ch
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

前往频道在 Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

显示更多
未指定国家未指定类别
548
订阅者
+2124 小时
+2647 天
+27230 天

数据加载中...

相似频道
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
标签云
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
进出提及
---
---
---
---
---
---
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+274
在5个频道中
八月 '26
+16
在4个频道中
Get PRO
七月 '26
+35
在6个频道中
Get PRO
六月 '26
+249
在7个频道中
Get PRO
五月 '26
+3
在7个频道中
日期
订阅者增长
提及
频道
11 九月+5
10 九月+22
09 九月+92
08 九月+148
07 九月+1
06 九月0
05 九月0
04 九月+3
03 九月+2
02 九月0
01 九月+1
频道帖子
#Xalqaro_hamkorlik Bugun Seul shahrida Birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumining ochilish marosimi bo‘lib
+3
#Xalqaro_hamkorlik
Bugun Seul shahrida Birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔹Nufuzli tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligidagi universitet delegatsiyasi vakillari ham ishtirok etmoqda. 🖇Forum ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston va Koreyaning hududiy rahbarlari, davlat idoralari, ishbilarmon doiralar, oliy ta’lim muassasalari hamda ekspertlar ishtirok etmoqda. Forum doirasida Farg‘ona davlat texnika universitetining Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

2
#Xalqaro_hamkorlik FDTU va Yonsei universiteti o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi 🔹Farg‘ona davlat+3
#Xalqaro_hamkorlik FDTU va Yonsei universiteti o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning nufuzli Yonsei universiteti Mirae Campusiga tashrif buyurdi. 🖇Tashrif doirasida universitet rektori R. Tojiyev Yonsei universiteti Mirae Campus Xalqaro aloqalar ofisi dekani, dotsent Park Eungsuk bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, talabalar almashinuvi, hamkorlikda doktorantlar tayyorlash (Co-Tutelle), magistratura dasturlariga FDTU talabalarini yuborish, shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
423
3
#Xalqaro_hamkorlik #Koreya Farg‘onada Koreys tili va madaniyati markazi tashkil etiladi 🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika unive+3
#Xalqaro_hamkorlik #Koreya Farg‘onada Koreys tili va madaniyati markazi tashkil etiladi 🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev hamda WECA (World Educational and Cultural Aid) tashkiloti rahbariyati vakili Bang Young Min o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Farg‘ona davlat texnika universitetida Koreys tili va madaniyati markazini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. 🖇Muloqot davomida markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish hamda tinglovchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Universitet rahbariyati markazni tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini ta’kidladi. ✨Yangi markazda talabalar va Farg‘ona shahri hamda atrof hududlar aholisi uchun koreys tili bepul o‘rgatilishi, shuningdek, Koreya tili, madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishish uchun keng imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur tashabbus universitetda koreys tili va madaniyatini ommalashtirish, yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekiston–Koreya ta’limiy va madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam bo'ldi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
553
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Sha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
336
5
Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi b+3
Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi. Xususan, tadbirkorlar bogʻcha, maktab va texnikum tashkil etish boʻyicha tayyor loyihalar taklifi bilan chiqib, ehtiyojmand oila farzandlarini bepul oʻqitmoqchi boʻlsa, davlat yer uchastkalarini 1 million soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga chiqarishga tayyor ekani taʼkidlandi. Maktab, texnikum, oliygoh va boshqa tashkilot binolarining boʻsh xonalarida, asosiy xonalarning darsdan tashqari vaqtlarida yoshlar, ayollar va ishsiz fuqarolarni kasb-hunar hamda tillarga oʻqitish muhitini yaratish vazifasi belgilandi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
352
6
#Xalqaro_hamkorlik #Videolavha Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Janubiy Koreyaning Seou
#Xalqaro_hamkorlik #Videolavha Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Janubiy Koreyaning SeoulTech universiteti prezidenti Kim Dong Hwan bilan uchrashdi. 🔹Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida avval yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish, kelishilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish hamda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishlaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🖇Xususan, 5 nafar SeoulTech professor-o‘qituvchisini FDTUda guest lecturer sifatida jalb qilish, 10 nafar FDTU professor-o‘qituvchisini sun’iy intellekt yo‘nalishlarida stajirovkaga yuborish, shuningdek, Smart City, robototexnika, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. ✨Shuningdek, 2 nafar ilmiy tadqiqotchini ilmiy stajirovkaga yuborish masalasi ham ko‘rib chiqildi.Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirishga kelishib oldilar. Jarayonlar haqida batafsil videolavhada tomosha qiling! Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
356
7
#Xalqaro_hamkorlik Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Janubiy Koreyaning Seul shahrida Se+3
