GENERALISSIMUS
Haq olinur, berilmas! ©️ Mahmudxója Behbudiy Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali GENERALISSIMUS analitikasi
GENERALISSIMUS (@u_generalissimus) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 132 869 obunachidan iborat bo'lib, Siyosat toifasida 385-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 350-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 132 869 obunachiga ega bo‘ldi.
13 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 1 255 ga, so‘nggi 24 soatda esa 260 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 36.44% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 32.35% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 48 383 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 42 950 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 125 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Haq olinur, berilmas!
©️ Mahmudxója Behbudiy
Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 14 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Siyosat toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat yoki cheklovlar yuklatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tadbirkorlar ishtirokida muhokama qilinishi hamda ular tartibga solish ta’siri bo‘yicha ijobiy baholangan taqdirdagina qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.🔴 Bundan tashqari, loyihada tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalarning turlari, muddatlari hamda tartibini qamrab olgan alohida reyestr yuritish, mas’uliyatli biznes yuritish mezonlarini belgilash, shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoniyatini yaratish ham nazarda tutilmoqda.
🔴 Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida mas’ul qo‘mita tomonidan qonun loyihasi atroflicha tahlil qilinib, deputatlar, tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek tadbirkorlik subyektlari va ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar tahlil qilindi.🔴 Muhokamalar natijasida qonun loyihasining bir qator normalari aniqlashtirildi va takomillashtirildi. Jumladan, loyihadagi prinsiplar, xususiylashtirish natijalariga oid kafolatlar, tadbirkorlarga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llashga oid va boshqa ko‘plab qoidalar qayta ko‘rib chiqildi, ayrim normalar amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirildi. Huquqiy noaniqliklarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritildi.
🔴 Deputatlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, xususiy mulk daxlsizligini mustahkamlash hamda iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini kengaytirishga xizmat qiladi.🔴 Majlisda qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi. @u_generalissimus
🚫 Xususan, ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati qisqartirilmoqda. Ya’ni, taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, fuqaroni ishga qabul qilishda asosan uning shaxsiy identifikatsiya raqami talab etiladi. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar esa harbiy guvohnoma yoxud harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma taqdim etadi.🚫 Shu bilan birga, mehnat munosabatlarini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Endilikda, elektron raqamli imzo yoki biometrik identifikatsiya (Face-ID) orqali tasdiqlangan hujjatlar yuridik jihatdan qo‘lda imzolangan hujjatlar bilan tenglashtirilmoqda.
🚫
Qonun loyihasida mehnat jarayonida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga doir normalar ham o‘z aksini topgan. Jumladan, bunday holatlarni
taqiqlash, ularning oldini olish va jabrlangan xodimlarni himoya qilish
choralari belgilanmoqda.🚫 Bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan ish haqi to‘lash muddati buzilgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun pulli kompensatsiya to‘lash tartibi aniqlashtirilmoqda. 🚫 Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
2026 йилнинг ўзида 18 нафар ходим хизмат вазифасини бажариш чоғида вафот этган. Уларнинг ёрқин хотираси эса қалбимизда мангу яшайди. Шу билан бирга 78 нафар сафдошларимиз турли хавфли вазиятларни бартараф қилиш жараёнида жароҳатланган.Ички ишлар вазири ўринбосари Рамазон Ашропов @u_generalissimus
