716
订阅者
-124 小时
无数据7 天
-530 天
帖子存档
Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim.
Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.
Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim.
Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.
—
Выступила на 81-й Генеральной Ассамблее ООН. С трибуны этой организации я говорила о позиции Узбекистана в мире, где становится всё больше конфликтов и всё меньше доверия.
Наш выбор ясен — открытость, добрососедство и диалог. Мы выступаем за мир, сотрудничество и уважение человеческого достоинства.
Говорила о переменах в Центральной Азии, реформах в Узбекистане, экологии и трагедии Арала, развитии искусственного интеллекта, верховенстве закона и правах человека.
Сегодня ни одна страна не может справиться с глобальными проблемами в одиночку. Узбекистан готов вносить свой вклад в мир, основанный на доверии и взаимном уважении.
+9
#Seminar
📚 KUTUBXONACHILAR SEMINARI — TAJRIBA VA ILHOM MASKANI
Bugun maktabimiz kutubxonasida umumta’lim maktablari kutubxonachilari ishtirokida mazmunli va samarali seminar tashkil etildi.
Seminar Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan yuqori saviyada tashkil etilib, unda kutubxonachilik faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish borasidagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.
Tadbir davomida o‘zaro fikr va tajriba almashish, yangi g‘oyalar va samarali ish usullarini muhokama qilish uchun qimmatli imkoniyat yaratildi.
Seminarning mazmunli o‘tishida faol ishtirok etgan barcha hamkasblarimizga minnatdorlik bildiramiz.
Shuningdek, maktabimizda bunday mazmunli tadbirlarni o‘tkazish uchun yaratilayotgan sharoitlar va qo‘llab-quvvatlovlari uchun maktab ma’muriyatiga alohida tashakkur bildiramiz!
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
Repost from "BUXORO" telekanali
#Yil_oʻqituvchisi
#OAV_biz_haqimizda
“YIL O‘QITUVCHISI” G‘OLIBI — SARVINOZ RAJABOVA!
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Sarvinoz Rajabova “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
16 yildan buyon pedagogik faoliyat olib borayotgan ustoz darslarda zamonaviy va innovatsion metodlardan samarali foydalanib, o‘quvchilarning kimyo faniga qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Uning o‘quvchilari viloyat va respublika, xalqaro miqyosidagi fan tanlovlarida munosib natijalarni qayd etishgan.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
📚 O‘QUV-SEMINAR
“Umumta’lim maktab kutubxonasi faoliyatini tashkil etish va kutubxona ishi samaradorligini oshirishdagi muhim omillar”
📖 Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi tomonidan Jondor tumanidagi umumta’lim maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etiladi.
🏆 Seminarning asosiy maqsadi:
Umumta’lim maktab kutubxonalarida faoliyatni samarali tashkil etish, zamonaviy kutubxona xizmatlarini rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda kutubxona ishining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajriba va amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashish.
📅 Sana: 2026-yil 24-sentabr
📍 Manzil: Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
👩💼 Ishtirokchilar:
Jondor tumanidagi umumta’lim maktablari kutubxonachilari.
🌟 Zamonaviy kutubxona — bilim, tafakkur va taraqqiyot maskani!
📍Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling
✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site
Repost from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#KelajakMarkazlari
#JadidlarIzidan
"Jadidlar izidan" tanlovi yana Siz bilan!
🤐 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan oʻtkaziladigan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumi boshlanmoqda!
🔹 Tanlov ikki yosh toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida o‘tkaziladi.
🔗 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish:
✅6-8-sinf
✅9-10-sinf
▪️ Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
➖ Eslatib oʻtamiz, Respublika bosqichi g’oliblari xorijga ta'lim sayohati va oliy ta'lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.👉 Tanlov NIZOMI bilan tanishing. Jadidlar merosini birgalikda o‘rganamiz!
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
💐 USTOZINGIZGA RAHMAT AYTISHGA TAYYORMISIZ?
Hayotimizda bilimi, maslahati va qo‘llab-quvvatlashi bilan unutilmas iz qoldirgan insonlar bor. Ular — ustozlarimiz.
🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan #Ustozimga_rahmat chellenjiga start beramiz.
🎥 Chellenjda ishtirok etish uchun hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingiz haqida 30–60 soniyalik video tayyorlang. Unda ustozingizdan olgan eng muhim sabog‘ingiz va uning hayotingizdagi o‘rni haqida so‘zlab, “Ustozim, Sizga rahmat!” deya minnatdorligingizni bildiring.
Imkon bo‘lsa, ustozingiz bilan uchrashing, unga qo‘ng‘iroq qiling yoki tayyorlagan videomurojaatingizni bevosita yetkazing.
✅ Videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylashtiring va quyidagi xeshteglardan foydalaning:
#Ustozimga_rahmat
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
#Bir_umrlik_iz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+5
#MaktabKutubxonasi bilan tanishuv.
