en
Feedback
E-note

E-note

Open in Telegram

Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
474
Subscribers
-124 hours
-47 days
+4430 days
Posts Archive
Nega bahslashamiz? Haq bo’lish uchunmi, haqligimizni isbotlash uchunmi. Haqni topish haq bo’lishdan muhimroq emasmi.

Buyuklarning hayoti bizga ibrat. Hazratning hayotlari haqida o’qigan/ko’rganim doim ta’sirlantirgan. Ikrom Sharif ustoz “Farog’at qasri”da Islom.uz dan “Buyuklik sari” maqolasini o’qib chiqishni aytdilar. Hazratning vafotlaridan ko’p o’tmay, ularning umr yo’ldoshlari Ismoil Maxdum qizi Fotima hoji ona bilan suhbat qilingan. Suhbatni Husayn Buxoriy o’tkazgan ekanlar. Shu suhbat yozma maqola ko’rinishida saytga yuklangan. https://share.google/KTvmN5E7knfZGZANW Shu havola orqali o’qish mumkin. O’zingiz o’qing, oila a’zolaringiz o’qishsin, yaqinlarga ulashing, toki Hazratdek insonlar o’sishiga hissa qo’shaylik.

Hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning umr yo’ldoshlari hazratning onalari haqida Manba
Hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning umr yo’ldoshlari hazratning onalari haqida Manba

Baxtiyor oila + Farog’at qasri + Er-xotinga nasihat = oila ilmi uchun ideal kombo. 1. Kitob - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 2. Kurs - Ikrom Sharif 3. Kitob - Hasson Shamsiy Posho

Alloh bilan orangizni isloh qiling, shunda Alloh boshqalar bilan orangizni isloh qiladi.

Qilinayotgan ishga mehr qo’shilsa, u rangli va chiroyli bo’ladi. Boshqa kamchiliklarni ham yopib ketadi.

Qaysi amal sababidan Jannatga kirishimizni bilmaymiz. Ba’zi narsalarning barakasi va tavfiqi biz kutmagan joydan keladi. Kishining saodati balki farzandi tarbiyasiga, balki turmush o’rtog’ining roziligiga bog’langandur. Kichik sanaganimiz bir amal Alloh oldida buyukdir, biz bila olmaymiz. Duoda, niyatda va amalda bardavom bo’lishimiz kerak.

Ba’zi sohalarda ishchining o’rniga boshqa ishchi kelishi mumkin. Lekin oiladagi onalik o’rnini hech kim bilan yopib bo’lmaydi. Tarbiyachi ona bo’la olmaydi, xizmatchi ona bo’la olmaydi. Bola onadan oladigan narsasini boshqa odamdan ola olmaydi. ©️Ikrom Sharif, “Farog’at qasri”

Turmushda aql va his-tuyg’u birgalikda kerak bo’ladi. Turmushdan avval aql his-tuyg’udan muqaddam bo’lsin. ©️Ikrom Sharif, “Farog’at qasri”

Ular yerda yurarkan, Alloh ulardan rozi bo’lgan, Jannatdagi joylari hozirlangan. Imtihondan hali o’lmasdan turib o’tganlik bashoratini olgan. Asharai Mubashshara uchun Ikrom Sharif tomonlaridan berilgan go’zal tarif

Yomonligini bilaman. Zararligini bilaman. Befoydaligini bilaman. O’rganib qolganmanda. Voz kecholmadimda. Nima qilay endi, shunaqada. Shu gaplarni aytishdan uyalishimiz kerak ekan. Kuchli qat’iyat, iroda kerak ekan.

“Bilaman” - ko’p aytiladi. “Amal qilyapman” - kam aytiladi. “Shuni bilaman man ham, qilolmayapmanda” - oqlash uchun yaxshi bahonaga o’xshaydi. Aslida insonning o’ziga bo’lgan hurmatini ko’rsatadi.

Ota-ona doim farzandiga yaxshilik qilishni istaydi. Yaxshi bog’cha, to’garaklar, sifatli kiyim, sharoit. O’yladim: balki bular emas, o’zimizni rivojlantirish farzand kamolotiga ko’proq ta’sir ko’rsatar. Qanday? Bolalar kichik yoshda foydali/zararlini farqlay olishmaydi. Ularga kattalar qilayotgan ish qiziq. Har kuni kitob o’qigan onani ko’rgan bola kitobga qiziqadi. Har kuni serial ko’rgan onaning farzandi serialga. Dadasi siylai rahm qilganini ko’rib ulg’ayadi. Qarindoshlari bilan aloqada dadasi tutgan yo’lni tutadi. Farzand ota-onasiga taqlid qiladi. Demak, o’zimizni isloh qilish (ilm, sog’lom turmush tarzi, axloq) -> zurriyodimiz uchun ham investitsiya.

Duo qilish bir ekan, ijobatiga tayyor bo’lish boshqa ekan.

Aylanib o’tish Bizga yuklangan vazifani bajarmay, bajargandek ko’rsatishni “aylanib o’tish” deb atayman. Uning fandagi nomi haqida ma’lumotim yo’q.
Maktabda ustoz uyga vazifa berishi - ustozning talabi; o’quvchi vazifani bajarib kelishi - o’quvchining majburiyati; sinfdoshidan ko’chirib ko’rsatishi - aylanib o’tish.
Ishda rahbar vazifa berishi - talab; xodim o’z vaqtida sifatli bajarishi - majburiyat; vazifani bajarmay, yaxshi gap yoki so’z o’yini bilan vaziyatdan chiqish - aylanib o’tish.
Aylanib o’tish reels ko’rishga o’xshaydi. Jarayon rohat beradi, natijasi odamni xarob qiladi. Istalgan davrada kishi o’z majburiyatini sifatli bajarmas ekan, jarlik tomon yurayotgan bo’ladi. Oxirida, yo davradan chiqadi, yo davradagi barcha u kabi bo’ladi. Niyatni to’g’ri qilib, fokusni jarayonga qaratsak, Alloh natijani ham, barakani ham go’zal qiladi.

Ro’mol asli sharaf ekan. Uyda viqor bilan o’tirish halovat, yasanmay ko’chaga chiqish qalb xotirjamligi ekan. Ayol o’zini hurmat qilishi har marosimga yangi ko’ylak kiyishi va modadan orqada qolmasligida emas, balki hissiy mo’tadillik va ilmga muhabbatida ko’rinar ekan. Ayol ayni holatidan rozi bo’lib yashasa, qalbida shukr va qanoat hissi bo’lsa oilasi baxtli bo’lar ekan. Anglash uchun yillar sarflangan haqiqatlar

Eslatma Sovuq kunlarda ko’chada ishlayotgan (bozor, parkovka, obodonchilik ishlari) odamlarga biroz pul yoki issiq choy bering. Majburiyat bo’lmaganida, ular ham uy/ofisda o’tirgan bo’lishar edi.

Dear Moms…
Dear Moms…

Oxirgi 2 yilda hozirgidek xotirjam va baxtli bo’lmaganman. Sababi oddiy - Instagramga kirmayapman. Olingan xulosa: bugungi kunda inson o’ziga qilishi mumkin bo’lgan katta yaxshiligi - bu tarmoqni bloklash.