Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi gov.uz/oz/ima t.me/piimauz www.facebook.com/piima.uz www.instagram.com/piima.uz/ www.youtube.com/@PIIMArasmiysahifasi Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 114А 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
显示更多📈 Telegram 频道 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 的分析概览
频道 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi (@piimauz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 66 874 名订阅者,在 教育 类别中位列第 2 423,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 052 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 66 874 名订阅者。
根据 05 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -7 178,过去 24 小时变化为 -222,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 36.12%。内容发布后 24 小时内通常能获得 19.38% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 24 219 次浏览,首日通常累积 12 992 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
gov.uz/oz/ima
t.me/piimauz
www.facebook.com/piima.uz
www.instagram.com/piima.uz/
www.youtube.com/@PIIMArasmiysahifasi
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 114А
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)20...”
凭借高频更新(最新数据采集于 06 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。
数据加载中...
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 06 九月 | 0 | |||
| 05 九月 | 0 | |||
| 04 九月 | 0 | |||
| 03 九月 | +2 | |||
| 02 九月 | +3 | |||
| 01 九月 | 0 |
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
| 2 | #OAV_biz_haqimizda
“YANGI UYG‘ONISH YO‘LI” — ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA
✅ “Yangi uyg‘onish yo‘li” reportajida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida yaratilgan ta’lim va ijod muhiti haqida so‘z yuritilgan.
✅ Lavhada maktabda yoshlarning adabiyot va ijodga qiziqishini rivojlantirish, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, mustaqil va teran fikrlaydigan ijodkor avlodni tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ishlar yoritilgan.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 9 482 |
| 3 | #OAV_biz_haqimizda
🇺🇿 PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHISINING YUTUQLARI
“O‘zbekiston vaqti bilan” dasturida Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Shodiyorbek Olimjonovning xorijiy tillarni o‘rganishdagi muvaffaqiyatlari va xalqaro olimpiadalarda erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 11 488 |
| 4 | #OAV_biz_haqimizda
⚙️ FARG‘ONADA YANGI MUHANDISLIK MAKTABI FAOLIYAT BOSHLADI
🇺🇿 Farg‘ona shahrida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi yangi Muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Ta’lim maskanining ochilishi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi “Bilimlar kuni” tadbiri bilan uyg‘un holda o‘tkazildi.
🎓 Agentlik tizimidagi Muhandislik maktablarida o‘quv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi. Dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga, keyingi 2 yilda esa muhandislik fanlari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, 10–11-sinf o‘quv rejalari tegishli muhandislik oliygohlarining 1-kurs dasturlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, o‘quvchilar oliygoh dasturiga oid fanlarni ham qo‘shimcha o‘zlashtiradilar.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 11 949 |
| 5 | #OAV_biz_haqimizda
SPORT VA TA’LIM — YANGI MARRALAR SARI!
🥊 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida 2026/2027-o‘quv yiliga start berildi. “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbirida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda qarshi oldilar.
Tadbir davomida yangi o‘quv yiliga qadam qo‘ygan o‘quvchilar tantanali kutib olindi. Yosh sportchilar uchun yangi o‘quv yili — ta’lim bilan bir qatorda sport mahoratini oshirish, intizom va matonatni mustahkamlash, yangi marralar sari intilish uchun navbatdagi muhim bosqichdir.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 11 510 |
| 6 | #OAV_biz_haqimizda
🇺🇿 Navoiyda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali tashkil etildi
Navoiy shahrida 504 o‘rinli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali o‘z faoliyatini boshladi. Zamonaviy ta’lim majmuasida 222 o‘rinli yotoqxona va sport zali barpo etilib, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, yashashi hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 10 168 |
| 7 | #OAV_biz_haqimizda
⚙️ JIZZAXDA YANGI MUHANDISLIK MAKTABI FAOLIYAT BOSHLADI
🦅 Jizzax shahrida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Yangi ta’lim maskanining ochilishi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi “Bilimlar kuni” tadbiri bilan uyg‘un holda o‘tkazildi.
🎓 Agentlik tizimidagi Muhandislik maktablarida ta’lim 5 yillik dastur asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi. Dastlabki 3 yilda o‘quvchilar fizika, matematika va xorijiy tillarni chuqur o‘rganadi, keyingi 2 yilda esa muhandislik fanlari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tadi.
