ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

الذهاب إلى القناة على Telegram
710
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
-630 أيام
أرشيف المشاركات
#softil #onatilim #chorlov #onatilim Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Dilnavoz Nazarovaning “ Sof o’zbekcha so’zlayman ! “ chorlovi

11- A sinfida geometriya fanidan ochiq dars o’tkazildi. Dars qizg’in, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida , kichik gur
+4
11- A sinfida geometriya fanidan ochiq dars o’tkazildi. Dars qizg’in, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida , kichik guruhlargabo’lingan holda tashkil qilindi . Mavzu mohiyati hayotiy misollar asosida ilmiy xulosalandi. O’quvchilarimizning quvonarli natijalari , erishgan yutuqlari tahsinga loyiq! O’qituvchi: Qutliyeva Madina

Repost from Saida Mirziyoyeva
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Pre
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart. — Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах. Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений. Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет. Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.

📣 HURMATLI FIZIKA, KIMYO VA BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARI! 🔬 Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish,
📣 HURMATLI FIZIKA, KIMYO VA BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARI! 🔬 Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, dars jarayonlarini yanada ko‘rgazmali va qiziqarli o‘tkazish maqsadida 7-, 8-sinflar uchun fizika, kimyo va biologiya fanlaridan tayyorlangan videoqo‘llanmalardan foydalanish imkoniyati yaratildi! 📚 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan va malakali hakamlar hay’ati tomonidan foydalanishga tavsiya etilgan videoqo‘llanmalar vt.piima.uz platformasiga joylashtirildi. 📌 Videoqo‘llanmalarda: ➖ tajribalarni bajarish bosqichlari; ➖ laboratoriya jihozlaridan foydalanish tartibi; ➖ natijalarni tahlil qilish usullari; ➖ xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar yoritilgan. 🎓 Mazkur videoqo‘llanmalar o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha metodik manba, o‘quvchilar uchun esa nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
🤝 Hurmatli ustozlar! Sizlarni dars jarayonlarida videoqo‘llanmalardan keng foydalanishga chorlaymiz!
Videoqo‘llanmalar bilan tanishish: 🌐https://vt.piima.uz
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal

#iqtibos Tilni e’zozlash – millatni e’zozlashdir. G‘afur G‘ulom ✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
#iqtibos Tilni e’zozlash – millatni e’zozlashdir. G‘afur G‘ulom ✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook

#bizning_chempion #Jondor_IM O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2026-yil 9-11-oktabr kunlari "Fudokan karate-do" sp
+7
#bizning_chempion #Jondor_IM O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2026-yil 9-11-oktabr kunlari "Fudokan karate-do" sport turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida Toshkent shahrida o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi musobaqasida Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-E sinf o'quvchisi G'aybullayev Mironshoh 1- o'rinni qo`lga kiritib oltin medal sohibi bo'ldi. O'quvchimizning ota-onasi va ustozlariga minnatdorlik bildiramiz va ishlariga omad tilaymiz. Doimo g'alaba sen tomon bo'lsin, Mironshoh! Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Instagram|Telegram|Facebook|You tube

Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini
+6
Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi. Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

#bobosoz "Asbob-anjob" so'zi haqida 📺"Boboso'z" — Eshqobil Shukur bilan
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz.⬇️
📺 Jonli efir 📷 Instagram | 👥 Facebook 🔵 Telegram  | 🟥 YouTube

#Kelajak_soati #Jondor_IM YANGI O‘QUV HAFTASI “KELAJAK SOATI” DARSLARI BILAN BOSHLANDI! 📚 Jondor tuman ixtisoslashtirilgan m
+7
#Kelajak_soati #Jondor_IM YANGI O‘QUV HAFTASI “KELAJAK SOATI” DARSLARI BILAN BOSHLANDI! 📚 Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o‘quv haftasi ko‘tarinki kayfiyat va ezgu maqsadlar bilan boshlandi. ⚡️ Haftaning ilk darslari “Kelajak soati” mashg‘ulotlari bilan boshlandi. Ushbu darslar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va kelajak maqsadlarini belgilashga ko‘maklashishga xizmat qiladi. 📌 Darslar savol-javoblar, fikr almashish va hayotiy misollar asosida tashkil etildi. “Kelajak soati” darslari bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. ✨ Har bir yangi hafta o‘quvchilarimiz uchun yangi bilimlar, ulkan imkoniyatlar va katta yutuqlar haftasi bo‘lsin! Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Instagram|Telegram|Facebook|You tube

