751
Подписчики
-224 часа
-117 дней
-930 день
Архив постов
Repost from Talimxabarlari.uz
Buxorodagi bir maktabning 8 nafar 10-sinf o‘quvchisi 189 ballni qo‘lga kiritdi, yana 3 nafari SAT’dan 1200+ natija qayd etdi
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/73739/
🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Repost from Talimxabarlari.uz
Uch bor urinish va SAT 1530: IELTS 8.0 va SAT sertifikatini olgan 10-sinf o‘quvchisi bilan suhbat
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/73769/
🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
#matbuot_anjumani
🖌 2026/2027-o‘quv yili qabuli: natijalar, imtihonlar va yangi maktablar
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli yakunlari, kirish imtihonlarini tashkil etish tartibi va muddatlari hamda joriy yildan faoliyat boshlaydigan 21 ta yangi maktabga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
✨ Anjumanda Agentlik direktori Sevara Shakirova, direktor o‘rinbosari Hasan Shakirov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.
▶️ Matbuot anjumanining to‘liq yozuvi, qabul natijalari, kirish imtihonlari jadvali, yangi maktablar faoliyati hamda berilgan savol-javoblar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from N/a
#matbuot_anjumani
🎓 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va muddatlari hamda joriy yilda faoliyat boshlaydigan 21 ta yangi maktabga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdik.
✨ Anjuman davomida hamkasblarim — Agentlik direktorining o‘rinbosari Hasan Shakirov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova hamda mas’ul mutaxassislar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdik. Biz uchun har bir ota-ona va o‘quvchining fikri, savoli hamda ishonchi juda muhim.
▶️ Matbuot anjumanining to‘liq yozuvi, qabul natijalari, kirish imtihonlari jadvali, yangi maktablar faoliyati hamda savol-javoblar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
✨ Rasmiy sahifalar
+4
#qabul_2026
#matbuot_anjumani
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagi ma'lumotlar berildi:
📢 Matbuot anjumanida kirish imtihonlari sanalari ham e’lon qilindi.
Jumladan:
🇺🇿 Prezident maktablariga saralash bosqichi 25-iyun, ikkinchi bosqich esa 17-iyul, 🖌 Ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonlar 27–30-iyun, 🖌 "Yangi O‘zbekiston" universitetiga 27-iyun, 🖌 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati hamda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga 1-iyul va 23-iyul kunlari, 🖌 Ijod maktablariga 2-iyul kuni, Muhammad al-Xorazmiy hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ularning hududlardagi filiallariga 3-iyul kuni, 🖌 Sport maktablariga amaliy va nazariy imtihonlar 1-10-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.✅ Qayd etilishicha, Prezident maktablari imtihonlari Cambridge, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari esa Marshall Cavendish xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Barcha imtihonlar ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilib, jarayonlarni test2026.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+4
#qabul_2026
#matbuot_anjumani
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagi ma'lumotlar berildi:
✅ 2025/2026 o‘quv yilida Agentlik tizimida 228 ta maktab faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2026/2027 o‘quv yilidan ularning soni 249 taga yetkaziladi. Natijada qo‘shimcha 21 ta maktabda 5 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchi uchun yangi ta’lim imkoniyatlari yaratiladi.
✅ Jumladan, Qashqadaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etilib, 5–10-sinflarga qabul amalga oshiriladi. Shuningdek, 11 ta muhandislik maktabi, Mirzacho‘l, Romitan, Toyloq, Xovos, Toshkent va So‘x tumanlarida yangi ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. (So‘x tumanidagi maktabda ta’lim davlat tilida olib boriladi).
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Talimxabarlari.uz
IELTS 7.5 va SAT 1520: Buxoroda 10-sinf o‘quvchisi xalqaro sertifikat imtihonlarida yuqori natijalarni qayd etdi
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/73689/
🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
🇺🇿Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” mavzusidagi “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining erishgan yutuqlarini e’tirof etish, ularning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini keng jamoatchilikka tanishtirish, shuningdek, yoshlar va investorlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.✅ Bugun Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari dunyoning eng nufuzli universitetlariga grant asosida qabul qilinib, xalqaro olimpiadalar, ilmiy tanlovlar va innovatsion loyihalardagi muvaffaqiyatlari bilan Yangi O‘zbekistonning intellektual salohiyatini namoyon etmoqda.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
🇺🇿Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” mavzusidagi “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bugun Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari nafaqat o‘z yutuqlari, balki ilmiy izlanishlari, startap loyihalari va xalqaro muvaffaqiyatlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan avlod sifatida e’tirof etildi.
