cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

“Yoshlik” jurnali | “Ёшлик” журнали

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Сайтимиз: yoshlikjurnali.uz

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 705
المشتركون
-124 ساعات
+597 أيام
+11630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#olis_yaqin_ovozlar *** Sensiz huvillagan dunyoga bir boq, Na baxti bor uning, na bahori bor. Qishloq qabristoni chetida shundoq, Orzularimizning do‘ng mozori bor. Qabrtoshi ham bor hasrat shaklida, Unga isming o‘yib-o‘yib yozilgan. Va mening opalik mehrim bor g‘arib, Toshkent tomlarida dorga osilgan. Sensiz bu dunyoning hech vaqosi yo‘q, Taslim bo‘lgisi bor, jim bo‘lgisi bor. Endi buyuklikka ham da’vosi yo‘q, Soxta kulgusi-yu, chin yig‘isi bor. Qaragin, nimasi qoldi dunyoning, Faqat bitmaydigan yaralari bor. Bag‘ri kuyib bitgan onasi bor va Yana yetim qolgan bolalari bor. Men borman kuzakka yetmay to‘kilgan, Isrofil suriga raqs etgan telba. Yetdim deganida qattiq yiqilgan, Qayta turolmagan, tirilmagan va. Sen ketib nimasi qoldi dunyoning?!. Majnuna @yoshlikjurnali yoshlikjurnali.uz
إظهار الكل...
🔥 4
👍
🤝
👏
Photo unavailableShow in Telegram
#yoshlar_ovozi “Faqat qog‘oz gul yomg‘irdan qo‘rqadi” Yosh ijodkorlarning ijodiy ishlarini kitob ho­lida nashr etilgani! Kitobga “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” deb nom berilgani! Adiblar xiyobonida taqdimoti bo‘lib o‘tgani! Har bir ishtirokchi o‘z ismini kitobda ko‘rib quvonganini xolis kuzatib, miriqdim. Ular orasida mening ham nomim bor ekanidan zavqlandim. Ayni lahzalarni xotiram­ning qatlariga fotolavhalar holida muhrladim. 👉davomi... @yoshlikjurnali
إظهار الكل...
👍 3
👍
🤝
👏
Photo unavailableShow in Telegram
#maktub Kapalak bag‘ridagi quvonch Ilk bor Feruza Xayrullayevaning she’rlarini o‘qiyotganimda, qishlog‘idan tog‘lar bosh olib ketgani haqidagi, o‘z bo‘yidan oshmagan (tog‘ga aylana olmagan) qirlarni har ko‘rganda yig‘lamaslik uchun ham tuprog‘iga qaytolmaganidagi iztirobning ifodasidayoq, o‘zim sezib-sezmay, she’rga chirmashib bo‘lgandim. O‘quvchini shoirga hech bir dard ikkisidagi umumiy dard kabi favqulodda bir kuch bilan bog‘lab ololmasligiga ishonganman shunda. Balki, boy berib bo‘lingan bolalikdir o‘sha tog‘lar… 👉davomi... @yoshlikjurnali
إظهار الكل...
👍 4
👍
🤝
👏
Aka, onamning qo‘lida uzildi tasbeh, Xuddi rizqimizdek sochilib ketgan. Bir ko‘rpa yopinib o‘sgan bolalik, Bir dunyo ko‘shkidan kattaroq ekan... Ushbu misralarning muallifi kim?Anonymous voting
  • Masihulloh
  • Muhammad Ali
  • Shukur Latif
  • Asliddin Abdurazzoq
0 votes
👏 4
👍 2
🤝
👏
Photo unavailableShow in Telegram
#ibrat Ikkinchi xotin olmoqchi bo‘lgan bir kishi shayx Ibn Usaymin rahimahullohdan maslahat so‘radi. Shayx unga: – Ikkinchi xotin olishdan maqsading nima? – deb savol berdilar. U: – Bir qizni iffatli bo‘lib yashashiga yordam bergan bo‘laman, – deb javob berdi. – Unday bo‘lsa uylanmagan bir bo‘ydoq yigitga pul berib, uni o‘sha qizga uylantirib qo‘ygin, ikkalasini ham haromdan saqlaganlik savobini olasan, – dedilar. @yoshlikjurnali yoshlikjurnali.uz
إظهار الكل...
👍
🤝
👏
Photo unavailableShow in Telegram
