimizni belgilaydi.
482
Boshqalar bilan xusumatda bo’lishimiz bizni ularning fazilatini inkor qilishga olib bormasin.
482
Agar hadya kishiga shaxsi uchun emas, mansabi uchun berilsa, bu hadya emas, balki pora. Pora bu xiyonat.
Shaxsimiz uchun yoki mansabimiz, qanday bilamiz?
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning savollarini eslaymiz:
“Agar rostgo’y bo’lsang, aytchi, ota-onangning uyida o’tirganingda ham senga hadya kelarmidi?