#Xalqaro_hamkorlik Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Janubiy Koreyaning Seul shahrida Seoul National University of Science and Technology (SeoulTech) universiteti prezidenti Kim Dong Hwan bilan uchrashdi. 🔹Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida avval yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish, kelishilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish hamda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishlaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🖇Mazkur uchrashuv SeoulTech delegatsiyasining Farg‘ona davlat texnika universitetiga avvalgi tashriflari davomida boshlangan muloqotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Muloqot davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri — sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etish. Shuningdek, SI yo‘nalishida o‘quv dasturlari va sohaga oid elektron dasturiy ta’minotlarni almashish rejalashtirilmoqda. ✨Kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikni kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xususan, SeoulTechning 5 nafar professor-o‘qituvchisini FDTUdagi dars jarayonlariga guest lecturer sifatida jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellektning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar FDTU professor-o‘qituvchisini qisqa muddatli stajirovkaga yuborish taklifi ilgari surildi. Smart City, robototexnika, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt boshqaruvi yo‘nalishlaridagi 5 ta laboratoriya doirasida qo‘shma ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida 2 nafar ilmiy tadqiqotchini ilmiy stajirovkaga yuborish, shuningdek, har ikki universitetdan ilmiy rahbarlar tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
426
8
#Xalqaro_hamkorlik FDTU va SeoulTech: sun’iy intellekt va innovatsiyalar yo‘lidagi hamkorlik 🔹Farg‘ona davlat texnika univer+3
#Xalqaro_hamkorlik FDTU va SeoulTech: sun’iy intellekt va innovatsiyalar yo‘lidagi hamkorlik 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Seoul National University of Science and Technology (SeoulTech) universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi. 🖇Muloqot davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri — sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etish. Shuningdek, SI yo‘nalishida o‘quv dasturlari va sohaga oid elektron dasturiy ta’minotlarni almashish rejalashtirilmoqda. ✨Kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikni kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xususan, SeoulTechning 5 nafar professor-o‘qituvchisini FDTUdagi dars jarayonlariga guest lecturer sifatida jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellektning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar FDTU professor-o‘qituvchisini qisqa muddatli stajirovkaga yuborish taklifi ilgari surildi. Bundan tashqari, Smart City, robototexnika, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt boshqaruvi yo‘nalishlaridagi 5 ta laboratoriya doirasida qo‘shma ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida 2 nafar ilmiy tadqiqotchini ilmiy stajirovkaga yuborish, shuningdek, har ikki universitetdan ilmiy rahbarlar tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
688
9
Farg‘ona viloyati va SeoulTech universiteti o‘rtasidagi hamkorlik hudud rivojiga xizmat qiladi Farg‘ona viloyati hokimi Xayru+6
Farg‘ona viloyati va SeoulTech universiteti o‘rtasidagi hamkorlik hudud rivojiga xizmat qiladi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga tashrifi Seul shahridagi Seoul National University of Science and Technology (SeoulTech) universitetidan boshlandi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov universitet prezidenti Kim Dong Xvan bilan uchrashdi. Muloqotda Farg‘ona viloyati va SeoulTech o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi aloqalarni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini samarali amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi. Universitet prezidenti Kim Dong Xvan ta’lim sohasidagi hamkorlik ikki hududning rivojiga xizmat qilishini ta’kidlab, Farg‘ona viloyati bilan bu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yilgan aloqalar kelgusida muhim natijalar berishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, joriy yil iyun oyida Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi unda katta taassurot qoldirganini qayd etdi. ___ Сотрудничество между Ферганской областью и университетом SeoulTech будет способствовать развитию региона ___ Cooperation Between Fergana Region and SeoulTech to Contribute to Regional Development Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
78
10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh m+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi. Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi. ❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
362
11
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
381
12
#FDTU_OAV_nigohida "Yangi Farg‘ona" gazetasining Mustaqiligimizning 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan 60 sahifali maxsus soni
#FDTU_OAV_nigohida "Yangi Farg‘ona" gazetasining Mustaqiligimizning 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan 60 sahifali maxsus sonida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori,professor Rustam Tojiyevning bayram tabrigi chop etildi. Shuningdek, universitetimiz ustozlari haqida maxsus maqola hamda shoir Ravshan Madumarovning bayramona she'ri ham nashr etildi. Maqolani o'qish Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
436
13
#Jarayon Yangi o‘quv yili arafasida universitet rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligida mas’ul rahbar va xodimlar ish+5
