GENERALISSIMUS
前往频道在 Telegram
📈 Telegram 频道 GENERALISSIMUS 的分析概览
频道 GENERALISSIMUS (@u_generalissimus) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 136 266 名订阅者,在 政治 类别中位列第 380,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 328 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 136 266 名订阅者。
根据 02 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 3 967,过去 24 小时变化为 4,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 37.82%。内容发布后 24 小时内通常能获得 36.15% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 51 539 次浏览,首日通常累积 49 265 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 176。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Haq olinur, berilmas!
©️ Mahmudxója Behbudiy
Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz”
凭借高频更新(最新数据采集于 03 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 政治 类别中的关键影响点。
136 266
订阅者
+424 小时
+1 5227 天
+3 96730 天
帖子存档
136 329
🇺🇿
✨Mahallaga chiqish shart emas: Haj ziyoratiga borish uchun my.gov.uz orqali navbatga yoziling!
🕋 Muqaddas Haj ziyoratiga borish niyatida bo‘lganlarning ushbu orzuga etishdagi ilk qadami — ro‘yxatdan o‘tish va navbatga yozilishdir.
💬 Endi buning uchun Mahalla fuqarolar yig‘iniga borish, ortiqcha vaqt va kuch yo‘qotish shart emas!
👉 my.gov.uz orqali:
🟡 Arizangiz elektron tarzda to‘ldiriladi, kerakli ma’lumotlar hamda mahram haqidagi axborotlar integratsiyalashgan tizim orqali avtomatik shakllanadi.
🔵 Inson omili cheklangan holda, navbatingiz elektron tarzda aniq yuritiladi.
👨💻 Barcha jarayonni uyda o‘tirgan holda bajarish mumkin.
💰 Xizmat narxi: Har bir navbatga qo‘yiluvchi uchun BHMning 25 foizini tashkil etadi.
🔔 Bu muhim yangilikni yaqinlaringizga ham ulashing!
▶️ https://youtube.com/shorts/n3eQh63qB7Y?feature=share
@u_generalissimus
136 329
Administratsiya “xodimlari” — Yalpiz va Darxon. Ularga mehrimiz bo‘lakcha.
Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan joriy yilning 28-iyunidan yanada keskin jazo choralari ko‘rishga oid qonunchilik normalari kuchga kirdi. Endilikda bunday qilmishlar uchun ma’muriy jarimalar ikki baravar oshirildi. Bundan tashqari, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu turdagi noqonuniy xatti-harakatlarni qilishda davom etgan shaxslar esa jinoiy javobgarlikka tortilib, ozodlikdan mahrum qilinishi nazarda tutilmoqda. Bunday qonunlar aybdorlarni jazolash uchungina qabul qilinmaydi. Ular jamiyat qanday tartib va qadriyatlarni hamma uchun birdek majburiy deb hisoblashini ham namoyon etadi. Barchamiz zo‘ravonlikka murosasiz munosabatda bo‘lsakkina, jamiyatimizda xavfsizlik hukm surishi mumkin. Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazoning kuchaytirilishi jamiyatda shu qonuniyatga bo‘ysunadigan sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Biz aynan shunday dunyoda yashashni va farzandlarimizni xuddi shu ruhda voyaga yetkazishni istaymiz. O‘zgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam o‘z kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi noto‘g‘ri ekanini farzandlariga o‘rgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman.Saida MIRZIYOYEVA @u_generalissimus
136 329
+4
Фарғона вилояти ИИБ йўл-патруль хизмати катта инспектори Каримжонов Ҳайитбек Нуъмонжон ўғли (12.03.1994- 31.07.2026) вафоти муносабати билан оила аъзоларига, шу жумладан устозимиз Муҳаммадамин Каримжоновга (@mehnathuquqi) ҳамдардлигимизни маълум қиламиз.
Маълумот учун, ЙПХ ходими ўз хизмат вазифасини бажариш жараёнида маст ҳолдаги ҳайдовчини ушлаш чоғида қаҳрамонларча вафот этди.
Иккита норасида фарзандлари (3 ва 1 ёш) етим қолди. 4 қиздан кейин туғилган биттагина ўғил эди. Отаси 6 йил олдин вафот этган эдилар.
Аллоҳ ўз раҳматига олсин, жойларини жаннатдан қилсин.
Маълумот учун, ИИВ ёки вилоят ИИБ расмий каналида бир оғиз таъзия билдирилмади.
@u_generalissimus
136 329
Тахтакўпир туманида 1 млрд сўмлик суюлтирилган газ балонлари талон-торож қилиш ҳолати фош этилди
Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Тахтакўпир тумани бўлими томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда “Тахтакўпиртумангаз” таъминоти бўлими моддий жавобгар шахслари томонидан қиймати 1 млрд сўмлик 1067 дона суюлтирилган газ балонлари ўзлаштириш йўли билан талон-торож қилганликлари аниқланган.
Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.
