GENERALISSIMUS
Haq olinur, berilmas! ©️ Mahmudxója Behbudiy Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram GENERALISSIMUS
El canal GENERALISSIMUS (@u_generalissimus) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 132 869 suscriptores, ocupando la posición 385 en la categoría Política y el puesto 350 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 132 869 suscriptores.
Según los últimos datos del 13 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 1 255, y en las últimas 24 horas de 260, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 36.44%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 32.35% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 48 383 visualizaciones. En el primer día suele acumular 42 950 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 125.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Haq olinur, berilmas!
©️ Mahmudxója Behbudiy
Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Política.
Кун қизигандан қизияпти. Куни кеча ижтимоий тармоқларда Фавқулодда вазиятлар вазирлиги уйма-уй юриб, карнай орқали “Зарурат бўлмаса кўчага чиқманглар, чунки 45-47 даража иссиқ бўлиши кутилмоқда ва бу хавфсиз эмас” мазмунидаги бир видеога кўзим тушди. Сизларга респект, сизларга раҳмат, аслида одамларни мана шундай огоҳлантирганингиз учун. Аммо, бундай огоҳлантириш билан чиқиши керак бўлган қолган ташкилотлар қани? Қаердасизлар? Нима учун тўғридан-тўғри қуёш нури остида бўлиш инсон саломатлигига, хусусан, инсон терисига зарар етказиши мумкинлиги ва алоҳида ҳолатларда тери раки (тери саратони)ни чақириши мумкинлиги ҳақидаги баёнотлар қани? Нега жимсизлар? Нега гапирмаяпсизлар? Қани ташаббус? Қани мавсумий, яъни арзонлаштирилган ёки мутлоқо маълум бир ойлар давомида текин бўлиши керак бўлган тонировка борасидаги ташаббус? Шунчалик барибирми сизларга? Ё ялинишимиз керакми? Мана бу камарни тақмаганлигим учун жаримага тортишади. Сабаб? Нима учун жаримага тортасиз? Сабаби — фавқулодда ҳолатларда ёки йўл-транспорт ҳодисаси юз берган вақтда, бу хавфсизлик камари сенинг ва ёнингдаги одамнинг жонини сақлаб қолиши мумкин деган назария билан. Аммо нима учун хавфсизлигим учун хизмат қиладиган бошқа бир фактор — яъни ойна мисолида — мен илтимос қилиб ялинишим керак сизларга? Бу нима абсурд? Бу мантиқсизликнинг, бу шафқатсизликнинг ечими бўлиши керак-ку? Қани қонун ижодкорлари? Қани Соғлиқни сақлаш вазирлиги? Қани мен ҳақимда қайғураётган ёки қайғуриши шарт бўлган депутатлар, қаердасизлар?Камолиддин Абдумаликович, адвокат @u_generalissimus
🔘345 nafariga hayfsan berilgan; 🔘242 nafariga oylik ish haqining 10–30 foizi miqdorida jarima qo‘llanilgan; 🔘22 nafariga ogohlantirish berilgan; 🔘7 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.@u_generalissimus
Unga ko‘ra, avvalgi ish joyining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan har bir holat bo‘yicha xavf darajasi “past”,“o‘rta” va “yuqori” toifalar bo'yicha baholanadi.▫️Quyidagi barcha holatlar mavjud bo‘lganda xodimning korrupsiyaviy xavf darajasi “past” deb baholanadi:
- ilgari mazkur tashkilot faoliyati ustidan
bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirmagan
bo‘lsa; - egallashi rejalashtirilayotgan yangi lavozimi
davlat xaridlari, moliyaviy resurslarni boshqarish, litsenziyalash yoki ruxsat berish tartib-taomillari
bilan bog‘liq bo‘lmasa; - faoliyati davomida
manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanmagan
bo‘lsa.▫️Quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda xodimning korrupsiyaviy xavf darajasi “o‘rta” deb baholanadi:
- ishga qabul qilinayotgan tashkilot faoliyatini
ilgari bilvosita nazorat qilgan bo‘lsa;
- egallashi rejalashtirilayotgan yangi lavozimi davlat xaridlari, moliyaviy resurslarni boshqarish, litsenziyalash yoki ruxsat berish
tartib-taomillari bilan bog‘liq bo‘lsa
; -
manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelish ehtimoli mavjud
bo‘lib, uni tashkiliy huquqiy choralar orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud bo‘lsa; - mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan davlat organi yoki tashkilotida
korrupsiyaviy omillar
bilan bog‘liq holatlar yuzasidan
xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lsa.▫️Quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi mavjud bo‘lganda xodim korrupsiyaviy xavf darajasi “yuqori” deb baholanadi:
- ishga qabul qilinayotgan tashkilot faoliyatini ilgari
bevosita nazorat qilgan
bo‘lsa; - davlat organi yoki tashkilotidagi faoliyati davomida
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik(lar) sodir etgan
bo‘lsa; -
manfaatlar to‘qnashuvi mavjud
bo‘lib, uni tashkiliy-huquqiy choralar orqali
bartaraf etish imkoniyati mavjud bo‘lmasa.Baholash natijasiga ko'ra, ishga qabul qilishga rozilik berish, muayyan cheklovlar bilan rozilik berish yoki ishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi. @u_generalissimus
Mazkur qaror aholi salomatligini muhofaza qilish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish hamda ushbu sohada davlat nazoratini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.Qarorga muvofiq: 🔹 giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni Oʻzbekistonga olib kirish va olib chiqish uchun sertifikat berish tartibi; 🔹 ularni respublika hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazishga ruxsatnoma olish tartibi; 🔹 mamlakatning mazkur vositalarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash mexanizmi; 🔹 giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yoʻq qilish tartibi; 🔹 tranzit yoʻlovchilarning davolanish maqsadida ushbu vositalarni tashishi va ulardan foydalanish tartibi boʻyicha yangi nizomlar tasdiqlandi. ✅Shuningdek, qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasida muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan giyohvandlik va psixotrop moddalar roʻyxatlari tasdiqlandi. ➡️ Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida muoamalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalari roʻyxati 265 tadan 320 taga kengaydi. ➡️Muomalada boʻlishi cheklangan psixotrop moddalar turlari 85 tadan 93 taga kengaydi.
Ushbu qaror giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonuniy muomalasi ustidan nazoratni kuchaytirish, sohadagi tartib-taomillarni aniq belgilash hamda xalqaro majburiyatlarning samarali ijrosini taʼminlashga xizmat qiladi.Eslatib oʻtamiz, mazkur qaror 9 ta ilovani oʻz ichiga olgan boʻlib, ular sohadagi munosabatlarni kompleks tartibga solishga qaratilgan. @u_generalissimus
Xususan, mazkur mansabdor shaxs Pastdarg‘om tumani prokuraturasida faoliyat yuritgan davrida xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy MCHJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi natijasida 2 mlrd. 887 mln. so‘m miqdorida davlatga yetkazilgan zararni 805,9 mln. so‘mga kamaytirib berish evaziga vositachilar orqali 6,5 ming AQSH dollari va 35 mln. so‘m pora olgan. Bu bilan cheklanmay prokuratura tomonidan MCHJ mansabdorlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida zarar miqdorini 150-200 mln. so‘mgacha kamaytirishni va ularga sud idoralaridagi tanishlari orqali yengil jazo tayinlanishida yordam berishini aytib, MCHJ egasidan 15 ming AQSH dollari talab qilgan. Prokurorning noqonuniy harakatlari bo‘yicha ashyoviy dalillar protsessual tartibda hujjatlashtirildi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.@u_generalissimus
