ch
Feedback
Soliq Servis

Soliq Servis

前往频道在 Telegram

"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

显示更多

📈 Telegram 频道 Soliq Servis 的分析概览

频道 Soliq Servis (@soliqservis) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 34 482 名订阅者,在 经济与金融 类别中位列第 3 481,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 266

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 34 482 名订阅者。

根据 04 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 382,过去 24 小时变化为 -59,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 12.84%。内容发布后 24 小时内通常能获得 8.05% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 4 430 次浏览,首日通常累积 2 777 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 6

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

凭借高频更新(最新数据采集于 05 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 经济与金融 类别中的关键影响点。

34 482
订阅者
-5924 小时
-3237 天
-1 38230 天

数据加载中...

相似频道
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
标签云
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
进出提及
---
---
---
---
---
---
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+3
在0个频道中
八月 '26
+42
在1个频道中
Get PRO
七月 '26
+10
在3个频道中
Get PRO
六月 '26
+47
在4个频道中
Get PRO
五月 '26
+163
在2个频道中
Get PRO
四月 '26
+25
在1个频道中
Get PRO
三月 '26
+37
在0个频道中
Get PRO
二月 '26
+21
在0个频道中
Get PRO
一月 '26
+18
在2个频道中
Get PRO
十二月 '25
+5
在1个频道中
Get PRO
十一月 '25
+1
在0个频道中
Get PRO
十月 '250
在0个频道中
Get PRO
九月 '250
在0个频道中
Get PRO
八月 '25
+4 258
在0个频道中
Get PRO
七月 '25
+2 518
在0个频道中
Get PRO
六月 '25
+3 475
在1个频道中
Get PRO
五月 '25
+4 717
在1个频道中
Get PRO
四月 '25
+5 142
在1个频道中
Get PRO
三月 '25
+18 038
在0个频道中
Get PRO
二月 '25
+6 095
在1个频道中
Get PRO
一月 '25
+8 783
在16个频道中
Get PRO
十二月 '24
+4 664
在1个频道中
Get PRO
十一月 '24
+2 925
在0个频道中
Get PRO
十月 '24
+5 737
在0个频道中
Get PRO
九月 '24
+5 276
在0个频道中
Get PRO
八月 '24
+5 244
在1个频道中
Get PRO
七月 '24
+8 300
在0个频道中
Get PRO
六月 '24
+4 477
在0个频道中
Get PRO
五月 '24
+102
在1个频道中
Get PRO
四月 '24
+307
在10个频道中
Get PRO
三月 '24
+386
在9个频道中
Get PRO
二月 '24
+1 265
在0个频道中
Get PRO
一月 '24
+78
在0个频道中
Get PRO
十二月 '23
+60
在16个频道中
Get PRO
十一月 '23
+81
在20个频道中
Get PRO
十月 '23
+49
在0个频道中
Get PRO
九月 '23
+58
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+143
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+125
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+112
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+2 198
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+439
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+183
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+170
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+191
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+203
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+139
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+144
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+199
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+161
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+97
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+88
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+102
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+5 885
在0个频道中
日期
订阅者增长
提及
频道
05 九月0
04 九月0
03 九月+2
02 九月0
01 九月+1
频道帖子
Bilasizmi? 🇬🇷 Gretsiyada turistlar "Iqlim inqiroziga chidamlilik yig‘imi” (Climate Crisis Resilience Charge)ni to‘laydi. 💵
Bilasizmi? 🇬🇷 Gretsiyada turistlar "Iqlim inqiroziga chidamlilik yig‘imi” (Climate Crisis Resilience Charge)ni to‘laydi. 💵Ushbu yig‘im mehmonxona, apartament va boshqa turar joylarda tunab qolish uchun undiriladi. Uning miqdori turar joy turi va yil fasliga qarab farq qiladi: sayyohlik mavsumida yig‘im miqdori yuqoriroq bo‘ladi. 🗺Yig‘imdan tushadigan mablag‘lar mamlakatning iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar oqibatlariga tayyorgarligini kuchaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 📌Qizig‘i shundaki, Gretsiyada sayyohlik uchun olinadigan ushbu yig‘imning nomi oddiy “turistik yig‘im” emas, balki “iqlim inqiroziga chidamlilik yig‘imi” deb ataladi. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🇬🇷 Греции туристы платят «сбор за устойчивость к последствиям климатического кризиса» (Climate Crisis Resilience Charge). 💵Этот сбор взимается за проживание в отелях, апартаментах и других объектах размещения. Его размер зависит от типа размещения и времени года — в туристический сезон сумма выше. 🗺Средства от сбора направляются на меры, связанные с повышением устойчивости страны к последствиям изменения климата и природных катастроф. 📌Интересно, что в Греции туристический сбор получил необычное название — «сбор за устойчивость к последствиям климатического кризиса», подчёркивающее его связь с климатической политикой. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