KUTUBXONA — BILIMLAR MASKANI 📚
Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabimizga yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilari kutubxona bilan tanishdilar.
Unda o‘quvchilar kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, kitoblardan foydalanish tartibi va kutubxona qoidalari bilan yaqindan tanishdilar. 📖
Yosh kitobxonlarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, muntazam kitob o‘qishning bilim va dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi va barcha o'quvchilar kutubxonaga a'zo qilindi
🌱 Aziz o‘quvchilar! Kutubxona siz uchun doimo ochiq. Bu maskanda sizni yangi bilimlar, qiziqarli asarlar va betakror qahramonlar olami kutmoqda!
📖 Kitob o‘qing — bilim oling, tafakkuringizni boyiting!
Jarayonidan lavhalar...
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+6
#Jondor_IM
#kelajak_soati
🇺🇿 “KELAJAK SOATI” — VATAN, FIKR VA KELAJAK SARI!
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mashg‘ulotlar an'anaviy ravishda davlatimizning bosh ramzi - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi tantanali kuylanishi bilan boshlandi.
✅ Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 310-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, “Kelajak soati” o‘quv dasturi, konseptual asoslari hamda o‘qituvchilar uchun ishlab chiqilgan metodik yo‘riqnoma talablariga mos ravishda tashkil etildi.
✨Darslar doirasida “Yangi O‘zbekiston — yangi yutuqlar maskani” mavzusida atroflicha suhbatlar va tushuntirishlar olib borildi.
📌O‘quvchilar yurtimiz taraqqiyoti, erishilayotgan yutuqlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
💻 INFORMATIKA DARSIDAN LAVHALAR
👩🏫 Ustoz: Safarova Zulfizar
🏫 Sinf: 8-E sinf
📚 Fan: Informatika
💡 Mavzu: «O‘zgaruvchilar va ularni boshqarish»
Bugungi informatika darsida 8-E sinf o‘quvchilari o‘zgaruvchilar tushunchasi, ularni yaratish, qiymat berish va boshqarish usullari bilan tanishdilar.
Dars jarayonida o‘quvchilar nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlab, dasturlashda o‘zgaruvchilarning ahamiyatini misollar orqali o‘rgandilar.
✨ Bilim — kelajak sari yo‘l!
💻 Dasturlash — mantiqiy fikrlash va ijodkorlik uyg‘unligi!
+7
#Jondor_IM
🇺🇿 ERTALABKI SAFLANISH
Jondor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri o‘tkazildi.
Saflanish davomida asosiy fan olimpiadasining keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o'quvchilarimiz e‘tirof etilib, "Yil o‘qituvchi" respublika tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ustozimiz Rajabova Sarvinoz Yunusovna hamda Mustaqilligimizning 35 yillik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan Qo‘chqorova Sadoqat To‘lisovnaning mehnatlari e‘tirof etildi.
Saflanish jarayonida o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etishdi. Davlat madhiyasining ijro etilishi o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🇺🇿 Davlat madhiyasi — Vatanimizga bo‘lgan yuksak hurmat va iftixor timsolidir.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
Repost from Sevara Shakirova
#Yil_oʻqituvchisi
#Gʻoliblar_aniqlandi
💐 BUGUN USTOZLARIMIZ BILAN FAXRLANAMIZ!
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari orasida Agentligimiz tizimida faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz borligi meni juda quvontirdi. Bu natija ortida ularning yillar davomida to‘plagan tajribasi, doimiy izlanishi va eng muhimi, o‘quvchilariga bergan bilimi hamda mehr-mashaqqati turibdi.
Ustozning mehnatini faqat bir tanlov natijasi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Uning eng katta yutug‘i — o‘quvchisining muvaffaqiyati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va kelajakda munosib o‘rin topishidir. Bugungi e’tirof esa ana shunday fidokorona mehnatning munosib qadrlanishidir.
💐 Aziz ustozlarimiz, sizlarni chin qalbimdan tabriklayman! Har biringizning yutug‘ingizdan faxrlanaman. Bilimingiz, tajribangiz va mehnatingiz bilan hali ko‘plab yoshlarning hayotida unutilmas iz qoldirishingizga ishonaman. G‘oliblik muborak bo‘lsin!
✅Rasmiy sahifalar
#Yil_oʻqituvchisi
Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!
🏆 Ushbu tanlovda fidokor ustozimiz Rajabova Sarvinoz Yunusovna Jondor tumanida yagona g‘olib deb topildi.
✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.
📊 Ma'lumot oʻrnida: 💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.👏 Maktabimiz jamoasi ustozimizni samimiy tabriklaydi hamda kelgusi kasbiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi. 🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Instagram|Telegram|Facebook|You tube
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Yil_oʻqituvchisi
#Gʻoliblar_aniqlandi
📣 DIQQAT!!!
Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!
💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.
✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.
➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.
📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.
📍Gʻoliblar roʻyxati
👏 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblarini samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusi kasbiy faoliyatida yanada katta zafarlar tilaydi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Ustozimga_rahmat
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz — millat kelajagining bunyodkori” g‘oyasi ostida o‘qituvchi va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini e’zozlash maqsadida Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-F sinf o‘quvchilari o‘z ustozlariga “Ustozga ehtirom” tashabbusi asosida o‘quvchilarning ustozlariga bo‘lgan hurmat va minnatdorligini aks ettiruvchi videolavha tayyorlashdi.
O‘quvchilarning yutuq va natijalarga erishishida katta hissa qo‘shgan ustozlarimizga minnatdorlik bildiramiz.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+6
#Mutolaa
📚 KITOBXONLIK TO‘GARAGIDA — ABDULLA QAHHOR IJODI
Bugun kitobxonlik to‘garagimizda o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, mohir hikoyanavis Abdulla Qahhor tavalludi munosabati bilan mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida adibning hayoti va ijod yo‘li, o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida suhbatlashdik. O‘quvchilar yozuvchining mashhur “Bemor” hikoyasini o‘qib, asar mazmuni va undagi hayotiy voqealar yuzasidan fikr almashdilar.
📖 “Bemor” hikoyasi orqali o‘quvchilar inson taqdiri, befarqlik, jaholat va o‘sha davr ijtimoiy muammolari haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.
💬 Eng muhimi, o‘quvchilar asardan o‘zlari uchun xulosa chiqarib, insoniylik, mehr-oqibat va befarq bo‘lmaslik kabi qadriyatlar haqida fikr yuritdilar.
📚 Kitob o‘qigan avlod — fikrlaydigan, ma’rifatli va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadigan avloddir!
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
Repost from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
❗️❗️❗️❗️❗️
PEDAGOGLAR DIQQATIGA: USHBU RASMIY PLATFORMA HAQIDA BILARMIDINGIZ?
❕ Imtihon zaliga kirishdan oldin haqiqiy attestatsiya muhitini his qilishni, testlar formati va taymer bilan ishlashni xohlaysizmi?
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining demotest.uzedu.uz rasmiy platformasi orqali attestatsiyaning spetsifikatsiyalari bo‘yicha namunaviy testlarni mutlaqo BEPUL ishlashingiz mumkin!
⁉️ DEMO-PLATFORMA SIZGA NIMA BERADI?
✔️ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash: Haqiqiy imtihon rejimida ishlasangiz, har bir savolga necha daqiqa sarflashingizni aniq tushunasiz.
✔️ Interfeysga ko‘nikish: Imtihonda texnik tushunmovchiliklar va kompyuter bilan ishlashdagi qo‘rquvlarni oldindan yo‘qotasiz.
✔️ O‘z bilimingizni baholash: Test yakunida o‘z natijangizni ko‘rib, qaysi mavzularda bo‘shliq borligini bilib olasiz.
Eslatma: Malaka sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda har bir fan bo‘yicha e’lon qilingan rasmiy spetsifikatsiyalar va adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishni unutmang.🔃 Postni saqlab qo‘ying va attestatsiyaga tayyorlanayotgan hamkasblaringizga ulashing! #foydali #attestatsiya #demotest #pedagogikmahorat 📱 Telegram|🌐 Facebook | 📱Instagram | 🌐 Web site | 📹 You Tube |😀Linkedin
🏃♂️ ERTALABNI HARAKAT BILAN BOSHLAGAN O‘QUVCHI — KUNNI FAOLLIK BILAN DAVOM ETTIRADI!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kunni tetik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilmoqda.
Ertalabki jismoniy mashqlar orqali o‘quvchilar:
- chiniqadi va jismonan faollashadi;
- tetiklik va energiyaga ega bo‘ladi;
- kayfiyatini ko‘taradi;
-dars mashg‘ulotlariga yanada yuqori tayyorgarlik bilan kirishadi.
Sog‘lom tana — tiniq fikr, faol hayot va yorqin kelajak garovidir!
Sog‘lom avlod — yurt ustuni!
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
#Ustozimga_rahmat
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz — millat kelajagining bunyodkori” g‘oyasi ostida o‘qituvchi va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini e’zozlash maqsadida Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-D sinf o‘quvchilari o‘z ustozlariga “Ustozga ehtirom” tashabbusi asosida o‘quvchilarning ustozlariga bo‘lgan hurmat va minnatdorligini aks ettiruvchi videolavha tayyorlashdi.
O‘quvchilarning yutuq va natijalarga erishishida katta hissa qo‘shgan ustozlarimizga minnatdorlik bildiramiz.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