@u_generalissimus
136 329
Бахт инсон ўзини бошқалар билан солиштиришни бас қилган жойда бошланади — Эрих Мария Ремарк
@u_generalissimus
136 329
Бир кун сув бўлмаскан! Ювиниб олишга бир соат вақтингиз бор!
2026 йил 3 август соат 10:00 дан 4 август соат 10:00 гача Мирзо Улуғбек туманидаги сув тақсимлаш иншоотида режали профилактика ишлари ўтказилади. Йирик диаметрли бешта магистраль зулфини (задвижка) алмаштирилади. Шу муносабат билан пойтахтнинг 22 та маҳалласи, 884 та кўп қаватли ва 7 006 та якка тартибдаги хонадонлари, шунингдек, 242 та давлат ва ижтимоий соҳа муассасаларида (жами 33 017 нафар аҳоли) ичимлик суви таъминоти вақтинча тўхтатилади.
@u_generalissimus
136 329
Ҳар доим ёдингда тут, болам, агар ҳокимият сени қўлингда бўлса, одамлар доим уни сендан олиб қўйишга ҳаракат қиладилар.
@u_generalissimus
136 329
Прокурор Наманганнинг собиқ ҳокимига 15 йил қамоқ сўради!
Жиноят ишлари бўйича Фарғона вилояти Ўзбекистон тумани судида давлат айбловчиси Наманган шаҳрининг собиқ ҳокими Анвар Отахўжаевни 15 йилга озодликдан маҳрум қилишни сўради.
@u_generalissimus
136 329
Sokin odamdan ehtiyot bo’ling. Boshqalar gapirayotganda, u kuzatadi. Boshqalar harakat qilayotganda, u reja tuzadi. Va ular nihoyat dam olganda… u zarba beradi.
@u_generalissimus
136 329
Андижонда жанжаллашган 7 нафар аёлга суд томонидан маъмурий қамоқ жазоси тайинланди.
@u_generalissimus
136 329
Шаҳрисабз тумани, Ғилон қишлоғи
Жаҳонда ғам ема қўлингдан келса,
Яхшимас бор йўқдан дил дардга тўлса.
Беш кунлик дунёда шодликла е ич,
Бир дон элтолмассан хазинанг бўлса.
@u_generalissimus
136 329
O‘zbekistonda 7-avgustdan uy hayvonlarini ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi🫣
2028-yil 1-yanvardan boshlab identifikatsiya qilinmagan va roʻyxatga olinmagan hayvonlarning saqlanishiga va koʻpaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
@u_generalissimus
136 329
Temir yo‘l transporti xodimlari kuni muborak bo'lsin!
Afrosiyob biletlari narxi tushsin va har doim bilet topilsin🤲🏼!
@u_generalissimus
136 329
Ўзини ўзи банд қилганлар учун ижтимоий солиқ 4 бараварга ошиши мумкин
Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар институти ўзини ўзи банд қилганлар ва ЯТТлар учун ижтимоий солиқни бир хил миқдорда белгилашни таклиф қиляпти.
Таклифга кўра, 2027 йилдан ҳар икки тоифа учун ижтимоий солиқ — йилига 1,96 млн сўм (ойига 163,2 минг сўм) этиб белгиланади.
Ҳозирда ўзини ўзи банд қилганлар ижтимоий солиқни ихтиёрий равишда йилига 440 минг сўм тўлайди. Якка тартибдаги тадбиркорлар эса йилига 5,28 млн сўм ижтимоий солиқ тўлайди.
Таклиф кучга кирса, ўзини ўзи банд қилганлар учун солиқ миқдори ошади, ЯТТлар учун эса аксинча — қарийб уч бараварга камаяди.
@u_generalissimus
136 329
🔥 Namangan va Toshkent viloyatlarida jami 11,7 kg narkotik moddalar musodara qilindi!
1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tezkor-qidiruv tadbiri doirasida qo‘shni davlatdan olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Jumladan, Namangan shahri hududida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1978 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaroga tegishli sellofan paketda 944 gr “gashish” moddasi borligi aniqlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, u giyohvandlik vositasini Namangan shahrida yashovchi, 1982 y.t. narkosavdogardan 9900 AQSH dollariga sotib olgani ma’lum bo‘ldi. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxs ham ushlandi va undan 9200 AQSH dollari hamda 18,4 mln so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, tezkor tadbirning keyingi bosqichida ularga ajal og‘usini yetkazib turgan andijonlik 1987 va 1998 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs ketayotgan “Lasetti” avtomashinasidan 9 kg 801 gr “gashish” moddasi olindi.
2️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam narkokuryerlar tomonidan Bekobod shahrida “zakladka” usulida yashirib ketilgan 977 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida 1985 y.t. mahalliy fuqaro ushlandi.@u_generalissimus
136 329
Фарғонада собиқ турмуш ўртоғига шилқимлик қилган эркак 5 суткага қамалди
Жабрланувчини ҳақорат қилган кундошига эса 2 млн 60 минг сўм жарима тайинланди.
Батафсил
@u_generalissimus