2
Soliq oddiy tilda 🧾 ⁉️ Soliq imtiyozi nima? 💡 Soliq imtiyozi — qonunda belgilangan ayrim yengilliklar bo‘lib, soliqni kamay
Soliq oddiy tilda 🧾 ⁉️ Soliq imtiyozi nima? 💡 Soliq imtiyozi — qonunda belgilangan ayrim yengilliklar bo‘lib, soliqni kamaytirish yoki undan ozod bo‘lish imkonini beradi. 📌 Kimlarga va qanday hollarda berilishi, undan foydalanish tartibi haqida videoda batafsil bilib oling! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
2 287
3
#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Sayyor soliq tekshiruvi qancha muddat davom etadi va uning boshlanishi hamda tugash sanasi qanday bel
#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Sayyor soliq tekshiruvi qancha muddat davom etadi va uning boshlanishi hamda tugash sanasi qanday belgilanadi? ✔️ Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, sayyor soliq tekshiruvi 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi. 📌Buyruqda ko‘rsatilgan sana tekshiruvning boshlanish sanasi hisoblanadi. Soliq to‘lovchiga tekshiruv dalolatnomasining topshirilgan yoki shaxsiy kabinetiga elektron hujjat tarzida yuborilgan kun esa tekshiruv muddati tugagan sana hisoblanadi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
2 492
4
Soliq oddiy tilda ⁉️Mol-mulkni xatlash nima? 💡Mol-mulkni xatlash — soliq qarzdorligini undirishni ta’minlash maqsadida soliq
Soliq oddiy tilda ⁉️Mol-mulkni xatlash nima? 💡Mol-mulkni xatlash — soliq qarzdorligini undirishni ta’minlash maqsadida soliq to‘lovchi — yuridik shaxsning o‘z mol-mulkiga bo‘lgan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqlarini cheklashdir. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar soliq to‘lovchi soliq qarzdorligini belgilangan muddatda bartaraf etmasa, soliq organi qarzdorlikni undirishni ta’minlash uchun uning mol-mulkini xatlashi mumkin. 📌 Masalan: Soliq qarzdorligini qoplash to‘g‘risidagi talab yuborilganidan keyin 15 kalendar kuni ichida qarzdorlik to‘liq bartaraf etilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda mol-mulkni xatlash chorasi qo‘llanilishi mumkin. ❗️ Muhim: Mol-mulkni xatlash to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin. Xatlangan mol-mulkni sotish, yashirish yoki sarflashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan soliq organining nazorati yoki ruxsati ostida amalga oshiriladigan holatlar mustasno. ✅ Soliq qarzdorligi to‘langanda va (yoki) mol-mulkni garovga qo‘yish to‘g‘risida shartnoma tuzilganda, mol-mulkni xatlash haqidagi qaror bekor qilinishi mumkin. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
2 715
5
Bilasizmi? 👠 Usmonli imperiyasida etikdo‘zlar va boshqa hunarmandlar faoliyati bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar mavjud bo
Bilasizmi? 👠 Usmonli imperiyasida etikdo‘zlar va boshqa hunarmandlar faoliyati bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar mavjud bo‘lgan. 💵Davlat hunarmandchilik ustaxonalari, savdo va bozorlarda mahsulot sotish bilan bog‘liq turli soliqlarni undirilgan. Etikdo‘zlar ham hunarmandchilik uyushmalari tarkibida faoliyat yuritgan va tegishli hunarmandchilik hamda savdo yig‘imlariga tortilgan. 🛍 Qizig‘i shundaki, soliq faqat tayyor mahsulotning o‘ziga emas, balki ustaxona yoki do‘kon faoliyatiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin edi. 📌Ya’ni tarixda soliq nafaqat mahsulot uchun, balki biznes yuritish faoliyati uchun ham undirilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 👠 В Османской империи существовали налоги и сборы, связанные с деятельностью сапожников и других ремесленников. 💵Государство взимало различные налоги с ремесленных мастерских, торговли и продажи товаров на рынках. Сапожники, как и другие ремесленники, работали в рамках организованных ремесленных объединений и могли облагаться соответствующими ремесленными и торговыми сборами. 🛍Интересно, что налог мог быть связан не только с самим товаром, но и с деятельностью мастерской или магазина. 📌Получается, что исторически налог мог взиматься не только за товар, но и непосредственно за ведение предпринимательской деятельности. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
2 647
6