#Jarayon Yangi o‘quv yili arafasida universitet rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligida mas’ul rahbar va xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 🔹Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash va uni samarali tashkil etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda universitetda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash bilan bog‘liq muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan: — Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish va bu boradagi profilaktik ishlarni kuchaytirish; — Talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish; — Talabalarni Talabalar turar joylariga joylashtirish jarayonini belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etish; — Universitetda kiyinish madaniyati, ichki tartib-qoidalarga rioya etish va talabalar intizomini yanada mustahkamlash; — Universitet tasarrufidagi mavjud spin-off korxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish; — Ilmiy faoliyatni yanada kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni oshirish. 🖇 Yangi o‘quv yilida barcha yo‘nalishlarda ishlarni aniq reja, mas’uliyat va yuqori talabchanlik asosida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, har bir yo‘nalishda tizimli ish olib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
577
14
#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Marka+3
#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi. Oliy va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish muhimligi taʼkidlandi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
385
15
#Ilk_saboq Farg‘ona davlat texnika universitetining birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilidagi ilk saboq “Yagona+9
#Ilk_saboq Farg‘ona davlat texnika universitetining birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilidagi ilk saboq “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi “Kelajak soati” darsi bilan boshlandi. 🔹Dars davomida Mustaqillikning tarixiy ahamiyati, uning milliy davlatchiligimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, shuningdek, Vatanga muhabbat va sadoqat, yurt ravnaqi uchun mas’uliyat kabi muhim tushunchalar haqida fikr almashildi. 🖇“Kelajak soati”ning asosiy maqsadi — yoshlarda mustaqillikni millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, erkin va farovon hayot barpo etish uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar maydoni sifatida anglash ko‘nikmasini shakllantirishdir. Muloqot jarayonida bugungi yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda universitetimiz iqtidorli talabalarining turli sohalarda erishayotgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
459
16
#Bilimlar_kuni 🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir x
#Bilimlar_kuni 🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbiri hamda “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi bo‘lib o‘tdi. Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
216
17
#Bilimlar_kuni Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir xal+6
#Bilimlar_kuni Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbiri hamda “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi bo‘lib o‘tdi 🔹Dastavval, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev talaba-yoshlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida yoshlarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, izlanish va ulkan zafarlar tiladi. 🖇 Tadbir davomida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalari orasidan test sinovlarida eng yuqori natijalarni qayd etgan yigit-qizlarga ramziy “Talabalik guvohnomasi” va “Ramziy kalit” tantanali ravishda topshirildi. ✨ Shundan so‘ng, universitetning barcha o‘quv xonalarida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. 1-bosqich talabalari uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari boshlandi. Qadrli yoshlar! Yangi o‘quv yilida barchangizga mustahkam bilim, omad, ulkan zafarlar va yangi marralar tilaymiz! Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
501
18
#Tanishing Fargʻona davlat texnika universiteti rektori 🔹Tojiyev Rustambek Rasulovich 2004 - yilda Farg'ona politexnika inst
#Tanishing Fargʻona davlat texnika universiteti rektori 🔹Tojiyev Rustambek Rasulovich 2004 - yilda Farg'ona politexnika instituti (hozirgi Farg'ona davlat texnika universiteti)ni tugatgan. Texnika fanlari doktori (DSc), professor. Bugungi kunga qadar AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Ummon Sultonligi kabi davlatlarda amaliyot o'tagan. O‘z faoliyati davomida 10 dan ortiq darslik, 8 ta monografiya, 16 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda 6 ta patent muallifi hisoblanadi. 🖇R. Tojiyev ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati hamda agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2026-yil 14- martdan Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Batafsil: Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
594
19
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti Hurmatli ustozlar! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi. Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Dars ssenariysi 1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
79
20
#Jarayon 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Energetika muhandisligi fakultetida bo‘lib,+5
#Jarayon 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Energetika muhandisligi fakultetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 🖇Tashrif davomida fakultetdagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. ✨Shuningdek, energetika sohasi uchun yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rektor tomonidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda dual ta’limni amaliyot bilan yanada uyg‘unlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
208