Muhandislik maktablarining 10–11-sinf o‘quv rejalari tegishli muhandislik oliygohlari 1-kurs dasturlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, o‘quvchilar oliygoh o‘quv rejasidagi fanlarni ham qo‘shimcha o‘zlashtiradi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 11 784 |
| 8 | #OAV_biz_haqimizda
🖌 Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab ochildi
🎓 Toshkent shahrida Agentlik tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan yangi maktabda STEM fanlari ingliz tilida, xitoy tili esa chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. “Yinghua Academy Group” bilan hamkorlikda o‘quvchilar HSK xalqaro imtihonlariga tayyorlanadi. Shuningdek, robototexnika, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi zamonaviy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 18 304 |
| 9 | 🖌 HUDUDLARDA YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN
MAKTABLAR FAOLIYAT BOSHLADI
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyatining Toyloq tumani hamda Navoiy shahrida ikkita ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy sharoitlar yaratilgan ushbu maktablar iqtidorli o‘quvchilarning bilim va salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🎓 Toyloq tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab yangi o‘quv yilini 362 nafar o‘quvchi bilan boshladi. Maktabga qiziqish yuqori bo‘lib, qabul jarayonida har bir o‘rin uchun o‘rtacha 23 nafar talabgor da’vogarlik qildi.
🎓 Navoiy shahrida 504 o‘rinli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat filiali faoliyat boshladi. Majmuada 222 o‘rinli yotoqxona va zamonaviy sport zali barpo etilib, o‘quvchilarning ta’lim olishi, yashashi va sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 13 310 |
| 10 | 🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARIDA YANGI O‘QUV YILIGA START BERILDI
🎓 Agentlik tizimidagi Prezident maktablarida yangi o‘quv yili “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi “Bilimlar kuni” tadbirlari bilan boshlandi. Maktablarda yangi o‘quvchilar tantanali kutib olindi va ustozlar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirokida ilk qo‘ng‘iroq yangradi.
🇺🇿 Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
🇺🇿 Yangi o‘quv yilining ilk mashg‘ulotlari “Kelajak soati” — “Mustaqillik darsi” bilan davom etdi. Unda Mustaqilligimizning 35 yilligi, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar, birlik va hamjihatlik, shuningdek, yoshlarning yurtimiz kelajagidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 12 309 |
| 11 | 🖌 XORIJIY TILLARDAN ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARGACHA
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan yangi maktabda xitoy tilini chuqur o‘rgatish ta’limning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
✅ Bu borada Xitoyning “Yinghua Academy Group” tashkiloti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik doirasida zamonaviy xitoy tili dasturlarini joriy etish, o‘quvchilarni HSK xalqaro imtihonlariga tayyorlash, pedagoglar malakasini oshirish hamda ilg‘or ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Maktabda xorijiy tillar va akademik bilimlar bilan bir qatorda o‘quvchilarning zamonaviy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Robototexnika, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, kompyuter savodxonligi, shaxmat, san’at va musiqa yo‘nalishlarida qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
✅ Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, vaqtni boshqarishi, jamoada ishlashi va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish ham muhim o‘rin tutadi.
Maqsad — xorijiy tillarni puxta egallagan, zamonaviy fan va texnologiyalar bilan ishlay oladigan, mustaqil fikrlaydigan yoshlar uchun kuchli ta’lim muhitini yaratish.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 1 |
| 12 | 🖌 XORIJIY TILLARDAN ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARGACHA
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan yangi maktabda xitoy tilini chuqur o‘rgatish ta’limning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
✅ Bu borada Xitoyning “Yinghua Academy Group” tashkiloti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik doirasida zamonaviy xitoy tili dasturlarini joriy etish, o‘quvchilarni HSK xalqaro imtihonlariga tayyorlash, pedagoglar malakasini oshirish hamda ilg‘or ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Maktabda xorijiy tillar va akademik bilimlar bilan bir qatorda o‘quvchilarning zamonaviy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Robototexnika, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, kompyuter savodxonligi, shaxmat, san’at va musiqa yo‘nalishlarida qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
✅ Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, vaqtni boshqarishi, jamoada ishlashi va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish ham muhim o‘rin tutadi.
Maqsad — xorijiy tillarni puxta egallagan, zamonaviy fan va texnologiyalar bilan ishlay oladigan, mustaqil fikrlaydigan yoshlar uchun kuchli ta’lim muhitini yaratish.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 17 190 |
| 13 | 🖌 YANGI MAKTAB — ZAMONAVIY TA’LIM UCHUN YANGI IMKONIYAT
Toshkent shahrida Agentlik tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan yangi maktab o‘z faoliyatini boshladi.