#qutlov! Abdullayev Hayotjon 1991-yili 13-iyunda Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻida tugʻilgan. “Ishq daftari”, “Yomgʻirga aylansam...” she’riy toʻplamlari nashr etilgan. “Yangi Fargʻona” gazetasining adabiy hodimi. * * * Men darveshman bashang kiyingan, Rizqin terib yurgan dunyoda. Yiqqanimni ko‘rolmas hecham, Do‘stlar, chunki to‘rvam samoda. Men artistman rolin bilmagan, Buyuk Zotning istagi – qonun. Bu sahnadan qay vaqt ketaman?! Shamlar so‘nar har parda sayin. Savdogarman foyda topmagan, Mavhumlikka naqdni sotaman. Savdo qilib baxti chopmagan, Baxt axtarib, vaqtni sotaman. Yo‘lovchiman manzili aniq, Ammo borar so‘qmoqlar tugun. Topganimni etaman tortiq, Parcha mato, tor kulba uchun. Asli kimman? – azaliy savol, Bir zarradan bunyod bo‘lgan jon. Tiriklikda eng buyuk a’mol, Atalsaydim – Hazrati inson. Hayotjon ABDULLAYEV @yoshlikjurnali yoshlikjurnali.uz
إظهار الكل...
🔥 7
👍
🤝
👏
Photo unavailableShow in Telegram
#olis_yaqin_ovozlar *** Shivirlar daraxtning yashil tillari, Ba’zan yaproqlarday to‘kilgay dilim. Horib yastanadi qishloq yo‘llari – O, mening Xudoga cho‘zilgan qo‘lim. O, olis yo‘llarning tanish g‘ubori Sizga yuz bosmasam hayotim bekor. Boqsam ko‘ylaklaklari yaltiroqlarning, Xuddi yuragini bosganday g‘ubor. Axir u yoqlarda ko‘z ochar birga, Yostig‘im chetida mudragan sahar. Yopiq derazalar, yopiq eshiklar, Oq tongni xonamga qo‘ymaydi shahar. Qancha yig‘laganman o‘zimga ayon, Bazan qirg‘og‘idan toshkanday dengiz. Men ketsam suyganlar etmang g‘alayon Siz axir, o‘shanda qayda edingiz?! Ko‘rdim. Balandlarning dili poygakda, Bugun balandlardan tolayotirman. Eski qishlog‘imga yangi ko‘ylakda, Eski qalbim bilan borayotirman. Gulrux Xudoyorova @yoshlikjurnali yoshlikjurnali.uz
إظهار الكل...
👏 4👍 2🔥 2
👍
🤝
👏
Photo unavailableShow in Telegram
#hikoyat Quyosh nechta? Hazrati Mavlono Rumiyni bir tantanali yig‘inga taklif qilishdi. U yerga mamlakatining eng ziyoli va badavlat kishilari yig‘ildi. Kun yarmiga borganda Rumiydan bir zodagon so‘radi: – Hazrat, biz sizga qanday ishonaylik, Alloh qalblarda deysiz-u, yana u yagonadir deysiz? Hazrat dasturxondan o‘n dona piyola oldi va suv quya boshladi, piyolalar lim to‘lgach, shunday dedilar: – Mana qarang, bu o‘nta piyolada o‘nta quyoshning aksi bor, aytingchi bu bilan quyosh o‘nta bo‘lib qoldimi?.. @yoshlikjurnali yoshlikjurnali.uz
إظهار الكل...
🔥 3
👍
🤝
👏
Kelib koʻzlarimdan tavbalar tergin, Choʻgʻlangan yuragim hovurini bos. Hech yoʻq gunohlaring toʻkkani kelgin, Ogʻir yelkalardan boʻlasan xalos... Ushbu misralarning muallifi kim?Anonymous voting
  • Mashhura Alimardon
  • Durdona Bahodirovna
  • Hulkaroy Sherzodova
  • Sitora Naimjonova
0 votes
👍 4
👍
🤝
👏
Photo unavailableShow in Telegram
#qahramon_ayollar Mari Kyuri (1867–1934) Ikki yangi elementni hamda termo radioaktivlikni kashf qilgan polshalik fizik olima rentgen nurlaridan unumli foydalanish rivojiga ham katta hissa qo‘shgan. Kyuri ikki turli soha, ya’ni fizika va kimyo bo‘yicha alohida-alohida Nobel mukofotini olgan yagona inson hisoblanadi va bu natija hali-hanuz yangilanmagan. Faoliyati davomida Kyuri ko‘p hollarda omadsizlik va kamsitilishlarga uchradi, kimyo va fizika ayol kishi shug‘ullanadigan soha emas deya unga qarshi chiqqanlar ham bo‘ldi, biroq u o‘z maqsadlari tomon olg‘a intildi, uning ilmiy ishlari eng dolzarb hamda bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan tarixda o‘chmas iz qoldira oldi. @yoshlikjurnali yoshlikjurnali.uz
إظهار الكل...
🔥 5
👍
🤝
👏