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Sayyor soliq tekshiruvi davrida soliq organlari qanday tadbirlarni amalga oshirishi mumkin? ✔️Javob:
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Sayyor soliq tekshiruvi davrida soliq organlari qanday tadbirlarni amalga oshirishi mumkin? ✔️Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, soliq organlari profilaktika tadbirlari va xronometraj kuzatuvlarini o‘tkazishi, nazorat-kassa texnikasi hamda to‘lov terminallaridan foydalanish tartibini tekshirishi, shuningdek, soliq nazoratining boshqa tadbirlarini amalga oshirishi mumkin. 📌Sayyor soliq tekshiruvi davridagi tadbirlar — profilaktika tadbirlari, xronometraj kuzatuvlari, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallaridan foydalanish tartibini tekshirish hamda boshqa soliq nazorati tadbirlarini o‘z ichiga oladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 139-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
3 294
7
Bilasizmi? 🍔🍟Dunyoning ayrim mamlakatlarida tez tayyorlanadigan va tarkibida yog‘, tuz yoki shakar miqdori yuqori bo‘lgan m
Bilasizmi? 🍔🍟Dunyoning ayrim mamlakatlarida tez tayyorlanadigan va tarkibida yog‘, tuz yoki shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarga maxsus soliqlar joriy etilgan. 🎯 Bunday soliqlarning asosiy maqsadi — aholini sog‘lom ovqatlanishga rag‘batlantirish va noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish. 📈Masalan, ayrim davlatlarda shakar miqdori yuqori bo‘lgan ichimliklar, shirinliklar va boshqa mahsulotlarga qo‘shimcha soliq qo‘llaniladi. Natijada bunday mahsulotlarning narxi oshib, iste’molchilarning tanloviga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. ⌛ Ya’ni, soliq faqat davlat budjetini to‘ldirish vositasi emas — ayrim hollarda u aholining kundalik xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida ham qo‘llaniladi. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🍔🍟В некоторых странах действуют специальные налоги на продукты и напитки с высоким содержанием сахара, соли или жиров. 🎯 Основная цель таких налогов — стимулировать население к более здоровому питанию и снизить риски заболеваний, связанных с неправильным рационом. 📈Например, в отдельных странах дополнительным налогом облагаются сладкие напитки, кондитерские изделия и другие продукты. В результате их цена повышается, что может влиять на выбор потребителей. ⌛ Таким образом, налог может быть не только источником доходов бюджета, но и инструментом, влияющим на повседневное поведение людей. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
3 169
8
Soliq oddiy tilda ⁉️Kafillik nima? 💡 Kafillik — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgartiri
Soliq oddiy tilda ⁉️Kafillik nima? 💡 Kafillik — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgartirilganda, soliqlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash usuli. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar soliq to‘lovchi belgilangan muddatda soliq va tegishli penalarni to‘lamasa, kafil uning o‘rniga ushbu summalarni to‘lash majburiyatini oladi. 📌 Masalan: Soliq to‘lovchining soliq to‘lash majburiyati kafillik bilan ta’minlangan. Agar u belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, soliq organi kafilga to‘lovni amalga oshirish talabi bilan murojaat qiladi. ❗️ Muhim: Kafillik soliq organi va kafil o‘rtasidagi shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Kafil yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. ⌛Agar kafil soliq to‘lovchi uchun qarzdorlikni to‘lasa, u keyinchalik soliq to‘lovchidan to‘lagan summalarini, ular bo‘yicha foizlarni va majburiyatni bajarish bilan bog‘liq zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
3 302
9
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Sayyor soliq tekshiruvi qanday asosda o‘tkaziladi va buyruqda nimalar ko‘rsatiladi? ✔️Javob: Soliq ko