🌿 Joriy o‘quv yilida Agentlik tizimidagi maktablarni 8640 nafar bitiruvchi tamomladi. Ulardan 99 nafari dunyoning nufuzli universitetlariga 12,5 million AQSH dollaridan ortiq miqdordagi to‘liq grantni qo‘lga kiritdi.
🌍 Garvard, MIT, Cornell, Gonkong universiteti va Toronto universiteti kabi dunyoning yetakchi oliygohlariga qabul qilingan yoshlarimiz mamlakatimiz ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.Forumda xalqaro hamkorlar, xorijiy mehmonlar va investorlar ishtirok etib, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
💐 “Ma’naviyatni yuksaltirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng mustahkam tayanchidir!”
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va sport ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ma’naviyat yetakchisi” Respublika tanlovining hududiy bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Tanlov davomida ishtirokchilar ma’naviy-ma’rifiy faoliyatdagi ilg‘or tajribalari, innovatsion loyihalari, samarali boshqaruv yondashuvlari va yoshlar tarbiyasiga qaratilgan tashabbuslarini maxsus platforma orqali taqdim etdilar.
📍 Hududlar bo‘yicha g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan ishtirokchilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi ✅ Begmuratova Zoya Asamaddinovna — Nukus shahridagi Prezident maktabi; Andijon viloyati ✅ Rustamova Rushana Baxramjonovna — Andijon shahridagi Prezident maktabi; Buxoro viloyati ✅ Kamolova Muharram Komil qizi — Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; Jizzax viloyati ✅ Yusupova Ma’mura Sayfullayevna — Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi; Qashqadaryo viloyati ✅ Shodmonov O‘ktam Rustamovich — Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati; Navoiy viloyati ✅ Qilicheva Manzura Kamolitdinovna — Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; Namangan viloyati ✅ Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich — To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; Samarqand viloyati ✅ Sattorova Marg‘uba Abdiraxmonovna — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Samarqand filiali; Surxondaryo viloyati ✅ Safarov Sunatillo G‘ayratovich — Termiz shahridagi Prezident maktabi; Sirdaryo viloyati ✅ Mamatxalikova Tursunoy Raxmonberdiyevna — Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi; Toshkent viloyati ✅ Kojamkulova Dinara Amantayevna — O‘rta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; Farg‘ona viloyati ✅ Dexkonova Lolaxon Axmedovna — Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi; Xorazm viloyati ✅ Seytirzayeva Iroda Seyitnazarovna — Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati; Toshkent shahar ✅ Usmonov Adxamjon Abduraxmonovich — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;💐 Hududiy bosqich g‘oliblarini samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga Respublika bosqichida yuksak natijalar, yangi zafarlar va munosib g‘alabalar tilaymiz!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from E’zoza Karimova
5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni!
Ona zamin o‘zining betakror tabiati bilan barchamiz uchun hayot manbai bo‘lishi barobarida, kelajak avlodga qoldiradigan eng bebaho boyligimizdir. Atrof-muhitni muhofaza qilish — faqatgina daraxt ekish yoki tabiatni tashqi xavf-xatarlardan asrash degani emas. Asl himoya — har bir tomchi suvni, har bir qarich yerni qadrlash, murg‘ak qalblarda ona zaminga daxldorlik hissini uyg‘otish va atrof-muhitga ozor bermaslik madaniyatini shakllantirishdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodning sog‘lom va musaffo iqlimda voyaga yetishiga, ularning kelajagini ta’minlashga eng ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Shu kunlarda ko‘hna Samarqandda dunyoning 180 ta mamlakatidan 8 yarim mingdan ortiq mutaxassisni jamlagan Global ekologik jamg‘armaning 8-Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna tomonidan o‘qib eshittirilgan Prezidentimizning tabrik so‘zlari hamda mazkur nufuzli forum doirasida “yashil” loyihalar uchun jalb etilayotgan 80 mln dollar miqdoridagi grantlar va 520 mln dollardan ziyod investitsiyalar zamirida xuddi shu oliy maqsad — kelajagimiz egalari uchun barqaror, yashil va xavfsiz dunyoni qoldirish g'oyasi mujassamdir.
Yurtimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin, tabiatimiz o‘zining betakror chiroyi bilan yashnab tursin, farzandlarimizning yorug‘ kelajak sari qo‘yayotgan qadamlari mana shunday yashil va sog‘lom muhitda davom etsin.
Hurmat bilan, E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Repost from N/a
⚡️ Kutish onlari yakunlanmoqda: Ertaga Xorazmda “Tashabbuslar marafoni”ga start beriladi!
⚡️Katta harakat boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, 3-iyun kuni qadimiy va navqiron Xorazmda barchamiz orziqib kutgan “Tashabbuslar marafoni” o‘z ishini boshlaydi.
📍Manzil: Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘i.
Aynan shu yerda yoshlarni birlashtiradigan eng yirik va kreativ loyihalar sizni kutib oladi. Tadbirkorlik, sun’iy intellekt, startap, kitobxonlik, xorijiy tillar, volontyorlik va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda o‘z g‘oyangizni namoyish etish, kuchli jamoa shakllantirish hamda tajribali mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish uchun bundan qulay fursat bo‘lmaydi!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ertaga Xivada uchrashamiz! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
👉yoshlar.gov.uz
#qabul_2026
#infografika
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📊 Ushbu arizalarning 4-iyun soat 12:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
☎️ Call-markaz: 1206
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from E’zoza Karimova
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!
Bolalik — inson umrining eng sokin, eng beg‘ubor va hech qachon ortga qaytmaydigan oltin fasli. Bugungi sana biz kattalar uchun shunchaki bayram emas, balki qalbimizdagi eng muhim savolga javob izlash fursatidir: biz kelajagimiz egalariga qanday dunyo qoldiryapmiz?
Bolalarni himoya qilish — ularni faqatgina tashqi xavf-xatarlardan asrash degani emas. Asl himoya — ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirmaslik, qiziqish va iqtidorini bo‘g‘maslik hamda murg‘ak qalbini tushunishdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, ularning har tomonlama sog‘lom, el-yurtga kamarbasta va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga eng ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizning zamonaviy bilim olishlari hamda o‘z iqtidorlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan barcha sharoitlar va keng ko‘lamli islohotlar zamirida xuddi shu oliy maqsad mujassamdir.
Uyda, bog‘chada yoki maktabda bo‘lsin — qayerda bo‘lmasin, bolalarimizni qurshab turgan muhitni mehrga, e’tiborga va samimiyatga to‘ldiraylik. Har lahzada ularning kichik va mo‘jizaviy olamiga quloq tutib, orzulariga qanot, yiqilganida suyanchiq, xatolarida esa to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq bo‘laylik.
Yurtimizdagi barcha bolajonlarni bugungi shodiyona bilan chin dildan tabriklayman! Osmonimiz doimo musaffo, bolalarimizning kelajagi nurli bo‘lsin. Hech bir xonadondan farzandlarning shodon va beg‘ubor kulgusi arimasin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
+6
#Jondor_tuman_IM
#yakuniy_attestatsiya_2026
#yakuniy_imtihon_2026
🏢Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun 1-iyun kuni 9-sinf o’quvchilariga ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat imtihoni bo'lib o'tmoqda.
⚡️Jarayonlar boshlanishidan oldin mas'ullar tomonidan o'quvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+4
#Jondor_tuman_IM
#yakuniy_attestatsiya_2026
#yakuniy_imtihon_2026
🏢Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun 1-iyun kuni 9-sinf o’quvchilariga ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat imtihoni bo'lib o'tmoqda.
⚡️Jarayonlar boshlanishidan oldin mas'ullar tomonidan o'quvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
✅ JAVOB: Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
✅ Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 5–7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
✅ Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 7-sinflar uchun tabiiy fanlar (science) (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🌍✨ Yutuqlar sari tashlangan har bir qadam — kelajak uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatdir.
“Barqarorlik yo‘lida mening maktabim tajribasi” mavzusida tashkil etilgan videoroliklar tanlovida tumан bosqichida 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritganim men uchun nafaqat yutuq, balki katta mas’uliyat hamdir. Ushbu muvaffaqiyat — ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiatga mehr uyg‘otish va barqaror hayot tamoyillarini targ‘ib qilish yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlarning samarasidir. 🌱♻️
Biz ishonamizki, tabiatni asrash — bu shunchaki vazifa emas, balki kelajak avlod oldidagi muqaddas burchdir. Har bir kichik harakat katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. 🌏💚
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
