E-note
رفتن به کانال در Telegram
Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
482
مشترکین
+124 ساعت
+17 روز
+4430 روز
آرشیو پست ها
482
So’zlar. Og’izdan chiqquncha bizga qaram, og’izdan chiqdimi - biz ularga qaram.
Jim turmaslik uchungina gapirish to’g’ri tanlov emas. Foyda keltirish uchun gapiriladi.
Ba’zida sukut foyda keltiradi.
482
Nega bahslashamiz?
Haq bo’lish uchunmi, haqligimizni isbotlash uchunmi. Haqni topish haq bo’lishdan muhimroq emasmi.
482
Buyuklarning hayoti bizga ibrat. Hazratning hayotlari haqida o’qigan/ko’rganim doim ta’sirlantirgan.
Ikrom Sharif ustoz “Farog’at qasri”da Islom.uz dan “Buyuklik sari” maqolasini o’qib chiqishni aytdilar. Hazratning vafotlaridan ko’p o’tmay, ularning umr yo’ldoshlari Ismoil Maxdum qizi Fotima hoji ona bilan suhbat qilingan. Suhbatni Husayn Buxoriy o’tkazgan ekanlar. Shu suhbat yozma maqola ko’rinishida saytga yuklangan.
https://share.google/KTvmN5E7knfZGZANW
Shu havola orqali o’qish mumkin.
O’zingiz o’qing, oila a’zolaringiz o’qishsin, yaqinlarga ulashing, toki Hazratdek insonlar o’sishiga hissa qo’shaylik.
482
Baxtiyor oila + Farog’at qasri + Er-xotinga nasihat = oila ilmi uchun ideal kombo.
1. Kitob - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
2. Kurs - Ikrom Sharif
3. Kitob - Hasson Shamsiy Posho
482
Qilinayotgan ishga mehr qo’shilsa, u rangli va chiroyli bo’ladi. Boshqa kamchiliklarni ham yopib ketadi.
482
Qaysi amal sababidan Jannatga kirishimizni bilmaymiz.
Ba’zi narsalarning barakasi va tavfiqi biz kutmagan joydan keladi.
Kishining saodati balki farzandi tarbiyasiga, balki turmush o’rtog’ining roziligiga bog’langandur.
Kichik sanaganimiz bir amal Alloh oldida buyukdir, biz bila olmaymiz.
Duoda, niyatda va amalda bardavom bo’lishimiz kerak.
482
Ba’zi sohalarda ishchining o’rniga boshqa ishchi kelishi mumkin.
Lekin oiladagi onalik o’rnini hech kim bilan yopib bo’lmaydi. Tarbiyachi ona bo’la olmaydi, xizmatchi ona bo’la olmaydi. Bola onadan oladigan narsasini boshqa odamdan ola olmaydi.
©️Ikrom Sharif, “Farog’at qasri”
482
Turmushda aql va his-tuyg’u birgalikda kerak bo’ladi.
Turmushdan avval aql his-tuyg’udan muqaddam bo’lsin.
©️Ikrom Sharif, “Farog’at qasri”
482
Ular yerda yurarkan, Alloh ulardan rozi bo’lgan, Jannatdagi joylari hozirlangan.
Imtihondan hali o’lmasdan turib o’tganlik bashoratini olgan.
Asharai Mubashshara uchun Ikrom Sharif tomonlaridan berilgan go’zal tarif
482
Yomonligini bilaman. Zararligini bilaman. Befoydaligini bilaman. O’rganib qolganmanda. Voz kecholmadimda. Nima qilay endi, shunaqada.
Shu gaplarni aytishdan uyalishimiz kerak ekan. Kuchli qat’iyat, iroda kerak ekan.
482
“Bilaman” - ko’p aytiladi.
“Amal qilyapman” - kam aytiladi.
“Shuni bilaman man ham, qilolmayapmanda” - oqlash uchun yaxshi bahonaga o’xshaydi. Aslida insonning o’ziga bo’lgan hurmatini ko’rsatadi.
482
Ota-ona doim farzandiga yaxshilik qilishni istaydi. Yaxshi bog’cha, to’garaklar, sifatli kiyim, sharoit.
O’yladim: balki bular emas, o’zimizni rivojlantirish farzand kamolotiga ko’proq ta’sir ko’rsatar.
Qanday?
Bolalar kichik yoshda foydali/zararlini farqlay olishmaydi. Ularga kattalar qilayotgan ish qiziq.
Har kuni kitob o’qigan onani ko’rgan bola kitobga qiziqadi. Har kuni serial ko’rgan onaning farzandi serialga.
Dadasi siylai rahm qilganini ko’rib ulg’ayadi. Qarindoshlari bilan aloqada dadasi tutgan yo’lni tutadi. Farzand ota-onasiga taqlid qiladi.
Demak, o’zimizni isloh qilish (ilm, sog’lom turmush tarzi, axloq) -> zurriyodimiz uchun ham investitsiya.
482
Aylanib o’tish
Bizga yuklangan vazifani bajarmay, bajargandek ko’rsatishni “aylanib o’tish” deb atayman. Uning fandagi nomi haqida ma’lumotim yo’q.
Maktabda ustoz uyga vazifa berishi - ustozning talabi; o’quvchi vazifani bajarib kelishi - o’quvchining majburiyati; sinfdoshidan ko’chirib ko’rsatishi - aylanib o’tish.
Ishda rahbar vazifa berishi - talab; xodim o’z vaqtida sifatli bajarishi - majburiyat; vazifani bajarmay, yaxshi gap yoki so’z o’yini bilan vaziyatdan chiqish - aylanib o’tish.Aylanib o’tish reels ko’rishga o’xshaydi. Jarayon rohat beradi, natijasi odamni xarob qiladi. Istalgan davrada kishi o’z majburiyatini sifatli bajarmas ekan, jarlik tomon yurayotgan bo’ladi. Oxirida, yo davradan chiqadi, yo davradagi barcha u kabi bo’ladi. Niyatni to’g’ri qilib, fokusni jarayonga qaratsak, Alloh natijani ham, barakani ham go’zal qiladi.
482
Ro’mol asli sharaf ekan.
Uyda viqor bilan o’tirish halovat, yasanmay ko’chaga chiqish qalb xotirjamligi ekan.
Ayol o’zini hurmat qilishi har marosimga yangi ko’ylak kiyishi va modadan orqada qolmasligida emas, balki hissiy mo’tadillik va ilmga muhabbatida ko’rinar ekan.
Ayol ayni holatidan rozi bo’lib yashasa, qalbida shukr va qanoat hissi bo’lsa oilasi baxtli bo’lar ekan.
Anglash uchun yillar sarflangan haqiqatlar
482
Eslatma
Sovuq kunlarda ko’chada ishlayotgan (bozor, parkovka, obodonchilik ishlari) odamlarga biroz pul yoki issiq choy bering.
Majburiyat bo’lmaganida, ular ham uy/ofisda o’tirgan bo’lishar edi.