#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi
#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi. E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Jadidlar 📚 JADIDLAR — MILLAT UYG‘ONISHI VA TARAQQIYOTI YO‘LIDA! Bugun Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasida
+7
#Jadidlar 📚 JADIDLAR — MILLAT UYG‘ONISHI VA TARAQQIYOTI YO‘LIDA! Bugun Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasida “Jadidlar” to‘garagi doirasida “Turkistondagi jadid ma’rifatparvarlik harakati” mavzusida mazmunli  mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nurullayeva Sarvinoz bilan hamkorlikda tashkil etildi. 📖 Dars davomida o‘quvchilar XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati, uning asosiy maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Jadid ma’rifatparvarlarining orzusi xalqni ilmli, ma’rifatli qilish edi.  Ma’rifatparvar bobolarimiz xalqimizning ma’naviy uyg‘onishi va yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida katta xizmat qildilar. ✨ Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar jadid bobolarimizning boy merosi, ularning ilm-ma’rifat va millat kelajagi yo‘lidagi fidoyiliklari haqida fikr almashdilar. 🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Instagram|Telegram|Facebook|You tube

Qadrli o'quvchilar, ilmga chanqoq o'quvchi-yoshlar! 21- oktyabr “O’zbek tili bayrami” munosabati bilan maktabimizda o’tkazila
Qadrli o'quvchilar, ilmga chanqoq o'quvchi-yoshlar! 21- oktyabr “O’zbek tili bayrami” munosabati bilan maktabimizda o’tkaziladigan “O’zbek tilim- iftixorim, g’ururim!” nomli tanlovlarlarda o'z ijodkorligingiz va iqtidoringizni namoyon qilish orqali ona tili- o'zbek tiliga hurmat va muhabbatlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar! Tanlovlar quyidagi mavzularda tashkil qilinadi: “Eng yaxshi she’r! “ “ Eng yaxshi rasm “ “Eng chiroyli husnixat!” “Eng yaxshi hikoya” nominatsiyalari bo’yicha ijodiy ishlar qabul qilinadi. 9-11- sinf o'quvchilari o'rtasida esse yozish tanlovlari o'tkaziladi! Ijodiy ishlar 8-15 - oktyabr kunlari 218-xonada qabul qilinadi.

#Asosiy_olimpiada #Tuman_bosqichi ASOSIY OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI! DIQQAT! 📢Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi Respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari o‘rtasida BOSHLANISH ARAFASIDA! 📌 Ma'lumot uchun: Ikkinchi bosqichga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktabrga qadar davom etadi. ‼️‼️‼️ ❗️Ro‘yxatdan o'tkazilmagan (yoki jarayonni ma'lum bir qismi bajarilmagan) ishtirokchi olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichida ishtirok etmaydi! RO‘YXATDAN O‘TISH ⬅️ Ariza yuborish (ta'lim muassasi direktori) yo‘riqnomasi ➖ Platformada ishtirokchi ro'yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi Olimpiadada faol ishtirok eting! BATAFSIL MA'LUMOT ⬅️ Bizni kuzatib boring: ✅Veb-sayt ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook 🔹 YouTube 🔹 Linkedin

📚 Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “OILAMDAGI USTOZLAR TARIXI” MUHOKAMASI va “ZIYO TARQATUVCHI — KASB SOHIBLARI” m
+7
📚 Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “OILAMDAGI USTOZLAR TARIXI” MUHOKAMASI va “ZIYO TARQATUVCHI — KASB SOHIBLARI” mavzularida navbatdagi “Kelajak soati” darsi bo‘lib o‘tdi. 🔹 Dars davomida o‘quvchilarga ustozga hurmat va ehtirom ko‘rsatish milliy qadriyatlarimizning muhim ifodasi ekani, ustozlarning jamiyat va millat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida tushunchalar berildi. 🔸 Shuningdek, o‘quvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlashi, o‘z qarashlarini dalillar asosida asoslay olishi hamda munozara madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Instagram|Telegram|Facebook|You tube