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Sayyor soliq tekshiruvi qanday asosda o‘tkaziladi va buyruqda nimalar ko‘rsatiladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosarining buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchilarning F.I.O.si va lavozimi, tekshiruv muddati hamda tekshiruvning maqsadi ko‘rsatiladi. 📌Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish buyrug‘i — tekshiruvni o‘tkazish uchun asos bo‘lib, unda soliq to‘lovchi, tekshiruvchilar, tekshiruv muddati va tekshiruv maqsadi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 139-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
3 609
10
Soliq oddiy tilda ⁉️Bank kafolati nima? 💡Bank kafolati — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o
Soliq oddiy tilda ⁉️Bank kafolati nima? 💡Bank kafolati — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgartirilganda, soliq to‘lash majburiyatini ta’minlash usuli. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar soliq to‘lovchi belgilangan muddatda soliq va tegishli penalarni to‘lamasa, bank (kafil) uning o‘rniga ushbu summalarni to‘lash majburiyatini oladi. 📌 Masalan: Soliq to‘lovchining soliq majburiyati bank kafolati bilan ta’minlangan. Agar u soliqni o‘z vaqtida to‘lamasa, soliq organi bankka talab yuboradi. Bank esa belgilangan tartibda ushbu summani to‘lab beradi. ❗️ Muhim: Bank kafolati qaytarib olinmaydigan va boshqa shaxsga o‘tkazib bo‘lmaydigan bo‘lishi kerak. Uning amal qilish muddati, agar Soliq kodeksida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliqni to‘lash majburiyati bajarilishi kerak bo‘lgan muddat tugaganidan keyin kamida 6 oy davom etishi lozim. 📆Yana bir muhim jihat: Agar soliq to‘lovchi soliqni belgilangan muddatda to‘lamasa, soliq organi 5 kun ichida bankka bank kafolati bo‘yicha pul summasini to‘lash talabini yuboradi. Bank ushbu talabni olgan kundan boshlab 5 kun ichida uni bajarishi kerak. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
3 475
11
Bilasizmi? 🔥 XVII asrda Angliyada kamin va o‘choqlarga soliq joriy etilgan. 🌎1662-yilda Angliya va Uelsda Hearth Tax deb no
Bilasizmi? 🔥 XVII asrda Angliyada kamin va o‘choqlarga soliq joriy etilgan. 🌎1662-yilda Angliya va Uelsda Hearth Tax deb nomlangan soliq joriy qilinib, uy egalari yoki xonadon egalari uydagi har bir kamin, o‘choq va pechka uchun yiliga ikki marta to‘lov qilgan. 🪙Soliq miqdori har bir o‘choq uchun 1 shillingdan yiliga ikki marta undirilgan. Shu sababli ayrim odamlar soliqni kamaytirish uchun kaminlarini vaqtincha berkitib qo‘yishga harakat qilgan. ⌛Qizig‘i shundaki, kaminlar soni o‘sha davrda xonadonning boyligini baholash mezonlaridan biri sifatida ishlatilgan. Ushbu soliq Angliyada 1689-yilda bekor qilingan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🔥В XVII веке в Англии существовал налог на камины и очаги. 🌎В 1662 году в Англии и Уэльсе был введён так называемый Hearth Tax — владельцы домов должны были платить за каждый камин, очаг и печь. 🪙 Налог взимался дважды в год. Размер платежа составлял 1 шиллинг за каждый очаг дважды в год. Поэтому некоторые люди пытались временно закладывать или закрывать свои камины, чтобы уменьшить налог. ⌛Интересно, что количество каминов использовалось как один из показателей благосостояния семьи. В Англии этот налог был отменён в 1689 году. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
3 579
12
🇺🇿 Qadrli yurtdoshlar! “Soliq-servis” AJ jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi
🇺🇿 Qadrli yurtdoshlar! “Soliq-servis” AJ jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati, tinchlik va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ushbu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka, sihat-salomatlik va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning kelajagi yanada porloq bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
5 879
13
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini qoplash bo‘yicha kameral tekshiruvning o‘ziga xos xususiyat