🎓 Yangi maktabning tantanali ochilish marosimida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yu Jun, “Yinghua Academy” xalqaro maktabining Xalqaro aloqalar departamenti direktori Zhou Yan, britaniyalik diplomat va ta’lim masalalari bo‘yicha mintaqaviy maslahatchi Salim Salamah, shuningdek, Capstone Education Consulting vakillari ishtirok etdi.
🇺🇿 Marosimda Sevara Shakirova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi hamda ta’lim muassasasini tantanali ravishda ochib berdi.
🎓 Saralash imtihonlari natijalariga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yili uchun tayyorlov guruhidan 7-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qabul qilindi.
✅ Maktabning muhim jihatlaridan biri — xorijiy tillar va fanlarni integratsiyalashgan holda o‘qitish. Matematika, fizika, kimyo, biologiya va tabiiy fanlar ingliz tilida, milliy o‘quv dasturidagi fanlar esa davlat tilida olib boriladi.
✅ Shu tariqa, o‘quvchilar ingliz tilini nafaqat alohida fan sifatida o‘rganadi, balki undan aniq va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish jarayonida ham amalda foydalanadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 1 |
| 14 | O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi
Aziz farzandlarim!
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Hurmatli ota-onalar!
Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman.
Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!
Hurmatli bayram ishtirokchilari!
Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.
Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir.
Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir.
Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz.
Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang.
Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang!
Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling!
Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 11 726 |
| 15 | Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!
Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Слава нашему народу – созидателю независимости!
С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.
Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!
Да здравствует Республика Узбекистан!
Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 10 027 |
| 16 | #Mustaqillik_menga_nima_berdi
🇺🇿 Mustaqillik — shunchaki tarixiy sana emas. U bizga erkin orzu qilish, sifatli ta’lim olish, izlanish va o‘z iste’dodimizni ro‘yobga chiqarish uchun yaratilgan ulkan imkoniyatdir.
Guliston tumanidagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ushbu rolikda ham Mustaqillik bergan imkoniyatlar, yoshlarning orzu-maqsadlari hamda Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish istagi o‘z ifodasini topgan.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 11 303 |
| 17 | O‘tgan yilning oktabr oyida Oksfordda tashabbusimiz bilan boshlangan o‘zbekshunoslik dasturi izchil yoʻlga tushib, o‘zining ajoyib amaliy natijalarini berayotganidan behad mamnunman.
Endilikda Oksford talabalari o‘zbek tilini bevosita kundalik jonli muloqot muhitida o‘rganish hamda madaniyatimiz, tariximiz va shaharlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida bir oyga O‘zbekistonga keldilar.
Talaba yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va ma’no jozibasini kashf etishlarida yangi taassurotlar tilayman.
Go‘zal diyorimiz siz uchun chinakam qadrdon maskanga aylanib, har biringizning qalbingizdan munosib joy olsin!
—
Очень рада видеть, что программа узбекских исследований, запущенная нами в Оксфорде в октябре прошлого года, работает в полную силу и даёт прекрасные результаты.
Теперь студенты Оксфорда приехали в Узбекистан, чтобы целый месяц изучать
узбекский язык там, где на нём говорят каждый день, знакомиться с нашей культурой, историей и городами.
Желаю ребятам успехов в учёбе и интересных открытий в богатстве и образности узбекского языка.
Пусть наша страна станет для вас по-настоящему родной и понятной! | 11 390 |
| 18 | 🇺🇿 MUSTAQILLIK MENGA NIMA BERDI?
🎓 Agentlik tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tayyorlagan videorolikda “Mustaqillik menga nima berdi?” savoliga o‘z qarashlari orqali javob berdilar.
Mustaqillik — yoshlarimizga zamonaviy bilim olish, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, katta maqsadlar sari intilish hamda xalqaro maydonda munosib natijalarga erishish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
✨ Bugungi avlod ana shunday imkoniyatlardan foydalanib, ilm-fan, sport va ijodda yangi marralar sari intilmoqda.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 13 417 |
| 19 | #Mustaqillik_shukuhi
#YagonaVatan35
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar!
🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 40 992 |
| 20 | #YagonaVatan35
#BirBayroqBirYurak
#Mustaqillik35
🇺🇿 YAGONA VATAN — YAGONA XALQ — YAGONA KELAJAK!
🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Agentlik tizimidagi maktablarda bayramona muhit yaratilmoqda.
✨Maktablarda Mustaqillik bayrami hamda yangi 2026/2027-o‘quv yili arafasida bayram ruhini aks ettiruvchi ko‘rgazmali axborot lavhalari va raqamli axborot panellari joylashtirilmoqda. Ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, birlik va yurt taraqqiyotiga daxldorlik g‘oyalari o‘z ifodasini topgan.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 17 416 |