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini qoplash bo‘yicha kameral tekshiruvning o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? ✔️Javob: Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, QQSning salbiy summasini qoplash bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi soliq organining buyrug‘isiz o‘tkaziladi. QQS summasini qoplash haqidagi xabar berilgan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi. Tekshiruv yakunida soliq organi QQS summasini to‘liq yoki qisman qoplashni rad etish haqida asoslantirilgan qaror qabul qilishi mumkin. 📌QQS summasini qoplash bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi — soliq organining buyrug‘isiz, QQSni qoplash haqidagi xabar berilgan kundan boshlab 30 kun ichida o‘tkaziladigan kameral tekshiruvning alohida turi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
4 971
14
Soliq oddiy tilda ⁉️ Xarajatlar usuli nima? 💡Xarajatlar usuli — nazorat qilinadigan bitimdagi narxning bozor narxlariga mosl
Soliq oddiy tilda ⁉️ Xarajatlar usuli nima? 💡Xarajatlar usuli — nazorat qilinadigan bitimdagi narxning bozor narxlariga mosligini aniqlash usuli bo‘lib, bunda sotuvchining xarajatlar bo‘yicha yalpi rentabelligi o‘xshash bitimlardagi bozor rentabelligi oralig‘i bilan taqqoslanadi. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Sotuvchi mahsulot yoki xizmatni sotishda qancha xarajat qilgani va ushbu xarajatlarga nisbatan qancha daromad olganiga qaraladi. Keyin bu ko‘rsatkich o‘xshash bozordagi bitimlar bilan solishtiriladi. 📌Korxona o‘zaro bog‘liq shaxsga mahsulot sotmoqda. Mahsulotning tannarxi 100 mln so‘m, sotuvchining xarajatlar bo‘yicha rentabelligi esa bozor ko‘rsatkichlariga mos kelishi kerak. Agar rentabellik belgilangan bozor oralig‘ida bo‘lsa, bitimdagi narx bozor narxiga mos deb e’tirof etiladi. ❗️ Muhim: Agar rentabellik belgilangan bozor oralig‘idan past yoki yuqori bo‘lsa, soliq maqsadlarida bitim narxi mahsulot (xizmat)ning haqiqiy tannarxi va bozor rentabelligining o‘rtacha ko‘rsatkichi asosida aniqlanishi mumkin. 🔖Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 190-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
4 584
15
Bilasizmi? 💭XVIII asrda Buyuk Britaniyada kiyim-kechakni parvarish qilishda ishlatiladigan kraxmalga maxsus soliq joriy etil
Bilasizmi? 💭XVIII asrda Buyuk Britaniyada kiyim-kechakni parvarish qilishda ishlatiladigan kraxmalga maxsus soliq joriy etilgan. 🔗1777-yilda kraxmalga soliq solinishi belgilangan bo‘lib, u asosan kiyimlarni, ayniqsa yoqalar va manjetlarni qattiq va shaklli qilib turish uchun ishlatilgan. 🔼O‘sha davrda kraxmallangan kiyimlar nafaqat ozodalik, balki insonning ijtimoiy mavqei va boyligining belgisi ham hisoblangan. Shu sababli kraxmalga soliq qo‘llash orqali davlat aholining farovon qatlamlaridan qo‘shimcha daromad olishga harakat qilgan. 🔽Shunday qilib, bir vaqtlar kiyimni chiroyli va tik tutib turish uchun ishlatiladigan oddiy kraxmal ham soliq solinadigan mahsulotlar qatoriga kirgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 💭В XVIII веке в Великобритании существовал специальный налог на крахмал, который использовали для ухода за одеждой. 🔗 В 1777 году был введён налог на крахмал — вещество, которое использовали для придания жёсткости и формы одежде, особенно воротникам и манжетам. 🔽В то время накрахмаленная одежда считалась не только признаком опрятности, но и символом социального статуса и достатка. Поэтому налог на крахмал позволял государству получать дополнительные доходы с более обеспеченных слоёв населения. 🔼Получается, когда-то даже обычный крахмал, необходимый для того, чтобы одежда держала форму, оказался объектом налогообложения. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
4 297
16
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi natijasida tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchiga qanday imkoniya
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi natijasida tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchiga qanday imkoniyat beriladi? ✔️Javob: Soliq toʻlovchi tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
4 249
17
Soliq oddiy tilda ⁉️Mol-mulk garovi nima? 💡 Mol-mulk garovi — ayrim hollarda soliqlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash usu
Soliq oddiy tilda ⁉️Mol-mulk garovi nima? 💡 Mol-mulk garovi — ayrim hollarda soliqlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash usuli bo‘lib, soliq to‘lovchi o‘z mol-mulkini garovga qo‘yadi. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar soliq to‘lovchi belgilangan soliqlar va penalarni to‘lamasa, soliq organi qarzdorlikni garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymati hisobidan undirish huquqiga ega. 📌 Masalan: Soliq to‘lovchining soliq qarzdorligi mavjud va bu majburiyat mol-mulk garovi bilan ta’minlangan. Agar qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmasa, soliq organi garovdagi mol-mulk qiymati hisobidan qarzdorlikni undirish choralarini ko‘rishi mumkin. ❗️ Muhim: Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Garovga qo‘yuvchi soliq to‘lovchining o‘zi yoki uchinchi shaxs bo‘lishi mumkin. Garovdagi mol-mulk bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirish esa garovga oluvchining roziligi bilan amalga oshiriladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
4 518
18
Bilasizmi? 🍇Tarixda ayrim davlatlarda uzumzorlar va uzum yetishtirish bilan bog‘liq maxsus soliqlar mavjud bo‘lgan. 🪙 Bunda
Bilasizmi? 🍇Tarixda ayrim davlatlarda uzumzorlar va uzum yetishtirish bilan bog‘liq maxsus soliqlar mavjud bo‘lgan. 🪙 Bunday soliqlar yer maydoni, yetishtirilgan uzum miqdori yoki undan ishlab chiqarilgan vino hajmiga qarab undirilishi mumkin edi. 🔼 Masalan, Fransiyada vino ishlab chiqarish va uning savdosi tarix davomida turli soliqlar va yig‘imlar bilan tartibga solingan. Uzum yetishtirish esa mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan. 📌 Qiziq tomoni shundaki, tarixda soliq nafaqat tayyor mahsulotga, balki uni yetishtirish uchun foydalanilgan yer va hosilga ham qo‘llanilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🍇В разные исторические периоды в некоторых странах существовали налоги и сборы, связанные с виноградниками и выращиванием винограда. 🪙Такие платежи могли рассчитываться исходя из площади виноградников, количества выращенного винограда или объёма произведённого из него вина. 🔼 Например, во Франции производство и торговля вином на протяжении истории регулировались различными налогами и сборами. Выращивание винограда при этом являлось важной частью экономики страны. 📌Интересно, что исторически налог мог взиматься не только с готового продукта, но и с земли и урожая, благодаря которым этот продукт производился. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
4 408
19
🚀 Biznesingiz uchun zamonaviy kassa izlayapsizmi? Savdo, restoran yoki xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritasizmi? Unda
🚀 Biznesingiz uchun zamonaviy kassa izlayapsizmi? Savdo, restoran yoki xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritasizmi? Unda “Soliq-servis”ning POS Virtual kassasi siz uchun qulay yechim! 📱 Smartfon uchun mobil kassa ⌨️ Kompyuter va noutbuk uchun virtual kassa 🍽 Restoran va umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun qulay yechim POS Virtual kassa orqali: ✅ Tovarlarni hisobvaraq-faktura asosida kassaga kirim qilish; ✅ Markirovkalangan mahsulotlarni sotish; ✅ Fiskal QR-kodli cheklarni tezkor shakllantirish; ✅ Zarur hollarda chek ma’lumotlarini tahrirlash; ✅ Cheklarni avtomatik ravishda soliq organlarining axborot tizimiga yuborish mumkin. 🎁 Yangi foydalanuvchilar uchun birinchi oy — mutlaqo bepul! Bugungi kunda 4 mingdan ortiq foydalanuvchi POS Virtual kassadan foydalanmoqda. ☄️ POS Virtual kassa — kamroq vaqt, ko‘proq qulaylik va zamonaviy biznes! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
4 461
20
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Tekshiruvdan oldingi tahlilda tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi nima qilishi kerak? ✔️J
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Tekshiruvdan oldingi tahlilda tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi nima qilishi kerak? ✔️Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, soliq organi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tuzatish kiritish haqida xabarnoma yuboradi. 📌 Soliq to‘lovchi xabarnomani olgan kundan boshlab belgilangan muddatda aniqlangan tafovutlarning asosini taqdim etishi yoki soliq hisobotiga tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim. Mazkur talab bajarilmasa, kameral soliq tekshiruvi tayinlanishi mumkin. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram
3 746